Mundarija I. Kirish ii-bob. Nazariy qism


Gaz bilan payvandlash rejimi


Download 429.46 Kb.
bet4/5
Sana09.06.2023
Hajmi429.46 Kb.
#1468112
1   2   3   4   5
3. Gaz bilan payvandlash rejimi
Gaz bilan payvandlash rejimining parametrlariga quyidagilar kiradi: alanganing quwati, uning tarkibi, qo‘shimcha simning diametri, uning sarfi. Payvandlash rejimini tanlash metallning issiqlik-fizik xossalariga, payvandlanadigan metallning o‘lchamlari va shakliga, payvandlash rejimiga va payvand chokning fazodagi vaziyatiga bog‘liq. Alanganing dm3/soat hisobidagi quwati - M payvandlanadigan metallning qalinligi – S ga mutanosib:
M=kmS.
Mutanosiblik koeffitsiyenti km - qalinligi 1mm boigan metallni payvandlash uchun zarur bo‘lgan atsetilenning dm3/soat hisobidagi solishtirma sarfidir. U tajriba yo‘li bilan aniqlangan va masalan, uglerodli po‘lat, cho‘yan va jez uchun 100...130 dm3/soatga, legirlangan po‘lat va aluminiy qotishmalari uchun 75 dm3/soat ga, mis uchun 150...200 dm3/soat ga teng. Alanganing talab etilgan quvvatini aniqlab, bu quwatga mos keladigan gorelka uchligi tanlab olinadi. Alanganing tarkibi kislorod sarfming yonuvchi gaz sarfiga nisbati bilan aniqlanadi. Uni alanganing tashqi ko‘rinishiga qarab belgilanadi. Qo‘shimcha eritib qo‘shiladigan metallning massasi bir pogon metr chokni payvandlash uchun qirralar qalinligining kvadratiga mutanosib:
P = knS2.
kn koeffisiyenti qalinligi 5 mm gacha bo‘lgan qirralarni payvandlashda po‘latlar uchun 12 , mis uchun 18, jez uchun 16 va aluminiy uchun 6,5 ga teng qilib qabul qilinadi. Agar qirralarning qalinligi 5 mm dan ortiq boisa, kn ning qiymatini 20...25% ga kamaytirish kerak.
4. Gaz bilan payvandlashning maxsus turlari
Pastdan yuqoriga yaxlit valik hosil qilib payvandlash (4-rasm). Listlar list qalinligining yarmiga teng oraliq qoldirib vertikal holatda o‘rnatiladi. Listlaming cheti gorelka alangasi bilan eritilib, yumaloq teshik hosil qilinadi. Teshikning ostki qismi payvandlanadigan metallning butun qalinligi baravari eritib qo‘shiladigan metall bilan payvandlanadi. Shundan keyin alanga yuqoriga ko‘tarilib, teshikning yuqori cheti eritiladi va teshikning ostki tomonida metallning navbatdagi eritilgan qatlami hosil qilinadi. Xullas, butun chok tamomila payvandlab boigunga qadar shu tariqa ishlanaveriladi.

4-rasm. Turli qalinlikdagi metallarni sidirg'a valik yotqizib payvandlash sxemalari: a - 2 dan 6 mm gacha; b - 6 dan 14 mm gacha; d - 12 dan 20 mm gacha.
Chok payvandlanadigan listlar biriktiruvchi yaxlit valik ko‘rinishida chiqadi. Chok metalli zich, g‘ovaksiz, chuqurchasiz va shlak qo‘shilmalarisiz bo‘ladi. Listlarning qalinligi 2 dan 6 mm gacha bolganda bir tomondan, 6 dan12 mm gacha bolganda esa bir yola ikki payvandchi ikki tomondan payvandlaydi. Vannachalar hosil qilib payvandlash (5-rasm). Bu usulda unchalik qalin (ko‘pi bilan 3 mm) bo‘lmagan metall eritib qo‘shiladigan sim bilan uchma-uchiga va burchak birikmalar payvandlanadi.

5-rasm. Vannachalar hosil qilib payvandlash.
Chokda diametri 4-5 mm vannacha hosil bo‘lganida payvandchi unga simning uchini tiqadi va ozgina qismini eritib, sim uchini alanganing qoramtir, tiklovchi qismiga suradi. Bunda payvandchi mundshtuk bilan aylanma harakat qilib, uni chokning navbatdagi hududiga suradi. Yangi vannacha oldingini diametming 3 dan bir qismi baravari qoplashi kerak. Simning uchi oksidlanmasligi uchun uni alanganing tiklash zonasida tutish kerak, alanga yadrosi esa chok metalli uglerodlanmasligi uchun vannachaga botirilmasligi lozim. Ana shunday usulda (yengil choklar bilan) payvandlangan kam uglerodli va kam legirlangan yupqa po‘lat list hamda quvurlardan juda sifatli birikmalar chiqadi.
Gaz bilan ko‘p qatlamlab payvandlash. Bu usul bir qatlamlab payvandlash usuliga nisbatan bir qancha afzalliklarga ega. Metallning qizish zonasi kichkina bo‘ladi; navbatdagi qatlamlami eritib qoplashda ostki qatlamlar bo‘shatiladi, navbatdagi chokni yotqizishdan oldin har qaysi qatlamni bolg‘alash imkoni tug‘ladi. Biroq ko‘p qatlamlab payvandlash unchalik unumli bo‘lmay, bir qatlamlab payvandlashga qaraganda gazlar ko‘p sarf bo‘ladi. Shuning uchun ham bu usul mas’uliyatli buyumlarni tayyorlashdagina qo‘llaniladi. Payvandlash qisqa hududlarda olib boriladi. Qatlamlami yotqizishda turli qatlamlardagi choklaming uchma-uch joylashgan yerlari bir-biriga to‘g‘ri kelib qolmasligiga e’tibor berish zarur. Yangi qatlamni yotqizishdan oldin sim cho‘tka bilan oldingi qatlam sirtini kuyindi va shlakdan sinchiklab tozalash kerak.
Oksidlantiruvchi alanga bilan payvandlash. Bu usulda kam uglerodli po‘latlar payvandlanadi. Tarkibi

bo‘lgan oksidlantiruvchi alanga bilan payvandlanadi. Bunda payvandlash vannasida hosil bo‘ladigan temir oksidlarini oksidsizlantirish marganets va kremniy miqdori ko‘p bo‘lgan Св-12ГС, Св-08Г va Св08Г2С rusumli simlar ishlatiladi. Marganets bilan kremniy oksidsizlantirgichlar hisoblanadi. Bu usul ish unumini 10-15% ga oshiradi.

Download 429.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling