Mundarija. Ilk yoshdagi bolalar psixologiyasi


Download 139.53 Kb.
bet3/26
Sana14.05.2023
Hajmi139.53 Kb.
#1460712
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Ilk bolalik davri: Go‘daklik davridan so‘ng rivojlanishning yangi davri ilk bolalik (1-3yosh) davri boshlanadi. Ilk bolalik davri bola xayotidagi eng axamiyatli, uning kelgusi psixologik rivojini belgilab beruvchi davr xisoblanadi. Bu rivojlanish asosini bolaning to‘g‘ri yurishini, muloqotga kirishini va predmetli faoliyatni egallagani tashkil etadi. Tikka va to‘g‘ri yura olish imkoni bolani bila olishga, doimiy ravishda yangi maolumotlarni egallashga olib keladi. Bu yoshdagi bola o‘z xatti –xarakatlari jixatdan juda faol va kattalar bilan muloqotga kirishish uchun intiluvchan bo‘ladi. 1-3 yosh bola shakllanishda psixik rivojlanishning nixoyatda axamiyati kattaligini inobatga olgan holda ayrim psixologlar (m-n R.Zazzo) inson tug‘ilganidan to yetuklik davrigacha bo‘lgan psixik rivojining taxminan o‘rtalari 3 yoshga to‘g‘ri keladi degan mulohazani beradilar. Bu yoshdan boshlab bolalar predmetlarni o‘rganish olamiga kadam qo‘yadilar. U endi kattalar bilan nutq orqali muomala –munosabatda bo‘la oladi va elementar a’loq qoidalariga amal qila oladi.Kattalar bilan bo‘ladigan muloqot orqali bola atrof xayot xaqida boshqa yo‘nalishlarga qaraganda 10 xissa ko‘proq maolumot oladi. Nutq bu yoshda nafaqat muloqot balki tafakkurning rivojlanishi va o‘z o‘zini shuningdek, bilish jarayonlarni boshqarish vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
Ilk davridagi bolalrning yetakchi faoliyati predmetlarni o‘rganish hisoblanadi. Go‘daklik davridagi bolalarga nisbatan ilk bolalik davridagi bolalar narsalarga ko‘proq qiziqish bilan qaraydilar. Agar go‘dak bola qo‘liga ushlagan narsani oddiy xarakatlantirib ko‘rsa, 2-3yoshdagi bola shu predmet qismlarini diqqat bilan o‘rganganidan so‘nggina o‘z amaliy faoliyatida ishlatadi. Bolani avvalo shu predmetning ishlatish vazifasi qiziqtiradi va u o‘z savoliga javob olish uchun ko‘pincha kattalarga «Bu nima?» degan savolni beradi. 3 yosh arafasida predmetlarning vazifalarini to‘la o‘zlashtirgan bolalar o‘z o‘yinlarida nafaqat shu predmetlardan foydalanadilar, balki ularni o‘z vazifalariga ko‘ra ishlatadilar ham. Predmetli faoliyat kirishishibolaning turli layoqatlari va qo‘l xarakatlarini rivojlantiradi. Bolaning nutqi u to 1,5 yeshga yetgungacha ancha sekin rivojlanadi. Bu davr ichida u 30-40 sщzdan to 100 tagacha sщzni bila oladi, lekin ularni juda kam qo‘llaydi. 1,5 yoshdan boshlab esa uning nutqi jadal rivojlanadi. Endi u nafaqat predmetlarning nomini aytishlarini so‘rabgina qolmay bu so‘zlarni talaffuz etishga ham xarakat qiladi. Nutqining rivojlanish darajasi juda jadallashadi. 2 yoshning oxirlariga borib bola 300 tagacha, 3 yeshning oxirlagiga borib esa 500 dan to 1500 tagacha so‘zni ishlata oladi. Shuningdek sщzlarni ham aniq talaffuz etib, jumlalarni to‘g‘ri tuza oladilar.



Download 139.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling