Mundarija kirish 2 I bob. Milliy huddudiy chegaralanishning maqsadi va mohiyati va O'zbekiston ssr ning tashkil topishi 5
O’zbeksiton SSSR ning tashkil topishi va ma’muriy bo’linishi
Download 230.5 Kb.
|
O’zbekiston SSRning tashkil topishi
1.2 O’zbeksiton SSSR ning tashkil topishi va ma’muriy bo’linishi
1925 yil 13-fevralda Buxoroda maxsus qurilgan Xalq uyida Oʻzbekiston SSR sovetlarining I qurultoyi ochildi. Qurultoy 17-fevralda "Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasini tashkil etish toʻgʻrisida deklaratsiya" qabul qildi. OʻzSSR oradan koʻp oʻtmay SSSR tarkibiga qabul qilingan (1925 yil 13 may). OʻzSSR tarkibida 1929 yilgacha Tojikiston ASSR ham boʻlgan. Qoraqalpoq avtonom oblasti (1925 yil 16-fevraldan) tuzilib, u dastlab Qozogʻiston ASSR tarkibiga kirgan. Keyinchalik Qoraqalpoq avtonom oblasti (1932 yil RSFSR tarkibiga, 1936 yildan Oʻzbekiston SSR tarkibida) Qoraqalpogʻiston ASSR qilib qayta tuzildi. Oʻrta Osiyo xalqlari uchun bu chegaralanish va tashkil etilgan yangi "milliy davlatchilik" ularning bundan keyingi taraqqiyotiga yangi nozik farqlarni olib kirdi. Oʻzbekiston SSRning tuzilishi "oʻzbek xalqining milliy davlatchiligi tashkil qilindi", degan fikrni anglatmaydi. SSSR tarkibidagi OʻzSSR amalda hech qanday suverenitet va mustaqillikka ega emas edi. OʻzSSR tashkil etilayotgan vaqtlardayoq uning oldiga, asosan, Markazning manfaatlariga xizmat qilish, SSSRning markaziy rayonlariga xom ashyo yetishtirib berish kabi vazifalar qoʻyilgan edi. SSSR inqirozga yuz tutgan va parchalangan paytgacha bu vazifalar oʻz kuchini yoʻqotmadi. Respublikadagi dehqonlarni gʻoyaviy jihatdan birlashtirib turgan tashkilotlardan biri „Qoʻshchi“ ittifoqi boʻlgan (1920–33-yillarda faoliyat koʻrsatgan). 1924-yilda 200 ming kishini oʻziga birlashtirgan bu ittifoq ham asta-sekin bolsheviklarning qishloqdagi mustabid siyosati targʻibotchisiga aylangan. Qishloq kambagʻallarining eng qashshoq qismini oʻzida birlashtirgan bu tashkilot kollektivlashtirish (jamoalashtirish) va „quloqlashtirish“ davrida salbiy rol oʻynadi. Oʻzbekiston SSRda bolsheviklar tomonidan amalga oshirilgan „sotsialistik tajriba“ mahalliy xalq tomonidan norozilik bilan qarshi olindi. Sovet hokimiyatining dastlabki 10 yilliklarida milliy rahbar xodimlar va ziyolilar tomonidan markazning zoʻravonligiga qarshi ochiq tanqidiy fikrlar aytilgan. Muxolifat ayrim davlat va jamoat arboblari, yozuvchilar, shoirlar, maorif xodimlari va huquqshunoslarni oʻzaro birlashtirgan edi. 1925–29-yillarda Oʻzbekistonda yer-suv islohoti amalga oshirildi. Bu islohot joylarda shart-sharoitlar va tayyorgarlik darajasiga qarab uch bosqichda oʻtkazildi. Keyinchalik qishloq xoʻjaligini kollektivlashtirish amalga oshirilib, kolxoz va sovxozlar tuzildi. Biroq shoʻrolar hokimiyati oʻziga toʻq dehqon xoʻjaliklarini “quloq” (“mushtumzoʻr”) sifatida tugatish siyosatini olib borgan. Shu davrdan boshlab qadimiy Turkiston hududi bolsheviklar davlatining ikki g'ildirakli aravasiga mustahkam bog'lab qo'yildi. O'rta Osiyo davlatchiligining ming yillik rivojlanish tarixiga putur yetkazikli. Hukmron sulolalarning tez-tez almashishiga, makon-hudud mezonlarining o'zgarishiga qaramay, O'rta Osiyo davlatchiligining asosini tashkil qilgan muhit - uning aholisi tarixan turli etnik guruhlardan tashkil topganligi va uning tarqoq holda joylashganligi, uning o'ziga xos bo'lgan xo'jalik, maishiy, diniy, ma'naviy-madaniy hayotining mushtarakligi o'zgarmay qolaverardi. Har bir etnik guruh o'zining muayyan joyiga ega bo'lgani holda bu mushtaraklikning tarkibiy, o'zgarmas teng qiymatga ega bo'lgan qismi bo'lib turaverardi. Endi esa, ittifoqdosh, muxtor respublikalar va viloyatlarning tashkil topishi bilan millatlarni farqlash, tabaqalash joriy etildi. Oʻzbekiston SSR maʼmuriy jihatdan 1925-yilda dastlab 8 ta viloyat (Samarqand, Toshkent, Fargʻona, Xoʻjand, Zarafshon, Surxondaryo, Qashqadaryo, Xorazm) va Tojikiston ASSR (1929-yilgacha Oʻzbekiston SSR tarkibida boʻlgan), 22 uyezd va 241 volostga boʻlingan. 1926-yilda maʼmuriy-iqtisodiy rayonlashtirish amalga oshirilgan. 1987-yilda Oʻzbekiston SSR tarkibiga Qoraqalpogʻiston ASSR (1936-yildan u Oʻzbekiston SSR tarkibida boʻlgan), 12 ta oblast (Andijon, Buxoro, Jizzax, Navoiy, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo, Toshkent, Fargʻona, Xorazm, Qashqadaryo), 155 rayon, 123 shahar, 95 ta posyolka hamda Toshkent shahri kirgan. Oʻzbekiston SSR poytaxti 1925-yil fevraldan to may oyigacha Buxoro shahri boʻlgan. 1925-yil maydan to 1930-yil dekabrgacha Samarqand shahri poytaxt boʻlgan. 1930-yil oxiridan poytaxt Toshkentga koʻchgan Shunday qilib, millatning bir qismi o'z ota-bobolari yerida yashab, mehnat qilsa-da, rasmiy ta'rifga ko'ra, «oz sonli millat»ga aylanib qolgan edi, bu esa ularning ongiga ta'sir qilmasdan qolmasdi, o'z huquqlarining qandaydir poymol qilinganligida deb tushunardilar. Aslida, bolsheviklar andozasidagi milliy-hududiy chegaralanish O'rta Osiyo xalqlari o'rtasidagi bo'lajak millatlararo munosabatlar jarayonlafl ostiga ma'lum vaqtda portlaydigan mina qo'yish degan gap edi, ular favqulodda vaziyatlarda portlab, turli nizolar va keskin holatlar keltirib chiqarishi muqarrar edi. Shu bilan birga, yangi tuzilmalarni O'rta Osiyo xalqlarining «milliy davlatchiligi» tashkil etilganligi sifatida baholash ham to'g'ri bo'lmasa kerak. Chunki SSSR tarkibiga kirish va SSSRning tashkil topganligi haqidagi Shartnomaning imzolanishi, bu yerda RKP(b) MK O'rta Osiyo byurosining, O'rta Osiyo Iqtisodiy Kengashining va boshqa shunga o'xshash butunittifoq idoralarining saqlanib qolishi bilan davlatga xos bo'lgan hokimiyat vazifalari va vakolatlarning barchasi Markaz ixtiyorida bo'lib qoldi. O'zbekiston Prezidenti I.A.Karimovning jonli iborasi bilan aytganda, O'rta Osiyoda tashkil qilingan bu tuzilmalar davlat bo'lib shakllanmagan “davlatga o'xshash tuzilmalar edi” Mazkur tuzilmalar suverenitet va rnustaqillikdan batamom mahrum edilar, ular aslida SSSRning ma'muriy-iqtisodiy rayonlari darajasiga tushirilgan bo'lib, tashkil etilayotgan vaqtlaridayoq ularga asosan Markazning manfatlariga xizmat qilish, xom ashyo yetishtirish kabi vazifalar aniq qilib belgilab berilgan edi. Download 230.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling