Mundarija: I. Kirish II. Nazariy qism. 1 Shtanginsirkul haqida tushuncha


Download 1.71 Mb.
bet1/7
Sana18.06.2023
Hajmi1.71 Mb.
#1594473
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
jamshid kurs ishi





Mundarija:
I. Kirish
II. Nazariy qism.
2.1 Shtanginsirkul haqida tushuncha.
2.2 Shtanginsirkul yordamida detall tashqi diametrini o’lchash.
2.3 Shtangensirkul yol qo‘yiladigan xatoliklari sezgirligini o‘lchash.
III. Hisobiy qism.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


I. Kirish
Metrologiya (yunoncha: metron — oʻlchov va logos — taʼlimot) — oʻlchovlar, ularning bir xilligini taʼminlash usullari va vositalari hamda talab etilgan aniqlikka erishish yoʻllari haqidagi fan; fizika bulimi. Asosiy muammolari: a) oʻlchashlarning umumiy nazariyasi; b) kattaliklar birliklarini va ularning tizimlarini yaratish; v) oʻlchash usullari va vositalari; g) oʻlchashlar aniushgi (oʻlchashlar noaniqligi nazariyasi, oʻlchashlar xatoligi nazariyasi) ni baholash usullari va ifodalash yoʻllari; d) oʻlchashlar bir xilligini taʼminlash; y) etalonlarni yaratish; j) oʻlchash vositalari va oʻlchash uslublarining tavsiflarini aniqlash va birliklar oʻlchamlarini etalonlardan qolgan barcha oʻlchash vositalariga oʻtkazish usullari.
Dastlab, metrologiya turli oʻlchovlar (chiziqli kattaliklar, massa, sigʻim va boshqalar), shuningdek, turli mamlakatlarda koʻllaniladigan tangalar va ular orasidagi nisbatlarni bayon etuvchi fan sifatida ifodalangan. 1975-yil 20-mayda Xalqaro Metrik Konvensiyaning imzolanishi, oʻlchovlar va tarozilar Xalqaro byurosi ilmiy institutining hukumatlararo darajada taʼsis etilishi metrologiyaning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega boʻldi.
Metrologiya yuqori aniklikdagi fizik tajribalarga tayanadi, u fizika, kimyo va boshqa tabiiy fanlar yutuklaridan foydalanadi, shu bilan birga, moddiy dunyo obʼyektlari xossalarining miqdoriy ifodalanishiga imkon beruvchi oʻziga xos qonun va kridalarni belgilaydi. Oʻlchashlarning umumiy nazariyasi va natijalari (Nazariy metrologiya) ning haqqoniyligini baholash uzluksiz rivojlanmoqda; unga oʻlchash jarayonlari va bu jarayonlarning elementlari: oʻlchanayotgan kattaliklar, ularning birliklari, oʻlchash vositalari va usullari, oʻlchash sharoitlari, oʻlchash natijalarini tahlil qilish va oʻrganish natijasida olingan maʼlumotlar va umumlashmalar kiradi.
Metrologiyada oʻlchanadigan kattalik obʼyekt (tizim, jarayon) ning xususiyati sifatida izohlanadi. U sifat jihatidan ajratilishi va miqdoriy aniqlanishi mumkin, yaʼni xususiyat sifatida kator obʼyektlar uchun umumiy va u bir obʼyekt uchun boshkasiga qaraganda maʼlum son marta katta yoki kichik boʻlishi mumkin. Mas, uzunlik, massa, zichlik, temperatura, kuch va boshqa (obʼyektning fizik xususiyatlarini aks ettiruvchi kattaliklar). Har bir obʼyekt yetarlicha aniqlikdagi xususiyatlarga — uzunlik, massa, zichlik va boshqa ga ega; obʼyekt uchun kattalik tushunchasi aniq boʻladi (mas, stolning uzunligi, tarozi toshining massasi, suyuklikning zichligi va boshqalar). Faqat aniq kattaliklarni oʻlchash mumkin. Katallikka obyektiv (miqdoriy) baho berish uchun shu kattalikning birligini (ayrim kattaliklar uchun — shkalani) tanlab olish kerak. Kattalik birligi — sonli qiymati keli-shuv boʻyicha birga teng qilib qabul qilingan (aniq) kattalik. Har xil oʻlchamli (mas, temperatura shkalasi, Brinel boʻyicha qattiqlik shkalasi) bir nomdagi kattaliklar qiymatlarining ketma-ketligi kattalik shkalasi deb ataladi.
Fanning rivojlanishi bilan ayrim birliklar va ularning kattaliklarini tasodifiy tanlashdan birliklar tizimlarini tuzishga oʻtildi. Metrologiyada fizik kattaliklar va kattaliklar birliklari tizimlarini tuzish prin-siplari oʻrtasidagi aloqalar, shuningdek, anik, birliklar tizimining nazariy tomonlari koʻriladi. Hozirgi vaqtda yuzdan ortiq davlat rasman qabul qilgan Xalqaro birliklar tizimi SI keng qoʻllaniladi. Nazariy metrologiya oʻlchashlar anikligi (oʻlchashlar xatoligi) ni va noaniqligini baholash usullariga bagʻishlangan. Bunda ehtimollik nazariyasi va matematik statistika, shuningdek, matematikaning boshqa boʻlimlaridan keng foydalaniladi.
Oʻlchashlarning bir xilligiga erishish uchun qoʻllaniladigan barcha oʻlchash vositalari toʻgʻri darajalanishi va ularni davriy qiyoslash yoki kalibrlashdan oʻtkazish lozim. Buning uchun kattaliklar birliklarining etalonlari — oʻlchash vositalari, kattaliklar birliklarini asliday qaytarish va ularning oʻlchamlarini boshqa oʻlchash vositalariga oʻtkazish uchun moʻljallangan barqarorligi yuqori va aniq maxsus texnik vositalar qoʻllanilgan. Metrologiya etalonlar yordamida kattaliklar birliklarini qayta tiklash usullarini va ularning aniqligini oshirish yoʻllarini, shuningdek, birliklar oʻlchamlarini oʻtkazish usullari (qiyoslash uchullari) ni ham oʻrganadi.

Shtanginsirkul yordamida detall tashqi diametrini o’lchash.

Shtangensirkul (nem. sterjen va sirkul) — detallarning tashqi va ichki chiziqli oʻlchamlari, diametrlari va chuqurliklarini oʻlchash uchun moʻljallapgan asbob. Asosiy qismlari: darajalangan shtanga, shtangada suriladigan ramka, darajalangan nonius, yuqori va pastki jagʻlar, mikrometrik surgich. shahrining yuqori jagʻlari bilan detalning ichki oʻlchamlari, pastki jagʻlari bilan esa tashqi oʻlchamlari oʻlchanadi. Sh. bilan oʻlchangan qiymatning butun sonlari shtanga boʻlinmalaridan, millimetr ulushlari esa ramkadagi kokiusdan hisoblanadi. shahrining oʻlchash aniqligi 0,1—0,05 mm, oʻlchash chegarasi 2000 mm gacha.
Shtangensirkul (nem. sterjen va sirkul) — detallarning tashqi va ichki chiziqli oʻlchamlari, diametrlari va chuqurliklarini oʻlchash uchun moʻljallapgan asbob. Asosiy qismlari: darajalangan shtanga, shtangada suriladigan ramka, darajalangan nonius, yuqori va pastki jagʻlar, mikrometrik surgich. shahrining yuqori jagʻlari bilan detalning ichki oʻlchamlari, pastki jagʻlari bilan esa tashqi oʻlchamlari oʻlchanadi. Sh. bilan oʻlchangan qiymatning butun sonlari shtanga boʻlinmalaridan, millimetr ulushlari esa ramkadagi kokiusdan hisoblanadi. shahrining oʻlchash aniqligi 0,1—0,05 mm, oʻlchash chegarasi 2000 mm gacha.
SHTs-1markali shtangensirkul:
a—tuzilishi: 1, 4—quzgaluvchi jag‘lar; 2, 3—quzg‘almas jarlar, 5—qotiruvchi vint,
6—ramka, 7—glubinomer (chuqurlikni ulchaydigan sterjen), 5—shtanga, 9-— nonyus; b—hisob olish.
Asbobsozlik zavodlarida 100, 125, 150, 200, 300, 400, 500, 600, 800, 1000, 1500 va 2000 mm gacha bulgan ulchamlarni ulchash imkonini beradigan, aniqlik darajasi 0,1; 0,05; 0,02 mm gacha bulgan shtangensirkullar ishlab chiqariladi. Uquv ustaxonalarida 300 mm gacha ulchash imkonini beradigan shtangensirkullar ishlatiladi.
Aniqlik darajasi 0,1 mm bulgan shtangensirkul (19-rasm, a) millimetr masshtabli shtanga 8, quzg‘almas jag‘ 2, 3, quzg‘aluvchi jag‘ 1, 4, noniusli ramka 6, qotiruvchi vint 5, nonius 9, va sterjen 7 dan iborat.
Nonius shkalasining uzunligi 9 mm bulib, u 10 ta teng bulakka bulingan. Demak, noniusning har bir bulimi 9 mm : 10= 0,9 mm ga teng. Noniusning noli shtanganing noli bilan mos kelsa, uning uninchi chizig‘idan tashqari hech bir chizig‘i shtanga chizig‘i bilan mos kelmaydi (bir tug‘ri chiziqda yotmaydi). Bunda noniusning uninchi chizig‘i shtanganing tuqqizinchi chizig‘iga mos keladi. SHunday qilib, noniusning bir chizig‘i shtanganing bir chizig‘iga 0,1 mm etmaydi, noniusning ikki chizig‘i shtanganing ikki chizig‘iga 0,2 mm, uch chizig‘i 0,3 ,mm va h. k. etmaydi.
SHtangensirkul yordamida ulchash va undan hisob olish quyidagicha olib boriladi. Uning quzg‘aluvchi va quzg‘almas jag‘lari ulchanuvchi detal sirtiga jips tegadigan qilib suriladi va ramkani shtangaga mahkamlovchi vint yordamida qotiriladi. Sung shtangensirkul detaldan chiqarilib, noniusdan hisob olinadi. Noniusning noli shtanga chizig‘ining qaysi biri bilan mos kelsa, shuncha butun son buladi. Agar noniusning noli shtanganing xohlagan bir chizig‘idan utsa, shuncha butun son bulib, kasr son shtanganing ixtiyoriy bir chizig‘iga mos kelgan nonius chizig‘idan hisoblanadi.Masalan, noniusning nol chizig‘i shtanganing nol chizig‘idan utib, birinchi chizig‘iga etmagan bulsin. Noniusning oltinchi chizig‘i shtanga chizig‘iga mos kelsin. Bu holda hisob 0,6mm buladi.Ikkinchi ulchashda noniusning noli shtanganing 25-chizig‘idan utgan. Demak, butun son 25 mm. Noniusning 6-chizig‘i shtanganing ixtiyoriy bir chizig‘iga mos kelgan. Kasr son 0,6 mm. Bu holda shtangensirkulning kursatishi 25,6 mm. Aniqlik darajasi, 0,05 yoki 0,02 mm gacha bulgan shtangensirkul kursatilgan.Ulchov olishda quzg‘almas va quzg‘aluvchi jag‘larni detal sirtiga erkin tekkizib, xomut shtangaga qotiriladi. Sungra mikrometrik surish vinti yordamida ramkani surib, jag‘larni detal sirtiga jipslanadi va ramkani shtangaga qotirilib shtangensirkul detaldap olinadi. Undagi ulchovni hisoblari yuqorida bayon etilgan tartibda olib boriladi.





Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling