Mundarija kirish. Asosiy qism kasb-hunar ta’limi pedagogikasi va didaktik tushunchalar O’quv didaktik materiallarning turlari
Download 220.04 Kb.
|
PEDAGOGIK FANLARNI O’QITISHDA DIDAKTIK VOSITALARDAN FOYDALANISH
Proyektor slaydlari
Proyektor slaydlari qo’lda, fotonusxalar yoki kompyuter yordamida tayyorlanishi mumkin. Ular maxsus shaffof plyonkada tayyorlanadi va tematik tartibga solinadi. Bu holda ham slaydlarni saqlash uchun maxsus papka tuzish tavsiya etiladi. Slaydlar tayyorlash uchun materiallar: - oddiy asetat qog’ozi - shaffof sun’iy qog’oz - Nusxa olish mumkin bo’lgan maxsus qatlamli slaydlar - Slaydlar flamasteri, permanent va suvda eruvchan - Slaydlarni tozalash uchun spirt - Surat chizish moslamalari (shablon, chizg’ich va boshqalar) Slaydlarni qo’lda tayyorlash 1. Surat yoki matnni qog’ozga eskizlash 2. Slaydni uni ustiga qo’yib, skrepka bilan mahkamlash 3. Namunadagi suratni slaydga ko’chirish yoki yozish Slaydlardan fotonusxa olish va ularni kompyuterda tayyorlash Bu jarayon nusxalash mashinasida oddiy qog’ozga nusxa olish jarayoniga o’xshaydi. Sifatli asl nusxani slaydga nusxalash mumkin, bunda slayd maxsus nusxalash jarayoniga moslashtirilgan bo’lishi kerak (maxsus qatlamli slaydlar). Ushbu slaydlar kompyuter printerida chiqarilishi mumkin, chunki bu orqali tasvirni kattalashtirish yoki kichraytirish imkoni tug’iladi. XULOSA
O’quv va didaktik materiallarni ishlatishda albatta ularning mavjudligi katta rol uynaydi. Amaliyot o’qituvchisi, shuningdek, KHTBYu o’qituvchisi o’z maxsus sohasi uchun qanday materiallar, qanday yangiliklar borligiga, shuningdek, qaysi maxsus sohalarda uning o’zi yangiliklar qilishi kerakligi yuzasidan umumiy tushunchaga ega bo’lishi lozim. Ko’pincha o’qituvchilar doska tasvirlari, flipchart tasvirlari va proyektor slaydlari kabi vizual vositalarni o’zlari ishlab chiqadilar. Agar hyech qanday materiallar mavjud bo’lmasa o’quv kitoblari asosida materiallarni o’zi ishlab chiqishi kerak bo’ladi. Bosqichlar: 1. Kurrikulumdagi maqsadlar tahlil qilinadi 2. Maqsadlar asosida kelib chiqadigan mavzularni bilim turlariga qarab tartibga solinadi, ular quyidagilar: dalillar, tushunchalar, tamoyillar va usullar. 3. Bilim berish (nazariy dars) va ko’nikmalar hosil qilish (instruktaj va mashqlar)ni ajratish lozim bo’ladi. Bunda doimo “o’zlashtirilishi shart bo’lgan bilimlar” va “o’zlashtirilishi mumkin bo’lgan bilimlar” darajalari inobatga olinsin. 4. Har bir mavzu uchun kamida bittadan ish varag’i va keyinchalik grafik va tasvirlar, shuningdek, qo’shimcha matnlar ishlab chiqiladi. Shu tarzda qadamba-qadam kurs papkasidagi materiallar ortib boradi. 5. Fotoapparat yordamida olingan ustaxonadagi ish jarayonlari tasvirlangan suratlar asosida rasmlar manbasini tuzish va ularni kurs papkasiga ilova qilish mumkin. Download 220.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling