Mundarija. Ilk yoshdagi bolalar psixologiyasi


Download 139.53 Kb.
bet2/26
Sana14.05.2023
Hajmi139.53 Kb.
#1460712
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Ilk o‘spirinlik davrida aqliy rivojlanish

  • Ilk o‘spirinlik davridagi yoshlarning shaxsiy xususiyatlari.

    ILK BOLALIK VA MAKTABGACHA
    YoSh DAVRI PSIXOLOGIYASI.


    Reja:


    1. Go‘daklik davrida psixik rivojlanish.
    2. Ilk bolalik davrida psixik taraqqiyot.
    3. 1-3 yoshli bolalarning aqliy rivojlanishi.
    4. Ilk bolalik davrida shaxsning rivojlanishi.


    Go‘daklik davrida psixik rivojlanishi.


    Normal sharoitda bolaning dunyoga kelishi onaning farzandi tug‘ilishiga psixologik jixatdan tayyor bo‘lishidir.


    Go‘daklik davri: (0-1 yosh): Inson o‘zining mavjudligi jixatidan uch yo‘nalishda talqin etiladi. Bu bolalik tizim, ijtimoiy borliq hamda shaxs sifatidir.
    Bola tashqi muxitga moslashishiga maolum darajada tayyor bo‘lgan nerv sistemasi bilan tug‘iladi. Go‘daklik inson hayotidagi organik ijtiyojlarni (kislorodga, ovqatga, issiqga) qondirishga nisbatan yo‘naltirilgan hatti –xarakatlarning tug‘ma, instinktiv shakllari sof holda kuzatiladigan yagona davr hisoblanadi. Insonga hos bo‘lgan hatti –xarakatlar, yangi tajribalarini etallash uchun beqiyos imkoniyatlarini borligi go‘daklik yoshidagi bolalarning asosiy xususiyatlaridir. Agar organik ehtiyojlar kerakli darajada qondirib borilsa, ular o‘zining asosiy bo‘lish ahamiyatini yo‘qotadi: to‘g‘ri rejim va tarbiya natijasida bola psixik rivojlanishi uchun asos bo‘ladigan taassurotga, xarakatga, muloqotga nisbatan yangi hil ixtiyojlar yuzaga keladi. Bola tug‘ilishning birinchi xaftasidanoq ko‘rish va eshitish sezgilari jadal rivojlanadi. Bola xarakatlanayotgan narsani kuzata boshlaydi. U tovushlarga, jumladan kattalarning toshuvlariga e’tibor bera boshlaydi. Yangi tug‘ilgan chaqaloыning miya og‘irligi kattalar miyasining 4/1 qismiga to‘g‘ri keladi, nerv xujayralar soni esa xuddi kattalarniki kabi bo‘lib, lekin ular yetarli darajada rivojlanmagan bo‘ladi.
    Ilk go‘daklik bu bolaning ximoyasiz, kamxarakat, xarakat holatidan juda jadal ravishda rivojlanadigan, quvnoq bolaga aylanish davridir. U juda tez kattalar bilan munosabat o‘rnatadi, predmetlarni ushlashga va ulardan foydalanishga o‘rganadi. U atrof olamdagi narsalarni kuzatadi, predmetlarni qo‘li bilan ushlab ularni qandayligini bilishga intiladi, tovushlarga e’tibor beradi va predmetlar yordamida shu tovushlarni o‘zi yaratishga xarakat qiladi. U o‘z onasi va boshqa yaqinlari bilan emosional munosabatga kirishadi. Go‘dak yoshidagi bola ham jismonan, ham psixik, ham ijtimoiy jixatdan juda tez rivojlanadi. Juda qisqa vaqt ichida atrofdagi xodisalarga juda kam reaksiyasi bo‘lgan boladan, faol ko‘ra oladigan, eshita oladigan, xarakatlana oladigan, yordamga chaqira oladigan, kattalarning yaqin kelishidan quvonadigan bolaga aylanadi.
    Go‘daklik davridagi bolaning hayoti to‘liq kattalar bilan qilinadigan emosional munosabat bilan bog‘liq bo‘lib bola kayfiyatining yaxshi bo‘lishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi. 4-5 oylikdan boshlab bola o‘z yaqinlarini begonalardan ajrata boshlaydi. Kattalar bilan emosional munosabat shu yoshdagi bolalarning asosiy yetakchi faoliyati bo‘lib uning psixik taraqqiyotining asosi bo‘lib hisoblanadi. Kattalarning doimiy ravishda bola bilan birga bo‘lishi uning o‘ziga nisbatan diqqatning qaratilishiga o‘rganib qolishi, o‘yinchoqlarga nisbatan qiziqishining pasayishiga olib kelishi mumkin. Tarbiyaning to‘g‘ri olib borilishi bolaning kattalar bilan bo‘ladigan muomala-munosabatini predmetlar, o‘yinchoqlar bilan munosabatiga almashinishiga olib keladi. Kattalar yordami bilan bajariladigan barcha xatti –xarakatlari bolaning kelgusi psixik rivoji uchun asos bo‘ladi. Kattalarning bolaga qilgan emosional munosabati asosida ularning gaplariga bolaning diqqat qilishi javob qaytarishga xarakat qilishi ba’zi, so‘zlarni yodida saqlab qolib emosiya bildirishi diqqat, xotira, nutq va boshqa bilish jarayonlarining rivojlanishiga zamin bщladi. Ikki oylik vaqtidan boshlab bolada oddiy ranglarni ajratish, 3-4 oyligidan boshlab esa predmyetlarning shaklini ajratishi layoqati yuzaga kela boshlaydi.
    Go‘dak bola 2 oylik vaqtidan boshlab, o‘z onasining yuzini va ovozini yaxshi biladi. 2-3 oylikdan boshlab esa, onasining tabassumi va kulgusiga tabassum va turli xarakatlar bilan javob qaytaradi. 3-4 oyligidan boshlab esa, bolalar yaqinlariga o‘z xarakatlari bilan ko‘rish, eshitish yoki gapirishni xoxlayotganligini ko‘rsatadilar. 8 oylikdan boshlab esa, bola begona muxit va begona qo‘lga tushsa o‘z xavotirini yig‘isi orqali nomoyon etadi bu xavotir esa 14-18 oylikga borib asta –sekinlik bilan kamaya boshlaydi.
    2-3 oylik bolalarda yuzaga keladigan ushlay olish xarakatlarining shakllantirish ularda predmetlarning shakli va kattaligini idrok qilishlarini rivojlanishiga olib keladi. Bir yoshga yaqin bolada atrof muxitni bilishga qiziqishga va rivojlangan bilish faolligi ko‘zga tashlanadi.

    Download 139.53 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling