Mundarija kirish 2 I bob valyuta bozori tushunchasi, uning institutsional tarkibi va o’ziga xos xususiyatlari


Download 59.83 Kb.
bet4/5
Sana10.03.2023
Hajmi59.83 Kb.
#1258095
1   2   3   4   5
Bog'liq
Valyuta bozori

Kurs o‘rnatish mezonlari

valyuta kursining turlari

1. Fiksatsiyalash turi bo‘yicha

Suzuvchi, fiksirlangan, aralash

2. Hisoblash usuli bo‘yicha

Paritet, haqiqiy kurs

3. Nisbat bo‘yicha

Kross kurs, to‘g‘ri, egri (teskari), fiksing

4. Bitim turi

Spot-kurs, muddatli bitim (forvard) kursi

5. O‘rnatish usuli

Rasmiy, norasmiy (erkin)

6. valyutaning sotib olish qobiliyati paritetiga nisbatan

Paritetli, oshirilgan, kamaytirilgan kurs

7. Bitim qatnashchilari bo‘yicha

Sotib olish kursi (sotib oluvchi uchun), sotish kursi (sotuvchi uchun)

8. Inflatsiyani hisobga olish bo‘yicha

O‘rtacha kurs, real, nominal kurs

Demak, yuqoridagi jadvaldan ko‘rinib turibdiki, doimiyligi yoki o‘rnashuviga qarab valyuta kursi suzuvchi, fiksirlangan va aralash bo‘lishi mumkin.


Suzuvchi valyuta kursi deganda milliy va chet el valyuta kurslarining o‘zaro nisbatini valyuta bozoridagi talab va taklifga qarab belgilanishi ko‘zda tutiladi. Bu kurs birinchi marta 1971-yilning avgustida AQSH dollarini oltinga ayirboshlash bekor qilingandan keyin qabul qilinib, Kanada, Ispaniya, Meksika, 1972-yil apreldan boshlab esa Yevropa Ittifoqi tizimiga kiruvchi davlatlar amaliyotida qo‘llanila boshlangan.
Fiksirlangan valyuta kursi oltin, oltin deviz, oltin, dollar standartlariga mos keladi va oltin paritet asosida bir valyutani ikkinchi valyutaga almashtirishni ko‘zda tutadi. Hozirgi kunda fiksirlangan kurs valyuta savati yoki yetakchi biror valyuta (odatda yevro, dollar) asosida aniqlanadi.
Aralash kurs fiksirlangan va suzuvchi valyuta kurslaridan foydalanish bo‘lib, u 70-80-yillardan boshlab Avstraliyada qo‘llanila boshlangan.
Agar ikki valyuta o‘rtasidagi nisbat qandaydir uchinchi valyutaga nisbatan olingan kurslarda aniqlansa, bunday nisbat kross-kurs deb ataladi. Masalan:
1 so‘m = AQSH dollari yoki 1 so‘m = Rossiya rubli
Bu yerda AQSH dollari = Rossiya rubli
1439,40
Demak, 1 AQSH dollari = = 29,359 yoki 29,4 Rossiya rubli
Ushbu misolda AQSH dollari uchinchi valyuta vazifasini bajaradi. Jahon amaliyotida asosan uchinchi valyuta sifatida AQSH dollari, Yaponiya iyenasi, yevro kabi valyutalar qo‘llaniladi, ya’ni barcha valyutalar jahon ayirboshlashida ko‘pincha aynan shu valyutalarga nisbatan kotirovka qilinadi.
Kross-kursdan foydalanish ancha og‘ir va risklidir. Ammo ularni qo‘llash quyidagi holatda zarur va foydalidir:
– Sizning talabingizdagi valyutaga ega bo‘lgan sotuvchilarda sizning valyutangizga talab mavjud emas. Masalan, so‘mni Yaponiya iyenasiga almashtirish kerak. Bu yerda uchinchi valyuta AQSH dollari bo‘lsin. Yaponiya iyenasi sotayotganlar ichida sizning valyutangizni sotib olishni xohlaydiganlar yo‘q, shu holda krosskursdan foydalanish mumkin.
Oldi-sotdi bitimlarini amalga oshirishda valyuta bozorida quyidagi valyuta kurslari ko‘rinishlaridan foydalaniladi.
Forvard bitimlari, odatda, valyuta kurslarining o‘zgarishi natijasida yuzaga keladigan risklarini bartaraf qilish maqsadida ishlatiladi. Bitim tuzilayotgan paytda forvard kursda aniqlanadi va ana shu kurs bo‘yicha valyuta sotiladi yoki sotib olinadi. Agar shartnoma muddati tugagan kunda kurs shartnoma kursidan farq qilsa, unda bir tomon foyda ko‘radi, ikkinchi tomon esa zarar ko‘radi. Masalan, siz 2012-yil 1-yanvarda 2022-yili 1-mart kuni 1 AQSH dollari = 11280so‘m kursida sotib olish bitimini tuzdingiz. Ammo 2023-yil 14-yanvar kuni 1 AQSH dollari 11350 so‘mni tashkil etdi, natijada siz har bir dollarga 5 so‘m miqdorida qo‘shimcha foyda ko‘rdingiz.
Muddatli bitimlar bo‘yicha valyuta kurslari (report) ustama yoki dastxat metodi bo‘yicha kotirovka qilinadi va autrayt kurslari deb ataladi.
valyuta operatsiyalari o‘tkazilganda forvard kurslar bilan spotkurslar farq qiladi. Bu farq spot-kurslariga diskont yoki mukofot ko‘rinishida aniqlanadi.
Umuman olganda, diskont yoki mukofot miqdori spot-kursiga nisbatan barqaror, shuning uchun banklararo bozorda muddatli bitimlar kursi kotirovkalanayotganda ko‘pincha mukofot yoki diskont aniqlanadi. To‘g‘ri kotirovkalashda diskont spotkursidan ayirib tashlanadi, mukofot qo‘shiladi va aksincha teskari kotirovkalashda mukofot spot-kursidan ayirib tashlanadi, diskont qo‘shiladi24.
Muddatli bitimlar bo‘yicha son ko‘rinishida kotirovkalanadigan valyuta kurslari autrayt deyiladi.
Forvard kurslari bo‘yicha diskont yoki ustama (mukofot) ning mavjudligining asosiy sababi forvard bitimi muddatiga teng bo‘lgan muddatga mos valyutalardagi qisqa muddatli depozitlar bo‘yicha foiz stavkalari o‘rtasidagi farq mavjudligidir. Ustama (mukofot) yoki diskont quyidagi formula orqali topiladi:
M/D = (DFSv*SK – DFSa*FTK)*FBM
100%-360
Bunda: M/D – mukofot (+), diskont (-);
DFS v/a - v/a – valyutadagi depozitlar bo‘yicha foiz stavkasi;
V, A – kotirovkalanayotgan valyutalar;
SK – spot-kursi;
FBM – forvard bitimi bo‘yicha; FTK – forvard taxminiy kursi.
FTK quyidagi formula bilan topiladi:
FTK = (DFSa - DFSv)*SK*FBM
100%-360
Forvard yoki muddatli bitimlar xalqaro savdoda tijorat operatsiyalarini amalga oshirayotganda valyuta riskidan sug‘urtalanish imkonini beradi. Tijorat operatsiyalarini sug‘urtalashning mohiyati tashqi savdo tijorat banklari bilan birga valyuta kursi harakatidan salbiy natijalar, ya’ni riskni yo‘qotish maqsadida valyutani sotish-sotib olish bitimidan iborat.
Xorijiy valyutadagi muddatli operatsiyalar zaruriyati, shuningdek, turli nosavdo, moliya operatsiyalarini sug‘urtalash bilan ham shartlanadi.


XULOSA


Mustaqillikka erishilgan dastlabki kunlardan O'zbekiston Prezidenti boshchiligida Respublika hukumati tomonidan amalga oshirilgan iqtisodiy siyosat birinchi navbatdaishlab chiqarishning butunlay inqirozga yuz tutishiga va aholi turmush darajasining jiddiypasayib ketishiga yo'l qo'ymaslikka, savdo balansining ahvolini yaxshilashga, iqtisodiyottuzilishini takomillashtirishga qaratilgan edi.Davlatimiz mustaqilligining dastlabki yillarida milliy valyutamizning joriy operatsiyalarbo'yicha ayirboshlanishini amalga oshirish uchun respublikamizda zarur shart-sharoitmavjud emas edi. O'tgan o'n olti yil davomida esa aynan shu shart-sharoitni yaratishgaalohida e'tibor qaratildi.Rivojlangan mamlakatlar tajribasi va o'tkazilgan tahlillarga suyangan holda, O'zbekistonhukumati va Markaziy bank o'z imkoniyatlarimizni puxta chamalab, milliy valyutakonvertatsiyasiga boshichma-bosqich o'tish siyosatini olib bordi.Hukumatimiz tomonidan olib borilgan oqilona valyuta siyosati natijasida ko'plabinvestitsion loyihalar amalga oshirildi. Bu borada, ayniqsa, xorijiy kredit yo'nalishlarinio'zlashtirish asosida xususiy sektorda amalga oshirilayotgan loyihalarning o'rni salmoqlibo'lmoqda. Pirovardida mustaqillik yillarida respublikamizda meva va sabzavotni qaytaishlash, go'sht va sut maxsulotlari, sariyog', pishloq, yogurt, qandolatchilik, non va nonmaxsulotlari, shuningdek, dori-darmon ishlab chiqarishga ixtisoslashgan ko'plabkorxonalar tashkil etildi.Respublikamizda islohotlarning keyingi bosqichidagi vazifalarga mos ravishda valyutasiyosati ham takomillashtirib borilmoqda.Hozirgi bosqichda ichki valyuta bozorini yanada erkinlashtirish hamda milliyvalyutamizning joriy xalqaro operatsiyalar bo'yicha erkin konvertatsiyasini joriy etishgatayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.Shu bilan birga, valyuta siyosatini erkinlashtirish iqtisodiyotning eksportga yo'naltirilgantarmoqlarini rag'batlantirishda muhim turtki bo'ladi. Bu esa o'z navbatida, iqtisodiyotningan'anaviy va yangi tarmoqlarida markazlashmagan eksport hajmining oshishiga, kichikva o'rta biznes korxonalarining tashqi bozordagi faoliyati jadallashuviga hamda xalqarobozor kon'yunkturasiga moslashib borishiga va oxir-oqibat ularning mamlakat YaIMdagisalmog'ining ortishiga olib keladi.Bundan tashqari, so'mning almashuv kursini barqaror ravishda saqlab turilishirespublikamizning valyuta, pul va moliya bozorlarini mustahkamlaydi, inflyatsionjarayonlarni hamda valyuta kursi bilan boq'liq xavf-xatarni kamaytiradi, xo'jalik yurituvchisub'ektlarning buxgalteriya va moliyaviy hisobotlarini yuritish, soliqlar, bojxona hamdaboshqa to'lovlarni amalga oshirish jarayonini engillashtiradi.Nihoyat, milliy ishlab chiqaruvchilar, xususan, xalq istemoli mollari, oziq-ovqat va engilsanoat korxonalarining yanada samarali faoliyat ko'rsatishi uchun yangi imkoniyatlaryaratiladi. Bunday korxonalarda ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan va xorijdankeltiriladigan xom - ashyo hamda ehtiyot qismlarni import qilish uchun valyutamablag'larini erkin sotib olish imkoniyati yanada kengayadi. Bu esa ichki bozornio'zimizda ishlab chiqariladigan sifatli iste'mol mahsulotlari bilan to'ldirishga olib keladi.Bir so'z bilan aytganda, valyuta siyosatining erkinlashtirilishi O'zbekistonning xalqaroiqtisodiy hamjamiyatdagi nufuzini yanada oshirish, mamlakatimizdagi investitsionmuhitniyaxshilash,mahalliyvaxorijiyinvestitsiyalarnirag'batlantirish,iqtisodiyotimizning eksport salohiyatini oshirish hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilarnirag'batlantirish orqali iqtisodiyotimizga salmoqli ijobiy ta'sir ko'rsatadi.O'zbekistonda valyuta siyosatining ta'sirchanligini oshirish borasida bir qatormuammolar mavjud.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

  1. “Moliya tizimini rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari va istiqbollari”mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami. I-qism. (2022-yil 27 may).

  2. Jeyms D. Guortni. Mantiqiy iqtisodiyot: Shaxsiy va milliy farovonlikning dolzarb masalalari: – T.: “O‘qituvchi” matbaa uyi, 2022 y

  3. Джеймс Д. Гвартни и др. Экономика здравого смысла: О личном и общественном благополучии для всех и каждого. – Т.: ПД, “O‘qituvchi”, 2022 г.

  4. James D. Gwarthey. “Common Sense Economics: What Everyone Should Know About Personal and National Prosperity”. – Т.: “O‘qituvchi”, 2022 y.

  5. Bababekova D., Tursunov B., Shermuxammedov B. Innovatsion tadbirkorlik asoslari. O‘quv qo‘llanma. – T.: “Iqtisod-Moliya”, 2020 y.

  6. Bababekova D., Tursunov B. Raqobat nazariyasi. O‘quv qo‘llanma. – T.: “Iqtisod-Moliya”, 2020 y.

  7. “Moliya tizimini rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari va istiqbollari”mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami. II-qism. (2022-yil 27 may).


Download 59.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling