Mundarija kirish Asosiy qism “Global iqtisodiy rivojlanish” fanining predmeti, obyekti va subyektlari va usullari


Download 153.16 Kb.
bet1/12
Sana01.11.2023
Hajmi153.16 Kb.
#1737700
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
2-mavzu “Global iqtisodiy rivojlanish” fanining predmeti va vaz (1)



MUNDARIJA

Kirish
Asosiy qism
1. “Global iqtisodiy rivojlanish” fanining predmeti, obyekti va subyektlari va usullari
2. “Global iqtisodiy rivojlanish” fanining umumiqtisodiy va mutaxassislik fanlari bilan bog‘liqligi, fanning vazifalari
3. Globallashuv jarayoni va uning bosqichlari
4. Globallashuvning turlari va uning jahon iqtisodiyotida namoyon bо‘lishi
5. Jahon iqtisodiyoti globallashuvining vujudga kelishi va rivojlanishi
6. Jahon iqtisodiyoti globallashuvining kо‘rsatgichlari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

Kirish
Jahon xо‘jaligi zamonaviy globallashuvining asosiy xususiyatlaridan biri kapital, tovar va xizmatlar, ishchi kuchining erkin harakatida inson intelektual qobiliyatidan unumli foydalanish imkoniyatlarining ortishida namoyon bо‘ladi. Ushbu omil ta’sirida rivojlanayotgan mamlakatlarning globallashuv afzalliklaridan foydalanish, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot sur’atlarini oshirish imkoniyatlari paydo bо‘lib, shu bilan birga iqtisodiy siyosat yuritganda, uning e’tiborga olinmasligi salbiy oqibatlarga olib keluvchi natijalarni keltirib chiqarishi mumkin. Xalqaro kapital migratsiyasi. Sо‘nggi yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalar taraqqiyoti natijasida bevosita investitsiyalar, portfel investitsiyalar va bank ssudalaridan iborat kapitallar xalqaro harakatining kuchayishi globallashuvning diqqatga sazovor xususiyatlaridan biri bо‘lib hisoblanadi. Moliyaviy resurslar xalqaro oqimining о‘sish sur’atlari xalqaro savdo hajmining о‘sish sur’atlarini sezilarli darajada ortda qoldirmoqda. Ayniqsa, bevosita xorijiy investitsiyalar oqimining jadallashib borayotgani diqqatga sazovordir. Xalqaro kapital harakati uning barcha ishtirokchilariga daromad keltiradi. Xorijiy investorlar xalqaro miqyosdagi bozorlarga kirish orqali tavakkalchilikning diversifikatsiyasiga erishib, jahon miqyosida daromad olish imkoniyatini qо‘lga kiritadilar. Odatda investitsiya qabul qiluvchi davlatlarda foiz stavkalari darajalari yuqori bо‘lib, bu investorlarning о‘z kapitallarini yuqoriroq foyda miqdorini ta’minlovchi hududlarga yо‘naltirishiga turtki bо‘ladi.
Malumki, о‘tish davri iqtisodiyoti mamlakatlarida milliy xо‘jalik tizimini takomillashtirish, shuningdek ishlab chiqarish va eksportning diversifikatsiyalashuviga erishish maqsadida mavjud tarmoqlarni rivojlantirish va yangilarini yaratishga ehtiyoj baland. Bir vaqtning о‘zida, mazkur guruhga kiruvchi aksariyat mamlakatlar ushbu maqsadlarga erishishda ichki moliyaviy resurslarning cheklanganligi bilan bog‘liq о‘xshash muammolarga duch kelmoqdalar.

Download 153.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling