ITB tarkibiga quyidagi tashkilotlar kiradi:
- Islom taraqqiyoti banki – ITB;
- Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha islomiy korporatsiya – IKRChS;
- Eksportni kreditlash va investitsiyalarni sug‘urtalash bo‘yicha islomiy korporatsiya – IKSIEK;
- Halqaro islomiy savdo-moliya korporatsiyasi – ITfK;
- Islomiy tadqiqot va o‘quv muassasasi – IIIO.
Islom taraqqiyoti banki ITB guruhi keng miqyosdagi faoliyatga jalb etilgan:9
- a’zo-mamlakatlarda qashshoqlik darajasini pasaytirishga ko‘maklashish;
- a’zo-mamlakatlar savdo-iqtisodiy hamkorligini rivojlantirish;
- loyihaviy moliyalashtirish(shu jumladan, davlat-xususiy sektor hamkorligi tamoyilida);
- kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash(shu jumladan mikromoliyalash xizmatlari);
- a’zo-mamlakatlar mablag‘larini safarbar qilish;
- eksportni kreditlari va investitsiyalarni sug‘urtalash hamda qayta sug‘urtalash;
- a’zo-mamlakatlar mehnatga yaroqli aholisi uchun ta’lim dasturlari va tadqiqotlarni tashkil etish;
- a’zo-mamlakatlarga favqulodda holatlarda yordam ko‘rsatish;
- a’zo-mamlakatlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha boshqa faoliyat shakllari.
ITB faoliyatining asosiy yo‘nalishlari.
ITB a’zo-mamlakatlarga, davlat va xususiy sektorga qarashli yo‘llar, kanallar, to‘g‘onlar, maktablar, kasalxonalar, uy-joy, qishloq tumanlarini rivojlantirish va boshqalar kabi qishloq xo‘jaligi va infratizilma loyihalarini moliyalashtirish uchun qarzlar beradi. Ushbu loyihalar ustuvor hisoblanadi va a’zo-mamlakatlar ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.
Tashkil topgan vaqtidan boshlab ITB moliyalashtirgan mablag‘lar umumiy hajmi 2013 yilning oxiri holatiga 97,8 mlrd.dollarni tashkil etdi, undan 46,9 mlrd.dollari(48%) loyihaviy moliyalashtirishga, 49,8 mlrd.dollari savdoni moliyalashtirishga va 0,7 mlrd.dollari(1%) maxsus yordam uchun yo‘naltirildi.
ITB a’zo-mamlakatlarda taraqqiyot loyihalarini qo‘llab-quvvatlash uchun turli islomiy moliyaviy vositalardan foydalanadi. Ushbu vositalar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:10
Do'stlaringiz bilan baham: |