Mundarija kirish 1-bob. “Buyuk allomalar Abu Rayhon Beruniy,Abu Nasir Farobiy, Ibn Sino, Mahmud Qoshg’ariy, Zamahshariy, hayoti va ijod yo’li


Mahmud Qoshg’ariy, Zamahshariy ta’lim tarbiyaga oid fikirlari va ular tahlili


Download 68.56 Kb.
bet10/11
Sana13.04.2023
Hajmi68.56 Kb.
#1356261
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
2.2 Mahmud Qoshg’ariy, Zamahshariy ta’lim tarbiyaga oid fikirlari va ular tahlili.
Asrlar o'tsa hamki bizgacha o'tmishdan qon-qonimizgacha singan ilm va tarbiyaga oid bilimlar va insonni odob-axloqiga oid har xil qarashlar mavjud. Tarixdagi eng buyuk mutafakkir ulamolar tomonidan talim-tarbiyaga oid moddiy meroslar bor bo'lib, bu madaniy va moddiy meroslar pedagogika faniga borib taqaladi. Muhammad Sodiq Qoshg'ariy ham o'zining talim-tarbiyaga oid ilmi orqali sharq pedagogikasi tarixiga opining hissasini qo'shgan ulamolardan biri hisoblanadi. Mahmud Qoshg'ariy Bolasog'un shahrida dunyoga keladi. Uning to'liq ismi Mahmud ibn Husayn ibn Muhammaddir. Mahmud Qoshg'ariy umri davomida qilgan mashaqqatli mehnati evaziga qomuschi olim va tolmas sayyoh bo'lib tanildi. Mahmud Qoshg'ariy turk tilining nozik bilimdoni va tolmas targ'ibotchisidir. U «arab tili bilan ikki uloqchi ot singari tengpoyga qilib, o'zib borayotgan turk tilini» ko'klarga ko'taradi, uning o'ziga xos xususiyatlarini mahorat bilan ko'rsatib beradi. «Devon» sahifalari orqali tanishish ko'z oldimizda Mahmud Qoshg'ariyni geograf, botanik, zoolog, biolog, etnograf, tilshunos, folklorshunos, adabiyotshunos, tarixchi olim sifatida namoyon qiladi. Shuning uchun ham uni qomusiy olim deb ataymiz. Muhammad Sodiq haqida bizgacha juda oz malumot yetib kelgan. Lekin hozirgi paytda bizga malum bo'lgan "Odob as-solihin" asarining o'ziyoq bizga uni mashhur pedagog olim sifatida tanitadi. Bizgacha uning "Zubdat al-masoyil" ("Masalalarning qaymog'i"), ("Dur al-muzoxir") ("Ko'makdoshlarning durdonasi") hamda ("Tazkirai xojagon") ("Xojalar tazkirasi") nomli asarlari yetib kelgan.Ko'plab ilmga va pedagogikaga oid asarlar yaratish mavjud bo'lgan davrda Muhammad Sodiq Qoshg'ariy tomonidan turkiy tilda ("Odob as -solihin") "Yaxshi kishilar odobi "Zubdat as- masoyil" nomli asarlar yaratildi. "Odob as-solihin" 5 marta, 1889 hamda 1901 yillarda Toshkent shahrida va 1892 hamda 1986 yillarda Istanbul shahrida qayta nashr etilgan. Mazkur asar nomi va mazmunidan ham anglanib turganidek, unda ilgari surilgan g'oyalar insonning hayoti davomida zarur ahamiyat kasb etuvchi xulq-odob qoidalari xususida kishilar, shu jumladan, yoshlarga muayyan darajada malumotlar berishga xizmat qiladi. ("Odob as solihin") asrida ijtimoiy hayot hamda kundalik turmushda har bir inson qat iy amal qilinishi zarur bolgan zohiriy va botiniy odob va axloq qoidalari, ularning ijtimoiy ahamiyati, yoshlar tarbiyasida ijtimoiy hayotni yo'lga qo'yishdagi o'rni va roli borasida batafsil so'z yuritiladi. Muhammad Sodiq Qoshg'ariy tomonidan yaratilgan Odob as-solihin asari muallifning o'zi takidlab o'tkanidek, muqaddima 7 bobdan iborat bolib har bir bob ozida 4 faslni aks ettiradi. Muqaddimada asarning maqsadi ochib beriladi. Asarning yozilishidan ko'zda tutilgan maqsad borasida so'z yuritilar ekan, insonning ijobiy hulq -atvorga ega bo'lishini taqozo etuvchi ijtimoiy zaruriyat mohiyati batafsil ochib beriladi. Asarda ilgari surilgan asosiy g'oya - insonlarning ijobiy xulq atvorga ega bo'lishlari jamiyatda ruhiy xotirjamlik va moddiy farovonlikni qaror toptiruvchi asosiy omil ekanligini asoslashdan iboratdir. Alloma mazkur g'oya mohiyatini sharhlar ekan, inson odob - axloq qoidalarini egallay olmasa hamda ijobiy hulq - atvori bilan muaddab (odobli) va muzazzab (toza) bo'lmasa, nafaqat o'zi, balki butun dunyoga yomonlik tarqatadi degan qarashni ilgari suradi . Birinchi bob salomlashish, ko'rishish, qo'l olishish hamda ruxsat so'rash qoidalari to'g'risida ma'lumotlar berishga yo'naltirilgan bo'lib mazkur bob to'rt fasldan tashkil topgan. Ikkinchi faslda esa salomlashish odobining o'n ikki qoidasi borasida fikr yuritiladi . Mazkur o'rinda salom berish va alik olish masalasida bugungi kunga qadar davom etib kelayotgan munozaraga nuqta qo'yilgan . Muallifning fikriga ko'ra , salom bermak sunnat, javobi farzu ayyondir . Muhammad Sodiq Qoshg'ariyning e'tirof etishicha , salom quyidagi holatlarda quyidagi kishilar tomonidan berilishi maqsadga muvofiqdir : ulug' kichikka , otliq piyodaga , yuruvchi o'ltirguvchiga , ozchilik ko'pchilikka , xonaga kirib keluvchi , xona ichkarisida o'tirgan kishilarga salom bergay " , deb ta'kidlar ekan , bir kishi ko'pchilik oldiga kirib kelganda , birinchi bo'lib salom berishi , ko'pchilik esa baravar ovoz chiqarmasdan salomga alik olishi joizligiga alohida e'tiborni qaratadi . Allomaning salomlashish odobi xususidagi fikrlari bilan tanishar ekanmiz , ta 'lim muassasalarida muallim sinf xonasi yoki auditoriyaga kirib kelganda , "Kim oldin salom berishi kerak ? ", degan muammoning yechimini topgandek bo'lamiz . Birinchi bobning uchinchi faslida berilgan muloqot ( uchrashuv ) odobiga oid tavsiyalar ham diqqatga sazovor . Bunda uchrashganda qo'l berib ko'rishish lekin qo'l uchi bilan emas , astoydil , biroq qo'lni silamay , ochiq yuz bilan ko'rishish odobi bayon etiladi . Quchoqlashib ko'rishish , safardan qaytgan kishi hamda yosh bolalar bilan ko'rishish , o'pib ko'rishish odoblaribayon etiladi . Uchinchi bobda suhbatlashish odobi borasida so'z yuritiladi . Bizga yaxshi ma'lumki , suhbatlashish odobi va uning shartlariga amal qilish ijtimoiy munosabatlarning mo'tadil kechishini ta'minlovchi asosiy va o'ta muhim aksariyat mualliflar tomonidan omillardan bir axloq - odob muammolariga bag'ishlangan hamda asarlar mazmunidan alohida o'rin olgan. "Odob as - solihin" asarida ham muallif suhbatlashish odobi va uning o'ziga xos jihatlari borasida batafsil so'z yuritadi . Mazkur o'rinda quyidagi fikrlar ilgari suriladi : uylanadigan yigit nikohdan oldin o'zi uylanmoqchi bo'lgan qizni ko'rmog'i , uylanadigan qizning bokira bo'lishi , shuningdek , to'rt narsa : umrda , qomatda , molda va nasabda erdan past va uch narsa : husn-u jamolda , xulq ( odob ) da hamda iffatda erdan yuqori bo'lishi zarurligi muallif tomonidan alohida ta'kidlanadi . Yuqorida qayd etilgan fikrlarning ahamiyati amaliy turmushda o'z isbotini topgan bo'lib , ularni bilish hamda mazkur fikrlarga amal qilish oilalarda tinchlik totuvlik , farovonlik va xotirjamlikning barqaror bo'lishini kafolatlovchi omillar bo'lib xizmat qiladi . Sodiq kasal holini so'rash , tashg'ariy " Odob as - solihin " asarida , ta'ziya va musibat odoblari haqida ham fikr yuritadi . Ushbu holatlarda amal qilinadigan qoidalar mohiyatidan xabardor bo'lish ham har bir kishi uchun foydadan holi bo'lmaydi . Yuqoridagilardan ko'rinib turibdiki , Muhammad Sodiq Qoshg'ariy tomonidan yaratilgan " Odob as solihin " asari jamiyat a'zolari , shu jumladan , yoshlarning manaviy axloqiy jihatdan barkamol bo'lishlarida katta ahamiyatga ega . Mazkur asar har bir inson tomonidan o'rganilishi va kundalik turmushda qat'iy amal qilinishi zarur bo'lgan xulq odob qoidalarining majmui sanaladi . Shu bois Sharq pedagogikasi tarixida mazkur asar ham Unsurul-Maoliy Kaykovusning " Qobusnoma " asari kabi o'z o'rni va mavqeiga ega. Pedagogik deganda o'z navbatida manaviyat va ma'rifat tushunchalari ham koz o'ngimizda gavdalanadi. Ma'rifat -kishilarning ong -bilimini, madaniyatini oshirishga qaratilgan ta'lim -tarbiya, maorif hamdir. Nemis mumtoz falsafasining asoschilaridan biri Kant mazkur tushunchaning mazmun va mohiyatini ochib berishga harakat qilgan. U o'zining «Ma'rifat nima? degan savolga javob» nomli maqolasida bayon qilishicha, ma'rifat inson shaxsini tarbiyalash, uning aqli, axloqi imkoniyatlaridan jamiyatning ilgarilama, ya'ni yuksaklik tomon taraqqiyoti manfaatlari yo'lida foydalanishdir. Jamiyat taraqqiyotini ma'rifatsiz tasavvur etib bo'lmaydi. Bu so'z qadim zamonlardan tortib, to XX asr boshlarigacha asosan bilim va ilm, uni egallash borasida amalga oshirilgan ta'lim-tarbiya jarayoni ma'nosida qo'llab kelingan. Dunyoqarash - insonning tevarak atrofini qurshab turgan voqelik to'g'risidagi, olamning mohiyati, tuzilishi, o'zining undagi o'rni haqidagi qarashlar, tasavvurlar, bilimlar tizimidir. Dunyoqarash insonning dunyoni va o'zini ma'lum ma'noda anglashi, tushunishi, bilishi va baholash usuli bo'lishi jihatdan uning har qanday moddiy va ma'naviy faoliyatida o'z ifodasini topadi. Zamahshariy umri davomida arab tili, adabiyot, tarix, geografiya, falsafa va boshqa fanlarga doir 80 dan ortiq asarlar yozib qoldirgan bo’lsa-da, bizgacha faqat 50 tasi etib kelgan. Zamahshariyning “Devon ur-rasoil” (“Risolalar to’plami”), “Devonu xutab” (“Xutbalar to’plami”), “Devon ut-tamsil” (“Matal va maqollar to’plami”), “Devonu tasliyat iz-Zarip”, “Devonu risolat il-asror”, “Devonu risolat in-nosixa”, “Devonu savoir il-amsol”, “Devonu risolat il - mas’ala” va boshqa asarlarining nomlarinigina bilamiz. Uning bizgacha etib kelgan badiiy asarlaridan biri “Devon az-Zamahshariy” bo’lib ushbu devonning nodir qo’lyozma nusxasi Misr kutubxonasida saqlanadi. Zamahshariyning Qur’oni Karim tafsiriga oid “Al-Kashshof” asari musulmon olamida ayniqsa mashhurdir. Qohiradagi dunyoga dong’i ketgan “Al-Azhar” diniy universitetida talabalar Qur’onni “Al-Kashshof” asari orqali o’rganadilar. Musulmon dunyosi ulamolari Zamahshariyning “Al-Kashshof” asarini “Qur’onni ochqichi” deb ta’riflashadi va agarda ushbu asar bo’lmaganida Quronning juda ko’p sirlari ochilmagan bo’lardi deb ta’riflashadi.Zamahshariy o’zining ilmiy asarlari, badiiy ijodi bilan olim va shoir sifatida butun islom dunyosida shuhrat qozondi.
Buyuk bobomiz Alisher Navoiy “Sab’ai sayyor” (“Etti sayyoh”) dostonining ustozi Abdurahmon Jomiy ta’rifiga bag’ishlangan bobida Zamahshariyni eslab o’tadi:Arabchadan dars berish uning doimiy ishi, ibni Hojib uning kamtarin shogirdi, ibni Hojibgina emas, hatto Jorulloh ham arab grammatikasida unga tenglasha olmaydi,-degan.Olim oila tashvishlari ijodga halaqit beradi, deb dunyodan toq o’tgan, ammo ko’plab shogirdlari va asarlarini o’z farzandlaridek bilgan. Zamahshariy 1144 yilda 69 yoshida Xorazmda vafot qildi. 1333 yilda Xorazmni ziyorat qilgan arab sayyohi Ibn Batuta (1304-1377) Zamahshariyning maqbarasini Ko’hna Urganch yaqinida ko’rganini va uning ustiga qubba o’rnatilganini yozib qoldirgan.

XULOSA
Buyuk ajdodlarimiz Butun dunyoda buyuk ajdodlarimizning sonmas dahosiga hurmat-ehtirom, ularning boy ilmiy merosini organishga qiziqish hamisha yuqori bolgan. Xorijiy mamlakatlarda ularning hayoti va faoliyati haqida ilmiy va badiiy asarlar yaratilgan, ulug ajdodlarimiz xotirasiga yodgorliklar barpo etilgan. Mustaqillik yillarida bu qiziqish yanada ortdi. Mamlakatimizda xalqaro ilmiy- madaniy hamkorlik keng yolga qoyildi, ushbu mavzuga bagishlagan yirik ilmiy anjumanlar tashkil etildi. Buyuk olim va mutafakkirlarimiz, qadimiy shaharlarimizning yubileylari xalqaro miqyosda nishonlandi. Prezidentimiz rahnamoligida ulug allomalarimiz, aziz-avliyolarimiz qadamjolari obod etilmoqda. Milliy manaviy merosni tiklash va asrab-avaylash, ilm-fan va talimni rivojlantirishga alohida etibor qaratilmoqda. Samarqand shahrida otkaziladigan xalqaro ilmiy konferensiya ana shu yuksak etibor, buyuk ajdodlarimiz ilmiy merosiga hurmat va qiziqish tobora oshib borayotganiga yorqin dalildir. Sharq va Garbni ozaro boglagan, Buyuk ipak yolidagi turli sivilizatsiyalar tutashadigan muhim chorraha sanalgan yurtimiz azaldan olimu ulamolari, fozilu fuzalolari bilan dovruq qozongan. Ona zaminimizda tugilib, kamolga yetgan ulug allomalar jahon sivilizatsiyasiga ulkan hissa qoshganlar. Buyuk bobolarimiz tafakkuri va dahosi mahsuli bolgan minglab asarlar, tarix, adabiyot, sanat, axloq, falsafa, tibbiyot, matematika, kimyo, astronomiya, memorlik va boshqa sohalarga oid noyob qolyozmalar bizning bebaho manaviy boyligimizdir. Prezidentimiz tabiri bilan aytganda, bunday boy merosga ega bolgan xalq dunyoda kamdan-kam topiladi. Onlik sanoq sistemasini, algoritm va algebra tushunchalarini dunyoda birinchi bolib ilm-fan sohasiga joriy etgan Muhammad Muso Xorazmiy, qomusiy olimlar Ahmad Fargoniy, Abu Rayhon Beruniy, tibbiyot ilmining asoschisi Abu Ali ibn Sino, arab tili grammatikasini mukammal tarzda ishlab chiqqan Mahmud Zamahshariy, ozida mingdan ziyod yulduzlar harakatini jamlagan astronomik jadval yaratgan Mirzo Ulugbek singari ulug mutafakkirlarimiz bilan haqli ravishda faxrlanamiz. Bunday yuksak iftixor tuygusi bizni hech kimdan kam bolmagan xalq sifatida faxr bilan yashashga, ajdodlarga munosib avlod bolishga davat etadi.
Orta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiyaning Samarqand shahrida otkazilishi bejiz emas. Zero, afsonaviy Sharq timsoli Samarqand – jahon sivilizatsiyasining qadimiy ochoqlaridan biri, yuzlab alloma va mutafakkirlar yashab ijod qilgan boy tarixiy va madaniy merosga ega shahar. Bu yerdagi obidalar, madaniy yodgorliklar ajdodlarimiz dahosidan, olis va buyuk otmishdan sozlaydi. Samarqandning gozal va solim tabiati, qadimiy va zamonaviy inshootlari har qanday odamni oziga maftun etadi. Bizning o‘tmishimiz buyuk. Dunyo tamadduniga hissa qo‘shgan ajdodlarimizning son-sanog‘i yo‘q. Alisher Navoiy, Amir Temur, Bobur, Mirzo Ulug‘bek, Shiroq, To‘maris, Buxoriy, Zamaxshariy va hokazo. Bu buyuk insonlarning nomlarini doim faxr bilan yodga olamiz. Bu kabi dunyo tan olgan shaxslar nomini sanaydigan bo‘lsak, qog‘oz bilan siyoh yetmaydi. Ko‘p joylarda eshitganman “Bolalarimiz qilich o‘ynab yurishadi. Kimsan deganimda Jumongman deb javob beradi. Nima uchun Amir Temurman yoki Jaloliddinman demaydi?” — deb nolishadi. Buning javobi oyinai jahonga nazar solganda yaqqol namoyon bo‘ladi. Televizorlarda keti uzilmay qo‘yiladigan chet el filmlaridan boshqa narsani ko‘rmagan bola Jangbogo bilan Jumongdan boshqa yana kimga taqlid qilsin? Ancha qo‘pol o‘xshatish bo‘lsa-da, bu borada bolalarni yosh maymunchaga o‘xshatgan bo‘lardim. Ular ham maymunchalar kabi taqlidchi bo‘lishadi. Chunki bu yoshda ularning ongi shunga qodir bo‘ladi, xolos. Maymuncha ko‘rdi, maymuncha qaytardi. Oldinlari bolalar otalariga taqlid qilib o‘sgan bo‘lsa, hozir televizorda ko‘rganini qaytaradi. Bizda esa yoshlarni ota-bobolarimizga nisbatan faxr tuyg‘usi bilan tarbiyalash uchun na tarixiy film, na multfilm bor. Bugungi kunda O‘zbekistonda yuz mingdan ziyod qadimiy qo‘lyozma asar mavjudligi haqida ma’lumotlar bor. Olim va mutafakkirlarimizning tarixiy merosini chuqur o‘rganish borasida qanday ishlar amalga oshirilmoqda?
— Darhaqiqat, yurtimiz qadimdan dunyo ilm-fani rivojlangan mintaqalardan biri sifatida ma’lum va mashhur bo‘lgan. Barcha davrlarda bobolarimiz ilmning millat va davlat kelajagidagi o‘rnini juda yaxshi anglagan. Buning yorqin dalili sifatida muhaddislar sultoni — Imom Buxoriy bobomizning o‘n ikki asr oldin “Dunyoda ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lmagay” degan fikrlarini keltirish mumkin. Qadimdan qaysiki davlatda hukmdor olimu ulamolarni qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa, o‘sha yurt, albatta, ravnaq topgan. Xorazmdagi Ma’mun akademiyasi, Bag‘doddagi “Bayt ul-hikma” yoki temuriylar davri ilm-fani o‘z davrida rivojlanishning yuksak cho‘qqisiga erishgan va hali-hanuz jahon ilm-fani rivojida asos bo‘lib xizmat qilmoqda.
Ma’naviy ildizimiz bo‘lmish yozma merosning tadqiqi va talqiniga xolisona yondashuv, boy tariximizning bizga ma’lum va noma’lum sahifalarini yoritishga, tabiiyki, mustaqillik yillarida imkon yaratildi. Keyingi yillarda manbalar tadqiqi va ularni saqlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Binobarin, Prezidentimizning 2017 yil 24 maydagi “Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ‘ib qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida O‘zFA Sharqshunoslik instituti qadimiy qo‘lyozmalarni o‘rganish bo‘yicha mamlakatimizdagi yetakchi ilmiy muassasa etib belgilandi.
Mamlakatimiz rahbari O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti fondlarida saqlanayotgan yuz mingdan ortiq nodir qo‘lyozmaga dunyo ahli havas qilishini aytdi. Bu, albatta, bizga cheksiz g‘urur bag‘ishlaydi. Shuning bilan birga, zimmamizga katta mas’uliyat yuklaydi. Zero, o‘tmishda yaratilgan bu nodir qo‘lyozma kitoblarni o‘zbek va xorijiy tillarda bugungi o‘quvchining talabiga mos ravishda nashrga tayyorlash ishlarini jadallashtirishimiz darkor. Ularning chop etilishi xalqimizga o‘tmishning bebaho merosi va madaniyati durdonalari bilan yaqindan tanishish imkonini beradi.
Institut fondidagi qo‘lyozmalarni mavzu bo‘yicha kataloglashtirish ishlarining davomi sifatida falsafa hamda filologiyaga oid asarlar qo‘lyozmalari kataloglarining dastlabki jildlari tayyorlandi. O‘rta asrlarda yashagan termizlik olimlar tomonidan islom ilmlari, tasavvuf, adabiyot va tibbiyot sohalari bo‘yicha ta’lif etilgan 300 ta asarning 1419 ta ilmiy tavsifidan iborat “Termizlik olimlar asarlarining jahon fondlaridagi qo‘lyozmalari” katalogi chop etildi.
Imom Termiziy markazining tashkil etilishi va respublikada termizlik olimlarning ilmiy merosini o‘rganish bo‘yicha olib borilayotgan izlanishlarning faollashgani munosabati bilan Abu Iso Termiziy, Hakim Termiziy, Xoja Samandar Termiziy, Adib Sobir Termiziy kabi olimlarning diniy, didaktik va adabiy mazmundagi asarlari ilk bor o‘zbek tiliga ilmiy izohli tarjima qilinib, to shu kungacha 15 ta kitob shaklida e’lon qilindi.
Yozma meros yodgorliklarini targ‘ib qilish maqsadida institut fondidagi Alisher Navoiy asarlarining XIV–XVI asrlardagi miniatyuralari va boshqa qo‘lyozma kitob bezaklarini o‘z ichiga olgan “Kitobat san’ati durdonalari” nomli kitob-albom nashr etildi. Nashr tadqiqot, miniatyuralarning o‘zbek, ingliz, rus tillaridagi tavsiflari bilan ta’minlangan.
Institut fondida saqlanayotgan qo‘lyozma merosni dunyo bo‘ylab targ‘ib qilish maqsadida “O‘zbekiston madaniy merosi” ruknida “Aniq va tabiiy fanlar”, “Islom, falsafa va tasavvuf” hamda “Tarixiy asarlar va hujjatlar” nomli katalog-albomlar o‘zbek, rus va ingliz tillarida chop qilindi.
Institut xodimlarining mustaqillik yillarida olib borgan tadqiqotlari natijalari asosida “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti nashrlari (1991–2018 yillar)” bibliografiyasi e’lon qilindi. Unga 513 ta kitob va chet elda nashr etilgan 355 ta ilmiy maqola kiritilgan.
Bugungi kunda olim va mutafakkirlarimizning tarixiy merosini chuqur o‘rganish borasida Xorazm Ma’mun akademiyasi, Mirzo Ulug‘bek astronomiya maktabi vakillarining ilmiy asarlarini nashr qilish ishlari ustida ham qizg‘in tadqiqotlar olib borilmoqda. Jumladan, Abu Rayhon Beruniyning ko‘p jildlik “Tanlangan asarlar” silsilasini to‘ldirish ishlarining davomi sifatida mazkur silsilaning 4-jildini tashkil qiluvchi, allomaning dorishunoslikka oid “Kitob us-saydana fit tib” (Tabobatda dorishunoslik) kitobining o‘zbek tiliga ilmiy izohli tarjimasi hamda shu silsilaning uchta astronomik risola o‘rin olgan yangi — 8-jildi nashr etilishi ko‘zda tutilgan. Abu Ali ibn Sinoga nisbat berilgan arab tilidagi “Qonuncha” asarining o‘zbek tiliga ilmiy izohli tarjimasi, Jamshid Koshiyning astronomiyaga oid “Ziji xoqoniy” asarining tanqidiy matni va tadqiqi tayyorlanadi.
Islomshunoslik yo‘nalishidagi tadqiqotlar islom ilmlari bo‘yicha Burhoniddin Marg‘inoniyning hanafiy fiqhiga oid arab tilidagi “At-tajnis val mazid” (“Yangi qo‘shilgan masalalar”) asarining o‘zbek tiliga ilmiy izohli tarjimasi, Abu Hafs Nasafiyning arab tilidagi “Mashori’ ash-sharoi’” (Fiqhiy masalalar) asarining asl matni nashr qilinadi. Institut fondidagi noyob nusxalarning nashri borasida Husayn Voiz Koshifiyning Alisher Navoiy uchun atalgan “Mavohibi Aliyya” nomli asari avtografi faksimile shaklida chop etilishi rejalashtirilgan.
Shu o‘rinda O‘zbekiston va O‘mon sultonligi o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar natijasida Sharqshunoslik instituti uchun qo‘lyozmalarni saqlash va tadqiq etishga mo‘ljallangan, jahon talablariga javob beradigan maxsus bino qurib berilganini alohida ta’kidlash o‘rinlidir. Bino qo‘lyozmalarni saqlash, ta’mirlash, raqamlashtirish uchun dunyo standartlaridagi jihozlar va boshqa moddiy-texnik baza bilan ta’minlangan. Albatta, bu institut faoliyatini takomillashtirish va u yerdagi noyob xazinani zamon talablari asosida raqamlashtirishga xizmat qilmoqda.
— Xalqaro jamoatchilikni allomalarimizning dunyo ilm-fani rivojiga qo‘shgan hissasi bilan tanishtirish, ilmiy markazlar hamda dunyoning yetakchi olimlarini mazkur yo‘nalishdagi tadqiqot ishlariga jalb etish, beqiyos ma’naviy merosimizni ko‘z qorachig‘idek asrash hamda xalqaro miqyosda ommalashtirishga qaratilgan ishlar haqida so‘zlab bersangiz.
— Buyuk alloma va shoirlarimiz yaratgan asarlar nafaqat O‘zbekiston, balki dunyo hamjamiyati madaniy merosi xazinasidan munosib o‘rin egallagan. Manbalarning asosiy qismi O‘zFA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar xazinasida saqlanadi hamda u haqli ravishda YuNESKOning Madaniy meros ro‘yxatiga kiritilgan. Fondda IX‒XX asrning birinchi yarmida yaratilgan turli soha va mazmundagi asarlar, hujjatlar jamlangan.
Shu sababli Sharqshunoslik instituti Markaziy Osiyo, xususan, O‘zbekiston tarixi, fani va o‘tmish madaniyati bilan shug‘ullanuvchi barcha xorijlik olimlarning eng muhim ilmiy dargohlaridan biriga aylangan. Institut qo‘lyozmalari chet ellik olimlar olib borayotgan ilmiy izlanishlar uchun asosiy tarixiy manba vazifasini o‘taydi. Ularning yakdil fikriga ko‘ra, Markaziy Osiyoning haqqoniy tarixini institut jamg‘armasidagi birlamchi asarlarsiz tasavvur etish mumkin emas.
“Uzbekistan Today” tashkiloti bilan hamkorlikda “O‘zbekiston obidalaridagi bitiklar” kitob-albomining 13-jildi yaratildi. Unda vatanimizdagi me’moriy yodgorliklar tarixi hamda undagi turli mazmun va xat uslubida bitilgan matnlar talqini o‘zbek, rus, ingliz tillarida taqdim etildi. Bu turkumdagi nashrlar nafaqat ilmiy-ommabop maqsadda foydalanish, balki turizmni rivojlantirishda ham qo‘l kelmoqda.
Sharqshunoslik instituti tegishli tashkilot bilan hamkorlikda “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” loyihasi doirasida “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti to‘plami” turkumida “Tarixiy asarlar va hujjatlar”, “Aniq va tabiiy fanlar”, “Badiiy adabiyot”, “Islom, falsafa va tasavvuf” va “Miniatyura va xattotlik namunalari” nomli kitob-albomlarni nashrga topshirdi. 2019 yili avgust oyida “O‘zbekiston — buyuk yo‘llar va tamaddunlar chorrahasi: imperiyalar, dinlar, madaniyatlar” madaniy meros haftaligi doirasida mazkur besh jildlik kitob-albomlarning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida institut 2017 yili dekabr oyida K.Kekelidze nomidagi Gruziya qo‘lyozmalar milliy markazi, 2019 yili iyun oyida Yaponiyaning Aichi san’at universiteti, iyulida O‘mon Sultonligining Arxivlar boshqarmasi, sentyabr oyida Qozog‘iston Respublikasi Nodir qo‘lyozmalar va kitoblar milliy markazi bilan o‘zaro ilmiy hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladi.
— Qo‘lyozmalar vaqt o‘tgani sari o‘z xususiyatini yo‘qotib boraveradi. Shu sababli ularni saqlash choralarini ko‘rish, faksimile nashrlarini tayyorlash, maxsus texnik jihozlar orqali qadimgi kitoblarning elektron shakllarini yaratish, raqamlashtirish zarur. Buning uchun esa fondida qo‘lyozma asarlar mavjud muassasalar moddiy-texnik bazasini boyitish kerak. Bu borada amalga oshirilayotgan ishlar xususida to‘xtalsangiz.
— Ajdodlar qoldirgan bebaho qo‘l­yozmalarni ta’mirlash sohasida yetarlicha malaka, tajriba va ko‘nikmaga ega restavratorlar tarafidan zararlangan qo‘lyozmalar, hujjatlar ta’mirlanib, ularga ikkinchi hayot baxsh etilmoqda.
Respublikamizdagi o‘rta asr manbalarini ta’mirlash jarayonini faollashtirish va sifatini oshirish maqsadida institut bazasida qo‘lyozmalarni saqlash va restavratsiyasi bo‘yicha xorijiy mutaxassislarning trening kurslari tashkil etilmoqda. Manbalar restavratsiyasi sohasida ilmiy tadqiqotlar ham o‘tkazilib, malakali mutaxassislarning ko‘p yillik tajribalari asosida O‘zbekistonda birinchi marta “Tarixiy hujjatlarning konservatsiyasi va restavratsiyasi” nomli o‘quv qo‘llanma nashr etildi.
Chet ellik tadqiqotchilarga qulayliklar yaratish hamda xorijiy tashkilotlardagi biz uchun ahamiyatli qo‘lyozmalar bo‘yicha o‘zaro almashinuvni yo‘lga qo‘yish, qo‘lyozma va nodir manbalarni raqamlashtirish maqsadida eng nodir manbalarning raqamli nusxalari yaratilmoqda. Kelgusida bosqichma-bosqich barcha manbalarning elektron nusxalari yaratiladi. Bu esa nodir manbalarning umrini uzaytirishga xizmat qilish bilan birga, asarlarni boshqa xorijiy markazlarga tanishtirish va ular bilan o‘zaro almashuvini yo‘lga qo‘yish imkoniyatini yaratadi.
Germaniyaning Gerde Xenkel fondi bilan hamkorlikda Sharqshunoslik instituti fondida saqlanayotgan qo‘l­yozmalarning ingliz tilidagi elektron katalogi yaratildi. Bu katalogdan bugungi kunda dunyoning xohlagan joyidan turib foydalanish mumkin.
— Birinchi va Ikkinchi Renessans davrida yurtimiz hududidan yetishib chiqqan yetuk daholarning betakror merosini chuqur o‘rganish, ularni doimiy harakatdagi qo‘llanmaga aylantirish borasida qanday ishlarni amalga oshirish zarur? Shu bilan birga, bugungi kunda O‘zbekistonda yangi Renessans poydevorini yaratish uchun qanday imkoniyatlar mavjud, deb o‘ylaysiz?
— Mamlakatimiz rahbari ­O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimda so‘zlagan nutqida “O‘zbekistonda yangi Uyg‘onish davri, ya’ni Uchinchi Renessans poydevorini yaratishni o‘zimizga asosiy maqsad qilib belgiladik”, deb aytdi.
Shubhasiz, bu Uyg‘onish — Uchinchi Renessansda yurtimiz hududidan yetishib chiqqan mutafakkirlarning betakror merosini chuqur o‘rganish, uni doimiy harakatdagi qo‘llanmaga aylantirishning o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. O`zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-marifiy o‘zgarishlar mazmunida tarixiy, milliy, ma’naviy qadriyatlarni o‘rganishga
alohida e’tibor qaratilmoqda. Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Beruniy, Kaykovus singari Sharq mutafakkirlari e’tirof etgan inson ma’naviy kamolotining zaruriy shartlaridan biri mustaqil va mantiqiy tafakkurdir. Bu jarayonda o‘quvchi mukammal faollik, ijodkorlik, tashabbuskorlik ko‘rsatadi. Madaniy merosimizga o‘zlarining beqiyos hissalarini qo‘shgan allomalarimiz Beruniy, Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Mahmud Qoshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib va boshqalar ijodini o‘rganish kelajak avlod uchun katta ma’rifiy-tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Ularning har biri jahon sivilizatsiyasining rivojiga tegishli hissasini qo‘shib kelgan. Bu silsilada Yusuf Xos Hojibning nomini ham faxr va iftixor bilan tilga olish mumkin. Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” hamda Mahmud Qoshg‘ariyning “Devoni lug‘otit-turk” asarlari ma’naviyat durdonalaridan biridir. Shu o‘rinda “qomusiy” so‘zini qo‘llaganimiz tasodifiy emas. Har bir yaratilgan asar o‘quvchini, kitobxonni bir yo‘nalishda tarbiyalaydi. “Qutadg‘u bilig” asari esa davlatni idora qilish usulini, siyosatini, qonun-qoidalarini, rasm-rusumlarini, axloqiy prinsiplarini o‘zida mujassamlashtirgan, qomusiy asar sifatida yuzaga keldi. Bu asar didaktik yo‘nalishga ega bo‘lib, unda davlatni idora qilish usullari, oddiy xalqdan tortib oliy darajadagi mansab egalari elikxonlargacha — olim, shoir, dehqon, chorvador, kosib singari ko‘plab tabaqa, toifa, ijtimoiy guruhlarning fe’l-atvori qanday bo‘lishi lozimligi, davlat qurilishi, turli ijtimoiy tabaqalarning jamiyatdagi o‘rni va ahamiyati, umuman, siyosiy-ijtimoiy, moddiy-ma’naviy, axloqiy-tarbiyaviy masalalar o‘sha davr talabi nuqtayi nazaridan yo‘l-yo‘riqlar badiiyat qonunlari asosida tavsiflangan.
Xulosa qilib shuni aytish mumkunki, boshlang‘ich sinflarda maktab ta’limining yetakchi predmetlaridan bo‘lgan o‘qish darslari orqali olingan bilimlar poydevori quriladi. O‘quvchilar ma’naviy dunyoqarashini o‘stirishda eng munosib, eng qulay metod va usullardan, ilg‘or pedagogik texnologiyalardan o‘z o‘rnida va maqsadga muvofiq foydalanish, o‘qish-o‘qitish ishlarida samarali natijalar beradi. Pedagog va o‘quvchilarning birgalikdagi ijodiy faoliyati mavzularning o‘zlashtirilishini osonlashtiradi.

Download 68.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling