Mundarija: I. Kirish. II. Asosiy qism


Download 357.32 Kb.
bet11/14
Sana17.06.2023
Hajmi357.32 Kb.
#1520542
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Oltingugurt

S+6 birikmalari. Bunday kuchga ega bo’lgan birikmalar SO3, SF6, SO2Cl2 va sulfatlar kiradi.
SF6 - rangsiz gaz, u bosim ostida - 50,5 oC da suyuqlikka aylanadi. U kislorodda ham vodorodda ham yonmaydi va unga suv ta’sir etmaydi. SF6 kimyoviy jihatdan juda inert. Buning sababi markaziy atomning koordinatsion to’yinganligi va SF6 ning ionlanish energiyasi qiymati juda yuqoriligi bilan tushuntiriladi. Oltingugurtni bevosita ftor bilan ta’siridan hosil bo’ladi:
S+3F2=SF6
Sulfid angidridga katalizator ishtirokida to’g’ridan to’g’ri xlor ta’sir ettirilganda u sulfuril xloridga aylanadi:
SO2+Cl2=SO2Cl2
Sulfuril xloradning suv bilan ta’siridan sulfat kislota hosil bo’ladi:
SO2Cl2+2H2O= H2SO4+2HCl

III. Tajriba qism
Ishdan maqsad: Talabalarga oltingugurt va uning birikmalari, ularning laboratoriya sharoitida olinishi hamda fizik-kimyoviy xossalari haqida tushuncha berish; sulfidlar hamda kadmiy, simob kabi og`ir metallar tuzlari bilan ishlashda ehtiyotkorlik choralariga amal qilishni uqtirish, ko’nikma va malaka hosil qilish.
Kerakli asbob va reaktivlar: lampa alangasi, asbest, mo’rili shkaf, gaz o’tkazuvchi shisha nay, shtativ, filtr qog`oz, toza shisha plastinka, probirkalar, neytral lakmus eritmasi, distillangan suv, kraxmal eritmasi, qand kuni, J2 eritmasi, xlorli suv, HNO3 eritmasi, S kukuni, BaCl, FeS, HCl, Na2SO4, H2SO4 K2Cr2O7 H2S Na2S2O7 eritmasi, Zn yoki Al kukuni, Ba, Mg, Cd, Pb, Cu, Hg ning (III) valentli tuzlari, 1n kaliy persulfat yoki ammoniy persulfat eritmasi.
1-tajriba. Oltingugurtning qaytaruvchi va oksidlovchi xossalari.
A)Probirkaga 2-3ml kons. nitrat kislota eritmasidan qo’shib, unga ozroq oltingugurt kukunidan qo’shing va aralashmani qaynaguncha ohista qizdiring. So’ngra yana 2-3 minut qaynating. Bunda qanday gaz ajralib chiqishini qayd qiling. Suyuqlikni soviting va ustki qavatida tiniq eritmani boshqa probirkaga quyib, unga 4-5 tomchi 2n bariy xlorid eritmasidan tomizing. Nima kuzatiladi?
Oltingugurtning nitrat kislota oksidlanish va bunda hosil bo’lgan moddaning bariy xlorid bilan o’zaro ta’sirlanish reaksiyalari tenglamalarini yozing.
B)1g oltingugurt kukunini 2g rux yoki alyuminiy kukuni bilan aralashtiring va uni bir bo’lak asbest ustiga to’king. Mo’rili shkaf tagida aralashmani yonib turgan cho’p orqali ehtiyotlik bilan yondiring va bunda oq tusli rux yoki alyuminiy sulfid kukunining hosil bo’lishini kuzating. Reaksiya tenglamasini yozing.

Download 357.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling