Mundarija: kirish 6 i-bob. BoshIang‘ich sinflarda fonetikani o`rgatishning nazariy asoslari


Download 65.94 Kb.
bet4/15
Sana24.03.2023
Hajmi65.94 Kb.
#1292859
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Boshlang`ich sinfda undosh tovushlarni o`rganish metodikasi Reja (2)

Unli tovushlar - ogʻiz va bugʻiz bushligʻida hech qanday toʻsiqqa uchramay hosil boʻladigan, tarkibi ovozdan iborat (shovqin deyarli ishtirok etmaydigan) tovushlar. Har bir til oʻziga xos unlilar tizimiga ega. Tildagi unlilar tizimi vokalizm (lotincha: vocalis — unli tovush) deyiladi. Unli tovushlar soni turli tillarda turlichadir. Mas, hozirgi oʻzbek adabiy tilida Unli tovushlar 6 ta bulsa, boshqa turkiy tillarda 8 ta, 10 ta va undan ham ortiqdir. Bu miqdor rus tilida 5 tani, fransuz tilida esa 18 tani tashkil etadi.
Unli tovushlar bir necha jihatdan tasnif etiladi. Bu tasniflarning oʻzbek tilidagi 6 ta unli fonema (i, e, a, o, u, oʻ) misolida koʻrib chiqish mumkin. Unlilar dastlab tilning harakati va labning holati (ishtiroki) nuqtai nazaridan turlarga ajratiladi. Tilning harakatida 2 hodisa farqlanadi: tilning yotiq (yonlama) harakati; tilning tik (vertikal) harakati. Tilning yotiq (yonlama) harakatida hosil boʻlish oʻrniga koʻra unlilar 2 turga boʻlinadi: tiloldi (yoki old qator) unlilari — i, e, a hamda tilorqa (yoki orqa qator) unlilari — o, u, oʻ. Tilning tik harakatiga koʻra Unli tovushlar 3 turga boʻlinadi: yuqori koʻtarilish unlilari (i, u), oʻrta koʻtarilish unlilari (e, oʻ), quyi koʻtarilish unlilari (a, o).
Labning holati (ishtiroki)ga koʻra unlilar 2 ga boʻlinadi: lablangan unlilar (u, oʻ) va lablanmagan unlilar (i, e, a, o). Lablangan unlilar talaffuz qilingan vaqtda lablar faol ishtirok etadi: lab choʻchchayib, oldinga chiqadi, dumaloq shakl oladi. Lablanmagan unlilar talaffuzida lablar ishtirok etmaydi yoki lablar ishtiroki passiv boʻladi.
Tovushning hosil boʻlishida ketadigan vaqtning miqdoriga koʻra Unli tovushlar 2 turga boʻlinadi: choʻziq unli; qisqa unli. Choʻziq unli davomli (choʻziq) talaffuz etiladigan Unli tovushlardir. Bunday tovushlar koʻpincha maʼno farqlash uchun xizmat qiladi. Bu hodisa turkiy tillarning baʼzilarida, shuningdek, ayrim oʻzbek shevalarida uchraydi. Mas, turkman tilida a:ch (krrnim och) va ach (eshikni och), ba:r (menda bor) va bar (ishga bor), a:t (nom, ism) va at (yilqi) va boshqa Qisqa unlilar talaffuziga choʻziq unliga nisbatan oz vaqt ketadi.
O‘zbek tili yozuvi tovush yozuvi hisoblanadi, chunki tovush yozuvda harflar bilan ifodalanadi. 1-sinf o‘quvchilari quyidagilarni bilib olishlari lozim:
a) tovushni talaffuz qilamiz va eshitamiz;
b) harfni ko‘ramiz, o‘qiymiz va yozamiz;
d) harf – tovushning yozuvda ifodalanadigan belgisi.
O‘quvchilar ko‘pincha tovush bilan harfni aralashtirib, xatoga yo‘l qo‘yadilar. Ularda grafik malakani shakllantirish uchun quyidagilarni o‘rgatish zarur:
1) bir undosh harf yozuvda ikki undosh tovushni ifodalashi mumkin (masalan, kitob so‘zidagi b harfi p tovushini, kitobim so‘zidagi b harfi b tovushini ifodalaydi);
2) jayra, jajji so‘zlaridagi j tovushi (jarangli, portlovchi) ham, jurnal, vijdon so‘zlaridagi j tovushi (jarangli, sirg‘aluvchi) ham bitta j harfi bilan ifodalanadi;
3) tong, keng so‘zlaridagi uchinchi jarangli undosh tovush (ng) ikki harf birikmasi (ng) bilan ifodalanadi;
4) sh, ch harf birikmalari ham bir tovushni ifodalaydi (shamol, choy).
Dasturga ko‘ra o‘quvchilarda so‘zni bo‘g‘inlarga bo‘lish ko‘nikmasini shakllantirish vazifasi talab etiladi. Bo‘g‘in murakkab tushuncha bo‘lgani uchun boshlang‘ich sinflarda uning qoidasi berilmaydi. O‘quvchilar so‘zni bo‘g‘inlarga bo‘lishda so‘zda nechta unli bo‘lsa, shuncha bo‘g‘in bo‘ladi, degan tushunchaga asoslanadilar. Bu tushunchani ular savod o‘rgatish davridayoq hosil qiladilar. Bolalar yozilgan so‘zdan dastlab unli harfni topadilar, keyin so‘zda nechta unli bo‘lsa, uni shuncha qism (bo‘g‘in)ga bo‘ladilar.
Tovush murakkab tushuncha bo'lgani uchun boshlang'ich sinflarda unga ta ’rif berilmaydi. Shunga qaramay, bolalarda tovush haqida to'g'ri ilmiy tasavvur amaliy mashqlar yordamida hosil qilinadi. Bunda yetakchi usul so'zdagi tovushlarning talaffuzi hamda so'zning leksik ma’nosi so'zdagi tovushlarning tarkibiga bog'liqligi ustida kuzatish hisoblanadi. Masalan, aka, uka, opa, ona, ola, kul, gul, qora, qara kabi bir unli yoki bir undosh bilan farqlanadigan so'zlar har xil lug'aviy ma’noni ifodalaydi.
So'zning tovush tarkibi ustida ishlash savod o'rgatish davridanoq boshlanadi. Bolalar bu davrda talaffuz qilingan yoki eshitilgan so'z tovushlardan tuzilishini bilib oladilar. Ular so'zni tovush tomonidan tahlil qilishga o'rganadilar, ya’ni so'zni bo'g'inlarga bo'ladilar, so'zdagi tovushlarni tartibi bilan aytadilar. Bunda tovush tomondan tahlilni harf tomondan tahlil bilan aralashtirmaslikka alohi-da ahamiyat beriladi. So'zning tovush tarkibini to‘g‘ri tasavvur etish undagi harflarni tushirib qol-dirmay yoki o ‘rnini almashtirmay yozish malakasini shakllantirish uchun ham , so‘zni to ‘g‘ri talaffuz qilish uchun ham katta ahamiyatga ega. Shuning uchun savod o'rgatishdan so'ng ham so'zni tovush tomondan tahlil qilish mashqlari yordamida so'zdagi tovushlar tarkibini aniqlash ko'nikma-sini takomillashtirish ustida ishlab borish zarur.O'qituvchi ona tili darslarida o'quvchilarni tovush va harflar bilan tanishtirishda, ularni sintezlab o'qishga o'rgatishda o'zbek tilining fonetik xususiyatlarini hisobga olishi zarur.
So'z bo'g'inga bo'linadi, bo'g'indan kerakli — o'rganilayotgan tovush ajratilib olinadi, tahlil qilinadi, o'rganiladigan harf bilan sintezlanadi, shu asosda harf va butun o'qish jarayoni o'zlash-tiriladi. Bunda o'zbek tili grafik tizimi, tovushlarni yozuvda belgilash xususiyatlari hisobga olinadi. Ona tili grafik tizimining quyidagi xususiyatlarini hisobga olish muhim ahamiyatga ega:
1. Savod o'rgatishda tovush-harf bilan tanishtirish unlilardan boshlanadi. Hozirgi o‘zbek tilida 6 ta unli fonema mavjud: a, o, i, e, u, o‘.
E harfi so'z va bo'g'in boshida qo'llanadi (ekin, echki, ) undoshdan keyin o 'rta keng lablan-magan unli tarzida o'qiladi (kel, tez).
Savod o'rgatishda oldin so'z boshida keladigan e, so'ngra undoshdan keyin keladigan e tovush-harfi bilan tanishtiriladi. 0 harfi o'zbekcha, umumturkiy so'zlarda quyi keng, lablangan о tovushini ifodalaydi, ruscha-baynalmilal so'zlarda urg'usiz bo'g'inda a tarzida (botanika), o‘ tovushi kabi (tonna), qisqa i arzida (traktor) talaffuz qilinadi. Shuning uchun bu unli qatnashgan ruscha-baynalmilal so'zlar savod o'rgatish davridan so'ng o'quv jarayoniga kiritiladi. A tovushi bahor, savol kabi so'zlarda о kabi, muomala, munosabat kabi so'zlarda i tovushiga yaqin talaffuz qilinadi, lekin a yoziladi. U tovushi qovun, sovun kabi so'zlarda i tovushiga yaqin talaffuz etilsa ham u yoziladi.
O'zbek tilida 24 ta undosh tovush bor. Yozuvda ular 23 ta harf bilan ifodalanadi: shulardan 3 tasi harf birikmasi, 21 tasi yakka harf bilan belgilanadi. U lar quyidagilar: b, d, f, g, h, j (jurnal), (jo ‘ja ), k, 1, m, n, p, q, r, s, t, v, x, y, z, g', sh, ch, ng. Undoshlarni o'rgatishda ham muayyan tartibga, talabga asoslaniladi.

Download 65.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling