Mundarija. Ilk yoshdagi bolalar psixologiyasi


Ilk davridagi bolalar shaxsining rivojlanishi


Download 139.53 Kb.
bet5/26
Sana14.05.2023
Hajmi139.53 Kb.
#1460712
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Ilk davridagi bolalar shaxsining rivojlanishi: Bu davrdagi bolalar asosan o‘z xatti xarakatlarini o‘ylab o‘tirmaydilar. Bu xatti –xarakatlar ularning xoxish va hissiyotlari asosida bo‘ladi. Bu yoshdagi bolalarning xatti –xarakatlari juda o‘zgaruvchan bo‘ladi. Masalan: bolaning yiglashi ham yigidan to‘xtashi ham juda oson. Ilk davrda bolada o‘z yaqinlariga onasi, otasi, buvi-buvalari, tarbiyachisiga nisbatan muxabbat shakllanadi. Ilk bolalik davrida bu muxabbat boshqa shaklga o‘tadi. Endi bola o‘z yaqinlaridan maqtov, erkalash olishga xarakat qiladi.Ota-onalar tomonidan bolaning xatti-xarakatlari va shaxsiy xususiyatlariga beradigan ijobiy emosional baxolari ularda o‘ziga nisbatan o‘z layoqat va imkoniyatlariga nisbatan ishonchni shakllantiradi.U o‘z ota-onasiga nixoyatda qattiq bog‘langan bo‘lib, intizomli va itoatkor bo‘ladi.Ana shu bog‘liqlik sababli bolaning asosiy extiyojlari qondiriladi, xavotirligi kamayadi.Onasi yonida bo‘lgan bolalar ko‘proы xarakat qiladilar va atrof muxitni o‘rganishga intiladilar. Bu davrda bola o‘z ismini juda yaxshi o‘zlashtiradi. Bola doimo o‘z ismini ximoya qiladi uni boshqa ism bilan chaqirishlariga norozilik bildiradi. Kattalarning bola bilan qiladigan muomala –munosabati uni o‘zini aloxida shaxs sifatida anglashini boshlanishga imkoniyat beradi. Bu jarayon asta-sekinlik bilan amalga oshadi. Kattalarning bola bilan qanday muomala qilishlariga qarab o‘z «Men»ini anglay boshlashi vaqtliroq yoki birmuncha kechroq yuzaga kelishi mumkin. 3 yoshli bola o‘zini o‘z xoxish va ehtiyejlarini qondirishi mumkin bo‘lgan manba deb biladi va bu uning «Menga bering», «Ko‘taring», «Men ham boraman» kabi talablarida ko‘rinadi.Uch yoshli bolalar o‘zlarini o‘zgalar bilan taqqoslay boshlaydilar, buning natijasida bolalarda o‘z-o‘zini baxolash vujudga keladi. Shu davrdan boshlab bolalarda mustaqil bo‘lish extiyoji yuzaga keladi va bu ularning «o‘zim qilaman» qabilidagi so‘zlarida nomoyon bo‘ladi.
3 yosh krizisi: 3 yoshga kelib bola o‘zini kattalar bilan taqqoslay boshlaydi va kattalar qilishi mumkin bo‘lgan (xuquqi bo‘lgan), shuningdek ular bajara oladigan xarakatlarni qilishni xoxlaydi. «Men katta bo‘lsam mashina xaydayman», «Men sizga katta tort olib kelaman», «Mening yuzta qo‘g‘irchog‘im bo‘ladi» kabi xoxishlarini o‘z tili bilan ifodalaydi va u kelasi zamonda gapirsa ham o‘z barcha xoxishlarini bugunoq amalga oshirishga xarakat qiladi. Bu kщpincha qatoiylik va qaysarlik bilan namoyon bo‘ladi. Bu qaysarlik asosan kattalarga qaratilgan salbiy xatti-xarakat bo‘ladi. Bola o‘zini mustaqil xarakat qila olishini anglagan vaqtdan boshlab unda «O‘zim qilaman» boshlanadi va bu yana qaysarlik va o‘jarlik bilan ko‘rinadi. 3 yosh krizisi bola shaxsining ma’lum bir darajada rivojlanganligi va kattalar bajaradigan xatti-xarakatlarni qila olmayotganini bilishi natijasi hisoblanadi. Krizis davrida yuzaga kyeladigan xususiyatlar iroda, layoqatlar va boshkalar uni shaxs bulib shakllanishiga tayerlaydi.

Download 139.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling