Mundarija kirish 1 Islom taraqqiyot banki va uning faoliyat mehanizmi 4


ITB boshqaruv organlari va tashkiliy tuzilishi


Download 0.51 Mb.
bet11/12
Sana16.06.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1513086
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
islom taraqqiyot banki yuzaga kelishi, maqsadi va vazifalari

ITB boshqaruv organlari va tashkiliy tuzilishi.
ITB a’zo-mamlakatlari o‘zlarining vakillari orqali bankni boshqarishda, rahbarlik organlari – Boshqaruvchilar kengashi va Ijrochi direktorlar kengashida ishtirok etadilar.
ITBni boshqaruv yuqori maslahat tashkiloti Boshqaruvchilar kengashi hisoblanadi.Boshqaruvchilar kengashining yillik yig‘ilishlari vaqtida yillik hisobotni baholash, foydani taqsimlash, grantlar berish, Direktorlar kengashi a’zolarini tayinlash va boshqa masalalar muhokama qilinadi.2003 yilning sentyabrida ITB Boshqaruvchilarining yillik yig‘ilishi Olma-Ota shahrida bo‘lib o‘tdi.
Ijrochi direktorlar kengashi 18 ta a’zodan iborat.Ijrochi direktorlar kengashi tarkibining yarmi ITB kapitalida kattaroq ulushga ega a’zo-mamlakatlarning doimiy vakillaridan shakllantiriladi, qolgan yarmi esa Boshqaruvchilar kengashi tomonidan tayinlanadi.Qayd etish lozimki, 2011 yilda Ijrochi direktorlar kengashiga birinchi marta Qozog‘iston vakili saylandi.
Direktorlar kengashi ishiga doimiy qo‘mitalar yordam beradi: Ma’muriy masalalar bo‘yicha qo‘mita, Audit bo‘yicha qo‘mita, Moliyaviy masalalar bo‘yicha qo‘mita, Amaliy faoliyat bo‘yicha qo‘mita.
4. Islom Taraqqiyot Banki Guruhi Va Arab muvofiqlashtirish guruhi jamg‘armalari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Islom taraqqiyot banki guruhi va Arab muvofiqlashtirish guruhui bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda o‘zaro hamkorlikning ustuvor loyihalari va dasturlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:13
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Islom taraqqiyot banki guruhi va Arab muvofiqlashtirish guruhi jamg‘armalari bilan hamkorlikni yanada kengaytirish va chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 5-martdagi PQ-4224-son qarori bilan 2019-yilda Islom taraqqiyot banki guruhi (keyingi o‘rinlarda ITB deb ataladi) va Arab muvofiqlashtirish guruhi jamg‘armalari (keyingi o‘rinlarda AMG deb ataladi) bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar rejasi (“Yo‘l xaritasi”) tasdiqlanganligi, shuningdek, istiqbolli investitsiya loyihalari ro‘yxatini ITB va AMG jamg‘armalari bilan puxta ishlab chiqish tavsiya qilinganligi;
O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasining 2019-yil 5-6-aprelda Marokash shahrida (Marokash) ITB Boshqaruvchilar Kengashining Yillik majlisida ishtiroki yakunlari va ITB va AMG jamg‘armalari rahbarlari bilan o‘tkazilgan muzokaralar yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining ITB guruhi va AMG jamg‘armalari bilan hamkorlikni mustahkamlashga yo‘naltirilgan yangi ahdlashuvlarga erishilganligi;
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Islom taraqqiyot banki guruhi (ITB) va Arab muvofiqlashtirish guruhi jamg‘armalari (AMG) bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha, shu jumladan, yangi ahdlashuvlarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi Harakatlar rejasi (“Yo‘l xaritasi”) tayyorlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
Islom taraqqiyot banki guruhi (ITB) va Arab muvofiqlashtirish guruhi jamg‘armalari (AMG) bilan hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha Harakatlar rejasi (“Yo‘l xaritasi”) 1-ilovaga muvofiq;
Islom taraqqiyot banki bilan birgalikda amalga oshirish taklif etilayotgan istiqbolli investitsiya loyihalari ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq;
Arab muvofiqlashtirish guruhi jamg‘armalari (AMG) bilan birgalikda amalga oshirish taklif qilinayotgan istiqbolli investitsiya loyihalari ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 14o‘rinbosarlari va maslahatchilari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning rahbarlari — mas’ul ijrochilar:
tasdiqlangan “Yo‘l xaritalari” va ushbu qarorga 2 va 3-ilovalarga kiritilgan investitsiya loyihalarining tadbirlari o‘z vaqtida, samarali va to‘liq hajmda bajarilishini;
har oyda, hisobot davridan keyingi oyning 3-kunigacha “Yo‘l xaritalari” va ushbu qarorga 2 va 3-ilovalarga kiritilgan investitsiya loyihalari tadbirlari amalga oshirilishi to‘g‘risida axborot O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga kiritilishini ta’minlasinlar.
4. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi:
tasdiqlangan “Yo‘l xaritalari” o‘z vaqtida amalga oshirilishi va ushbu qarorga 2 va 3-ilovalarda ko‘rsatilgan loyihalar puxta ishlab chiqilishi bo‘yicha vazirliklar, idoralar, tijorat banklari va xo‘jalik birlashmalari ishi samarali muvofiqlashtirilishini, shuningdek, yuzaga keladigan masalalar tezlikda hal qilinishida ularga yordam berilishini ta’minlasin;
Vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar rahbarlari — mas’ul ijrochilarning “Yo‘l xaritalari”ning ularga biriktirilgan bandlari so‘zsiz amalga oshirilishini ta’minlash yuzasidan ular tomonidan ko‘rilayotgan amaliy chora-tadbirlar to‘g‘risidagi hisobotlarini muntazam ravishda eshitgan holda “Yo‘l xaritasi”da nazarda tutilgan tadbirlar amalga oshirilishi ustidan tizimli asosda monitoring olib borsin;
Har oyda, hisobot davridan keyingi oyning 5-kunigacha bo‘lgan muddatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga va Vazirlar Mahkamasiga “Yo‘l xaritasi” va ushbu qarorga 2 va 3-ilovalarga kiritilgan investitsiya loyihalarining ijrosi to‘g‘risida tahliliy axborot kiritsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari E.M. G‘aniyev va O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.15
XULOSA
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, hozirgi globallashuv sharoitida xalqaro tashkilotlarning, xususan, moliyaviy-iqtisodiy tashkilotlarning o’rni tobora ortib bormoqda. Ular davlat, turli korxona tashkilotlarga qarzberib ularni moliyalashtiradi. Hozirgi kund dunyoda 100 dan ortiq xalqaro tashkilotlar mavjud bo’lib, ular turli yo’nalishlarda faoliyat olib boradi. O’zbekiston ham bir nechta xalqaro tashkilotlar a’zosi hisoblanadi. U Islom Taraqqiyot Bankiga 2003 yildan boshlab a’zolikka kirgan. Mamlakatimizning bank ustav kapitaliga qo’shgan xissasi 2,5 mln islom dinari, ya’ni 3,475 mln dollar bo’lib, bu har biri 10 mln dinarlik 250 bank aksiyasi bilan barobar edi. Bugungi kunga qadar mamlakatimiz va ITB o’rtasida bir qancha loyihalar amalga oshirilgan. Bank mamlakatimizda 2013-2014 yillarga bag’ishlangan
dasturda qishloq joylarida uy-joy qurish masalasi o’rtaga qo’yilib, ITB tomonidan 100 mln Aqsh dollari shu sohaga ajratilgan.
Tashkilotning asosiy maqsadi a’zo mamlakatlarning, sha’riatga asoslangan musulmon jamoalarining, iqtisodiy rivojlantirish va ijtimoiy taraqqiyotiga ta’sir o’tkazishdan iborat bo’lib, uning vazifalari quyidagilardir:
 aksionerlik kapitaliga vositalarni sarmoyalashtirish;
 ishlab chiqarish korxonalari va loyihalariga qarzlar berish;
 a’zo-davlatlarga iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi maqsadida boshqa shakllarda moliyaviy yordam berish;
 aniq maqsadlar uchun tuziladigan maxsus fondlarni boshqarish; (nomusulmon davlatlardagi musulmon jamoalariga yordam fondi shular jumlasidan)
 moliyaviylashtirish uslublari vositasida moliyaviy resurslar yo’naltirish va depozitlarini qabul qilish;
 a’zo davlatlarga texnik yordam ko’rsatish;
 musulmon davlatlarning rivojlanishi bo’yicha tashkilot a’zolarini o’qitishda xizmatlar ko’rsatish.
Islom Taraqqiyot bankining yana muhim amalga oshiradigan vazifalaridan
biri bu foizsiz kreditlar ajratishdir. Bunga sabab shuki, bank faoliyati sha’riyat
qonunlari bilan tartibga solinadi. Islom dinida esa sudxo’rlik katta gunoh
hisoblanadi.
Islom Taraqqiyot Banki a’zo davlatlarga nafaqat moliyaviy tomondan,
balki texnik jihatdan ham yordam beradi. Masalan, bank Mavritaniya, Maldiva,
Tojikiston, Turkiya va Jibuti larga bunday yordamlarni ko’rsatadi.



Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling