Mundarija kirish 2 I bob. Milliy huddudiy chegaralanishning maqsadi va mohiyati va O'zbekiston ssr ning tashkil topishi 5


Download 230.5 Kb.
bet3/9
Sana09.06.2023
Hajmi230.5 Kb.
#1467741
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
O’zbekiston SSRning tashkil topishi

Kurs ishining davrlashtirilishi Markaziy Osiyo, jumladan,Turkiston, Buxoro va Xorazm davlatlarining tub xalqlari necha asrlar davomida turmush tarzi va an`analari jihatidan bir-biriga yaqinbo`lib keldilar. Buxoro va Xorazm XX asr 20-yillarining boshiga qadar mustaqil davlatlar bo`lgan. Bu mintaqa yagona zamini, o`z xo`jaligi, an`analari, dini, madaniya-tining mushtarakligi bilan ajralib turgan. O`rta Osiyo davlatlaridan har birining ko`p millatli ekanligi, o`zbeklar, turkmanlar, tojiklar, qoraqalpoqlar, qirg`izlar,,qozoqlar va boshqa yerli xalqlarning uchala davlat hududlarida tarqalib yasliaslii tarixan an`anaviy bo`lgan.Mana shu davlat tuzilmalari doirasida har bir xalq yoki alohida urug`lar xo`jalik hayoti tizimidagi o`z o`rniniegallab, o`zining ishlab chiqarish va xo`jalik faoliyatibilan davlat va mintaqa ijtimoiy hayotining yaxlit zanjiridagi uzilmas halqani tashkil etgan. Turkiston mintaqasining xalqlari shu zaminni qadimdan o`zlarining asl vatani deb bilganlar. Vatan yagonaligi hissi xalq ijodiyotida, an`analarida, madaniyatida o`z aksini topgan va shu mintaqada yashab turgan barcha xalqlarning abadiy qadriyatiga aylangan. Kurs ishimda Turkistonda milliy-hududiy chegaralanish o’tkazilish davridan to ikkinchi jahon urishi davriga bo’lgan tarixni yoritdim. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek, «o‘z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yo‘q» 3.

I BOB. Milliy huddudiy chegaralanishning maqsadi va mohiyati va O'zbekiston SSR ning tashkil topishi
1.1 Milliy-hududiy chegaralanish o’tkazishdan ko’zlangan maqsad, uning mohiyati
Oktabr harbiy to'ntarishidan so'ng sho'rolar hukumati O'rta Osiyo nududlarida ikki xil kurash yo'lini tanlab oldi: Birinchi yo’l - istiqlolga, milliy-ozodlikka otlangan tub yerli musulmon aholini zo'rlik bilan, kuch bilan bostirish, uning rahbarlarini qirib bitirish. Ikkinchi yo'l - g'oyaviy-mafkuraviy jabhada olib borildi. Bunda sho'rolar hukumati va komfirqa keng mehnatkashlar ommasining ongi» tinch kurash vositalari orqali g'oyaviy-siyosiy, mafkuraviy sohada ta'sir ko'rsatish yo'lidan bordi. Bu yo'lni amalga oshirish niyati bilan sho'rolar hukumati Turkistonni parchalab SSSR tarkibidagi muxtor jumhuriyatg aylantirdi: Xorazm va Buxoro «Xalq Sho'ro jumhuriyatlari»ni tuzdi Turkiston, Xorazm va Buxoro komfirqasi, kasaba uyushmasi, kommunistik yoshlar tashkiloti (komsomol), pioner tashkiloti va uning qoshida oktyabryatlar guruhlari shakllantirildi. Ana shu juda katta kuch vositasi orqali xalq ommasi ongiga Sho'rolar va komfirqa rahnamoligida amalga oshirilajak «xalqchil» va dunyoda «eng adolatli va demokratik» sotsialistik, kommunistik tuzumning afzalliklari g'oyalari to'xtovsiz singdirib borildi. Bu siyosatning markazida dunyodagi eng adolatli deb atalgan «lenincha milliy siyosat» turdi. Bu siyosatning bosh talabi «millatlarning to milliy mustaqil davlat bo'lib ajralib chiqishiga qadar o'z taqdirini o'zi belgilashi» edi. Ammo, bu bosh talab faqat tashviqot uchungina ishlatiladigan siyosat bo'lib, amalga oshmaydigan quruq so'zlardan iborat edi.
«Lenincha milliy siyosat»ning asl maqsadlari Birinchidan, siyosiy sohada O'rta Osiyoni milliy jihatdan parchalab tashlash, uning milliy mustaqil davlat sifatida shakllanishi va oyoqqa turishini abadul-abad yo'q qilish, hududiy jihatdan ularni Rossiya Federatsiyasining bo'linmas tarkibiy qismiga aylantirish. Ikkinchidan, iqtisodiy sohada O'rta Osiyo Rossiyaning xom ashyo yetkazib beruvchi bazasi bo'lib qolishi lozim edi. Uchinchidan, ma'naviy-mafkuraviy sohada o'lkada «shaklan milliy, mazmunan sotsialistik madaniyat» shiori asosida amalda ruslashtirish siyosati olib borilishi va u kelajakda tub yerli aholining «velikoruslar» bilan qo'shilib, asimilatsiyalashib ketishiga xizmat qilmog'i kerak edi. Sho'ro hukumati va komfirqa o'zining bu strategik bosh dasturiy maqsadini juda ustalik, ehtiyotkorlik va ayyorlik bilan, rejali sur'atda, ammo og'ishmay amalga oshirdi.
Tarixan tarkib topgan uchta davlatni tugatib turib, ularning o`rniga yangi davlatlar tuzish fikri o`lka va markazning rahbar xodimlaridan chiqdi. 1920-yilning boshlaridayoq TSRni bo`lib taslilasli va milliy til belgisiga qarab muxtor (avtonom) respublikalar tuzish masalasi qo`yil-gan edi. Bu g`oya Turkkomissiya raisi Ya.Rudzutak tashabbusi bilan 1920-yil 15-yanvarda qabul qilingan tezislarda aytiladi. Bu tezislar o`sha yilning iyun oyida RKP(b) Markaziy Komitetining «Partiyaning Turkistondagi vazifalari haqida» degan qarori loyihasiga kiritildi. Bu taklifni V.I. Lenin qo`llab-quvvatladi. Loyihagabildirgan o`z mulohazalarida u Turkistonning «O`zbekiya, Qirg`iziya, Turkmaniya»ga bo`lingan kartasini tuzish zarur deb ko`rsatdi. V.I. Lenin birmuncha keyinroq o`zi tayyorlagan boshqa bir loyihada o`z nuqtai nazarini o`zgartirib: «Respublikani (ya`ni Turkistonni) 3 qismga bo`lish oldindan hal qilib qo`yilmasin», deb uqtirdi.
Turkistonning ma`muriy-hududiy kartasini qaytadan ko`rib chiqish bolsheviklarning qaytadan tuzish siyosatidan o`lkada norozilik kuchayib borgan, mustaqillik uchun harakat ko`lami kengayib kelayotgani, milliy masala yuzasidan Kavkazortida boshlangan kurasgning aks sadosi va boshqa sabablarga ko`ra orqaga surilib turdi.1920-yilga kelib O`rta Osiyoda TSRdan tashqari Buxoro va Xorazm Xalq Sovet respublikalari tuzilganligi ham muhim omil bo`ldi. Bu respublikalar tuzilganidan keyin ma`lum rahbarlar guruhi ularni ham hududiy qayta bichish doirasiga tortish rejalarini ilgari surdilar.
Milliy respublikalar tuzish zarurligi g`oyasi uni (ya`ni, bu g`oyani) yerli xalqlar hayotida tengsizlik mavjudligi, milliy mojarolar kuchayib borayotgani bilan asosladilar. Bu mojarolardan qutulish yo`li turkmanlar, qirg`izlar va boshqalarning milliy davlatini tuzish, deb e`lon qildilar, amalda esa bu chora-tadbir xalqlarni bir-biridan ajratib qo`yishdan boshqa narsa emas edi. Hududlarni qaytadan belgilash va chegaralash tarafdorlari til tafovutlari, milliy tafovutlarga diqqatni ko`proq qaratib, ho`jalikka oid, iqtisodiy omillarni,mavjud suv resurslari, sug`orish tizimlarining umumiy ekanligini kamroq hisobga oldilar. Umuman, siyosiy jihatlar birinchi darajali hisoblandi. Rahbar xodimlar orasidagi yevropaliklar bilan tub xalqlar vakillari o`rtasidagi ixtiloflar, shuningdek, ayrim guruhbozlik ko`rinishlari mexanik tarzda O`rta Osiyo mintaqasi xalqlari o`rtasidagi munosabatlarga ko`chdi. Rudzutak,Stalin va boshqalar O`rta Osiyoda milliy mojaro mavjudligini uqtirdilar. Milliy masala sun`iy ravishda bo`rttirib yuborildi va davlatlar hududini tubdan qayta belgilash uchun hal qiluvchi asosiy dalil sifatida ilgarisurildi.
Turkkomissiya va Ya.Rudzustak tezislariga qarama-qarshi o`laroq, va bir guruh milliy yetakchilar 1920-yildayoq turkiyzabon xalqlar yagona bo`lib, ular-ning tarixiy ildizlari, dinlari, an`analari va madaniyati mushtarakdir, Turkistonni alohida qismlarga ajratib bo`lmaydi, degan g`oyani ilgari surdilar. Biroq bu fikrni bolshevikcha Markaz inkor etib, uni panturkizm, panislomizm, burjua millatchiligi deb baholadi.
Mintaqani milliy-hududiy jihatdan qayta tuzish masalasi partiya organlari tomonidan ishlab chiqildi va amalga oshirildi. O`rta Osiyo byurosi (Sredazbyuro) umummintaqani qamrab oladigan chegaralanish zarurligi to`g`risidagi masalani respublikalar partiya organlari,partiya xodimlari muhokamasiga qo`yishga zo`r berib intildi. Bu holat, xususan, SSSR tuzilgach (1922-yil 30-dekabr) kuchaydi.
1922-yili, va ayniqsa, 1923-yili yerli millatlar vakillarining bir qancha rahbar xodimlari O`rta Osiyodaamalga oshirilayotgan milliy siyosatdan qoniqmayotgan-liklarini ochiq-oydin ma`lum qila boshladilar. 1923-yil oxirida Turkiston xodimlarining bir guruhi Markazga xat bilan murojaat qilib, unda milliy nizolar o`lkada tugatilmasdan, ko`proq avj oldirilmoqda, deb qayd etdilar.Ushbu maktubda milliy yetakchilar mavjud bo`lganma`lum milhy-hududiy nizolarni tarixan tarkib topgan hududlar, aloqalar, davlat tuzumini keskin buzmasdan,har bir alohida respublika doirasida hal qilish zarur,degan fikrni ilgari surdilar. Ba`zi joylarda bu g`oya amaliy jihatdan yuzaga chaqarildi. 1923-yil oktabrida Buxoro respublikasida turkman va tojik viloyatlari tashkil etildi. Keyinchalik Xorazm respublikasida muxtor turkman va muxtor qirg`iz-qozoq-qoraqalpoq viloyatlarini tashkil etishga qaror qilindi. 1923-yil dekabrida Farg`ona vodiysi vakillari RSFSR tarkibida Farg`ona muxtor viloyati tashkil etish to`g`risida taklif bilan chiqdilar. Biroq bu fikrni o`lkadagi rahbar organlar, va avvalo partiya organlari xato fikr deb rad etdi.Chegaralash g`oyasini ishlab chiqib, maromiga yetkazish yo`li va boshqa bir qancha takliflar ham olg`a surildi.Biroq Markaz va RKP(b) Markaziy Komiteti O`rta Osiyo byurosi yaxlit va ulkan mintaqada, avvalo uchta O`rta Osiyo respublikalari hududlarida yalpi hududiy chegaralash chora-tadbirlarini qat`iy ilgari surdilar.
O`rta Osiyoni chegaralab bo`lish va milliy respublikalar tuzish g`oyasi 1924-yilda amalga oshirila boshlandi. Biroq bu masalaga doir ziddiyatlar ayni davrda ham davom etaverdi. Bu kampaniyada ishtirok etishdan bo`yin tovlashga ochiq-oydin intilish hollari takrorlanaverdi, yangi loyihalar taklif etildi. Lekin Markaz, O`rta Osiyo byurosi qattiq turib oldi.
Ammo O`rta Osiyo respublikalaridagi hukumat va partiya organlarining nuqtai nazarlari yakdil emas edi.Turkiy xalqlar bir-biriga yaqin, degan fikr o`rtaga qo`yilar, boshqa dalillar keltirilardi. 1924-yil fevralida Buxoro Kompartiyasi chegaralanish masalasini ko`ribchiqdi. Unda O`rta Osiyoning ma`muriy tuzilishi yuzasidan taklif etilayotgan, barcha turkiy xalqlarning ildizi birligini hisobga olmaydigan siyosat o`tmish istilochilarisiyosati bilan aslida bir deb aytildi. O`rta Osiyo byurosi tezislardagi bu fikrlarni xato deb e`lon qilib, qattiq tanqid ostiga oldi. Turkiston Markaziy Ijroiya Komiteti vaTurkiston kompartiyasining 10-martdagi birlasligan kengashida atoqli partiya xodimlari S.Xo`janov, S.Asfandiyorov, N.Paskutskiy O`rta Osiyodagi mavjud sovet respublikalari o`rnida O`rta Osiyo federatsiyasini tuzish to`g`risida taklif kiritdilar. Shu bilan birga S.Xo`janov Turkiston yagona, bir butun va uning yaxligini buzish maqsadga muvofiq emas, deb qo`shimcha qildi.
Xorazm rahbarlarida ham alohida fikrlar mavjud edi.1924-yil martida ular respublika doirasida: turkmanlar,o`zbeklar, qirg`izlarning «sud ishlari... shariat bo`yicha olib boriladigan, milliy tillardagi... maktablari bo`lgan» muxtor viloyatlarini tuzishni taklif etdilar. 8-may kuni bir guruh Xorazm rahbarlari RKP(b) Markaziy Komitetiga «Xorazmda milliy masalani hal qilish to`g`risida maktub» yuborib, unda Xorazmni chegaralanishga qo`shmaslikni iltimos qildilar. Ular o`zlarining shu nuqtai nazarlarini respublikaning olisda joylasliganligi, iqtisodiy jihatdan ajralib turganligi bilan asosladilar.Bu nuqtai nazarni Xorazm Kompartiyasi Markaziy Komiteti, jumladan, Qalandar Odinayev (1897—1938)ham qo`llab-quvvatladi. Qalandar Odinayev 1922-yil oktabriga qadar Amudaryo viloyatida, so`ngra Xorazmda RKP(b) Markaziy Komiteti O`rta Osiyo byurosi vakilibo`lib ishladi. 1924-yil iyulda Q. Odinayev Xorazm Kompartiyasi mas`ul kotib vazifasidan olib tashlandi4.
1925-yil 13-fevralda Buxoroda O'zbekiston SSR Sovetlarining I syezdi ochildi. U 17-fevralda «O'zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining tashkil topishi to'g'risidagi deklaratsiya»ni qabul qildi. Deklaratsiya O'zbekiston SSR tashkil topganligini qonunan rasmiylashtirdi va O'zbekiston SSRning ixtiyoriy ravishda SSSR tarkibiga kirganligini e'lon qildi. Deklaratsiyada qayd qilib o'tilganidek, «shu kundan e'tiboran o'zbek xalqi hududida Toshkent, Samarqand, Farg'ona, Qashqadaryo, Zarafshon, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarini o'z ichiga olgan bu xalq tarixida birinchi marta ishchi va dehqonlarning ittifoqdosh O'zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi ta'sis etiladi, unga Tojikiston Avtonom SSR kiradi».
1925-yil 13-mayda SSR Ittifoqi Sovetlarining III syezdi Turkmaniston va O'zbekiston respublikalarining SSR Ittifoqi tarkibiga kirishi to'g'risida shu respublikalar «xalqlarining erkin xohishi»ni inobatga olib tasdiqladi. Shu tariqa, O'zbekiston ittifoqdosh respublikasining qonunan rasmiylashtirish jarayoni tugallandi va jahon xaritasida SSSR tarkibidagi ittifoqdosh respublika bo'lgan O'zbekiston milliy sovet respublikasi paydo bo'ldi. Shunday qilib, 1924-yilning oxiri bolshevizmning O'rta Osiyoni milliy-hududiy chegaralash borasidagi siyosati amalga oshirilishi bilan nishonlandi. Mintaqa xalqlariga majburan tiqishtirilgan bu siyosatni amalga oshirish uchun vaqt va mablag' bilan bir qatorda katta kuch-g'ayrat talab qilindi. Birinchi davrda - milliy chegaralanish g'oyasi paydo bo'lgan 1920-yildan 1924-yilgacha, uni amalda ro'yobga chiqarish boshlangan paytgacha, uning mafkuraviy, siyosiy, madaniy-ma'naviy sozlash va shundan keyingi harakatlar uchun zamin tayyorlash mexanizmi ishga tushirildi. «yagona turkiy millat bo'lmaganidek, yagona turkiy madaniyat va yagona turkiy til ham yo'q» degan shiorlar ostida to’rt yil mobaynida dastlab Turkiston, keyinroq Buxoro va Xorazm respublikalari xalqlari ongiga keng miqyosda tazyiq o'tkazildi, milliy| o'xshash tuzilmalarning shakllanish jarayonidagi integratsiya sun'j| ravishda jadallashtirildi. Ikkinchi davr, 1924-yilda bevosita millichegaralanish o'tkazildi, uni boshdan oxirigacha RKP(b) MQ rahbariyat: va uning muxtor vakillari rahbarligida O'rta Osiyo partiya tashkilotlari amalga oshirdilar. Mahalliy xalqlarning xohish-irodasi mutlaqo hisobga olinmadi va ularni o'rganish mexanizmi ishlab chiqilmadi. Xalqlarni milliy chegaralash g'oyalarini amalga oshirish bolsheviklarning taktik ustamonligi bilan muvaffaqiyatli ro'yobga chiqarildi, Avvalo, bu g'oyaning dastlabki vazifasi hal etildi turkiylar birligi mafkurasiga va amaliyotiga sezilarli zarba berildi. Milliy tuzilmalar tashkil etilishi, ularga «milliy davlatchilik» maqomi berilishi bilan Markaz mintaqa xalqlarining diqqatini tashqi dushmandan (ular uchun tashqi dushman Markazning o'zi edi) ichki muammolarga yo'naltirishga muvaffaq bo'ldi. Lekin bu eng asosiysi bo'lib, bolsheviklar bu harakat bilan o'zlarining strategik niyatlarida ham muhim yutuqlarni qo'lga kiritdilar. RSFSRning Turkiston Avtonom Respublikasi bilan bir qatorda milliy-hududiy chegaralanishiga huquqiy jihatdan mustaqil Buxoro va Xorazra respublikalarining ham jalb qilinishi, ularning qismlarga bo'linishi va ular asosida yangi milliy tuzilmalarning tashkil topishi, ularning SSSR tarkibiga kiritilishi natijasida O'rta Osiyoning bu ikki qadimgi davlati dunyoning siyosiy xaritasidan butunlay yo'q qilindi.

Download 230.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling