Mundarija Kirish. Asosiy qism: I bob. Ishchi kuchi bozori mohiyati va uni tartibga solishning nazariy asoslari


Download 0.59 Mb.
bet8/12
Sana05.05.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1432304
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Kurs ishi

5-rasm.



8-rasm
Fuqarolarni Xorijda tashkiliy ishga joylashtirish tizimi bo’yicha amalga oshirilgan ishlar

2018 yildan O’zbekiston va Yaponiya o’rtasida mehnat migratsiyasi sohasidagi hakmkorlik yo’lga qo’yilib, unga asosan o’zbekistonlik mehnat migrantlarini Yaponiyadagi sanoat sohalariga ishlash uchun yuborishga kelishib olindi. 2019-yildan esa, o’zbekistonlik mehnat migrantlari Polshadagi qurilish sohalariga jalb qilina boshlandi.
Kelajakda O’zbekiston aholisi tarkibida yosh jihatdan ma’lum bir o’zgarishlaming kuzatilishiga qaramay, xalqaro klassifikatsiya bo’yicha u aholisi yosh bo’lgan mamlakatlar qatorida qolaveradi. SHunday ekan, keyingi yillar davomida ham mamlakatning xalqaro mehnat bozoriga integratsiyalashuvi davom etadi va bizning fikrimizcha, uning istiqbollari quyidagi yo’nalishlarda o’z aksini topadi:
l.O’zbekistonda tashqi migratsiya jarayonlari so’nggi yigirma yildan beri rivojlanmoqda va kengaymoqda. Mazkur jarayonlarning keyingi yillar davomida yuqori bo’lmagan sur’atlarda bo’lsa ham rivojlanishi va kengayishi jamiyat hayotida tobora muhim ahamiyat kasb etib boradi. Bu borada prof.B. Umurzakovning “...tabiyki dastlab ishchi kuchi eksportiga qarshi bo’lganlar uchrashi mumkin. Biroq hozircha, aholi bandligi va yangi ish o’rinlarini yaratish jarayonlari barqaror harakterga ega bo’lmas ekan, mehnat migratsiyasi davom etadi, degan mulohazalari ham fikrimizni tasdiqlaydi.

  1. Keyingi yillar davomida AQSH va Yevropa mamlakatlaridagi immigratsion qonunchilikning keskinlashib borayotganligi va Rossiya Federatsiyasi iqtisodiyotining beqaror tusga kirib borayotganligi, aksincha O’zbekistondagi iqtisodiy holatning barqarorlashib borayotganligi mamlakatimizdan doimiy yashash uchun chiqib ketuvchi migrantlar sur’atlarining qisqarishiga olib keladi, deb hisoblaymiz. Bu masalada demograf B.Ata- Mirzaevning “Kelajakda O’zbekistonda chiqib ketuvchilar oqimi qisqaradi, bu bevosita Respublika aholisi soni dinamikasi va uning o’sish sur’atlarida o’z aksini topmoqda” degan fikri ham mavjud bo’lib, bu borada olim yil sayin mehnat migrantlar oqimining awalgi yillarga nisbatan unchalik katta bo’lmagan sur’atlarda bo’lsa ham qisqarib borayotganiga ishora qilgan va bu qarashlar uzoq muddatli istiqbolda o’z isbotini topadi deb hisoblaymiz.

  2. O’zbekistondan xorij mamlakatlariga ko’chib o’tayotgan aholi o’z mentaliteti xususiyalaridan kelib chiqqan holda u yerda uzoq muddat davomida qolish va yashash uchun emas, balqi qisqa muddat davomida o’zining moddiy va moliyaviy ahvolini yaxshilash maqsadida borib, yana qaytmoqda. Hozirgi davrda mamlakatda xalqaro mehnat migratsiyasi hajmining oshib borayotganiga qaramay, o’zbekistonlik mahalliy tub aholi o’zining tarixan tug’ilib o’sgan yurtida yashashni afzal ko’rishadi. L.Maksakova tomonidan o’tkazilgan sotsiologik so’rovnoma natijalarida ham tub aholining Rossiya va Qozog’iston kabi boshqa mamlakatlarga doimiy yashash uchun emas, balki qisqa muddat davomida daromad topish maqsadida borishni istashlari ma’lum bo’lgan.

  3. Kishilaming mehnat migratsiyasini amalga oshirishlariga sabab doim ham ulaming ishsizligi yoki iqtisodiy nochorligi emas, balki xorijda yashayotgan yaqin qarindoshlari va tanishlarining ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan ularga nisbatan yaxshiroq va to’kisroq xayot kechirishlariga bo’lgan havaslari bilan ham bog’liq bo’lgan jihatlari bor deb hisoblaymiz. SHu sababli ham aholi orasida aynan ulaming qarindoshlari va tanishlari yashaydigan va ishlaydigan mamlakatlarga borib ishlash istagi yuqoriroqdir.

  4. Mehnat migrantlarini jalb qiluvchi mamlakatning tili va madaniyatining unga yaqinligi muhim ahamiyatga ega bo’lib, bu borada o’zbekistonlik mehnat migrantlari tabiiyki Rossiya Federatsiyasi yoki boshqa MDH mamlakatlarini afzal ko’rmoqdalar. Ko’p yillik umumiy tariximiz, o’zaro savdo, iqtisodiy va madaniy aloqalar hamda rus tilida so’zlasha olish kabi omillar mazkur mamlakatlar o’rtasida mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlik aloqalarini keyingi yillar davomida ham barqaror davom etishiga sabab bo’la oladi. Ammo so’nggi yillar davomida Rossiya Federatsiyasining immigratsion qonunchiligida mehnat migrantlariga nisbatan talablaming kuchaytirilishi hamda mehnat bozoriga kirib kelayotgan o’zbekistonlik yoshlaming awalgi avlodlardan farqli ravishda rus tilida yaxshi so’zlasha olmasligi keyingi yillar davomida Rossiya tomon mehnat migratsiyasi sur’atlarining awalgi yillarga nisbatan qisqarishiga olib kelishi mumkin. O’z navbatida globallashuv jarayonlari natijasida kishilaming ongi va dunyoqarashidagi o’zgarishlar endilikda ulami til va madaniyatidan butunlay bexabar boTgan, ammo rivojlanish va turmush darajasi yuqoriroq boTgan mamlakatlarga borib ishlashni afzal ko’rishlariga sabab boTmoqda. Bu borada ayniqsa ms tilida yaxshi so’zlasha olmaydigan yosh mehnat resurslari ms tilini o’rganib, Rossiya Federatsiyasida qumvchilik va qishloq xo’jaligi kabi mavsumiy ishlarga emas, balki koreys, yapon va ingliz tillarini o’rganib rivojlanish darajasi yuqori boTgan Yevropa, AQSH, B.A.A.,Koreya va Yaponiya kabi mamlakatlarga ishlashga bormoqdalar.O’z navbatida Koreya va Yaponi kabi texnik sohalarda mehnat resurslari taqchilligiga uchragan mamlakatlar hamda O’zbekiston uchun kasb -hunar kollejlarini bitirgan yoshlami til bo’yicha imtixonlardan o’tkazib, mamlakatlararo shartnomalar bo’yicha borib ishlab kelishlari qulay ahamiyat kasb etadi.

  5. .O’zbekistonning Koreya, Rossiya va Yaponiya kabi migratsiya sohasidagi hamkorlik aloqlarini rivojlantirishga qaratilgan kelishuvlami imzolashi hamda mehnat migrantlarini maxsus tayyorgalik bosqichlarini o’tab bo’lgandan so’nggina uyushtirilgan holda eksport qilinishi mamlakatimizning xalqaro mehnat bozorida nafaqat son jihatidan, balki sifat jihatdan ham o’z o’rniga va ahamiyatiga ega bo’lishida muhim rolb o’ynaydi deb hisoblaymiz. Buning natijasi o’zbekistonlik mehnat migrantlari xorijda qumvchilik, qishloq xo’jaligi kabi og’ir va mavsumiy hamda beqaror ish o’rinlarida emas, balki yuqori texnologik taraqqiyot bilan hamohang rivojlanayotgan sanoat ishlab chiqarishi, xizmat ko’rsatish va boshqarish sohalarida munosib mehnat qilish sharoitlarida faoliyat ko’rsatishlari hamda bu sohadagi yangi yutuq va o’zgarishlarni o’zlashtirishlari lozim.

SHuningdek mamlakatdan chiqib ketuvchi migratsiya oqimlarini diversifikatsiya qilish maqsadga muvofiqdir. Tadqiqotlaming ko’rsatishicha, xorijda ishlash niyatidagi o’zbekistonliklar uchun AQSH, Kanada, Germaniya, Gollandiya, Norvegiya, Saudiya Arabistoni, Katar, Kuveytda rasmiy ravishda ishga joylashish potentsiali yuqori bo’lib, ularning yuqori texnologik tarmoqlarda band bo’lishi kasbiy bilim va ko’nikmalarining oshishiga sabab bo’ladi.
Masalan, AQSHda xizmat ko’rsatish, qishloq xo’jaligi, o’rmonchilik, tibbiyot sohalarida, Kanadada qishloq xo’jaligi, baliqchilik, telekommunikatsiya, dasturlash, tibbiyot, katta yoshlilarga ijtimoiy xizmat ko’rsatish sohalarida, Germaniyada dasturlash, telekommunitsiya, sanoat korxonlalarida, Saudiya Arabistoni, Qatar va Quveytda esa neftni qazib olish va qayta ishlash, turizm va xizmat ko’rsatish sohalarida mehnat resurslari tanqisligi kuzatiladi.
Migratsiya oqimlarini diversifikatsiya qilinishi uchun quyidagi quyidagi masalalami yechimi muhim ahamiyat kasb etadi:

  1. Xalqaro miqyosda: BMTning mehnat migrantlari va ulaming oila a’zolarini himoyalash to’g’risidagi konventsiyasini ratifikatsiya qilish; Xalqaro migratsiya tashkilotiga kirish;Mehnat migratsiyasini tartibga solish borasida xorij mamlakatlari bilan ikki tomonlama kelishuvlami izohlash;Mehnat migrantlarining huquqlarini himoya qilish sohasida hamkorlik qilish to’g’risidagi xalqaro kelishuvlami imzolash;

  2. Milliy miqyosda: Migratsiyaga tegishli bo’lgan normativ-xuquqiy bazani takomillashtirish, milliy qonunchilikda xalqaro normalami joriy qilish; Mehnat migratsiyasi oqimlarini tartibga solishning samarali usul va mexanizmlarini ishlab chiqish;Mehnat bozorida mehnat migrantlarining raqobatbardoshligini oshirish maqsadida maxsus o’quv tayyorlov kurslarini tashkil etish; Migratsiya infratuzilmasini rivojlantirish;Ayniqsa mintaqalarda mehnat migratsiyasining xuquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy aspektlari haqida ma’lumot beruvchi informatsion-konsulbtativ markazlami tashkil etish; Xorij mamlakatlarida qonuniy asosda ish bilan band bo’lish imkoniyatlari haqidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish;0’zbekistonning xorij mamlakatlaridagi vakilliklarini migratsiya masalalarini hal qilishda ko’mak berish maqsadida rivojlantirish.

  3. 90 yillarning ikinchi yarmi va yangi asr boshida o’zbekistonlik mehnat migrantlari faqatgina oilalarining moddiy ahvolini yaxshilash maqsadida xar qanday og’ir va “qora ish”ni bajarishga tayyor bo’lgan bo’lsalar, bugungi holat unday emas. So’rovnomalar natijasining tahlili respondentlar mehnat migratsiyasiga faqatgina kundalik ro’zg’or tebratish uchun daromad topish maqsadida emas, balki turmush darajasini yanada yaxshilash, o’z orzu va intilishlarini ro’yobga chiqarish, o’z ustida ishlashi va rivojlanishi hamda taraqqiyotdan ortda qolmagan holda hayot kechirish maqsadida intilmoqdalar, degan xulosaga olib keladr’. Bu borada o’zbekistonlik mehnat migrantlarining xalqaro darajadagi kasbiy tayyorgarligi, mehnat bozorida raqobatlasha oladigan ko’nikmalari yo’qligi hamda xorijiy tilni yaxshi bilmasligi ular uchun xorij mamlakatlarida yuqori ish haqi bilan ta’minlovchi ish joylarini izlashlariga to’sqinlik qilmoqda degan fikrlar o’rinlidir’'’. Darhaqiqat, xorijda past malakali ishlami bajaruvchi mehnat migrantlarining aksariyat qismini kasbiy tayyorgarligi past bo’lgan, xorijiy tilni bilmaydigan, psixologik va ma’naviy jihatdan o’z ustida ishlashdan va intilishdan to’xtagan kishilar tashkil qilishini kuzatish mumkin. Kelajakda O’zbekiston xalqaro mehnat bozoriga ko’p sonli “gasterbayterlar” bilan emas, balki zamonaviy talablarga javob beradigan, xorijiy til va axborot texnologiyalarini yaxshi biladigan, innovatsion ijodkorlik qobiliyatiga ega bo’lgan malakali mehnat resurslari orqali ishtirok etishiga erishish maqsadga muvofiq. Aynan mehnat resurslari xorijdagi yangi bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirib, mamlakatga olib kelishi orqali jamiyatning texnologik va intelektual taraqqiyotiga o’z hissasini qo’shishi mumkin.

Tadqiqotlaming ko’rsatishicha, xalqaro mehnat bozorida foyda olish imkoniyatlariga qaramasdan,0’zbekistonning ushbu jarayondagi ishtiroki hozirga qadar uning potentsial imkoniyatlariga muvofiq kelayotgani yo’q, xalqaro ishchi kuchi oqimlarining muntazam kengayib borish jarayonlariga hozircha yetarli darjada qo’shilib olgan emas vaholanki, migratsiya jarayonlarini samarali boshqarish orqali mehnat resurslari eksporti mamlakatning iqtisodiy o’sishi va aholi turmush darajasini oshirish strategiyasini amalga oshirishga yordam beruvchi muhim vositalardan biriga aylanishi mumkin.
O’zbekistondan mehnat resurslarini eksport qilinishi mamlakatining ijtimoiy-iqtisodiy hayotida quyidagi ijobiy holatlaming yuzaga kelishi uchun asos yaratadi:

  1. Aholini ish bilan bandligi ta’minlash muammosining vaqtinchalik yengillashishiga va ijtimoiy bosimning kamayishiga olib keladi

  2. Aholi uchun daromad manbaining shakllanishi bilan birga ular xorijiy tajriba va ko’nikmaga, hamda yangi g’oya va qarashlarga ega bo’lib qaytadilar;

  3. Xorijda mehnat qilish maqsadida aholining xorijiy tilni o’rganish va maxsus kasbiy tayyorgarlikka ega bo’lish ishtiyoqi ortadi va u o’z ustida ishlashni boshlaydi;

  4. Mehnat migrantlarining pul o’tkazmalari mamlakatda xususiy biznesning rivojlanishi va migrantlar uchun uzoq muddat hizmat qiladigan daromad manbaining shakllanishi uchun asos yaratishi mumkin;

Xulosa qilib aytganda, kelajakda O’zbekistonning xalqaro mehnat bozoriga integratsiyalashuvi davom etadi, ammo keyingi yillar davomida bu aloqalar son jihatidan emas, balki sifat jihatidan yangicha ahamiyat kasb eta boshlaydi. Migratsiya jarayonlarida ishtirok etuvchi mehnat resurslari uchun til, madaniyat, tarix va boshqa jihatlari umumiy bo’lgan hamda tanish va qarindoshlari istiqomat qilayotgan mamlakatlarga borib ishlash istagi yuqoriligiga qaramasdan, shunday xususiyatga ega bo’lgan Rossiya Federatsiyasi va Qozog’ison Respublikalariga yo’naltirilgan mehnat migratsiyasining hajmi qisqaradi. Bu holatni bevosita o’sib kelayotgan mehnat resurslarining yangi avlodi rus tilini yaxshi bilmasligi hamda ular uchun mazkur mamlakatlarda aksariyat holatlarda og’ir jismoniy mehnat bilan bog’liq ishlaming taklifi ulami qoniqtirmasligi bilan izohlash mumkin. CHunki, yuqorida ta’kidlanganidek awalgi yillardan farqli ravishda xozirgi iqtisodiy rivojlanish davrida kishilar mehnat migratsiyasini faqatgina bir amallab ro’zg’or tebratish uchun emas, balki o’zini o’zi rivojlantirish, yangi bilim va ko’nikmalarga hamda kengroq imkoniyatlarga ega bo’lish, orzularini to’liq ro’yobga chiqarish, vatanida o’z biznesini rivojlantirish va doimiy ravishda yuqori turmush darajasiga intilish maqsadida amalga oshirmoqdalar. SHunday ekan, istiqbolda O’zbekistonning xalqaro mehnat bozoriga intgeratsiyalashuvida migratsiya oqimlarining diversifikatsiyalashuvi, ya’ni mamlakatning bu boradagi hamkorlari qatoridan uzoq xorij mamlakatlari ham o’rin egallishi kuzatiladi.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling