Mundarija: Kirish. Asosiy qism
Markaziy Osiyo xalqlari ijtimoiy-psixologik tasavvuf tariqatlarining o’rni: Kubroviya, Naqshbandiya, Yassaviya va Qodiriya
Download 87.15 Kb.
|
Din psixologiyasida teologik va psixologik qarashlar.
Markaziy Osiyo xalqlari ijtimoiy-psixologik tasavvuf tariqatlarining o’rni: Kubroviya, Naqshbandiya, Yassaviya va Qodiriya.
Ruh, qalb ilmi hisoblangan tasavvuf va uning turli maktablari psixolog olimlar tomonidan nisbatan kam o’rganilgan edi. Endilikda, bu sohada birmuncha tadqiqotlar amalga oshirilgan. Buxorolik psixolog olim Ubaydullo Qosimov 2002 yili “Xoja Abduholiq G’ijduvoniy” nomli risola yozib, unda Xojagon tariqati rashhalari(qoidalari)ning psixologik jihatlarini tahlil qilib chiqqan. Komil inson muammosi, uning kamolot darajalari, ruhiy holatlari, ong va ong osti jarayonlarini talqin qilgan. 2003 yili esa, “Xoja Abduholiq G’ijduvoniy Xufiya zikri” risolasi chop etildi. Mazkur risolada U.Qosimov G’ijduvoniy, Xojagon (Naqshbandiya) ta’limotida amalga kiritilgan xufya zikrining ijtimoiy-psixologik tahlilini, shaxs faolligining ichki zaxiraviy manbalari haqidagi fikrlarni bergan. 2004 yili “Komil insonning ijtimoiy psixologik xususiyatlari” (A.Gijduvoniy ta’limoti asosida) mavzusida psixologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasi muvaffaqiyatli yoqlandi.1 Yana bir tadqiqotchi Matluba Xolnazarova ham Bahouddin Naqshbandning boy ilmiy- ma’naviy meroslarini psixolog mutaxassis sifatida tadqiq etishga kirishib, 2009 yili "Bahouddin Balogardon ta’limoti” nomli risola chop etdi. Naqshbandiylik tasavvuf tariqatlaridan biri bo’lib, uning asoschisi qazrat Bahouddin Naqshband (Balogardon) hisoblanadi. U 1318 yili Buxoro shahri yaqinidagi Qasri Orifon qishlog’ida tavallud topgan. Naqshband ta’limotining asosida “Qalbing ollohda bo’lsin-u, ko’ling ishda bo’lsin” (“dil ba Yoru, dast ba kor”) shiori yotadi. Unga ko’ra, dunyo ishlari bilan bo’lib, Xudoni unutib qo’yma. Qalbda Alloh bo’lganda, kasb-korni tashlab qo’yma, degan hayotiy g’oya ustuvor bo’lgani uchun boshqa oqimlardan xalqchilligi bilan ajralib turadi. Bu bilan tasavvufda avval mavjud bo’lgan qattiq qoidalarni yumshatib, kundalik turmush bilan yaqinlashtirdi. Natijada naqshbandiylik tariqati aholi o’rtasida keng yoyildi. XV asrda Xoja Ahror Valiy bu tariqatning yirik rahnamosi bo’lib turdi. Naqshbandiylik Turon zamindan tashqari Kichik Osiyo, Kavkaz, Eron, Pokiston, Hindiston, Afg’oniston kabi mamlakatlarda tarqalgan. Allohni ichki ovoz bilan zikr qilish (zikri xufya) bu tariqatni boshqalaridan ajratib turadi. Shuningdek, Haqqa etishish uchun xalq bilan birga bo’lib, turli nomatlub, noshar’iy illatlardan xalos bo’lish, ruhiy jihatdan o’z- o’zini tarbiyalash, dunyoviy ishlarni bajarish va ibodatlar qilishni targ’ib qiladi. Zero, insonning ijtimoiy faolligi faqat o’zi uchun naf keltirib qolmay, jamiyat uchun ham foydalidir. Chunki har bir shaxs ijtimoiy munosabatlarning ham ob’ekta, ham sub’ekta sifatida jamiyat a’zolari bilan bevosita faoliyatda bo’lib turadi. Shuning uchun har bir inson yaxshi xulq-atvorlarni avvalo o’zida shakllantirishi, namoyon etishi, so’ngra boshqalarni unga da’vat etishi mumkin va buninguchun ma’naviy xuquqqa ega bo’ladi. Endi, Xojagon va Naqshbandiy tariqatidagi Abduholiq G’ijduvoniy va Bahouddin Naqshband z’tirof etgan rahsha(qoida)larning qisqacha psixologik tahliliga to’xtalib o’tsak.1 Har bir rahsha muborak oyat va hadislar asoeida yaratilgan. 1) “Xush dar dam” (xush - aql, dam - nafas). Ichimizdan chiqayotgan har bir nafasdan ogoh bo’lib, hushyorlik va huzurbaxshlik qilish, Haqqa qilinayotgan ibodatlarda ham, dunyoviy ish harakatlarda ham g’aflat, illatlar aralashmasligi darkor. Bunda ichki ruhiy olam bilan tashqi faoliyatni doimiy nazoratda bo’lishi ularningo’zaro uyg’unligini vujudga keltiradi. Bu ruhiy-hissiy uyg’unlik esa, insonni iztiroblarga soladigan turli stress holat, ruhiy bezovtaliklardan saqlab, o’z kuch va imkoniyatiga ishonch, xotirjamlik, dadillik kabi fazilatlarni shakl- lantiradi. Albatta, bu ruhiy holatlarga erishish o’z-o’zidan bo’lmaydi. Bunga sufiy diqqatni bir nuqtaga to’plab, xayolni kelajak rejalardan ozod etib, ongli nazoratni ishga solib, irodaviy zo’r berish va takroriy mashqlar bilan erishadi; 2) “Nazar bar Qadam” (nazar qadamda). Bu qoida sufiyni har bir qadamidan, xatti-harakatidan ogoh bo’lishga, Allohga gunohkor bo’lishiga sabab bo’ladigan yo’lga qadam bosmaslik, o’zini psixologik jihatdan qattiq nazorat ostiga olishning taqozo ztadi. Bu raxdnada ham diqqat mux,im rol o’ynab, uni bir nuqtaga jamlanishi, ko’lamining kengayishi barobarida ixtiyoriy diqqatni faoliyat jarayonida mufoviqlashgan ixtiyoriy diqqatga o’tishi sodir bo’ladi. Bu qoida sufiyning tashqi xatti-harakatlarini nazorat qilish barobarida, har bir ishga mas’uliyat bilan yondoshishni talab etadi. “Nazar bar qadam” qoidasiga amal qilish, muttasil kuchli, ongli nazorat, takroriy mashqlar orqali, diqqat- nazarni maqsad ob’ektidan, qalb harakatidan uzmasdan nuqsonlardan poklaydi, qalbni osoyishta etadi. Abdulholiq G’ijduvoniy maqtovga sazovor fikr va amallarga erishish uchun qalb tahoratini qilib, uni chinakamiga pokiza etish lozim, deb ta’lim beradi. Buning ma’nosi shundan iboratki, ko’zni nomaqbul, harom narsalar, ishlarga qaratmaslik, tilni yolg’on, g’iybat, behuda so’zlashdan tiyish, quloqni axloqsiz so’zlarni tinglashdan saqlash, har xil g’iybatlarga nisbatan kar qilmoq, qo’lni nopok harakatlardan holi etish uchun halol tutmoq va nazarni nomunosib qadamdan g’ofil qilmaslik kerak; 3) “Safar dar Vatan” (Vatan ichra safar). Bu shunday amaliy va majoziy safarki, sufiy o’z ruhiy olamini “Safar” qilib, o’zidagi barcha salbiy illatlarni ko’radi, ulardan mosuvo bo’lishni anglaydi, zhtiyoj sezadi va unga harakat qiladi. Bu ruqiy safarga inson idrok, xotira, tasavvur, tafakkur va irodani safarbar qilish orqali erishadi. Bu rahsha o’z mohiyati bilan sufiyning ichki dunyosiga safarini anglatsa-da, lekin uning ichki dunyosidagi kamchiliklar bevosita ijtimoiy jarayonlarda, boshqa odamlar bilan muloqot va munosabatlarda ko’rinadi. Shuning uchun sufiy tariqatning bu qoidasiga amal qilib, ichki dunyosiga safar qilar ekan, o’zidagi nuqson va salbiy xususiyatlarini o’zgalar bilan bo’ladigan munosabatlardagi yomon oqibatlarini anglab, ularni bartaraf etishga harakat qiladi. Shuning bilan birga tariqat qoidasi sufiyga ko’proq safar qilishni, o’z “ehtiroslarining o’tkir nayzalarini ko’rish” va “ma’naviy sog’liq va boylik orttirish”ni tavsiya qiladi. Dunyoviy ma’noda anglanadigan bo’lsa, olam sirlariga etilshsh, dunyoni tushunish va komil inson bo’lmoqdir; 4) “Xilvat dar anjuman” (zohiran halq bilan, botinan Haq bilan). Xalq bilan bo’lib, ularning dardlariga sherik bo’lish, Alloh roziligi yo’lida xalqqa xizmat qilish, fikru-zikri Haqda bo’lish, bu qoidaning mazmunini tashkil etadi. Zero, inson o’zida boshqalarga nisbatan oliyjanob, shafqatli munosabatlarni namoyon qilmas ekan, u Allohni seva olmayd i va Haqqa qilgan ibodati ko’zbo’yamachilikdan iborat bo’ladi. Shuning uchun avval halqqa, jamiyatga foyda keltirishga o’rganishi, undan keyingina botinan Haq bilan bo’lib, pokiza qalb ila ibodatga mashg’ul bo’lish kerak. Bu darajaga etishgan sufiy qalbida Alloh yodi bilan jilolangan shunday fazilatli, fayzli xilvat bo’ladiki, uni hech qanday sa’y-harakatlar Allohni yodlashdan chalgita olmaydi. Pirlarning guvohlik berishicha, Haq zikri bilan mashg’ullik shu darajaga boradiki, zokir bozorga kirsa, qalbdagi zikr kuchidan, u hech qanday so’z yoki ovozni eshitmaydi. Haqni zikr qilib, tafakkurga cho’mish (meditatsiya) mobaynida, qalbda ilohiy his va tasavvurlar mujassami bone, u transtsendental (hayrat, kashf) holatga kirishni osonlashtiradi va ilohiy nur bilan birlashishga imkon beradi; 5) “Yodkard” (yodga olish). Til va dilni bir lahza bo’lsa ham Alloh zikridan qoldirmay, Haqdan ogoh bo’lib, uni zikr qilish. Tariqatdagi bu qoida jarayoni ikki yo’nalishni, avvalo, botinning Allohni xotirada tutishi va uni qalbga muhrlashi bo’lsa, ikkinchi tomondan, sufiy kundalik harakatlarini Alloh talab qilgan pok munosabatlar asosida amalga oshirishini nazarda tutadi. Mohiyatan, “Dil ba yoru, dast ba kor”. “Yodkard”da avvalo Allohning yagonaligi, buyukligi, pokligi, qodirligi, oliy muhabbat manbailigi va boshqa fazlu karamlarini anglash, uni uzluksiz yodda saqlash, uni ulug’lovchi kalimalarni zikr qilish orqali, avval ongli, keyin esa ong osti va ong-shuursizlik darajasida qalb zikriga erishish talab etiladi. Bularning barchasiga irodaviy harakatlar bilan erishiladi. “Yodkard” qoidasi psixologik nuqtai nazaridan inson uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan ichki ruhiy muvozanatni hosil qiladi. Muvozanat esa, kishini xotirjam, erkin qiladi, bundan qalb orom oladi. Bu esa uni turli salbiy ta’sirlardan himoya qiladi; 6) “Bozgasht” (qaygish) qoidasi avval boshiga, ya’ni Allohga qaytishni anglashini bildiradi. Sufiy zikrni takrorlaganda, uning ma’lum sanoqlarida “Mening maqsadim Sensan, Sening rizoligingni so’rayman”, deydi. Bu "Bozgasht” kalimasi yaxshi va yomon fikrlarni inson xotirasidan ketgazib, zikrni xolis qiladi. Zohid kalimalarni aytayotganda, mabodo, chin dildan aytmayotganini sezsa ham, uni takrorlashni tark etmasligi lozim. Bora-bora u chin qalbdan chiqa boshlaydi. Chunki zikrda turli fikrlarning xalal berishi, tafakkur va kashf (mukoshafa) bilan bogaiq bo’lishi mumkin. Maqsad yo’lida tin olinishi, amalga oshirgan sa’y- harakatlarini tahlil qilish, baholash imkoniyatini, nuqsonlardan holi bo’lishlikni ta’minlaydi. Psixologik nuqtai nazardan esa, sa’y-harakat chuqurroq anglanishi, qaytadan unga yangi kuch-quvvat bilan intilishlarning tug’ilish imkoniyatlarini yaratadi. Shu boisdan bu kalima maqsadga etishish yo’lidagi barcha harakatlarning manbai hisoblanadi; 7) ‘‘Nigoxdosht”(saqlash) diqqat (nigoh)ni ma’lum narsaga uzoq vaqt kuchli to’plab turish va muayyan bir vazifalar bilan mashg’ullikni anglatadi. Tasavvufiy mazmunda Allohni, uning fazli karamini yodda saqlab zikr qilish va boshqa narsalarga chalg’imaslikni bildiradi. Mazkur qoida sufiydan ichki (botiniy) komillikka erishish yo’lida diqqat va irodaviy harakatlar bilan har bir nomaqbul fikr- o’ylardan xalos bo’lishini talab qiladi. U qalbidagi fikr va tasavvurlarni mushohada (muroqaba) qilib, hech bo’lmaganda, bir-ikki soat vaqt orasida diqqat va tasavvurlarni boshqa narsalarga yubormasligi, xotirani parishon qilmasligi kerak. Zikr jarayonida irodaviy zo’r berish orqali diqqat ko’lami chuqurlashib, kuchi va barqarorligi ortadi. Muntazam mashgulot asosida ixtiyoriy diqqat muvofiqlashgan ixtiyoriy diqqatga ko’chgach, zikr qiluvchidan ortiqcha irodaviy zo’r berishlik talab qilinmaydi. Bu esa zikr qiluvchining jismoniy charchashi, ruhiy toliqishining oldini oladiki, u bir necha soatlar davomida zikr yoki boshqa faoliyat bilan mashgul bo’lish imkoniyatini beradi. Psixologik nuqtai nazardan bu xil tafakkurga cho’mishlar, hozirgi fan tili bilan aytganda, meditatsiya holatiga o’tish uchun shart- sharoit yaratadi. Zikrda barqaror turish, “Nigohdosht”da chuqurlashuv, boshqa ruhiy jarayonlarning o’zgarishiga sabab bo’ladi. Xususan, xayol tasavvurlari vujudga kelishi to’xtaydi, xotira jarayoni keskin darajada susayadi. Buning oqibatida zohidningtashqi olamni idrok qilish funktsiyasi zaiflashib, vaqt mohiyatini anglashi deyarli yo’qoladi. Behudlik holatida cheksizlikka garq bo’lish hodisasi sodir bo’lib, kishi qalbida ruhiy rohatlanish, faraxbaxshlik sodir bo’ladi; 8) “Yoddosht” (yodda saqlamoq, xotirada saqlash). Har lahza Allohdan xabardor bo’lish, Haq taoloni yodda tutish. Bu psixologik qonuniyatga ko’ra, xotirada saqlanayotgan narsaning davomiyligini ta’minlaydi, Unga (Allohga) nisbatan muhabbatni qalbda mustahkamlaydi, naqshlab qo’yadi. Haq taoloni chuqur hurmat va muhabbat bilan yodda saqlash, o’zining ham har doim Alloh taolo nazarida ekanligini bilish, insonni nopok narsalardan saqlaydi. O’z 60 61 xatti-harakatlari, xulqi va muomalalarini nazorat qilib turishga o’rgatadiki, bu xulq uning uchun dominant darajasiga aylanadi. “Yoddosht” qoidasida barqaror bo’lgan inson qalbi, Alloh nuri bilan ziynatlanib, nomaqbul narsalarni qilish u yoqda tursin, hatto unday fikrlarning tug’ilishiga ham yo’l qo’ymaydi. Bunday shaxs qaerda va qanday sharoitda, nimani bajarmasin, yolg’onga, nopoklikka o’rin qolmaydi. Chunki qalbga singgan oliy tuyg’u va e’tiqod, bunga yo’l qo’ymaydi. Uning ichki ruhiy olami tashqi xatti-harakatlarni boshqarib turishi barobarida, zoxiriy xulq-atvorlar ham botiniy normalarga moslashadi. Shaxsninghar bir harakati uning oliyjanob sifatiga aylanib, ularning bajarilish jarayonlari ham insonga zavqu shavq beradi; 9) “Vuqufiy zamon” (zamondan voqiflik). Har bir daqiqa vaqtni g’animat bilib, undan unumli va maqsadli foydalanish, vaqtni qanchasi hayrli va savob ishlar bilan o’tganligi, qanchasi bekor va samarasiz o’tganligini sarxtssob qilib turish, ogoh bo’lish qoidasidir. Inson umri muayyan vaqtlar bilan cheklanganligini anglagan holda, uni Alloh zikri va ijtimoiy foydali ishlarga yo’naltirilishi - Haq taolo ne’matlariga shukronalar keltirishdir. Aksincha, g’aflat bilan o’tgan bo’lsa, tavba-tazarru qilish, istehfor aytishdan iboratdir. Vaqtim ko’p deb, uni bexuda narsalarga sarf qilmaslik, g’aflatda qolmaslik oqil va hushyor mo’minning fazilatidir; 10) "Vuqufiy adadiy” (sanoqqa rioya). Zikrda adadga rioya qilish “Vuqufi adadiy” deyiladi. Ya’ni har bir qilinayotgan zikr muayyan tartib va adadga rioya qilib, bajarilishi nazarda tutiladi. Zikr qiluvchi (zokir) kalimani bir necha marta takrorlashi mumkin. Masalan, La ilaha illalloh - Alloxdan boshqa iloh yo’q, kalimasini, yoxud “Ixlos” surasini zokir bir nafasda uch marta, etti marta, yoki undan ham ko’p takrorlashi mumkin. Pekin bir nafasda takrorlanayotgan zikr toq qilib tugatilishi lozim. Zikr arabcha so’z bo’lib, yodga olish, xotirlash ma’nolarini bildirib, tasavvufiy ma’noda Haqqa etishish yo’li sifatidauni yodga olishni, nom va sifatlarni fazlu karamlarini anglatuvchi kalimalarni takrorlashdir. Kalimani muayyan tartib va sanoqda takrorlanishini talab qilishning ham psixologik funktsiyalari bor. Zokir zikr sanogini doimo yodda tutib turishi natijasida, uning diqqati boshqa ob’ektlarga ko’chib ketishining oldi olinadi va diqqatini kuchli ravishda to’plashiga yordam beradi. Bahouddin Naqshband “Vaqufiy adadiy” deyilgani dastur laduniy ilmining ilk martabasidir”, degan; 11) “Vuqufiy qalbiy” (Voqif qalb). Bu rashhaning mohiyatida ikki ma’no mavjud. Avvalo zohidning qalbi Alloh taolodan doimo ogoh, voqif bo’lib turishi, ikkinchidan, o’z qalbi holatidan ham xabardor bo’lishi va qalbni mudom zikr bilan mashg’ul qilishi lozim. Insonning barcha a’zolari harakat va mashqlantirish orqali takomillashib borganidek, qalb ham Allohni zikr qilish bilan takomillashib boradi va bu amallaridan orom oladi. Zikrning davomiyligi barobarida zikr qalbga muhrlanib qoladiki, o’pkaning nafas olishi tabiiy kechib, kishidan diqqat-e’tibor qilishni talab qilmaganidek, qalb ham Alloh zikrini mudom davom ettiraveradi. Zamonaviy psixologiya fanidagi psixogigiena, psixoterapiya, meditatsiya, autotrening, sotsial treninglar ishlab chiqqan metodikalar insonni takomillashtirib borish usullari sanalsa, tasavvuf pirlarining bosqichma- bosqich qalbni poklash usullari ham insonni jismonan, ruhan va ma’naviy jihatdan soglomlashtirib, uni komillik darajasiga ko’tarishga yo’naltirilgan edi. Naqshbandiya tariqatining asosiy mohiyati, avvalo qalbni poklash, so’ng Haqqa yaqinlashish va unga etishishdir. Tariqatdagi 11 rashhalar - ruhiy amallarni sidqidildan, irodaviy zo’r berishlar bilan bajarish, sekin-astalik bilan kishida ruhiy erkinlik, muvozanatni vujudga keltiradi. Bu ruhiy muvozanat esa dunyoviy amallarda, axloqiy harakatlarda o’z ifodasini topadi. Buni psixologiyada eksterorizatsiya, ya’ni ichki ruhiy xususiyatlarni tashqi harakatlarda namoyon bo’lishi, deyiladi. Naqshbandiya pirlari amalga oshirgan “mukoshafa” (tafakkurga cho’mish) ruhiy xolati, zamonaviy psixologiyada qo’llaniladigan meditatsiya, autogen usullarning o’ziga xos modifikatsiyasidir. Autogen mashqi muolajalarining mohiyati, inson asab tizimida sodir bo’ladigan qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlarini boshqarishga erishishda namoyon bo’ladi. Ushbu mashqlar anglanilmagan psixofiziologiya reflektor funktsiyalarining sozlanishiga erishishni taqozo etadi. Bu ongli ravishda ong ostilikni boshqarilishiga erishish, deyiladi. Masalan, insonning nafas olishi reflektor harakat bo’lib, psixofiziologii jarayon hisoblanadi. Autogen mashqlar bilan uni ongli boshqarishga erishish mumkin. Yassaviya tariqatining asoschisi Hazrat Xoja Ahmad Yassaviy (XI asr ikkinchi yarmi - 1166 y) hisoblanadi. Bu tariqatda islom qonun-qoidalari (shariat), tasavvuf maslagi (tariqat), ishqi ilohiy (ma’rifat), Haq visoliga etishish(haqiqat) keng targ’ib etilgan. Sufiy o’z piri rahnamoligida ilohiy ishq sari intilishi, murid bajarishi shart bo’lgan odob qoidalariga rioya qilishi zarur bo’lgan. Yassaviylikda zikru samoga katta e’tibor berilgan va jahriya (lisoniya) usuli qo’llanilgan. Pir va muridlar o’qib yuradigan maxsus kundalik kalima va duolarni baland ovoz chiqarib aytishgan.1 Tariqat ahlining butun vujudi va qalbi Alloh ishqi bilan to’lgan bo’lib, ularning butun diqqat-e’tiborlari muqaddas Ruhga - Haqqa qaratilgan. Ular faqat Alloh ishqini tan oladilar. Uning visoliga etishish uchun u har qanday mashaqqatlarga rozi, o’z-o’ziga murosasiz. Buni Ahmad Yassaviy quyidagicha bayon qiladi. Jafo chekmay oshiq bo’lmas, tingla g’ofil Jafo chekib sobir bo’lgon, bo’lmas johil. Yassaviya tariqatining butun mohiyatida Alloh vasliga etishda nafs iligidan qutulish yo’lini tanlash yotadi. Lekin tariqatning mohiyatida dunyodan mutlaq yuz burilmaydi. Molparastlik va tuban dunyoni qalbdan quvishga da’vat ztiladi. Bu yo’lda Ahmad Yassaviy o’z muridlariga o’z-o’ziga tanqidiy qarash, kamchiliklarini kechirmaslik, beomon bo’lish sirlarinio’rgatadi.O’z qalbining engchukur joylariga nazar tashlashni targ’ib qiladi. U inson hayotidagi eng asosiy kurash - bu nafsni taslim etishga xizmat qiladigan kurash, deb hisoblaydi. Chunki nafs inson ichida, ko’zga ko’rinmaydi. Lekin u juda katta g’addor dushman. Nafsga erk berilsa, insondagi eng yaxshi fazilatlarni ham mahv etadi, sindiradi. Lekin bu kurash engil vazifa emas. Bu yo’lda sufiy o’z sa’y-harakatlarida madad va marhamatni Haq taolodan so’rashi darkor. Zero, inson Alloh sevgisiga sazovor. Alloh ishqi bamisoli may. Bu “May”ning kadahi inson qalbi. Shu “Qadah”ga ishq mayi qancha ko’p quyilsa, sufiyning ma’naviy ruhi ham o’shancha yuksaladi. Tasavvuf ta’limoti bo’yicha, sufiy Alloh visoliga vosil bo’lmoq uchun shariat, tariqat, ma’rifat bosqichlaridan o’tishi lozim. Ma’rifat manzilida sufiy Haq mohiyatini to’la anglab, ilmu ma’naviyatda komillashadi va oriflik maqomiga etadi. Haqiqat esa sufiyning Alloh sari qilgan sayrining nihoyasi. U o’zligidan - “Men”idan mosuvo bo’lib, Haq bilan topishadi. Foniylik ranlsu mashaqqatlari tugab, boqiylik saodatlari yuz ochadi. Zero, sufiyning nafsu hislardan poklangan musaffo qalbida ishqiy ehtiroslar limmo-lim. Ahmad Yassaviy uchun fano abadiyatga etishishdan bo’lak narsa emas. Fano so’zining ma’nosi lug’atlarda “Yo’q bo’lish, tugalish, o’lish”, deb izohlanadi.Tasavvufda esa, “fano” insonning jismoniy yo’q bo’lib ketishi emas, balki, sufiyning o’z “Men”idan mosuvo bo’lishi, Alloh ishqiga g’arq bo’lish, o’zlikdan kechib, mutlaq Ruhga birikish, qo’shilib ketish tushuniladi. Tasavvufiy adabiyotlarda “fano” poetik obraz sifatida qo’llaniladi. Kubroviya tariqatiga XIII asrning boshlarida Xorazmda Najmiddin Kubro(1145-1221) asos solgan. Ulning asl nomi Ahmad ibn Umar ibn Muhammad Xivaqiy al-Xorazimiy (shuningdek, “Najmiddin”(Dinning yulduzi), “Kubro”(Ulug’), ‘‘Abduljannob”(Parhez qiluvchi), “Valitarosh” (Valiylarni tarbiyalovchi) iomlari ham bo’lgan). Yoshligidanoq Hadis va kalom ilmlarini o’rganib, ilmini oshirish uchun Misr, Tabriz, Hamadon kabi yurtlarga borib, mashhur pirlardan ilohiy ilmlardan saboq oladi. Ustozi shayx Rozbixon maslahati bilan ona yurti Xorazmga qaytadi. Xorazmga kelgach, xonaqoh qurib, o’z maktabini yaratadi. Kubroviya tariqatiga ko’ra, inson o’z mohiyati bilan kychik olam (olami Sug’ro)dir. U katta (Kubro) olam bo’lgan koinotdagi barcha narsa va xususiyatlarni o’zida mujassamlashtirgan. Ilohiy sifatlar esa samoviy bosqichlarda birin-ketin, o’ziga xos maqomlarda joylashganligi bois, sufiy (tariqatga kirgan ilmi tolib) va tariqat ahli bu bosqichlarga erishish uchun muayyan riyozatli yo’llardan o’tishi kerak. Komil insonni tarbiyalashda Shayx Najmiddin Kubro o’ziga xos yo’l- usullarni yaratgan. Kubroviya tariqatida kamolot yo’llari o’n bosqichdan iboratdir. Eng oxirgi bosqich “Rizo” bo’lib, bu bosqich Haqqa etishganlikni bildiradi1. Bular: Tavba, Zuxd(taqvo), Tavakkul, Qanoat, Uzlat, Zikr, Tavajjuh, Sabr, Muroqaba(kuzatish), Rizo(o’zni Haqqa topshirish).2 Najmiddin Kubro sufiyga kamolotning bu bosqichlaridan o’tib borishida, piru komil rahnomolik qilishi kerak, deb ko’rsatadi. Pir qattiqqo’llik va qat’iy nizomlar bilan muridni o’zi belgilagan yo’ldan etaklaydi. Sufiy bu yo’lda har-xil holatlarni boshidan o’tkazadi. Uning ko’nglida bir- birini inkor etuvchi turli fikr va tuyg’ular kechadi. Piru murshid unga rahbarlik qilmasa, murid noto’g’ri yo’lga kirib ketishi ham mumkin. Shayx Najmiddin Kubro orif inson sifatida odamlarning ruhiy dunyosini, sufiyning komillik sari evrilishida kechadigan nozik holatlarini puxta bilgan. Shunga muvofiqu “Latoif” ta’limotini yaratadi. Bunga ko’ra, inson ruqi ko’z ilg’amaydigan, latif markazlardan tashkil topgan. Sufiy bu markazlarni takomillashtirib borishi zarur. Bu “Latoif” markazlar insonning ilohiy sifatidir. Mashqlar jarayonida sufiy bu markazlarni ranglar va shakllarning o’zgarishi tarzida tasavvur etadi. Sufiyning ruhiy holatlari o’zgarishida nuqta, dog’ va doira muhim ahamiyat kasb etadi. Doira falakning aylanishi, dog’- dunyoni anglatsa, nuqta - Vahdatdir. Doira va dog’ doimo harakatda va nuqtaga ya’ni markazga intiladi. Nuqta mohiyatini anglash orqali Haq olami idrok etiladi. Sufiy ruhi say’-harakatlar, evrilishlar jarayonida ranglarga duchor bo’ladi. Bu ranglar sufiy ruhiy holatlari va uning Alloh tomon qilayotgan safar darajalarini bildiradi. Rangdan-rangga ruhning ko’chib yurishi, uning taraqqiyotini anglatadi. Bu jarayonlar oxir-oqibatda rangsizlik holatiga olib keladiki, sufiyning rang-barangliklardan forig’ bo’lib, Vahdat olami bilan birlashib ketganligini bildiradi. Uningcha, zangori rang muridning tavba qilib, tariqatga kirganligini bildirsa, sariq rang unda muhabbat vujudga kelib, Haq yodi bilan yashayotganligini ko’rsatadi. Qizil rangda sufiyning ma’rifatga yaqinlashgani, ma’naviy mohiyatlar anglayotganligini, lekin hirs qutqusidan butunlay qutulmaganligini bildiradi. Oq rangu qalbning poklanishiga ishora bo’lib, haqiqatni anglash boshlanganligini anglatsa, yashil rang bosqichi valiylikdan nishona. Bu g’aybga - ilohiy bilimlarga oshnolikni, solikning asl mohiyatga erishyotganligini bildirishi mumkin. So’ngra qora rang ko’rinib, sirlar xazinasi egallanib, solikning hayratga g’arq bo’lishini ifodalaydi. So’ngra u qora rangdan forig’ bo’lib, rangsizlik maqomiga, ya’ni ma’naviy taraqqiyotning oxirgi manziliga etishadi. Bu bilan u Zoti kull darajasini egallab, yakranglik holatida maqsadga erishadi. Najmiddin Kubro etti rangni etti tushunchaga bog’lib izohlaydi. Bunga ko’ra, oq rang - islomni, sariq rang - imonni, zangor rang - ehsonni, yashil rang - ishonchni, ko’k rang - iqon(to’liq ishonch)ni, qizil rang - irfonni (zavqiy ilmni), qora rang - hayrat(kuchli his-hayajon)ni anglatadi. Solik o’zining ruhiy holatlari, qaysi rang ko’ziga ko’rinayotganligini piru ustoziga aytib turishi, shunga ko’ra, pir shogirdining ma’naviy manzilning qaysi maqomida ekanligini bilib, unga yangi vazifalar beradi. Shayx Najmiddin Kubroning ranglar va shakllar bilan bog’liq ruhiy-psixologik tajribalari shogirdlari tomonidan rivojlantirilgan. Insonning ruhiy va ma’naviy rivojlanishi, uning bu yo’lda bir qancha manzillarni bosib o’tish bilan bog’liq ruhiy o’zgarishlar masalasi, tasavvufda bir necha asrlar avval o’rganila boshlangan. Komillik sari qilinadigan ma’naviy safar va uning manzillari, maqomlariga etishish uchun ilm, ixlos, e’tiqod, muhabbat, sadoqat, sabru iroda kabi fazilatlar, eng muhimi, bir piru murshid bo’lishi lozim. Aks holda bu manzillarga o’zboshimchalik bilan etib bo’lmaydi. Shunint uchun har bir tariqat bu yo’lda, o’z maktablarini yaratganlar. Shayx Najmid din Kubro yaratgan tariqat ham shunday maktablardan biri bo’lgan. Uziga xos maqomlarda joylashganligi bois, sufiy (tariqatga kirgan ilmi tolib) va tariqat ahli bu bosqichlarga erishish uchun muayyan riyozatli yo’llardan o’tishi kerak. Kotil insonni tarbiyalashda Shayx Najmiddin Kubro o’ziga xos yo’l- usullarni yaratgan. Kubroviya tariqatida kamolot yo’llari o’n bosqichdan iboratdir. Eng oxirgi bosqich “Rizo” bo’lib, bu bosqich Haqqa etishganlikni bildiradi1. Bular: Tavba, Zuxd(taqvo), Tavakkul, Qanoat, Uzlat, Zikr, Tavajjuh, Sabr, Muroqaba(kuzatish), Rizo(o’zni Haqqa topshirish). Najmiddin Kubro sufiyga kamolotning bu bosqichlaridan o’tib borishida, piru komil rahiomolik qilishi kerak, deb ko’rsatadi. Pir qattiqqo’llik va qat’iy nizomlar bilan muridni o’zi belgilagan yo’ldan etaklaydi. Sufiy bu yo’lda har-xil holatlarni boshidan o’tkazadi. Uning ko’nglida bir- birini inkor etuvchi turli fikr va tuyg’ular kechadi. Piru murshid unga rahbarlik qilmasa, murid noto’g’ri yo’lga kirib ketishi ham mumkin. Shayx Najmiddin Kubro orif inson sifatida odamlarning ruhiy dunyosini, sufiyning komillik sari evrilishida kechadigan nozik holatlarini puxta bilgan. Shunga muvofiqu “Latoif” ta’limotiii yaratadi. Bunga ko’ra, inson ruhi ko’z ilg’amaydigan, latif markazlardan tashkil topgan. Sufiy bu markazlarni takomillashtirib borishi zarur. Bu “Latoif” markazlar insonning ilohiy sifatidir. Mashqlar jarayonida sufiy bu markazlarni ranglar va shakllarning o’zgarishi tarzida tasavvur etadi. Sufiyning ruhiy holatlari o’zgarishida nuqta, dog va doira muhim ahamiyat kasb etadi. Doira falakning aylanishi, dog’- dunyoni anglatsa, nuqta - Vahdatdir. Doira va dog’doimo harakatda va nuqtaga ya’ni markazga intiladi. Nuqta mohiyatini anglash orqali Haq olami idrok etiladi. Sufiy ruhi say’-harakatlar, evrilishlar jarayonida ranglarga duchor bo’ladi. Bu ranglar sufiy ruhiy holatlari va uning Alloh xomon qilayotgan safar darajalarini bildiradi. Rangdan-rangga ruhning ko’chib yurishi, uning taraqqiyotini anglatadi. Bu jarayonlar oxir-oqibatda rangsizlik holatiga olib keladiki, sufiyning rang- barangliklardan forig bo’lib, Vahdat olami bilan birlashib ketganligini bildiradi. Uningcha, zangori rang muridning tavba qilib, tariqatga kirganligini bildirsa, sariq rang unda muhabbat vujudga kelib, Haq yodi bilan yashayotganligini ko’rsatadi. Qizil rangda sufiyning ma’rifatga yaqinlashgani, ma’naviy mohiyatlar anglayotganligini, lekin hirs qutqusidan butunlay qutulmaganligini bildiradi. Oq rangu qalbning poklanishiga ishora bo’lib, haqiqatni anglash boshlanganligini anglatsa, yashil rang bosqichi valiylikdan nishona. Bu g’aybga - ilohiy bilimlarga oshnolikni, solikning asl mohiyatga erishyotganligini bildirishi mumkin. So’ngra qora rang ko’rinib, sirlar xazinasi egallanib, solikning hayratga g’arq bo’lishini ifodalaydi. So’ngra u qora rangdan forig’ bo’lib, rangsizlik maqomiga, ya’ni ma’naviy taraqqiyotning oxirgi manziliga etishadi. Bu bilan u Zoti kull darajasini egallab, yakranglik holatida maqsadga erishadi. Najmiddin Kubro etti rangni etti tushunchaga bog’lib izohlaydi. Bunga ko’ra, oq rang - islomni, sariq rang - imonni, zangor rang - ehsonni, yashil rang - ishonchni, ko’k rang - iqon(to’liq ishonch)ni, qizil rang - irfonni (zav- qiy ilmni), qora rang - hayrat(kuchli his-hayajon)ni anglatadi. Solik o’zining ruhiy holatlari, qaysi rang ko’ziga ko’rinayotganligini piru ustoziga aytib turishi, shunga ko’ra, pir shogirdining ma’naviy manzilning qaysi maqomida ekanligini bilib, unga yangi vazifalar beradi. Shayx Najmiddin Kubroning ranglar va shakllar bilan bog’liq ruhiy-psixologik tajribalari shogirdlari tomonidan rivojlantirilgan. Insonning ruhiy va ma’naviy rivojlanishi, uning bu yo’lda bir qancha manzillarni bosib o’tish bilan bog’liq ruhiy o’zgarishlar masalasi, tasavvufda bir necha asrlar avval o’rganila boshlangan. Komillik sari qilinadigan ma’naviy safar va uning manzillari, maqomlariga etishish uchun ilm, ixlos, e’tiqod, muhabbat, sadoqat, sabru iroda kabi fazilatlar, eng muhimi, bir piru murshid bo’lishi lozim. Aks holda bu manzillarga o’zboshimchalik bilan etib bo’lmaydi. Shuning uchun har bir tariqat bu yo’lda, o’z maktablarini yaratganlar. Shayx Najmiddin Kubro yaratgan tariqat ham shunday maktablardan biri bo’lgan. Aytib o’tish kerakki, Najmiddin Kubroning “Latoif” nazariyasiga o’xshash tajribalar Evropada XX asr bo’sag’asida o’tkazila boshlandm. Bu tadqiqotlarda rangning insonga jismoniy va ruhiy jmhatdan ta’smr etish masalalari o’rganildi. Olingan natijalar san’at asarlari yaratish, turli mahsulotlar ishlab chiqishda foydalana boshlandi. Chunki u yoki bu rangga nisbatan insonning hissiy munosabati, yaratilgan narsalarga bo’lgan munosabatiga ham ta’sir etishi ma’lum. Hatto individning qaysi rangni yaxshi ko’rishi yoki inkor etishiga qarab, uni psixodiagnostika (ruhiy tashhis qo’yish) qilish imkoniyatlarini yaratdi. Xususan, mashhur psixolog G. Ayzenkning ko’rsatishicha, yorqin ranglarni xush ko’ruvchi insonlar, yaltiroq ranglarni xushlamaydigan kishilarga qaraganda faolligi, g’ayratlilish bilan ajralib turadi. Yana bir psixolog Rorshax bir qator qilingan eksperimental ishlardan olingan natijalarga suyanib, barqaror hissiyotga ega, bosiq odamlar ko’k va yashil ranglarni afzal ko’rishlarini aniqlagan. Kishi jismoniy holati va kayfiyatining o’zgarishiga qarab, ranglarni tanlashi ham turlicha bo’lar ekan. Kul rang va qora ranglar kishi kayfiyatining yomonligidan dalolatdir. Lyusher testi ham u yoki bu rangni tanlanishi tadqiq etilayotgan individning muayyan faoliyatga yo’nalganligini, uning kayfiyat va jismoniy holatini, barqaror individual xususiyatlarini bilib olishga yordam beradi, degan fikrga asoslanadi. Shuning uchun chet el psixologlari bu metoddan kadrlar tanlayotganda ularning kasbiy yo’nalganligini aniqlashda, ishlab chiqarish guruhlarini tuzishda, nikoh sheriklarini tavsiya qilish va boshqa amaliy sohalarda keng qo’llab kelishadi. Ranglar tavsifi Lyusher bo’yicha to’rtta asosiy va to’rtta yordamchi ranglarni qamrab oladi. Asosiy ranglar: ko’k (vazminlik, qanoatlanganlik kayfiyati); ko’k-yashil (ishonch, qat’iyatlikni bildiradi); zarg’aldoq-qizil (iroda kuchi, tajovuzkorlik, qiziqqonlikni ifodalaydi); yorqin sariq (faollik, muloqatmandlikka intilish, erkinlik, xushchaqchaqlik). Qo’shimcha ranglar: safsar rang; jigar rang; qora rang; rangsizlik - bu ranglar salbiy gamginlik xususiyatlariga ega, deb tushuntiriladi. Bu asosiy va qo’shimcha ranglarning xususiyati ularning tanlanganlikdagi ketma- ketligiga bog’liq bo’ladi. Sinalayotgan shaxe bu ranglarni yoqtirish darajasiga qarab ketma-ket tanlab oladi. Tanlagan ranglarining o’rniga qarab, shaxe ruhiy holatlari aniqlanadi. Download 87.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling