Mundarija kirish Asosiy qism “Global iqtisodiy rivojlanish” fanining predmeti, obyekti va subyektlari va usullari


“Global iqtisodiy rivojlanish” fanining predmeti, obyekti, subyektlari va usullari


Download 153.16 Kb.
bet2/12
Sana01.11.2023
Hajmi153.16 Kb.
#1737700
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
2-mavzu “Global iqtisodiy rivojlanish” fanining predmeti va vaz (1)

1.1. “Global iqtisodiy rivojlanish” fanining predmeti, obyekti, subyektlari va usullari
Globallashuvning kelib chiqishi va zaruriyati. Iqtisodiy taraqqiyot dunyo mamlakatlarining asosiy muammosi hisoblanadi. Har bir mamlakat о‘z milliy iqtisodiyotini rivojlantirish uchun boshqa mamlakatlar bilan ijtimoiy-iqtisodiy aloqalarni yо‘lga qо‘yishi lozim bо‘ladi. Milliy iqtisodiyotning ichki imkoniyatlar hisobiga, yopiq holda rivojlanishi zamonaviy iqtisodiyot sharoitida mumkin bо‘lmagan hol hisoblanadi. Rivojlanish sur’atlari integratsion jarayonlar kо‘lami va faolligiga bog‘liq bо‘lib, turli mamlakatlar guruhiga turlicha ta’sir etadi.
Dunyoning nisbatan kam rivojlangan mamlakatlari fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini ishlab chiqarish jarayoniga, modernizatsiyalashga, innovatsiyani qо‘llash uchun, mavjud resurslardan samarali foydalanish uchun, ishsizlik kabi muammolarni bartaraf etish uchun boshqa taraqqiy topgan davlatlar bilan hamkorlik qilishi foydali hisoblanadi. О‘z navbatida eng rivojlangan mamlakatlar ham о‘zlarida etishmagan resurslarni sotib olish, ortiqcha resurslarni eksport qilish uchun hamkorlikka ehtiyoj sezadilar. Milliy iqtisodiyotning taraqqiy etishi allaqachon milliy doiralardan chiqib, global doirada amal qilmoqda. Mamlakat iqtisodiyoti boshqa mamlakatlar iqtisodiyoti hisobidan foyda olishni о‘z strategiyalariga kiritganlar. Bunday xususiyat tobora ommalashib bormoqda. Masalan, Xitoy iqtisodiyoti va eng rivojlangan yettilik.
Iqtisodiy adabiyotlarda globallashuv darajasini tо‘rtta turga bо‘linadi:
1. Jahon miqyosidagi globallashuv – dunyo mamlakatlari iqtisodiyotlarining о‘zaro chambarchas bog‘lanib ketganligida namoyon bо‘ladi;
2. Mamlakat miqyosidagi globallashuv – biror mamlakatning jahon xо‘jaligi bilan integratsiyalashuvida kо‘rinadi;
3. Tarmoq miqyosidagi globallashuv – mamlakatning biror tarmog‘ining boshqa mamlakatlarning aynan shu tarmog‘iga nisbatan raqobatbardoshligida ifodalanadi; Masalan, avtosanoat, yoqilg‘i-energetika sanoati, harbiy sanoat va boshqalar.
4. Korxona doirasidagi globallashuv – transnatsional (kо‘pmillatli) kompaniyalarning dunyo miqyosida faoliyat yuritishida namoyon bо‘ladi; Masalan, MacDonalds, Coca-cola, Google, Les-Ails, Aliexpress, turizm, transport, savdo va boshqa sohalar.
Fanni о‘rganishning zaruriyati. Shundan kelib chiqib, bugungi kunda butun dunyo olimlari uchun hozirgi zamon globallashuv nazariyalarini о‘rganish, tahlil qilish va shu asosda strategiyani belgilash masalalari asosiy vazifalardan biri bо‘lib turibdi. Zamonaviy mutaxassis kadrlar tayyorlashda, ayniqsa, iqtisodiyot yо‘nalishi talabalariga bu boradagi ilmlarni chuqur о‘rgatish dolzarb ahamiyatga ega. Respublikamizning kelajakdagi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti aynan shu masalalarning samarali hal etilishiga ham kо‘p jihatdan bog‘liq. Mamlakatimiz iqtisodiy tizimini mustahkam raqobatbardosh darajada saqlash iqtisodchilarning global iqtisodiy rivojlanish nazariyasi va amaliyotini, g‘oyalarini, ularning о‘ziga xos xususiyatlarini mukammal bilishni talab etadi.
Globallashuv, global iqtisodiyotning mohiyati, mazmuni va ahamiyati, uning rivojlanishi, samaradorligi va samaradorligini baholash usullari, yo’nalishlari, tarkibiy qismlari, ta’sir etuvchi omillari, muammolari, yangiliklari, fanning predmetini tashkil etadi.
Fanning obyekti sifatida, jahon iqtisodiyoti, hududlar iqtisodiyoti, qit’alar, materiklar iqtisodiyoti, mamlakatlar guruhi iqtisodiyoti, ularda resurslar, tovar va xizmatlar, xarajatlar va daromadlarning harakati, global iqtisodiy aloqalar va ularni tartibga solinishini olish mumkin.
Fanning subyekti – global iqtisodiyotda ishtirok etuvchi iqtisodiy birliklar (dunyo miqyosida uy xо‘jaliklari, korxona va tashkilotlar, TMKlar, xalqaro va hududlararo tashkilotlar, mamlakatlar) hisoblanadi.
Fanning maqsadi – talabalarda global iqtisodiy rivojlanish bо‘yicha bilimlarning nazariy asoslarini, global iqtisodiyotning asosiy tushunchalari va kategoriyalarini, global darajada amal qiluvchi iqtisodiy qonunlar va tamoyillarini о‘rgatish hamda ularni amaliyotda tadbiq etish kо‘nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat.
Fan о‘z predmetini о‘rganishda foydalanadigan usullarni ikki guruhga bо‘lish mumkin. Birinchi guruhga о‘rganishning umumfan usullari kiradi. Bu usullarga: ilmiy abstraksiya, induksiya, deduksiya, qiyosiy tahlil, tarjiba, faraz, kabilar kiradi. Ikkinchi guruhga maxsus usullar kiradi. Bularga: monografik tadqiqotlar, iqtisodiy-matematik modellashtirish, iqtisodiy tahlil va sintez, iqtisodiy taqqoslash, iqtisodiy-statistik, balans, hisob konstruktorlik kabi usullar kiradi.
Fanni о‘rgatish jarayonida о‘qitishning ochiq, muammoli va vizual ma’ruzalar о‘tkazish, insert, klaster va aqliy hujum kabi ilg‘or pedagogik hamda axborot texnologiyalaridan keng foydalaniladi.
Jahon bozori yanada birlashib, unga о‘tish iqtisodiga ega bо‘lgan mamlakatlar ham kirib kelmoqda. Oxirgi о‘n besh yil ichida jahon savdo sotig‘i ishlab chiqarishdan kо‘ra ancha tez rivojlandi. Jumladan, xorijiy sarmoyalarning rivojlanayotgan mamlakatlarga bо‘lgan oqimi о‘n yil ichida olti marotaba ortgan.
Integratsiyaga yordam kо‘rsatish hamda yuzaga kelgan muammolarni hal etish maqsadida umumiy qoidalar ishlab chiqilgan va ularga aloqador bо‘lgan institutlar tashkil etilgan. Ayniqsa, bu borada Jahon Savdo Tashkiloti (JST) alohida о‘ringa ega.
Rivojlangan mamlakatlardan kо‘pchiligi keyingi vaqtda ochiq iqtisodiyot yо‘liga о‘tganligi sababli, jahon xо‘jalik tizimida faol rol о‘ynamoqdalar. Bugungi kunda rivojlangan mamlakatlarning eksport va import hissasi yalpi ishlab chiqarilgan mahsulotning 49% ini tashkil etadi, vaholanki о‘n yil ilgari bu kо‘rsatkich 33% edi.
О‘tish iqtisodiyotidagi mamlakatlar kо‘p yillik yakkalanishdan sо‘ng jahon bozoriga chiqib, birlashishdan manfaat kо‘rmoqdalar, islohot yо‘nalishida turgan boshqa mamlakatlardan kо‘ra kо‘proq yutuqqa ega bо‘lmoqdalar. Mamlakatlararo kapital, tovar va g‘oyalar harakati yagona markaziy rahbariyat tomonidan emas, balki ehtiyoj va takliflar asosida boshqarilmoqda. Bu esa ishlab chiqarish mehnatini, savdo kо‘lamini va milliy daromadni tobora о‘sishiga olib kelmoqda.
Ochiq savdo siyosatini va chet el sarmoyalarining jalb etilishini muntazam ravishda muhokama qilish g‘oyatda muhimdir. Asosiy gap tashqi dunyo bilan о‘zaro hamkorlik о‘rnatish, ya’ni tijorat oqimlari va ularning jahon, savdosiga ta’siri, tezkorlik bilan JSTga kirish va uning haqqoniy a’zosi bо‘lish, mintaqaviy savdo bitimlari tuzish, yangi iqtisodiyot yо‘liga о‘tgan mamlakatlardan kapitalning oqib kelishi va ularning boshqa rivojlanayotgan mamlakatlarga ta’siri haqida bormoqda.
Yer yuzining chorak qismini, dunyo aholisining uchdan bir qismini (dunyo aholisi 6,5 mlrd.dan oshgan) tashkil etuvchi mamlakatlarning о‘zaro muvaffaqiyatli uyushmasi (integratsiyasi) butun jahondagi iqtisodiy tizimga о‘zining samarali ta’sirini о‘tkazmoqda. Shu bilan bir qatorda, avvalgi iqtisodiy yо‘nalishda bо‘lgan mamlakatlarning umumjahon bozoriga о‘tishi natijasida ayrim mamlakatning manfaatlari cheklanib qolmasmikan, degan xavotir kо‘pchilikda yо‘q emas, bu xavotirlanishda jon bor.
Jahon xо‘jaligi tizimiga birlashish, shubhasiz, yangi imkoniyatlar yaratibgina qolmay, о‘tish jarayonida kelib chiqadigan xavf-xatarlardan ham holi emas. Kо‘pgina mamlakatlar о‘tish davridagi chiqimlardan qochib qutulmaslar, lekin dalillar shuni kо‘rsatadiki, keng va raqobatli jahon bozorida ishtirok etish barcha sarf-xarajatlarning hissasini ortig‘i bilan qaytaradi.
Shuni ta’kidlash zarurki, iqtisodiy о‘tish davrini boshidan kechirgan mamlakatlarning tashqi savdoda о‘z о‘rni bor. Masalan, Xitoy 1978-1994 yillar mobaynida yirik eksportyor mamlakatlar rо‘yxatidagi о‘ttiz ikkinchi о‘rindan uchinchi о‘ringa chiqib oldi. Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari hamda yangi Mustaqil Davlatlar (YAMD) bugungi kunda eksport va importdan teng ravishda manfaatdordirlar. Biroq ularning savdo hajmi qanday bо‘ladi-yu, kimlar bilan savdo olib boriladi degan savol tug‘iladi. Ishonchli rasmiy dalillar shuni kо‘rsatadiki, agar yangi Mustaqil Davlatlar bozori tamoyillariga amal qilish yо‘lidan borsalar, ehtimol savdo-sotiq jarayonida umumiy yо‘nalish



Download 153.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling