Мундарижа. Кириш 2 1-Мавзу: сертификатлаштириш фаолияти 4
Akkreditlangan ob’ektlarning inspeksion nazorati
Download 1.81 Mb.
|
Сертификатлаштириш 2015
7.4. Akkreditlangan ob’ektlarning inspeksion nazorati
Akkreditlashtiruvchi idora (O‘zstandart Agenligining inspeksion nazorat bo‘limi) yilida bir marta akkreditlangan ob’ektlar faoliyatining inspeksion nazoratini o‘tkazadi. Inspeksion nazoratni o‘tkazishga talablar Adliya vazirligida 20.04.2005 yil №1472 sonli ro‘yxatga olingan «Akkreditlangan sertifikatlashtirish bo‘yicha idoralar va sinov laboratoriyalari (markazlar) faoliyatlarining inspeksion nazoratini o‘tkazish qoidalari»da belgilangan. Me’yoriy hujjatlar, sifat tizimining hujjatlashtirilgan protseduralari, akkreditatsiya sohasi hamda sertifikatlashtirish va sinash bo‘yicha hujjatlar inspeksion nazorat ob’ektlari bo‘lib hisoblanadi. Inspeksion nazorat akkreditlashtiruvchi idora bilan tuzilgan kelishuvga muvofiq rejalashtirilgan tartibda amalga oshiriladi. Ushbu kelishuvga binoan akkreditlashtiruvchi idora rahbari har yili tasdiqlovchi, ob’ekt faoliyati inspeksion nazoratining yillik reja-grafigini tuziladi. Sertifikatlashtirish bo‘yicha idora faoliyatining rejadan tashqari inspeksion nazorati, sertifikatlashtirish protsedurasi bo‘yicha arizachiga noqonuniy munosabatdagi faoliyati va muvofiqlik sertifikatini noqununiy berishi va asoslanmagan dalillar to‘g‘risida rasmiy tasdiqlashi muayyan aniq dalillarda keltirilgan, shuningdek, arizachining tijorat sirlarini oshkora qiluvchi ma’lumotlar kelgan holatlarda o‘tkaziladi. Inspeksion nazoratini o‘tkazish uchun akkreditlovchi idoraning ya’ni inspeksion nazoratni amalga oshiruvchi komissiya tarkibi va uni o‘tkazishning aniq muddatini ko‘rsatuvchi buyrug‘i asos bo‘lib hisoblanadi. Inspeksion nazoratni o‘tkazish muddati o‘ttiz kalendar kundan oshmasligi lozim. Inspeksion nazoratni sifat bo‘yicha ekspert-auditorlar amalga oshirishadi. Ob’ekt akkreditatsiya sohasiga bog‘liqligidan komissiya tarkibiga inspeksion nazorati vaqtida ko‘riladigan masalalar bo‘yicha malakali mutaxassislarni (sinov turlari bo‘yicha ekspretlar, tayyorlovchining vakillari, iste’molchilarni huquqlarini himoya qilish jamiyati, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari) kiritish mumkin. Komissiya a’zolari maxfiylikni ta’minlash bo‘yicha talablarga rioya qilishlari shart. Inspeksion nazorat, akkreditlovchi idora rahbari tasdiqlagan dastur bo‘yicha o‘tkaziladi. Inspeksion nazorat dasturida tekshirish ob’ekti va maqsadi, inspeksion nazoratni o‘tkazish bo‘yicha ishlar tartibi va hajmi tarkib topgan bo‘lishi shart. Inspeksion nazorat boshlanishidan oldin Komissiya rahbari tekshirilayotgan tashkilot rahbarini inspeksion nazorat maqsadi va shartlari, komissiya a’zolari bilan tanishtirishi, hamda buyruq va dasturni bir nusxasini berishi va ular olganligini to‘g‘risida tilxat olishi shart. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling