Mundarija: kirish 1 bob ta’lim sohasidagi psixologning burchi va majburiyatlari


Download 123.5 Kb.
bet1/8
Sana17.06.2023
Hajmi123.5 Kb.
#1530605
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
15 mavzu




Mundarija:


KIRISH
1 BOB Ta’lim sohasidagi psixologning burchi va majburiyatlari;
1.1. Ta’lim sohasida psixolog faoliyatining huquqiy asoslari.
1.2. Amaliyotchi psixologning ahloqiy kasbiy faoliyati.
2 BOB Amaliy psixologning axloqiy kasbiy faoliyati asosida yotuvchi asosiy tamoyillar.
2.1. Psixologning ijtimoiy roli, kasbiy pozitsiyasi va statusi.
2.2. Amaliy psixolog shaxsiga qo`yiladigan talablar.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

KIRISH

Psixologiya fanining tobora ijtimoiy hayotda barqaror, ustuvor ahamiyat kasb etishi munosabati bilan korreksion psixologiyaning roli ortib bormoqda, natijada nazariyat bilan amaliyot o’rtasidagi jips aloqa uygunlikka ega bo’lmoqda. Psixologik xizmat ikki muxim funksiya bajarish bilan boshqa psixologiya soxalaridan farqlanib turadi, shuningdek, u tarmoqlarning sintezi sifatida gavdalanadi. Uning asosiy funksiyasidan biri – ijtimoiy xayotning turli jabxalarida (ta’lim tizimi, tibbiyot muassasalari, sanoat, qishloq xo’jaligi, sport, transport va xokazo) psixologik amaliy xizmatni tashkil qilishdir. Psixologik xizmatning ikkinchi funksiyasi u yoki bu muassasa xususiyatidan kelib chiqib ilmiy-tadqiqot ishlarini o‘tkazish, natijalarni taxlil qilish, psixologiya fanini yangi ma’lumotlar, qonuniyatlar bilan boyitishdir.


Psixologik xizmatning tatbiqiy jihatlari xalq ta’limi tizimi, ishlab chiqarish korxonalari, tibbiyot muassasalari, transport (xavo yo’llari, avtomobil, temir yo’l va suv transporti va boshqalar), oila, sport qo’mitasi singari tashkilotlarda uz ifodasini topmokda. Xuddi shu maksad moxiyatiga kura, psixologiya buyicha bakalavrlar, magistrlar tayyorlash uchun tashkiliy psixologiyadan saboq berish, amaliy ko’nikmalar shakllantirish davr talabiga aylanib qo’lmoqda. O’zbekiston Respublikasining universitetlarida psixolog mutaxassislar tayyorlashda ilgor jaxon amaliyotidan foydalanish, etnopsixologik, xududiy xususiyatlarni xisobga olgan xolda muayyan ilmiy nazariyalar ishlab chikish, insonlarga ta’sir o’tkazishning yangi texnologiyasini yaratish maksadga muvofik. Quyida psixologik xizmat uyushtirishning moxiyati, psixologik testlar, metodikalar, usullar va vositalarni qo’llash, ilmiy – tekshirish o’tkazish hamda olingan natijalarni umumlashtirish, sifat, miqdor taxlilini amalga oshirish yuzasidan ma’lumot berilishiga mo’ljallangandir.


Download 123.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling