Мундарижа. Кириш 2 1-Мавзу: сертификатлаштириш фаолияти 4


Download 1.81 Mb.
bet5/111
Sana01.04.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1318564
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   111
Bog'liq
Сертификатлаштириш 2015

Sertifikatlashtirish guvohlik berish, qayd yoki shahodat etish, ishonch bildirish ma’nolarini bildiruvchi certifus (lotincha) so‘zidan olingan bo‘lib, kerakli ishonchlilik bilan mahsulotning muayyan standartga yoki texnikaviy hujjatga muvofiqligini uchinchi, xolis va tan olingan tomon tarafidan tasdiqlaydigan faoliyatni bildiradi.
Sanoat korxonalarida ishlab chiqilayotgan turli xil mahsulotlar muayyan sifat ko‘rsatkichlariga ega bo‘lishi kerak. Sifat ko‘rsatkichlari esa ma’lum, belgilangan talablarga muvofiq /mos/ kelishi lozim. Muvofiqlik o‘z navbatida ma’lum standartga yoki boshqa me’yoriy hujjatlarga mos kelishini talab etadi. Muvofiqlikni sertifikatlashtirish (ya’ni tasdiqlash) mumkin.
"Sertifikatlashtirish" tushunchasi birinchi marta Xalqaro standartlashtirish tashkiloti Kengashining sertifikatlashtirish masalalari bo‘yicha maxsus qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilib va bu muhim tushuncha "Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va sinov laboratoriyalarining akkreditlash sohalaridagi asosiy atamalari va ularning qoidalari" qo‘llanmasiga kiritilgan.
Qayta ishlangan Xalqaro standartlashtirish tashkilotining qo‘llanmasida "sertifikatlashtirish" atamasining faqatgina izohlari berilgan:
Sertifikatlashtirish umumiy atama bo‘lib, mahsulot, texnologik jarayon va xizmatlarning sertifikatlashtirishda /muvofiqlikni tasdiqlashda/ uchinchi tomonning qatnashishi va unga xolisona baho berishi tushuniladi. Sifat tizimini baholash sohasidagi taraqqiyot sifat tizimini sertifikatlashtirish /tashkilotning sifatli mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatlarini sertifikatlashtirish/ bo‘yicha yangi dolzarb yo‘nalishni keltirib chiqardiki, ushbu yo‘nalish bugungi kunda keng qo‘llanilib, bozor iqtisodiyotidagi raqobatbardoshlik, o‘zaro savdo-sotiqning samarasi va istiqbolilik darajalarini belgilab beradigan omillardan asosiysi sifatida saxnaga chiqmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng sertifikatlashtirish sohasida juda katta ishlar amalga oshirildi va hozirgi kunda ham bu sohaning rivojlanishi, xalqaro miq’yosda tan olinishi ustida «O‘zstandart» agentligi tomonidan katta e’tibor berilmoqda. Binobarin, 1992 yil mustaqillikning ilk yillaridayoq Vazirlar Mahkamasi huzurida standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish Davlat markazi («O‘zdavstandart») va keyinchalik, 2002 yilda, ushbu sohani yanada rivojlantirish va takomillashtirish maqsadida mustaqil «O‘zstandart» agentligi tashkilotiga aylantirilishi Hukumatimiz tomonidan bu sohaga berilayotgan ahamiyatning maxsul sifatida qarash mumkin. Davlatimiz tomonidan sertifikatlashtirish ishlarini tashkillashtirish, uni tartibga tushirish va bu sohaning qonuniy asosini yaratish maqsadida 1993 yil «Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida»gi qonunning qabul qilinishi, buning natijasida ishlab chiqarilayotgan va chetdan olib kirilayotgan mahsulotlarning xavfsizligi to‘g‘risida Qarorning qabul qilinishi, uni amalga oshirish maqsadida qator chora-tadbirlarning ishlab chiqilishi ham aytib o‘tilgan so‘zlarning yaqqol misolidir.

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling