Mundarija: I. Kirish. II. Asosiy qism


Download 357.32 Kb.
bet12/14
Sana17.06.2023
Hajmi357.32 Kb.
#1520542
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Oltingugurt

2-tajriba. Vodorod sulfidning olinishi va xossalari.
Vodorod sulfid juda zaharli modda. SHuning uchun vodorod sulfid ishtirokida bajariladigan barcha tajribalar mo’rili shkafda o’tkazilishi lozim.
A)probirkaga 1-2g temir (II)-sulfid solib, unga 8-10ml 20% li xlorid kislota eritmaisdan quying. Probirka og`zini gaz o’tkazuvchi shisha nay o’rnatilgan probka bilan berkiting va uni shtativga o’rnating.so’ngra bir bo’lak filtr qog`ozni qo’rg`oshin tuzi eritmasi bilan ho’llang va uni vodorod sulfid gazi ajralib chiqayotgan shisha nay og`ziga tuting. Nima kuzatiladi? Reaksiya tenglamalarin yozing.
B)Ajralib chiqayotgan vodorod sulfid probirka ichidagi havoni siqib chiqarguncha 2-3 minut kuting, so’ngra shishi nay uchidan chiqayotgan gazni yondiring. Alanganing yuqori qismiga toza shisha plastinka tutib, unda oltingugurt gardining hosil bo’lishiga e’tibor bering.
Vodorod sulfidning to’la va chala yonish reaksiyalari tenglamalarini yozing.
3-tajriba. Metall sulfidlarini cho’ktirish.
Alohida probirkalarga bariy, rux, ikki valentli temir, qo’g`oshin, marganes, kadmiy, simob, mis va uch valentli surma tuzlarining 0,1n eritmalaridan 2-3ml dan quying. Hamma probirkalarga 2-3ml dan ammoniy sulfid eritmasidan qo’shing. Probirkalardagi eritmalardan qaysi birlarida cho’kma hosil bo’lishini kuzating va hosil bo’lgan cho’kmalarning rangiga e’tibor bering.
Probirkalarning hammasida cho’kma hosil bo’ladimi? Reaksiya tenglamalarini molekulyar va ionli ko’rinishda yozing.
CHo’kma hosil bo’lgan probirkalarga 2n xlorid kislota eritmasidan qo’shing. Suo’ltirilgan xlorid kislotada eriydigan va erimaydigan cho’kmalarni kuzating. Bu sulfidlarning eruvchanlik ko’paytmasi qiymatlaridan foydalanib, kuzatilgan hodisalarga izoh bering.
Reaksiya tenglamalarini molekulyar va ionli ko’rinishda yozing.
4-tajriba. Oltingugurt (IV)-oksidning olinishi.
Probirkaga tahminan 1g natriy sulfat tuzi kristalidan soling va unga 5-7ml suyultirilgan (11) xlorid kislota eritmasidan quying. Probirka og`zini gaz o’tkazuvchi nay o’rnatilgan probka bilan berkiting va ajralib chiqayotgan gazni bir necha tomchi neytral lakmus eritmasi bilan distillangan suv quyilgan probirkaga yuboring.
Nima kuzatiladi? Reaksiya tenglamasini yozing. Hosil qilingan sulfat kislota epritmasini keyingi tajriba uchun olib qo’ying.

Download 357.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling