Mundarija kirish Asosiy qism “Global iqtisodiy rivojlanish” fanining predmeti, obyekti va subyektlari va usullari


Jahon iqtisodiyoti globallashuvining kо‘rsatgichlari


Download 153.16 Kb.
bet10/12
Sana01.11.2023
Hajmi153.16 Kb.
#1737700
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
2-mavzu “Global iqtisodiy rivojlanish” fanining predmeti va vaz (1)

1.6. Jahon iqtisodiyoti globallashuvining kо‘rsatgichlari
Jahon banki tomonidan tayyorlangan ma’lumotlariga kо‘ra, dunyoning 20 ta eng boy mamlakati aholisining о‘rtacha daromadlari 20 ta kambag‘al mamlakatlarning о‘rtacha daromadlaridan 37 marta ortiq. Keyingi 40 yilda portlashlar ikki barobarga oshdi. Dunyoning beshta boy va beshta kambag‘al mamlakatlari о‘rtasidagi daromadlardagi uzilishlar esa 1990 yilda 60:1 va 1997 yilda 74:1 tashkil qildi.
Globalizatsiya indeksi kо‘rsatgichlari
Fin eksperti K.Kilyunenning fikricha, “iqtisodiy tizim dunyoning 225 ta boy kishilarining jami boyligi 1 trln. dollardan oshganda sog‘lom hisoblanishi mumkin emas, bu 47% kishini tashkil etuvchi 2,5 mlrd. kambag‘alning yillik daromadlariga teng ... sayyoraning uchta boy kishisining umumiy holati 48 ta rivojlangan mamlakatning jami YAIMini oshiradi”. Rivojlangan va unchalik rivojlanmagan mamlakatlar о‘rtasida ziddiyat unchalik qat’iy emas, oldin jahon hamjamiyatining muhim tarkibiy qismi sifatida ishtirok etgan ayrim mamlakatlar bugun yaxshi rivojlanmagan mamlakatlar qatoriga kirib qolgan (BMT tasnifi bо‘yicha). AQSH jahon xо‘jaligida о‘z etakchiligini saqlab qolish va yanada oshirishga, о‘z milliy masalalarini hal qilish uchun globallashtirishning neoliberal variantidan foydalanishga harakat qiladi. Globallashtirishning, eng avvalo, moliyaviy foydasi, о‘z hududida ta’sis qilingan (1960-1970 yillardayoq), alohida pereferey mamlakatlar, offshor hududlar, xorij kapitalini jalb qilish maqsadida soliqdan ozod qilinganligini olishlari mumkin. Tо‘rt asosiy hududiy guruhni birlashtiruvchi offshor hududlarning yaxlit pleyadasi yuzaga keldi. Karib havzasining offshor hududlari Nyu-York bilan bir vaqtinchalik mintaqada bо‘lgan Shimoliy va janubiy Amerika mamlakatlariga xizmat qiladi. Fors kо‘rfazi mamlakatlaridagi offshor hududlar Yaqin Sharqning neft qazib chiqaradigan mamlakatlariga xizmat qiladi. Tinch okeanining Singapur, Gongkong, shuningdek, Vanuatu, Nauru va boshqa orol hududlari Tokio bilan bir vaqtinchalik mintaqada joylashgan Osiyo-Tinch okeani mamlakatlarining moliyaviy kapitalidan foydalanadilar.
Rivojlanayotgan mamlakatlardan oqib kelayotgan ishchilar rivojlangan mamlakatlarda past yoki umuman malaka talab etmaydigan ishlarga jalb etilmoqdalar. Shu bilan birga yuqori malaka talab etmaydigan, kam ish haqi tо‘lanadigan ish о‘rinlarini tо‘ldirish uchun xorijiy ish kuchidan foydalanayotgan mamlakatlar immigratsiya miqdorini kerakli darajada ushlab turishga harakat qilmoqdalar.
Hozirgi kunda telekommunikatsiya texnologiyalari sohasining rivojlanishi immigratsiya jarayonlariga yangi imkoniyatlarni ochib bermoqda. Masalan biron-bir Yevropa, Shimoliy Amerika yoki Yaponiya kompaniyasi osonlik bilan dunyoning istalgan mamlakatidagi kompyuter mutaxassisiga ma’lum bir dastur yaratish yuzasidan о‘z joyidan turib topshiriq bera olishi mumkin.
Globallashuv va integratsiyalashuv - bu murakkab jarayon bо‘lib, quyidagi darajalarda kuzatilmoqda:
- mintaqalar, mamlakatlar (makrodarajada);
- tovar, kapital, mehnat va valyuta bozorlari (mezodarajada);
- ma’lum kompaniya va korporatsiyalar (mikrodarajada).
Mamlakatlar va mintaqaviy integratsion birlashmalar savdoni erkinlashtirish, investitsion va migratsion cheklovlarni olib tashlash hamda erkin savdo yoki umumiy bozor hududini barpo etish hisobiga о‘z chegaralaridan tashqarida iqtisodiy faollikka intilishlari globallashuvning makroiqtisodiy darajasida kо‘zga tashlanmoqda.
Kompaniyalar о‘z faoliyatini kengaytirgan holda ichki bozordan tashqariga yо‘nalganligi orqali globallashuv mikroiqtisodiy darajada namoyon bо‘lmoqda. Aksariyat yirik transmilliy korporatsiyalar ho­zirgi davrda global sharoitda faoliyat yuritmoqdalar. Ular har qanday chegara va milliylikdan qat’iy nazar, har doim iste’molchilarning talabini qondirishga intiladilar. Shu tufayli ular iste’molchilar talabi yuqori bо‘lgan barcha bozorlarni egallab olmoqdalar.
Globallashuv sharoitida kompaniyalar xalqaro darajadagi iste’molchilar, texnologiyalar, xarajatlar, strategik raqobatlar haqida bosh qotiradilar. Ular о‘zlarining maqsad va rejalari doirasida ishlab chiqarish va sotuv bо‘linmalarini turli mamlakatlarga joylashtirib, global sharoitda vaziyatni о‘zlari uchun yengillashtirmoqchi bо‘ladilar. Transmilliy kompaniyalar va firmalarni tashkil etish va rivojlantirish esa turli tо‘siqlarni yengib о‘tishga imkoniyat yaratadi (ya’ni, transfer narxlar, qayta ishlab chiqarishga qulay sharoit, milliy bozor muhitini yaxshi о‘rganish, qо‘shimcha daromad va boshqalar hisobiga).
Hozirgi davrning dolzarb masalasi erkin va samarali tadbirkorlik faoliyatini olib borish, global tovar va xizmatlar, kapital, ishchi kuchi bozori ishtirokchisiga aylanish, mamlakatlarni yagona jahon iqtisodiy xо‘jaligi majmuiga birlashtirish uchun umumbashariy iqtisodiy, huquqiy, informatsion va madaniy muhitni yaratishdan iborat. Bu vaziyatda, globallashuv jarayonining asosiy subyektlari sifatida transmilliy korporatsiyalar ichki xо‘jalik faoliyatiga nisbatan о‘zlarining tashqi iqtisodiy faoliyatlariga alohida e’tibor qaratib va globallashuvning moddiy asosi va harakatlantiruvchi kuchiga aylanib bormoqdalar.
Bugungi kunda turli mamlakatlarda xо‘jalik muhitining xilma-xilligi globallashuv jarayonlarining yanada avj olishiga tо‘sqinlik qilayotgan omillardan biridir. Kapital aylanmasining intensivlashuvi va savdo tizimining umumiylashuvi yagona iqtisodiy xо‘jalik muhitini vujudga keltiradi. Xalqaro iqtisodiy tizimini tashkil etuvchi 200 dan ortiq mamlakatlar milliy xо‘jaliklarining har biri о‘ziga xos xususiyatiga egaligi tufayli jahon yalpi ichki mahsuloti rivojlanish kо‘rsatkichlari barqaror emas.
Texnologiyalar bilan ta’minlanganligi nuqtai nazaridan, mamlakatlar orasidagi farq oshib borayotganligi sababli jahon iqtisodiy muhiti xilma-xilligicha qolmoqda. Rivojlangan mamlakatlarda texnologiyalarining 4-5-avlodi qо‘llanilsa, rivojlanayotgan mamlakatlarda 2-3-avlodi, qoloq yoki о‘tish davridagi mamlakatlarda esa sanoatlashuv davrining boshidagi texnologiyalardan foydanilmoqda. Asosan rivojlangan mamlakatlar yuqori texnologiyalarga egaligi sababli ilmtalab tovar va xizmatlarni past va о‘rta darajada rivojlangan mamlakatlarga eksport qilib katta foyda olmoqdalar.
Globallashuvning zamonaviy jahon iqtisodiyotidagi asosiy ziddiyatli jihati belgisi integratsiya va avtonomizatsiya jarayonlarning uyg‘unlashuvidir. «Neysbit paradoksi» muallifi fikriga kо‘ra, ushbu jarayon bir tomondan siyosiy mustaqillik va о‘zini о‘zi boshqarish, ikkinchi tomondan iqtisodiy uyushma va birlashmalar tashkil etilishiga olib kelmoqda («Chem vishe uroven globalizatsii ekonomiki, tem silneye yeye melchayshiye uchastniki». Paradoks Neysbita).
Xulosa о‘rnida shuni ta’kidlash joizki, jamiyat qanchalik boy va baquvvat bо‘lsa, shunchalik uning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish darajasi yuqori bо‘ladi, qanchalik resurslar oqilona va maqsadli ishlatilsa, shunchalik integratsion aloqalarning imkoniyatlaridan foydalanish va global bozor sharoitiga moslashuv darajasi yuqori bо‘ladi.
Moliyaviy sektorni isloh qilish. Rivojlangan va ma’lum muvozanatga ega moliyaviy tizim globallashuv sharoitida iqtisodiyotning tarkibiy jihatdan qayta qurilishi va milliy xо‘jalik raqobatbardoshlik darajasining oshishida iqtisodiy о‘sish imkoniyatlarini kengaytiradi, jamg‘arishning samarali tarzda investitsiyaga aylantirilishini ta’minlaydi.
Mamlakat moliyaviy tizimining erkinlashtirilishi natijasida belgilangan maqsadlarga erishish bir qator shartlarga bog‘liq bо‘lib, ular sirasiga makroiqtisodiy va institusional islohot о‘tkazish hamda umumiy barqarorlikni ta’minlash kiradi. Shu bilan birga iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida ham islohot о‘tkazmay turib, moliyaviy tizimni erkinlashtirib bо‘lmaydi. Aks holda maqsadga muvofiq bо‘lmagan kapital harakati, foiz stavkalarining oshib ketishi hamda moliyaviy korporatsiyalarning qisqa vaqt ichida tushkun ahvolga tushib qolishiga olib keluvchi jarayonlar avj olishi mumkin.
Globallashuv sharoitida mamlakat iqtisodiyotining jadal rivojlanishi kо‘p jihatdan moliyaviy siyosatga bog‘liq. Erkin moliyaviy siyosat bozor mexanizmlarini har qancha ishga solsa, global raqobat uning vazifasi nechog‘liq murakkab ekanligini kо‘rsatadi. Bunday vaziyatda tashqi va ichki о‘zgarishlarga mos valyuta siyosatini yuritish ma’qul sanaladi. Marshal-Lemer teoremasiga kо‘ra eksport-import va tashqi qarzga xizmat kо‘rsatishda valyuta kursining munosib ravishda optimal tanlanishi mamlakat milliy manfaatlariga mos keladi. Globallashuv sharoitida jahon xо‘jaligiga sezilarli ta’sir kо‘rsatishga qodir mamlakat va mintaqalardagi moliyaviy vaziyatni doimiy tarzda о‘rganib turish mamlakat moliyaviy tizimiga mas’ul rahbarlarning eng muhim vazifalaridan biridir. Moliyaviy tizimni erkinlashtirish jarayonlari tо‘lov qobiliyatiga ega bо‘lmagan banklar va korxonalarda tarkibiy о‘zgartirishlarni amalga oshirish, milliy iqtisodiyotda huquqiy va raqobatbardosh muhit yaratish hamda mazkur masalalar yechimini ta’minlovchi boshqaruv va nazorat tizimini joriy etish bilan birgalikda olib borilishi iqtisodiy islohotlarning kо‘zlangan maqsadlarga erishishini kafolatlaydi.
Mamlakatda bir necha valyuta ayirboshlash kurslarining mavjudligi monetar siyosat olib borishda о‘ziga xos qiyinchiliklar tug‘diradi, eksport va import operatsiyalariga salbiy ta’sir kо‘rsatadi va pirovard natijada kapitalning chetga chiqib ketishiga olib keladi. Har xil valyuta kurslari, shuningdek, iqtisodiy agentlarga «yolg‘on» ma’lumot berib, ishlab chiqarish resurslarining samarasiz ravishda taqsimlanishiga olib keladi. Masalan, bu holat mamlakat uchun norentabel deb topilgan import о‘rnini bosuvchi ishlab chiqarishning oshishiga turtki bо‘lishi mumkin. Valyuta kursini unifikatsiyalashtirish tashqi savdo siyosatida muhim ahamiyatga ega, chunki milliy valyutaning devalvatsiyasi (Devalvatsiya eto snijeniye kursa valyuti po otnosheniyu k tverdim valyutam) eksport hajmini sun’iy ravishda oshiradi, shuningdek, import imkoniyatlarini cheklaydi. Aksincha, milliy valyuta ayirboshlash kursining oshib ketishi eksport mahsulotlarining raqobatbardoshlik kо‘rsatkichlariga salbiy ta’sir etadi va eksport hajmining qisqarishiga olib keladi. О‘z navbatida bu о‘zgarishlar mamlakat tashqi savdo aylanmasining salbiy balansiga olib keladi.

Download 153.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling