Mundarija Kirish Asosiy qism I bob asosiy miqdorlar tushunchasi va ularning kelib chiqish tarixi
§. Vaqtga oid tasavvurlarni tarkib toptirish, vaqt o`lchovlarini o`rganish hamda tegishli malaka va ko`nikmalarni tarkib toptirish metodikasi
Download 59.44 Kb.
|
1 Asosiy miqdorlar tushunchasi Asosiy miqdorlar va ularning ke
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Tabel – kalendar .
- 3.«Maktab o`quvchisining kundalik rejimi» jadvalari.
4 §. Vaqtga oid tasavvurlarni tarkib toptirish, vaqt o`lchovlarini o`rganish hamda tegishli malaka va ko`nikmalarni tarkib toptirish metodikasi.
Boshlang`ich sinflarda «Vaqt o`lchovlari temasini o`rganishda bolalar vaqt o`lchovining asosiy birliklari» haqida konkreti fikrlarga ega bo`lishlari kerak. Bular yil, oy, hafta, sutka, soat, minut. O`qituvchining vazifasi o`quvchilarni vaqtini aniqlashlarida soatdan amalda foydalanishga, shuningdek, hodisaning qancha vaqt davom etganligini, boshlanishi va oxirini aniqlash bilan bog`liq bo`lgan har xil masalalarni yechishda tabel – kalindardan foydalanishga o`rgatishdan iborat. Ma'lumki vaqt o`lchovlari, o`lchovlarning metrik sistemasidan farqli o`laroq bevosita o`lchash imkoniyatini bermaydi. Bu hol turli ko`rsatma va ko`nikmalrdan keng foydalanish kerakligini ko`rsatadi. Bu tyemani o`rganishda quyidagi eng ko`p tarqalgan ko`rsatma qo`llanmalardan foydalaniladi: 1.Tabel – kalendar. Bu har bir o`quvchida bo`lish kerak. Joriy yil uchun bunday tabel – kalendarni o`quvchilarning o`zlari o`qituvchilar rahbarligida tayyorlaydilar. 2. Soatning demontstratsion modeli. Darslikda berilgan mashqlarning ko`pchilik bilan ishlashni talab qilganligi uchun har bir o`quvchi soat modellarini tayyorlangan bo`lishlari kerak. 3.«Maktab o`quvchisining kundalik rejimi» jadvalari. «Vaqt o`lchovlari» temasini o`rganish vaqtiga qadar o`quvchilar hafta bilan tanish bo`ladilar. Yildagi oylarning nomlarini va ularning kelish tartibini bilib olgan bo`ladilar. Bolalarda yig`ilgan bunday tasavvurlar boshlang`ich sinfda vaqt o`lchovlarini bilishga zamin bo`ladi. Endi vaqt o`lchovlari bilan bog`liq bo`lgan asosiy tushunchalar qanday kiritilishi, bolalarda tegishli tushunchalarning shakllanishi nimaga asoslanishi masalani qarab chiqamiz. Berilgan tyemani o`rganishga bag`ishlangan birinchi darsda bolalarda yil, oy, hafta haqida tasavvurlarni shakllantirishga doir ishlar bajariladi. Bolalarni yil, oy, hafta bilan tanishtirishda o`qituvchi tabel – kalendardan foydalanadi. Bolalar bir yilda 12 oy borligini o`zlashtiradilar va birdaniga davomiyligi bir xil bo`lgan oylarni ajratadilar, apryel, iyun, syentyabr, noyabr, 30 kundan qolgan 7 oy esa 31 kundan iborat. Oddiy yilning fevrali 28 kundan, kabisi yilning fevrali esa 29 kundan iborat. O`quvchilar kalendardan oyning tartib nomerini aniqlaydilar. Agar oy va kun ma'lum bo`lsa, haftaning kunnini aniqlaydilar va aksincha, haftaning kunlari ma'lum bo`lsa, bu kun oyning qaysi kuniga to`g`ri kelishini aniqlaydilar va hakozo. Tabel - kalendarning qanday tuzilganini qarab chiqqandan keyin bugungi kunni va haftaning shu kunigina bilgan holda o`quvchilarga mustaqil ravishda shu kalendar namunasida o`tayotgan oy uchun kalendar tuzishni topshirish foydalidir. Bunday ish bolalarning joriy yil kalendarini mustaqil tuzishlarini osonlashtiradi. Bolalar tuzilgan kalendar bo`yicha quyidagi savollarga javob beradilar: - Bu yil 1 yanvar, 1 may, 7 noyabr haftaning nechanchi kuniga to`g`ri keladi? - Yanvar, may, dekabr yilning nechanchi oylari? - Yilda uchinchi bo`lib keluvchi oyning nomi nima? - Yozgi ta'tillar 1 iyundan boshlanib, 1 syentyabrgacha davom etadi. Kalendardan bilingchi yozgi ta’tillar necha kun davom etarkan? Bunday savolarni yana davom ettirish mumkin. Yilda oylarning kelish tartibini mustahkamlash maqsadga rim raqamlar (I-XII) yozish kiritiladi. Download 59.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling