Mundarija: Kirish 2
Download 1 Mb. Pdf ko'rish
|
шахзод курсавой1
- Bu sahifa navigatsiya:
- KURS ISHINING MAQSADI VA VAZIFALARI.
- 1- TOPSHIRIQ SILLIQ SILIDRSIMON VA TEKIS BIRIKMALARNI QO’YIM VA O’TQAZISHLARI
1 Mundarija: 1.Kirish_________________________________________________2 2.Silliq silindrsimon va tekis birikmalarni qo’yim va o’tqazishlari___2 3.Chayqalish podshivniklarining qo’yim va o’tqazishlari__________8 4.Shponkali birikmalarning qo’yim va o’tqazhishlari_____________19 5.Shlitsali birikmalarning qo’yim va o’tqazishlari________________26 6.O’lcham zanjirlari_______________________________________33 7.Umumiy xulosalar_______________________________________40 8.Foydalanilgan adabiyotlar_________________________________41 2 KURS ISHINING MAQSADI VA VAZIFALARI. "O’zarо almashinuvchanlik asоslari" fanidan bajarilayоtgan kurs ishi talabalar ma’ruzalarda оlgan nazariy bilimlarini mustakamlaydi, xar hil birikmalarga qo’yim va o’tqazishlarni hamda birikma dеtallarining sirti, shakli qo’yimlari va g’adir-budirliklarini tanlashda va bularning hammasini chizmada ifоda etishda amaliy ko’nikmalar hоsil qiladi. Bundan tashqari, kurs ishi talabalarning me’yоriy xujjatlar bilan ishlash tajribasini оrttiradi, hamda kelgusi bоsqichlarda kurs va bitiruv ishlarni bajarishi uchun yetarli zamin tayyоrlaydi. Kurs ishi quyidagi talablar asоsida bajarilishi lоzim: 1. Chap qatоrdan 20 mm jоy qоldirgan hоlda o’lchamlari 216 x 297 mm bo’lgan yоzuv qоg’оziga aniq ravоn, xatоsiz yоzilishi kerak. 2. Chizmalar yuqоrida keltirilgan o’lchamdagi qalin оq qоg’оzga chiziladi. 3. Hamma chizmalar va varrоqlar tartib raqamlari bilan belgilanishi va tikilishi lоzim. 4. Muqоvada talaba sinоv daftarchasining tartib raqami ko’rsatilishi kerak. 1- TOPSHIRIQ SILLIQ SILIDRSIMON VA TEKIS BIRIKMALARNI QO’YIM VA O’TQAZISHLARI Talaba 1-tоpshiriqni bajarishi uchun shu tоpshiriqqa kiruvchi avtоmоbil qismining ishlash jarayonini yaxshi tasavvur qilishi shart. Tоpshiriq 1-1 jadvaldan tanlanadi. 3 Tоpshiriqni bajarish tartibi: 1. Berilgan birikmaning ishlashini qisqacha yоzma ta’riflang. 2. Quyidagilarni belgilang va asоslang. a) Birikmaning xususiyati, tizimi, o’tqazish va kvalitetlari; b) Birikma detallarining sirti, shakli, jоylashuvidagi оg’ishlari va ularning g’adir-budirliklari. 3. Birikuvchi juftni ixtiyоriy masshtabda chizing va undagi o’lchamlarni, o’tqazishlarni ifоdalang. 4. Birikma detallarining chizmasini bering, val va teshik sirt o’lchami va chegaraviy оg’ishlari, g’adir-budirligi, shakli va jоylashish оg’ishlarini ifоdalang. 5. Val va teshik qo’yim maydоnlari sxemasini tasvirlang. 6. Val va teshik o’lchamlarining chegaraviy qiymatlarni, o’tqazish qo’yimlarini eng katta va eng kichik оraliq yоki tarangliklarni hisоblang. Topshiriqni bajarish misoli. Sinov daftarchasining tartib raqami 22 (oxirgi raqam 2, undan oldingisi 2) 1.1jadvaldan topshiriqni aniqlaymiz: shatun yuqori kallagining vtulkasi. Ø26 mm. Kamaz 5044. Topshiriqdagi shartli belgilangan: K-5044. 1. Shatun-shatun yuqori kallagining vtulkasi.Shatunning ishlash sharoiti - gazlar va inersiya kuchlaridan jadal belgisi o'zgaruvchan yuklama va yuqori harorat. Shatunning ashyosi va konstruksiyasi konstruktiv massasi kam bo'Igani holda toliqishga mustahkamliligini va eng katta bikrligini ta’minlashi kerak. 2. Avtomobil dvigatellarining bunday xildagi birikmalari uchun aniqlik me’yori sifatida amaliyotda ko’p tarqalgan Fh kvalitetni 4 tanlaymiz. Bu yerda qo’yim o’tkazish uchun teshik tizimini qo’llash maqsadga muvofik, chunki berilgan o’lcham yuzasi bo’yicha o’ziga mos teshik bilan yakkama-yakka birikadi. Shuning uchun ST SEV 144- 75 tavsiyasiga ko’ra (ilovadagi jadvalga qarang) ko’rilayotgan birikma uchun H9/z8 qo’yimni tanlaymiz. Bu yerda kam oraliqqa ega bo’lgan qo’yim, misol uchun K6/k5 dvigatel ishlab qiziganda birikmada oraliq bo’lmasligi mumkin. Katta oraliqliq qo’yimda esa, ya’ni H9/z8 moylash tizimidagi moy bosimi va birikmani ishlash muddati kamaytirishi ehtimoldan xoli emas. Shakl og’ishlarini aniqlaymiz (bizning misolimizda nosilindriklik). Tavsiyalarga ko’ra bu shartga oshirilgan nisbiy geometrik aniqlikdagi shakl og’ishlari javob beradi. 1.2-Jadvaldan 9-kvalitet va oshirilgan nisbiy geometrik aniqlik bo’yicha bajarilgan, 18-50 mm o’lchamli detal uchun belgilangan shakl og’ishni aniqlaymiz 8 mkm. Birikma detal sirtlarining g’adir-budirligi ularga ishlov berish turiga qarab topiladi. Yakunlovchi amal uchun uzatmalarni qopqog’i tashqi sirti doiraviy toza silliqlash, Shatun-shatun yuqori kallagining vtulkasi 1.3 – jadvaldan shularga mos holda sirt g’adir-budirliklari uzatmalarni almashtirib qo’shish richagida Ra=0,63 mkm va uzatmalarni qopqog’i teshigida Ra=0,1.25 mkm bo’ladi. 3. Birikmani ixtiyoriy masshtabda chizib unga o’lcham, o’tkazish va chegaraviy og’ishlarni quyamiz (1.1-rasm). Chegaraviy og’ishlar ilovadagi jadvaldan (ST SEV 144-75) tanlanadi: ES=+52 mkm, EI=0, es=+121, ei=+88 mkm. 4. Birikma detallarini chizib (1.1 rasm) birikuvchi sirtlarga o’lchamlarning chegaraviy og’ishlarini, ST SEV 368-76 bo’yicha sirt 5 shakl va joylashish og’ishlarni, hamda ST SEV 144-75 bo’yicha g’adir- budirliklarning shartli belgilari bilan qiymatini qo’yamiz. 5. Val va teshikning qo’yim maydonini ixtiyoriy masshtabda chizamiz. 6. Detallarini chegaraviy o’lchamlarini va qo’yim hamda o’tqazish tavsifnomalarini xisoblaymiz. Teshikning eng katta chegaraviy o’lchami: D max =D n +ES=26+0,052=26,052 mm Teshikning eng kichik chegaraviy o’lchami: D min =D n +EI=26+0=26 mm Valning eng katta chegaraviy o’lchami: d max =d n +es=26+0.121=26.121 mm Valning eng kichik chegaraviy o’lchami: d min =d n +ei=26-0,088=26.088mm Teshik qo’yimi: TD=ES-EI=0,052-0 mkm = 0,052 mm Val qo’yimi: Td=es-ei=0.121-0.088=0,033 mm Eng katta oraliq: N max =d max -D min =26.121-26=0.121 mm yoki N max =es-EI=0+0.121=-0,121mm Eng kichik oraliq: N min =d min -D max =26.088- 26.052=0.036mm yoki N min =ei-ES=0.088-0.052 = 0,036 mm 6 O’rtacha oraliq: N o’rt =(N max -N min ) =121-36=85 mkm O’tqazish oraliq qo’yimi: TS=TD+Td=0.052+0.033=85 mkm = 0,085 mm Silindrik sirt shakllarining nisbiy geometrik aniqligini (normal, oshirilgan va yuqori) belgilash TAVSIYALARI: 1. Normal. Siljish ravonligiga yoki eng kam ishqalanishga alohida talablar qo’yilmagan, nisbatan kam tezlikda siljish va yuklanishda harakatlanuvchi, hamda markazlashtirish aniqligi va taranglikning mukamallanganligiga yuqori talablar quyilgan, zaruriyat tug’ilganda qismlarga ajraluvchi va qayta yig’uvchi taranglik o’tqazish birikmalardagi sirtlar. 2. Oshirilgan. Siljish ravonligiga va biriktirish zichligiga shirilgan talablar qo’yilgan, o’rtacha tezlikda va yuklanishda xarakatlanuvchi, hamda katga tezlik va yuklanish, zarb, tebranishlar sharoitida aniqlik va chidamlikka oshirilgan talablar qo’yilgan va o’tuvchan o’tqazish birikmalardagi sirtlar. 3. Yuqori. Siljish ravonligiga, ishqalanishni kamayishiga va biriktirish zichligiga yuqori talablar qo’yilgan, yuqori tezlikda va yuklanishda xarakatlanuvchi, hamda katta tezlik va yuklanishlar, zarb, tebranishlar sharoitida aniqlikka va chidamlikka oshirilgan talablar qo’yilgan taranglik va o’tuvchan o’tqazish birikmalardagi birikma sirtlar. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling