Mundarija kirish abdulla Avloniy — milliy uyg‘onish davri o‘zbek pedagogikasining asoschisi
Abdulla Avloniy ijodida axloqy masalalarning qo’yilishi
Download 42.25 Kb.
|
Avloniy
Abdulla Avloniy ijodida axloqy masalalarning qo’yilishi
Abdulla Avloniy o’z ta’lim-tarbiyaviy qarashlarida axloqni yuqori o’ringa qo’yadi va uni barcha xulqlar majmui deb ta’kidlaydi. Xulq esa, kishida o’z-o’zidan paydo bo’lmaydi. Ularning shakllanishi uchun ma’lum bir sharoit, tarbiya kerak. Inson fitrati pok tug’iladi, unda yomonliklarga havas bo’lmaydi, o’sib-ulg’ayishi jarayonidagi oilaviy muhit, ta’limiy sharoit, jamiyat ta’sirida fe’l-atvori shakllanib, o’zgarib boraveradi. Avloniy qarashlariga ko’ra, axloq tarbiyasi xususiy ish emas. Bu tarbiya ijtimoiy jarayon. Har bir insonning tarbiyasiga butun jamiyat mas’ul bo’lishi lozim. Xalqlar, milllatlarning taraqqiy qilishi, davlatlarning qudratli bo’lishi ko’p jihatdan o’sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasiga chambarchas bog’liq bo’ladi. Avloniyning ma’naviy-ma’rifiy g’oyalarida yaxshilik muhim o’rin tutadi. Adib yaxshilikni eng ulug’ fazilat hisoblaydi, insonlarni bir-birlariga yaxshilik filishga da’vat etadi. Bu borada o’zi ham ibrat bo’ladi. Xususan, alloma aholining bilim-ma’rifatini oshirish maqsadida o’z boyligini yangi maktablar, teatr truppalari ochishga beminnat sarflaydi, gazetalar chop ettiradi. Abdulla Avloniy “Turkiy guliston yoxud axloq” asarida sabr, toqat, sabot va matonat masalalariga ham alohida to’xtalib o’tadi. Allomaning ta’kidlashicha, “har bir ishda sabr ila harakat qilmoq lozimdur. Sabr insonlar uchun buyuk bir fazilatdir, maqsadga yetish yo’lidir. Nafsni sabr ila rom qilgan kishi har ishda oshiqmay, ohista harakat qilur. Nafsini halokatdan, g’ururdan saqlar. Sabr shunday bir kuchli narsadurki, shahvatni iffatga, g’azabni shijoatga, shiddatni hilmga, kattalikni tavozu’ga, yomonlikni yaxshilikka aylandurmoqg’a quvvati yetar… Sabr shodlig’ning kalitidur…. Darhaqiqat, sabr insoniylik martabasining birlamchi mezonlaridan. Inson har qanday vaziyatda ham o’zini baxtiyor sanashi uchun, avvalo, sabr-qanoatli bo’lmog’i lozim. Boshiga tushadigan turfa ko’rgiliklarni Yaratgandan bir sinov yoki ne’mat deya, go’zal sabr bilan yengib o’ta olgan kishigina haqiqiy saodatga erishadi. Aksincha, sabrsizlik, shoshqaloqlik insonni chohga qulatadi. Ham ruhiy-ma’naviy, ham moddiy jihatdan yemira boshlaydi. Avloniy “Turkiy guliston yoxud axloq” asarida yuqoridagi kabi bir qancha insoniylik sifat va fazilatlari xususida mulohaza yuritadi. “Yaxshi xulqlar” va “yomon xulqlar” turkumiga ajratgan holda inson ma’naviy qiyofasining rangin manzaralariga sayqal beradi. Shu jihatlardan ham, bugungi o’zbek pedagogikasi, didaktikasini Abdulla Avloniyning samarali mehnatlarisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Ushbu xususiyatlariga ko’ra adib ijodiy merosi ta’lim bosqichlarida uzviylik va uzluksizlik asosida o’qitiladi. Alloma o’zining pedagogik qarashlarida ham, badiiy-publitsistik asarlarida ham, avvalo, insonning ruhiy-ma’naviy kamolotini tarbiyalashni ustuvor deb biladi. “Turkiy guliston yoxud axloq” risolasida Avloniy, shuningdek, har bir kishi o’z vazifasiga sadoqat bilan kirishishi, agar u murabbiy bo’lsa, o’z shogirdlarining ko’ngliga ma’rifat ishqini solishi, xalq o’rtasiga ma’rifat tarqatishi zarurligini ta’kidlaydi, ilm-hunar egallashning ijtimoiy ahamiyatini ko’rsatadi: “Hozirgi zamonda maqsadga yetmak, o’z millatiga xizmat qilmoq, xalqg’a maqbul bo’lmoq uchun ilm va mol lozimdur. Olamdagi hamma millatlarning hol va qudratlari mol va boyliklari ila o’lchanadur. …Mol topmoqning eng barakatli yo’llari: hunarmandchilik, ekinchilik, chorvachilik, savdogarlikdur. Bularning har biriga ham bu zamonamizda bilim lozimdur… Ameriqoliklar bir dona bug’doy ekub, yigirma qadoq olurlar. Yevropaliklar o’zimizdan olgan besh tiyinlik paxtamizni keturub, o’zimizga yigirma besh tiyinga soturlar. Ammo biz osiyoliklar, xususan turkistonliklar, dumba sotub, chandir chaynaymiz, qaymoq berib, sut oshiymiz, non o’rniga kesak tishlaymiz”, deya Avloniy kuyunchaklik bilan “hozirgi zamonga muvofiq kishi bo’lmoq uchun ilm va ma’rifatni egallashimiz kerak”, degan shiorni o’rtaga tashlaydi. Insoniy fazilatlar, odamiylik sifatlarini ulug’laydi, yaxshilik, ezgulikni, ilm-ma’rifatni targ’ib qiladi. Adib tomonidan ta’lim-tarbiya, odob-axloq borasida ilgari surilgan bu kabi ulug’vor g’oyalar bugungi kunda ham o’z dolzarbligini saqlagan holda zamonaviy o’zbek pedagogikasi taraqqiyoti uchun munosib xizmat qilib kelmoqda. Bundan tashqari, Abdulla Avloniy o’zining boshqa bir qator badiiy-publitsistik asarlarida ham ma’naviy-axloqiy masalalarni qalamga oladi. Bu borada lirik merosi alohida o’rin tutadi. Abdulla Avloniy asarda yaxshi va yomon xulqlar borasida batafsil izoh berar ekan, tajribali pedagog sifatida inson tarbiyasiga go’dakligidanoq jiddiy e’tibor qaratish zaruratini ilgari suradi. Alloma bola tarbiyasi borasida fikr yuritganda ushbu mulohazalarni muhim sanaydi: “Agar bir kishi yoshligida nafsi buzulib, tarbiyasiz, axloqsiz bo’lib o’sdimi, allohu akbar, bunday kishilardan yaxshilik kutmoq yerdan turub yulduzlarga qo’l uzatmak kabidur”. Avloniy ta’kidicha, bolalarda axloqiy xislatlarning tarkib topishida ijtimoiy muhit, oilaviy sharoit va bolaning atrofidagi kishilar g’oyat katta ahamiyatga ega Alloma insoniy xulqlarni yaxshi va yomon toifalarga ajratadi va har biriga alohida tushuntirish berib o’tadi, fikr-mulohazalarini hayotiy misollar orqali dalillashga harakat qiladi. Chunonchi, yaxshi xulqlarni shunday izohlaydi: “Yaxshi xulq – bir qismi o’z nafsimizga, bir qismini bir-birimizga qarshi ishlatmak uchun kerakli bo’lgan yaxshi xulqlar: fatonat, diyonat, islomiyat, nazofat, g’ayrat, riyozat, qanoat, shijoat, ilm, sabr, hilm, intizom, miqyosi nafs, vijdon, vatanni suymak, haqqoniyat, nazari ibrat, iffat, hayo, idrok va zako, hifzi lison, iqtisod, viqor, xavf va rajo, itoat, haqshunoslik, xayrixohlik, munsilik, sadoqat, muhabbat va afvdur.” Yomon xulqlar esa quyidagicha keltiriladi: “Insonlarni saodati abadiyadan mahrum qiladurgon, janobi Haq qoshida va xalq nazarida mazmum, hayoti jovidonimizda masmum bo’lgan axloqi zamimalar: g’azab, shahvat, jaholat, safohat, hamoqat, atolat, hasosat, raxovat, anoniyat, adovat, namimat, g’iybat, haqorat, jibonat, hasad, nifoq, ta’ma, zulmdur”, deydi va ularning har biri borasida alohida to’xtalib, ularning mazmun-mohiyatini, ijtimoiy zaruratini yetarlicha asoslab beradi. Abdulla Avloniy kishining ilm olishini eng oliy fazilat hisoblaydi. Uning aytishicha, ilm agar jamiyat manfaatiga xizmat qilmasa, ilm xalq farovonligi yo’lida qo’llanilmasa, u o’likdir. SHuning uchun ham, adib xalqqa ko’proq nafi tegadigan ilm-hunar bilan shug’ullanishni taklif etadi. Buyuk ma’rifatparvar o’z ijodida ham, hayotiy faoliyatida ham takabburlik, manmanlikni inson boshiga yomon oqibatlar keltiruvchi illat sifatida qoralaydi, do’stlik va mehnat tarbiyasiga alohida e’tibor beradi. U haqiqiy do’st orttirish yoshlikdan boshlanishini, bu sifatlarni bolaga yoshligidan singdirib borish zarurligini aytadi. Avloniyning fikricha, mehnat kishini baxtiyor va saodatmand etadigan, unga shuhrat olib beradigan qandaydir g’ayritabiiy qudrat emas. Balki, mehnat o’z nomi bilan mehnat. Binobarin, u kishidan kuch va iroda talab etadigan faoliyatdir. Avloniy tarbiyani keng ma’noda tushunadi, uni birgina axloq bilan chegaralab qo’ymaydi. “Sog’ tanda sog’lom aql” degan hikmatga mos ish tutadi. U farzand kamolotini salomatlikda deb biladi. Bolaning sog’ligi uchun qayg’urish muhimligini uqtiradi. Allomaning ta’kidlashicha, “badanning salomat va quvvatli bo’lmo Abdulla Avloniyning didaktik ta’limotida vijdoniylik tamoiyili ham yetakchi o’rinda turadi. Adib vijdonga quyidagicha ta’rif beradi: “Vijdon deb ruhimizga, fikrimizga ta’sir qiladurg’on hissiyot, ya’ni sezuv, tuymakdan iborat ma’naviy quvvatni aytilur. Biz har vaqt aftol va harakatimizning yaxshi va yomonligini, foyda va zararligini ondak vijdonimiz ila bilurmiz. Vijdon inson aql va fikrining haqiqiy mezonidurki, bu tarozu ila o’z kamchiliklarini o’lchab, bilmak ila barobar, boshqalarning ham aftol va harakotini sezur. Agar ishlag’on ishi shariat, aql va hikmatga muvofiq bo’lsa, muhabbat qilur. Qabohat va yomon ishlarni qilsa, nafrat qilur… Vijdon yaxshi xulqlarning manbai o’ldigindin vijdon sohiblari har bir ishni beg’araz, xolis niyat ila ishlar. Shul sababli har kim nazarida maqbul va suyukli bo’lur…” Abdulla Avloniy zamonaviy o’zbek pedagogikasini shakllantirish va rivojlantirishga salmoqli hissa qo’shgan ma’rifat fidoyilaridan hisoblanadi. U o’zining butun hayotini millatni ziyoli qilish, ma’nan va jismonan barkamol avlodni tarbiyalash yo’lidagi zahmatli va sharafli faoliyatga baxshida etdi. Shu boisdan ham adibning ilmiy-ijodiy merosi nafaqat tadqiqotchilar tomonidan, balki ta’lim bosqichlarida ham o’rganiladi. XULOSA Abdulla Avloniyning pеdagogik qarashlari bugungi kunda ham o‟zbеk milliy maktabini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois uning ijodiy mеrosini chuqur o’rganishga qiziqish ortib bormoqda. Abdulla Avloniy butun vujudi bilan muallim edi. Uning o'zi ham yuqori sinf talabalariga jo'g'rofiya va tarixdan ham boshlang’ich sinflarga o’qish, ona tilidan saboq berar edi. Misr, Turkiya, Qozon va boshqa joylardan olib kelgan turli yangiyangi kitoblarini yuqori sinf o'quvchilariga hamda eng yaxshi o'qiganlarga va muallimlarga tortiq qilardi. U ne qilsa ulug' Turkiston uchun va uning kelajagi bo'lgan yoshlar uchun qilardi. Millat bolasi savodini chiqarish, ularning dunyo ilmlaridan xabardor bo‟lishi uchun butun vujudi bilan harakat qildi. Bu ulug’ otabobolarimiz bugungi kun yoshlari uchun, shubhasiz, o‟rnak va ibratdir! Adabiyotlar ro’yxati 1. Dolimov U.”JАDID MАKTАBLАRI: ULАRDА ONА TILI VА АDАBIYOT QITISHNING ILMIY-NАZАRIY HАMDА АMАLIY АSOSLАRI”.Ped. fan.nom dissert. Avtoref.Toshkent. 2008. 2. Neʼmatov Sh.E.Turkistonda darsliklar yaratishning tarixiy yoʼli va ularning didaktik asoslari. Ped.fan.nomz.dissert.avtoref. Toshkent. 2009. 3. Hayitov H. A. QUSHLARGA IBRAT-HAZRATI XIZR! //Интернаука. – 2020. – №. 12-3. – С. 72-73. 4. H H Akhmadovich Khoja nasriddin afandi as people’s hero. AKADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL 11(2).1562. 5. T. Khoja o’g’li, K H Ahmadovich Advanced Characteristiks of the Tradition of Using Uzbek Folk Humor Art in Written Literature. Amerikan Journal of Social and Humanitarian Research 3 (9).1-4. 6. K K Akhmadovich, NS Ubaydullayevna THE PRACTICAL SIGNIFICANCE OF EDUCATIONAL INTEGRATIONS IN THE FORMATION OF INDEPENDENT WORK IN PRIMARY GRADES.Conferencea, 66-75.. 7. Pardayeva K. Abdulla Avloniy asarlari uzluksiz ma’naviy tarbiya jarayonining metodik manbasi sifatida. Xalq ta’limi o‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligining ilmiy-metodik jurnali. 2020 5-son (sentabr-oktabr) 8. Manba https://tafakkur.net/abdulla-avloniy Download 42.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling