Mundarija kirish Andijon viloyati Namangan viloyati Fargona viloyati Geografik o‘rni va tabiiy sharoiti Xulosa Foydalangan adabiyotlar Ilovalar kirish


Namangan viloyatida 10 ta ekoturizimini tashkil etilishi 1-rasm


Download 442 Kb.
bet5/10
Sana21.04.2023
Hajmi442 Kb.
#1372018
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Fargona viloyati tayyor

Namangan viloyatida 10 ta ekoturizimini tashkil etilishi 1-rasm
https://uz.wikipedia.org/wiki/
Viloyat xududining yarmidan ko‘prog‘i tog‘ va tog‘oldi rayonlaridan tashkil toptan. Bu yerda adir mintaqasi ko‘shni viloyatlarga qaraganda keng tarqalgan va u bogdorchilik, uzumchilik xamda chorvachilik uchun qulay. Shu jixatdan Namangan viloyatining yer fondi xam kattaroq. Biroq, uning eng chekka shimoli-g‘arbiy qismi baland tog‘liklardan iborat (balandligi 4000 metrgacha yetadi).
Orografik jixatdan viloyatning g‘arbiy va shimoliy qismidagi Chotqol, Qurama xdmda Farg‘ona tizmalari G‘arbiy Tyanshan tog‘ tizmalariga kiradi. Ularning asosiy qismi - Pop tumanida. Ushbu tumanning yer usti tuzilishi ancha murakkab bo‘lib, balandlik amplitudasi eng janubdagi 365-367 m balandlikdan 4008 m nuqtalar doirasida 3640 metrga teng. Darxaqiqat, Pop tumani respublikamizda tipik tog‘li xududlar katoriga kiradi va bu joyda "foydali yer" koeffitsiyenti viloyatning boshka tumanlariga Karaganda ancha past1.
Viloyat xududida ba’zi kazilma boyliklari xam mavjud (flyuorit, kumush, oltin, granit neft va b.). Chodoq, Chorkesar, Uyg‘ursoy polimetal va kimmatbaxo metallar hamda Tergachi, Namangan va Mingbulok neft konlari shular jumlasidandir. Ammo bu konlarda kazilma boyliklarining zaxirasi kum emas, binobarin, ular mintaqa iktisodiyotiga kuchli ta’sir etmaydi.
Yog‘in-sochin mikdori g‘arbdan sharkka tomon ortib boradi (100-400 mm). Asosiy gidrografik elementi - Sirdaryo, u shu nomda ayni viloyat xududida, Norin va Qoradaryoning qo‘shilishi natijasida shakllanadi. Biroq Sirdaryoning yerlarni sug‘orishdagi axamiyati katta emas, chunki u ancha pastlikda oqib o‘tadi. Bu jixatdan uning irmoqlari - soylarning axamiyati yukorirok: Rezaksoy, G‘ovasoy, Kosonsoy, Chortoqsoy, Namangansoy va h.k. Ushbu soylarning yuqori qismida kichik-kichik suv omborlari kurilgan (Chortok, Ko‘ksaroy, Olmossoy, G‘ovasoy, Kengko‘lsoy, Rezaksoy va boshkalar).
Norin daryosi Kirg‘iziston hududi, baland tog‘liklardan yudiiga chiqqandan so‘ng keng yoyilib ketadi. Xuddi ana shu yerdan vodiyning aksariyat kanallari boshlanadi. Jumladan, Katta Namangan, Shimoliy Farg‘ona, Katta Farg‘ona, Katta Andijon kanallari Uchqo‘rg‘on shaxri va Shamoldisoy shaxarchasi yakinidan boshlanadi. Katta Namangan kanal i keyingi yillarda kurilgan bo‘lib, u adir zonasining pastroq kismlarini sug‘orishga mo‘ljallangan. Umuman olganda esa, Namangan viloyati, ayniksa, uning g‘arbiy qismi suv bilan yaxshirok ta’minlanmagan. Shu joylarda va tog‘oldi xududlarda juda ko‘p ariklar bor. Ular suv omborlaridan boshlanadi.
Namangan viloyati tabiiy boyliklariga uning dori-darmon uchun foydalaniladigan turli xil o‘tlar (farmatsevtika resurelari) xamda rekreatsiya maskanlarini xam kiritish mumkin. Bunday joylarga Chortok, Pop tumanidagi Parda Tursun sixatgoxlari, Yangiqo‘rg‘on, Chuyet tumanlarining go‘zal landshaftlari misol bo‘la oladi.Axoliyey va mexnat resurelari. Yaqin yillargacha Namangan viloyati respublikamizda aholisi nisbatan jadal ko‘payib borayotgan xududlar katoriga kirar edi. Ammo so‘nggi yillarda demografik o‘sish ko‘rsatkichlari biroz pasayib bormokda. Masalai, 1989-2000-yillarda viloyat aholisi Yiliga o‘rtacha 2,50 foizdan ko‘payib borgan bo‘lsa, 2000-yillar boshida bu ko‘rsatkich 1,70 foizga tushib qolgan. Eng so‘nggi yillarda aholi soni 1,70-1,80 foizdan ko‘payib bormoqda. Demografik rivojlanish asr boshida biroz pasayib, taxminan 2006 yildan yanada jadallashgan va o‘ziga xos to‘lqin sifatida qisqa muddatli o‘tish davrini namoyon qilgan.
Qishloq tumanlari mikyosida aholi o‘sishi ancha xududiy tafovutlarga ega: agar viloyat aholisi 1989-2014-yillarda 1,7 martaga o‘sgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich Chortoq, Chuyet va Kosonsoy tumanlarida 2,5-2,7 martani tashkil qilgan. Uchqo‘rg‘on, To‘rako‘rg‘on va Pop tumanlarida ham bu o‘sish ancha yuqori bo‘lgan, Namangan va Yangiqo‘rgon tumanlarida esa aholi o‘sishi dinamikasining biroz past darajalari qayd etiladi.
Namangan viloyatida aholining zichligi o‘rtacha 1km2 ga 337 kishini tashkil qiladi. Bu rakam qo‘shni Fargona va, ayniqsa, Andijon viloyatiga Karaganda biroz pastrok bo‘lsa-da, u respublika ko‘rsatkichidan 5 marta ko‘pdir. Viloyat hududida aholi zichligi har xil: u Namangan shahriga bevosita yaqin, sug‘orma dehqonchilik yaxshi rivojlangan tumanlarda (Uychi, To‘raqo‘rg‘on, Norin, Namangan) 680-890 kishiga yetadi. Vaholanki, maydoni bo‘yicha eng katta Pop tumanila zichlik 68 kishi, xolos. Bu esa butun Farg‘ona iqgisodiy rayonida eng kichik ko‘rsatkichdir. Shu katorda, yangi o‘zlashtirilgan Mingbuloq tumanida ham aholi joylashuvi uncha zich emas -151 kishi va bu jihatdan u qo‘shni Andijon viloyatining Ulug‘nor, Bo‘z, Farg‘onaning Yozsvon tumanlariga o‘xshab ketadi. Ma’lumki, bu ma’muriy birliklar Markaziy Farg‘ona - Qoraqalpoq cho‘li hududlarida joylashgan. Demak, viloyat tumanlarining demografik sig‘imi bir-biridan ancha farq qiladi. Bunday holat asosan suv resurelarining hududiy shakllanishiga bog‘liq bo‘lib, u ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning mintaqaviy xususiyatlariga ham ta’sir ko‘rsatadi.
Viloyatda aholi soni bo‘yicha Chuyet tuman i oldinda turadi. Bu yerda 237,6 ming kishi istikomat kiladi. Qolgan kishloq tumanlari aholisi esa Mingbuloq tumanidagi 112 ming kishidan Namangan tumanidagi 212 ming kishigacha farq qiladi (23-ilova). Aholi sonining nisbatan yuqorn sur^atlarda o‘sishiga uning tabiiy harakati sababchidir. Bu o‘zgarish yo'ki burilish taxminan 2005-2006-yillarga to‘g‘ri kelib, u, o‘z navbatida, avlodlar almashuvi, demografik jarayonlar o‘tmishining xususiyatlari bilan izohlanadi.
Tahlillarga binoan, tug‘ilish 1995-2013-yillar maboynida 15-20 promillega qisqargan. Agar 2005-2013-yillar oralig‘i olinsa, qator tumanlarda tug‘ilish umumiy koeffitsiyentining biroz ko‘tarilganligini ko‘rish mumkin. Masalan, Kosonsoy tumanida u 21,9 dan 24,3 promilllega, Namangan tumanida 20,6 dan 23,0 gacha, Uychida 20,4 dan 23,8 promillega ko‘tarilgan va h.k. Faqat Mingbuloq tumanida aks holat ro‘y bergan. Umuman, barcha kishloq tumanlarida ko‘rilayotgan yillarda tug‘ilish koeffitsiyenta yuqorilashgan. 1995 yilda eng yukori tug‘ilish ko‘rsatkichi Kosonsoyda, eng pasti - Yangiqo‘rg‘onda, farq 8,6 promilleni tashkil qilgan. 2000 yilda eng yuqori ko‘rsatkichga (27,0 %o) To‘raqo‘rg‘on tumani, eng pastiga Norin (19,0 %o) tumani ega bo‘lgan, farq 8,0 %o. 2005-yilga kelib tug‘ilish geografiyasida kuyidagi o‘zgarishlar yuz bergan: eng yuqori tug‘ilish darajasi - 21,9 %o (Kosonsoy va Pop tumanlarida), eng pasti -18,7 %o Uchqo‘rg‘on tumanida, ular o‘rtasidagi farq bor-yo‘g‘i 3,2 punktni tashkil qilgan.
2013-yilda viloyat tumanlari orasida nisbatan yuqori ko‘rsatkich Kosonsoyda (24,3 %o), eng pasti Chustda (20,9 %o) qayd etildi, farq 3,4 promille. Ko‘rinib turibdiki, 2000-yillar o‘rtasida tug‘ilish ko‘rsatkichlaridagi xududiy tafovutlar biroz tekislashgan, keyinchalik esa bu farq, biroz ortib borgan.
Ulim koeffitsiyenta ham bu yillarda pasayib borgan. Ammo kishlok tumanlari miqyosida katta farklar kuzatilmaydi. 1995-yilda eng yukori o‘lim kursatkichi Norinda, eng pasta Chuyet tumanida, 2013-yilda eng yuqorisi - Uchko‘rg‘onda, eng kuyi darajasi Kosonsoy tumanida kayd etilgan.
Aholi tabiiy harakataning yakunlovchi kursatkichi - tabiiy ko‘payish jarayonlari tug‘ilish koeffitsiyentidagi o‘zgarishlarni takrorlaydi. Viloyat bo‘yicha 2013-yilda tabiiy ko‘payish 18,3 promille yoki 1,83 foizga tent. Bu hakikiy aholi ko‘payishidan biroz ko‘proq, xolos. Sababi, tashki migratsiya viloyatda salbiy natijaga ega bo‘lib, eng so‘nggi yillarda u ijobiylashmokda. 2013-yilda har ming kishiga viloyatga kelganlar 2,0, ketganlar ham shuncha bo‘lgan (34-jadval). Kelganlar bo‘yicha Namangan va Pop tumanlari oldinda -3,1 %o, ketuvchilar darajasi Mingbulok tumanida yuqori - 2,5 %o. Aholi migratsiyasi bilan shaharlar rivojlanishi, urbanizatsiya jarayoni chambarchas bog‘lik- Qishloq aholisining shaharlarga ko‘chishi, shaxarlar to‘ri va tarkibining rivojlanishi urbanizatsiyata olib keladi.Namangan viloyatida, respublikamizning boshka mintakalarida bo‘lgani kabi, shaxar aholisi 1989-2008-yillarda deyarli o‘smadi yoki uning o‘sishi kishlok aholisining ko‘payishidan uncha ortik bo‘lmadi. Natijada, urbanizatsiyaning umumiy demografik kursatkichi bu davrda keskin o‘zgarmadi, aksincha, mamlakat va qator viloyatlarda u hatto kiskardi. Ammo 2009-yilga kelib "Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili" Davlat dasturini kabul qilish va amalga oshirish munosabati bilan vaziyat keskin o‘zgardi, ya’ni urbanistik to‘lkin vujudga keldi. Birgina Namangan viloyatida 109 ta kishlok aholi punkti shaharcha makomiga muyassar bo‘ldi va urbanizatsiya kursatkichi 2008-yildagi 37,1 dan 64,7 foizga "sakradi" Hozirda viloyat mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha respublikamizda birinchi o‘ringa chiqib oldi. Vaholanki, sanoat ishlab chiqarish va umuman ijtimoiy-iktisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlari bunga moye kelmaydi.
Dashkil etilgan yangi shaharchalar, to‘g‘rirog‘i - agroshaharchalar aholisi 613,1 ming kishi yoki 2008-yil kishlok aholisining 44,8 foizi, 2009-yil shahar aholisining 42,7 foizi demakdir. Ushbu rakamlar "ma’muriy" urbanizatsiyaning yoki qishlok urbanizatsiyasining naqadar ta’sirchanligini isbotlab beradi. Eng ko‘p agroshaharchalar Yangiqo‘rg‘on tumani xaritasida vujudga keldi - 18 ta. Ularning eng kattalari -Qorachashurkentda 10560 kishi, Iskavotda 8490 kishi istiqomat qiladi. Tumandagi jami shaharchalar axoliyey 111,6 ming kishi yoki viloyatdagi yangi shaharchalar axolisining 1/6 qismiga to‘g‘ri keladi.
To‘rako‘rg‘on tumanida bunday manzilgohlar 12 ta, ularning umumiy axoliyey 64,2 ming kishi. Uychi tumanida, moye ravishda, 11 ta va 47,3 ming kishi. Pop va Kosonsoy tumanlarida 10 tadan; ular orasida eng yiriklari
Chodakda - 13,8, Sangda - 13,6 (Pop tumani), Ozod shaharchasida- 9,7 ming kishi (Kosonsoy tumani) istiqomat kiladi. Shuningdek, Namangan tumanining G‘irvon shaharchasida 13,4, G‘alchada - 13,0, Uchqo‘rg‘onning Kayki shaharchasida -16,4, Chuyet tumanining sobiq Olmos qishlog‘ida -23,5, Varzikda 12,5 nafar aholi bor. 2013-yil ma’lumotlariga Karaganda, Kayki shaharchasida (Uchko‘rg‘on t.) 16,4 ming, Koraskonda (Chortoq t.) 19,2 ming aholi joylashgan.
Namangan viloyati O‘zbekistonda qishloq aholi punktlarining kattaligi bilan alohida ajralib turadi. 2008 yilda har bir qishlokqa o‘rtacha 2672 kishi to‘g‘ri kelgan. Shu bois, yangi shaharchalar va ular aholisining soni ancha ko‘p bo‘lgan. Agar fakat shu ko‘rsatkichlardan kelib chiqilsa, yangi shaharsozlik qoidalarning mazkur bandiga ko‘ra (shaharchalar aholisi 2000 kishidan kam bo‘lmasligi kerak) viloyatning deyarli barcha qishloqlarini shahar joylariga aylantirish mumkin bo‘lar edi. Birok, bunday yuzaki yondoshuv yolg‘on yoki sun’iy urbanizatsiyaga olib kelishi ham shubhasiz.
Viloyatning urbanistik tarkibi assimmetrik ko‘rinishga ega: bu yerda faqat bitta katta shahar — Namangan bor, xolos (Farg‘ona viloyatida ular 3 ta). Viloyat markazida 2014-yil boshida 475,7 ming aholi bor. Chuyet - viloyatning "ikkinchi" shahrida 71,0 ming atrofida, Chortoqda 52,6, Kosonsoyda 50,0 ming aholi joylashgan. Pop, To‘raqo‘rg‘on, Uchqo‘rg‘on, Uychi, Yangiko‘rgon "yarim o‘rta" shaharlar sinfiga mansub (20,0-50,0 ming kishi). Qolgan barcha 119 ta shahar va shaharchalarning aholisi 20 mingdan oshmaydi. Shu o‘rinda Namangan shahri demografik rivojlanishiga alohida to‘xtab o‘tmoq zarur. Sababi, so‘ngi yillarda bu shahar o‘ziga xos "Namangan tezligini" namoyon qilmokda. Yaqin yillargacha u axoli soni bo‘yicha respublikamizning ikkinchi, poytaxt - Toshkentdan keyingi pog‘onani egallovchi shahri bo‘lib kolgan edi.
Quyidagi taqqoslash rakamlariga murojaat qilaylik: (aholi soni, ming kishi hisobida):Namangan shaxri aholisining bunday tez o‘sishi kisman aholi tabiiy ko‘payishining takkoslanayotgan shaxarlarga nisbatan birmuncha yukoriligi, asosan esa, uning xududini kengayishi xisobiga yuz bergan. Ayni vaktda, Toshksnt va Samarkand shaxarlarida tabiiy ko‘payish pastrok va tashki migratsiya kuchliroq bo‘lgan.
Viloyatda kishloq axoli punktlari 402 ta, xar bir qishlokka o‘rtacha 2210 kishidan to‘gri keladi. Bu respublikamizda eng yukori ko‘rsatkich xisoblanadi. Qishloklar geografiyasida soylar o‘ziga xos o‘ringa ega. Nisbatan yirik kishlok axoli punktlari soylarning pastki kismida, kanal va arikdar bo‘yida, Namangan shaxri atrofida joilashgan. Ayni vaktda, tog‘ va tog‘oldi hududlarda, xususan, Pop tumanida mayda va tarkoq joilashgan kishloklar xam oz emas. Bu esa, ularda ijtimoiy infratuzilmaning rivojlanishiga ancha noqulayliklar tug‘diradi.
Namangan viloyati aholisining milliy tarkibi xar xil. Bu yerda o‘zbeklardan tashqari tojik, kirgiz, rus, tatar va boshka millat vakillari yashaydi. O‘zbeklar jami axolining 88,8 foizini tashkil qiladi (2013 i.), tojiklar ko‘proq Chuyet, Kosonsoi va Pop tumanlarida, qirg‘izlar Yangiko‘rg‘on va Uchko‘rg‘on tumanlarida joilashgan.
Mexnatta layokatli yoshdagi axoli soni, 2014-yil 1-yanvar ma’lumotiga kura, 1499 ming kishi, iktisodiy faol aholi 953 ming, iqtisodiyotda band bo‘lganlar 904 ming kishi. Shundan moddiy ishlab chikarishda 68,0 foiz, jumladan, sanoatda - 13,0 %, kishloq va o‘rmon xo‘jaligida - 30,3 %, transport va aloqada - 2,7 %, qurilishda - 7,4 %, savdo, umumiy ovqatlanish va moddiy-texnik ta’minotda 9,4 foiz mexnat qiluvchilar band. Nomoddiy soxalar orasida ta’lim, madaniyat, san’at, fan va ilmiy xizmatlar (12,5 %), sog‘liqni saklash, jismoniy tarbiya va ijtimoiy ta’minot (8,0 %) xamda uy xo‘jaligi va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatishning nomoddiy qismlari (3,4 %) ajralib turadi. Bir yilda viloyatda jami 75,6 ming yangi ish o‘rinlari yaratilgan. Ularning ko‘pchiligi kishlok joylarda, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda tashkil ztilgan.
Mintaka iktisodiyoti, uning tarmoqlari va xudu dni tarkibi. Namangan viloyati iktisodiyoti agrar-industrial yo‘nalishga ega. Bu yerda iqtisodiyotning barcha tarmoqlari mavjud, ularning rivojlanganlik holati, ixtisoslashuvi va muammolari viloyatning geografik o‘rni, tabiiy sharoiti va resurelari, demografik vaziyati va mexnat saloxiyati, ishlab chiqarish qamda ijtimoiy infratuzilma ta’sirida shakllangan.
Viloyat yalpi hududiy maxsulotining 9,8 foizini sanoat, 32,7 foizini qishlok xo‘jaligi beradi. Qurilishning ulushi 7,9 foizga, transport va aloqaniki — 9,7, savdo va umumiy ovqatlanishning hissasi -9,2 va soliqlar salmogi 3,0 foizga teng (taqqoslang: viloyatda respublika aholisining 8,2 foizi joilashgan). Agar ushbu ko‘rsatkichlar aholi bandligining tarmoqlar tarkibi bilan solishtirilsa, u holda alohida sohalarda mexnat unumdorligi va iqtisodiy samaradorlik to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish mumkin. Eng avvalo, ikki asosiy makroiktisodiy tarmoqlarni olaylik: sanoat ishlab chiqarishida 13,0 % iqtisodiy faol aholi band, ishlab chiqariladigan maxsulot esa 9,8 %, qishloq xo‘jaligida nisbatlar 30,3 va 32,7 %. Ko‘rinib turibdiki, bu yerda ayrim nomutanosibliklar mavjud. Qizigi shundaki, viloyatda sanoatga Karaganda agrar soha unumdor tuyuladi. Chindan ham mintaqada sanoat suyet rivojlangan, uning YAHM dagi ulushi respublika viloyatlari orasida eng pastlardan biri (2013 y.).
Bunday holat uning urbanizatsiya darajasiga (63,8 % - mamlakatda birinchi) aslo to‘gri kelmaydi. Binobarin, bu darajaga moslashish uchun, eng avvalo, kuchli sanoat siyosati olib borilishi, qishloq xo‘jaligiga doxldor bo‘lmagan iktisodiyot tarmoqlarini - transport, qurilish, aholiga xizmat ko‘rsatish va servis sohalarini jadal rivojlantirmoq zarur.Bu xususda kichik biznesning rivojlanishi ham katta axamiyatga ega. Birok, viloyatda ularning soni nihoyatda sekinlik bilan ko‘paymokda. 2013-yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari soni 23,7 mingta bo‘lgan, undan 20,7 mingtasi, ya’ni 87,3 foizi faoliyat ko‘rsatgan. Ularning ko‘pchiligini mikrofirmalar tashkil qiladi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning viloyat yalpi hududiy mahsulotidagi ulushi 79,0, shu jumladan, sanoatda 44,6%, qurilishda 86,1 %, chakana savdoda 49,3 %, aholiga xizmat ko‘rsatishda 66,7 %. Demak, bu soha qishloq xo‘jaligida ko‘lroq rivojlangan (99,2 %). Umuman olganda, jami iqtisodiyotda band bo‘lganlarning 78,4 foizi igu soqaga to‘gri keladi. 2013- yilda 39,1 mln AQSH dollari miqdorida eksport ishlari bajarilgan, import - 72,6 mln dollar.Albatta, iqtisodiyot tarmoqlarining rivojlanishida, eng avvalo, kapital ko‘yilmalar - investitsiyalar hal kiluvchi ahamiyatga ega. Bir yilda viloyatga kiritilgan jami investitsiyalar yarmiga yaqinini Namangan shahri olgan. Qishloq tumanlari miqyosida Chuyet, Yangiqo‘rg‘on va Namangan biroz ustunlikka ega. Mingbuloq va Norin tumanlari eng past ko‘rsatkichlarga ega. Aholi jon boshiga hisoblaganda xam bu borada Norin, Mingbuloq va Chortoq tumanlari orqada turadi, nisbatan yuqori daraja esa Popda ko‘zga tashlanadi. Namangan viloyati sanoati so‘nggi yillarda jadal rivojlanmokda. Jumladan, 2010-yilda viloyat YAHM 110,9 foizga o‘sgai holda, sanoat ishlab chiqarishi 123,7 foizga ortgan (2012-yilda bu ko‘rsatkichlar 110,0 foizdanni tashkil qilgan


Download 442 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling