Mundarija kirish; Art terapiya tushunchasi va mohiyati
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Art terapiya kitobi
Nazorat savollari.
1. Fototerapiya ahamiyatini tushuntiring. 2. Fototerapiya tarixi haqida soʻzlab bering. 3. Fototerapiyaning stress va depressiyadan chiqishdagi ahamiyatini soʻzlang. 4 Fototerapiyaning motivatsion jihatini izohlang. 5. Fototerapiya turlarini ayting. 6. Fotoni psixologiyadagi oʻrnini tushuntiring. GLOSSARIY Art terapiya - muayyan sanʻat shakliga mansub janr boʻyicha ham, psixokorrektiv terapevtik qoʻllanilish yoʻnalishi va texnologiyasi boʻyicha ham aniqlanadigan farq va xususiyatlarga ega boʻlgan psixokorrektiv metodlar majmuidir. Atributsiya - badiiy asarning asarning asilligi, yaratilgan joyi, vaqtini aniqlash. Atributsiya muzey ishining eng muhim sohalaridan biridir. Biblioterapiya - kitob bilan davolashni anglatadi. Psixolog va psixoterapevtlar mijozga terapevtik maqsadlarda oʻqish uchun maxsus tanlangan adabiyotlarni taklif qilishadi. Boʻyoq - rassomlar va ayrim shaxslar tomonidan rangtasvir asarlarini yaratishda va badiiy bezak ishlarida ishlatiladigan maxsus turli rangdagi qorishma. Rassomlar va ayrim shaxslar tomonidan rangtasvir asarlarini yaratishda va badiiy bezak ishlarida ishlatiladigan maxsus turli rangdagi qorishma. Dramaterapiya - teatr va sahna asari, spektakl sahnalashtirish jarayonida psixologik muammo bilan ishlash metodi. Ertakterapiya - bu shaxsga (odatda bolaga) zarur axloqiy meʻyorlar va qoidalami yetkazishning bir usuli. Fototerapiya - sanʻat bilan davolash usullaridan biri hisoblanadi. Bu atama fotografiyaning terapevtik va korreksion ishlatilishi, psixologik muammolarni hal qilish uchun ishlatilishi, shuningdek, shaxsni rivojlantirish va uygʻunlashtirish bilan bogʻliq psixotexnika majmuini anglatadi. Gabitologiya - inson tashqi qiyofasining oʻziga xos xususiyatlarini inson ongida aks etishi qonuniyatlari bilan bir qatorda turli tasvirlar boʻyicha odamlarning aynan oʻxshatish usullari va vositalarini oʻrganadigan fan sohasi. Imagoterapiya - imagoterapiya (lotin imago-tasviridan) badiiy 137 terapiya turlari orasida alohida oʻrin tutadi. Uning asosida psixoterapevtik jarayoni yotadi. imagoterapiya tasvir haqida, shuningdek, shaxs va tasvirning birligi haqida nazariy pozitsiyalarga asoslanadi. Izoterapiya - tasviriy faoliyat orqali davolash taʻsiri, tuzatish - art terapiyaning eng keng tarqalgan turlaridan biri izotorapiya (chizish, modellashtirish) hisoblanadi. Kinezeterapiya - psixoemotsional holatlar va boshqa kasalliklami tuzatishda raqs terapiyasi, motorli ritmik mashqlardan lʻoydalanish. Kleymo - (nemischa Kleim, (baʻzi manbalarda inglizcha clam) tarjimada “kley, aralashma, plastr” maʻnolarini anglatadi. Badiiy hunarmandchilik mahsulotlarida esa kleymo - hunarmand yoki ustaxona belgisini aks ettirib, muhr, imzo, firma markasi, muallif tamgʻasi sifatida eʻtirof etilib, mahsulotning sifati va yaratilgan vaqti, joyi kabi maʻlumotlarni ham umumlashtiradi. Mandalaterapiya - bu odamga hayotiylik baxsh etuvchi, inson kimligini anglashga yordam beradigan eng kuchli va samarali vositalardan biridir. Musiqa terapiya - musiqa terapevtik yoki tuzatuvchi maqsadlar uchun ishlatiladigan sanʻat terapiyasining bir turi. Neyrografika - ong osti bilan ishlashning vizual usuli va hayotni yaxshiroq oʻzgartirishning samarali metodidir. Obrazoterapiya - obrazlar vositasida psixologik muammolar bilan ishlash metodi. Qoʻgʻirchoq terapiya - qoʻgʻirchoq terapiyasi bolalar bilan ishlashda qoʻllamladi va sevimli qahramon (ertaklar, multfilmlar, oʻyinchoqlar) tasvin bilan identifikatsiya qilishga asoslanaai. Bu usul turli xulq-atvor buzilishlari, qoʻrquvlar, kommunikativ sohani rivojlantirishdagi qiyinchiliklar va boshqalar uchun qoʻllaniladi Sanʻatshunoslik integratsiyasi - bir-biriga munosib tarzda rivojlangan tarmoqlar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling