Mundarija. Ilk yoshdagi bolalar psixologiyasi


O‘smirlik psixik rivojlanishdagi yangilanishlar


Download 139.53 Kb.
bet23/26
Sana14.05.2023
Hajmi139.53 Kb.
#1460712
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
O‘smirlik psixik rivojlanishdagi yangilanishlar
O‘smirlik davrida asosan bilish jarayonlari yuqori darajada rivojlanadi. Bu yillarda o‘smirlarga xayot davomida kerak bo‘ladigan asosiy shaxsiy va tadbirkorlik xususiyatlari ochiq ko‘rina boshlaydi. Xotira myexanik xotira darajasidan mantiqiy xotira darajasiga ko‘tariladi. Nutq asosan yuqori darajada rivojlangan, xilma-xil va boy tafakkur esa o‘zining barcha ko‘rinishlari: xarakatli, obrazli, mantiqiy darajasida rivojlanadi. O‘smirliarni endi turli amaliyot va aqliy faoliyatlarga o‘rgatish mumkin. Shuningdek, bu davrda umumiy va maxsus layoqatlar shakllanadi va rivojlanadi.
O‘smirlik davriga juda ko‘p ziddiyatlar va qarama-qarshiliklar xos. Maktab dasturi va boshqa ishlar bilan bog‘liq turli masalalarni yechishda ko‘zga tashlanadigan o‘smirlarning intelektual rivojlanganligi kattalarni ular bilan birga jiddiy muammolar bo‘yicha fikrlashga undaydi, o‘smirlarning o‘zlari xam bunga xarakat qiladilar. Boshqa tomondan esa ayniыsa,kelajak kasb,xulы atvor etikasi, щz majburiyatlarga majburiyatlariga maosullik kabi muammolar muxokamasida infantillikni (yosh bolarlarga xos jisomniy va psixologik xolat) kuzatish mumkin.
5-6 sinf o‘quvilariga sinfdagi o‘zi egallagan mavqeiga katta e’tibor berish xususiyati xos. Ayniqsa 6 sinfdan boshlab o‘quvchilar o‘z tashqi ko‘rinishlariga, shuningdek qarama-qarshi jinsdagi bolalar va ular bilan o‘zaro munosabatlariga e’tibor bera boshlaydilar.
7-sinf o‘quvchilarida esa o‘z layoqatlarini rivojlantirishga xos qiziqish yuzaga keladi. 8 sinf o‘quvchilari esa mustaqillik, o‘ziga xoslik, do‘stlik va o‘rtoqlik bilan bog‘liq bo‘ladigan shaxsiy xislatlar yuqori baxolanadi. O‘smirlarning ana shu ketma-ket yuzaga keladigan qiziqishlariga asoslanag xolda faol ravishda irodaviy ishbilarmonlik va boshqa foydali sifatlarni rivojlantirish mumkin.
O‘smirlik davrida turli fanlarni turli xil o‘qituvchilar o‘qitish munosabati yuzaga keladi. Kattalar shaxsi va faoliyatni baxolashning yangi mezonlari xam ularda shakllana boshlaydi. O‘smirlik asosan bilimli, talabchan, xaqqoniy, uv materialini qiziqarli va tushunarli yo‘l bilan yetkaza oladigan o‘quvchilarni ajratmaydigan, o‘qituvchilarni ko‘proq xurmat qiladilar va yaxshi ko‘radilar. Ular o‘qituvchi bilan munosabatlariga xam katta eotibor beradilar.
10-15 yoshli bolalarning faoliyat motivlarida xam quyidagicha o‘zgarishlar amalga oshadilar. Ilk o‘smirlik davrida ko‘pchilik o‘smirlar asosan o‘zlariga salbiy shaxsiy xarakteristka beradilar. Katta bo‘lgan sari o‘smirning o‘z-o‘ziga bergan baxosi differensial xarakterda (xulq-atvoriga, ijtimoiy vaziyatlarda o‘zini tutishga va ayrim xatti xarakatlariga bo‘la boshlaydi)



Download 139.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling