Mundarija kirish 1 I. Nazariy qism 4
Issiqlik almashinish jarayonlarini harakatga keltiruvchi kuch
Download 232.1 Kb.
|
G\'alim
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.3. Issiqlik almashinish qurilmalari
1.2. Issiqlik almashinish jarayonlarini harakatga keltiruvchi kuchIssiqlik almashinish jarayonlarining harakatga keltiruvchi kuchi – issiqlik eltkichlarning temperaturalar farqi. Ushbu farq ta’siri ostida issiqlik temperaturasi yuqori muhitdan temperaturasi past muhitga o`tadi. O’zgarmas temperaturada issiqlik o`tkazish jarayoni juda kam tarqalgan. Bunday jarayonlar, bir tomonida bug` kondensastiyalansa, ikkinchisida esa, suyuqlik qaynashi ro`y beradi. Lekin, sanoatda ko`pchilik jarayonlar issiqlik eltkichlarning o`zgaruvchi temperaturalarida sodir bo`ladi. Odatda temperatura issiqlik eltkichlarni ajratib turuvchi devor yuzasi F bo`ylab o`zgaradi. Lekin, vaqt o`tishi bilan issiqlik eltkichning temperaturasi o`zgarmasligi mumkin va u t = f(F) funkstiya bilan ifodalanadi. Bunday hol turg`un issiqlik almashinish jarayonini xarakterlaydi. Noturg`un issiqlik almashinish jarayonlarida 2 holat bo`lishi mumkin: devor yuzasining har bir nuqtasida temperatura faqat vaqt o`tishi bilan o`zgaradi, ya’ni t = f() ; issiqlik eltkichning temperaturasi vaqt o`tishi va devor yuzasi bo`ylab o`zgaradi, ya’ni t > f(,F). O’zgaruvchan temperaturada issiqlik o`tkazish suyuqliklarning harakat yo`nalishiga bog`liqdir. Uzluksiz ishlaydigan qurilmalarda issiqlik almashinish jarayonida suyuqliklar harakati parallel, qarama-qarshi, kesishib o`tgan va murakkab (aralash) yo`nalishli bo`lishi mumkin (1-rasm). 1.3. Issiqlik almashinish qurilmalariMa’lumki, sanoatning turli sohalarida xilma-xil xom - ashyo va mahsulotlarni qayta ishlashda issiqlik almashinish jarayonlari va ularni amalga oshiruvchi qurilmalar juda keng miqyosda qo`llaniladi. Jarayonlarni o`tkazish shartlari va qurilmalarni qo`llash sohasiga qarab, issiqlik almashinish qurilmalarning tuzilishi turlicha bo`ladi. Ishlash prinstipi qarab issiqlik almashinish qurilmalari sirtiy (rekuperativ), regenerativ va aralashtiruvchi (gradirnya, skrubber, aralashtiruvchi kondensator va h.) qurilmalarga bo`linadi. Sirtiy issiqlik almashinish qurilmalarida issiqlik eltkichlar devor bilan ajratilgan bo`lib, ularda bir muhitdan ikkinchisiga issiqlik ushbu devor orqali uzatiladi. Konstrukstiyasiga ko`ra sirtiy issiqlik almashinish qurilmalari qobiq - trubali, zmeevikli, plastinali, spiralsimon, qirrali, g`ilofli, blok-grafitli va maxsus issiqlik almashinish qurilmalariga bo`linadi. Regenerativ issiqlik almashinish qurilmalarida bir issiqlik almashinish yuzasi galma-gal issiq va sovuq eltkichlar bilan yuvilib turadi. Agar, issiqlik almashinish yuzasi issiq eltkich bilan yuvilib tursa, muhitning issiqligi hisobiga isiydi, sovuq eltkich bilan yuvilganda esa - o`z issiqligini beradi. Shunday qilib, issiqlik almashinish yuzasi issiqlik eltkichning issiqligini yig`ib oladi, so`ng esa sovuq eltkichga beradi. Aralashtiruvchi issiqlik almashinish qurilmalarida ikkala eltkich bevosita o`zaro aralashuvi paytida issiqlik almashadi. Issiqlik almashinish turiga ko`ra qurilmalar isitkich, bug`latkich, sovutkich va kondensatorlarga ajratiladi. Download 232.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling