Mundarija: Kirish. Asosiy qism


Din psixologiyasiga oid muammolarning tasavvufda o’rganilishi


Download 87.15 Kb.
bet3/5
Sana13.12.2022
Hajmi87.15 Kb.
#999233
1   2   3   4   5
Bog'liq
Din psixologiyasida teologik va psixologik qarashlar.

Din psixologiyasiga oid muammolarning tasavvufda o’rganilishi.


Islomda sufiylik oqimi sakkizinchi asr oxirida shakllana boshlandi, deb qabul qilingan. Ilk sufiylikni tarki dunyo qilgan zohidlar tashkil qilishgan bo’lib, ko’p dunyoviy narsalardan o’zlarini cheklab, o’zini taqdiri ilohiyga topshirib, tavakkul qilishgan. O’z qalblarini chuqur mulohaza bilan o’rganish va uni o’zlashtirish kabi ruhiy holatlar bilan shug’ullanishgan. Bu ilmning asoschisi basralik Hasan Basriy bo’lib, u ruhshunos va islomiy bilimlarning etakchisi bo’lgan. U va uning shogirdlari Xudoga astoydil muhabbatda bo’lish, unga yaqinlashishga kishilarda ruhiy intilish bo’lishligiga da’vat qmlishgan. Basra maktabidan tashqarm Bag’dod va Xuroson maktablarida tasavvuf ilmm rivojlanib, ular Xudoga qanday munosabatda bo’lish va ruhiy kamolotga erishish yo’llarini ko’rsatib berdilar. Bu yo’l to’rt bosqmchdan mborat. Birinchi bosqich - shariat. Sufiylar avval shariatni yaxshi o’zlashtirishlari va unga qat’iy bo’ysunishi kerak. Ikkinchi bosqich - tariqat. Bunda murid (sufiy) o’z piri-murshidiga qat’iy itoat etishi, o’z shaxsiy istaklaridan voz kechishi shart. Uchinchi bosqich - ma’rifat. Bunda butun olam Xudoda mujassam bo’lishi yoki butun koinot Alloh tajallisidan iboratligi, ko’p narsalar mohiyati aql bilan emas, qalb bilan - intuitiv xolda anglab etiladi. To’rtinchi bosqich - haqiqat. Sufiyning shaxe sifati tugab, uning “Men”i Xudoga singib, abadiylikka erishadi. Bunga maxsus ruhiy va jismoniy harakatlar, ibodat va sig’inish orqali erishish mumkin deb hisoblashgan. Bu hakda sufiy shoir Nasimiy: “Din ilmin bilmoq shariat bo’lur. Unga amal tsilsang, tariqat bo’lur. Sidts ila bog’lasang ilmu amalni Hats rizosi ila hahitsat bo’lur” degan edi. Tasavvufda ma’naviy ustozning maqomi yuqori bo’lgan. Tasavvuf tariqatlari shariat ahkomlarini e’tirof etgan holda, musulmonlar axloqiy fazilatlarini mukammallashtirishga xizmat qiluvchi ta’lim-tarbiya majmui bo’lishi darkor deb hisoblangan. Bu haqda Ahmad Yassaviy bunday degan edi: Tarikatga shariatga kirganlarni, Shayton kelib imonini olar emish. Ushbu yo’lni pirsiz da’vo qilganlari, Sarson bo’lib aro yo’lda qolar emish. Tarhatga siyosatli murshid kerak, Ul murshidga e’tiqodlig’ murid kerak. Xizmat qilib pir rizosin topmoq kerak, Mundoq oshits Haqdin ulush olur emish. Yirik sufiy ustozlarni pir, valiy deb atashgan. Ta’lim jarayoni ham uzoq vaqtni - bir necha o’n yillarni olishi mumkin bo’lgan. Mavlono Rumiy aytganidek, insonning ichi hurriyat olamidir. Allohga bo’lgan muhabbat, shavq va ishq botinda(qalbda) tug’iladi va kamol topadi. Qalb gavhari qancha pok va sarishta bo’lsa, Alloh tajallusi ham shunchalik yorqin bo’ladi. Shariat - dinning amaliy qismi bo’lib, u toat-ibodatlar, bir qator diniy marosimlar, yo’l-yo’riq va amallar orqali zuhur bo’ladi. Tariqat esa, ruhiy va ma’naviy tarbiyani o’z ichiga olib, qalbda Allohga bo’lgan ishqni olovlantirish orqali zuhur bo’ladi. Har ikkisining qo’shilishi din, deb ataladi. Shayx Najmqtsdin Kubro(1145-1221) ularni quyidagicha qiyoslaydi: “Shariat bamisoli kema, tariqat esa dengiz, haqiqat dengiz qa’ridagi inju. Kim injuni qo’lga kiritmoq istasa, kemaga minar, dengizda suzar”. Tariqat - sufiylikka xos tushuncha bo’lib, asosan sufiylikning muayyan yo’nalishlarini,tarmog’ini anglatadi. Tariqat sufiylari oldiga qo’yilgan talablar, xilma-xil ruhiy-jismoniy xatti-harakat, amallar majmuasini o’z ichiga oladi. Dastlabki qadamdayoq sufiy (murid) tirikchilik tashvishlaridan voz kechib, o’z ixtiyorini piru murshidga topshiradi. Undan keyin sufiy yana bir qancha murakkab bosqichlardan o’tadi. U doimo kambag’allikda yashashi, har narsani Allohga solishi (tavakkul), dunyo lazzatlaridan kechishi(zuhd), Allohni sevishi, unga intilishi(muhabbat, shavq) darkor deb hisoblangan. 3.3. Markaziy Osiyoda asosan to’rt yirik tariqat - Yassaviya, Kubroviya, Naqshbandiya va Qodiriyaga z’tiqod qilib kelishgan. Bu suluklar bir necha asrlar davomida xalqimiz ma’naviy-ma’rifiy hayotida benazir tarbiyaviy maktab vazifasini bajarib kelgan. Bu tariqatlarning namoyandalari islom dunyosida mashhur avliyo zotlar hisoblanishadi. Shu tariqatlardan ikkitasi - Kubroviya va Naqshbandiya bizning qutlug’ zamindan etishib chiqqan bukj allomalar nomi bilan bog’lanadi. 1103 yili G’ijduvonda tavallud topgan Hoja Abduholiq G’ijduvoniy Xojagon-naqshbandiya tariqatining asoschilaridan biri bo’lgan. Butun umrini Alloh yo’liga bag’ishlab, farz va sunnat amallarini mukammal bajarib kelgan. Ustozi Yusuf Hamadoniyning sufiylik ta’limotini zikri xufiya (fikriy zikr) bilan boyitgan. Keyinchalik Naqshbandiya tariqati, deb nomlangan ta’limotning o’n bitta qoidasidan sakkiztasiii ishlab chiqqan. Bu rashha(qoida)- lar har nafasni zoe ketkazmaslik, har qadamni to’g’ri bosish, har bir ishda Allohni yoddan chiqarmaslik, tildan qo’ymaslik, niyatda mustahkam bo’lish, azizlarningxizmatida bo’lish kabilardir. Bu ta’limot psixologik nuqtai nazardan sufiylarning ichki ruhiy zaxiralarini ishga tushirish orqali, o’z-o’zini sog’lomlashtirish, nazorat qilish, boshqarishga erishish bilan ruhiy quvvatning ortishini ta’minlab, shaxsning ichki kechinmalarini ezgulik tomon o’zgartirishga yo’naltirilgan. Bu o’rinda shuni aytib o’tish kerakki, o’lkamizda shakllanib, musulmon olamida mashhur bo’lgan Xojagon va Naqshbandiya, Yassaviya va Kubroviya tariqatlari faylasuflar, adabiyotshunoslar, sharqshunoslar va din tarixi mutaxassislari tomonidan birmuncha tadqiq qilingan. Ruh, qalb ilmi hisoblangan tasavvuf va uning turli maktablari psixolog olimlar xomonidan nisbatan kam o’rganilgan edi. Endilikda, bu sohada birmuncha tadqiqotlar amalga oshirilgan. Buxorolik psixolog olim Ubaydullo Qosimov 2002 yili “Xoja Abduholiq G’ijduvoniy” nomli risola yozib, unda Xojagon tariqati rashhalari(qoidalari)ning psixologik jihatlarini tahlil qilib chiqqan. Komil inson muammosi, uning kamolot darajalari, ruhiy holatlari, ong va ong osti jarayonlarini talqin qilgan. 2003 yili esa, “Xoja Abduholiq G’ijduvoniy Xufiya zikri” risolasi chop etildi. Mazkur risolada U.Qosimov G’ijduvoniy, Xojagon (Naqshbandiya) ta’limotida amalga kiritilgan xufya zikrining ijtimoiy-psixologik tahlilini, shaxs faolligining ichki zaxiraviy manbalari haqidagi fikrlarni bergan. 2004 yili "Komil insonning ijtimoiy psixologik xususiyatlari” (A.G’ijduvoniy ta’limoti asosida) mavzusida psixologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasi muvaffaqiyatli yoqlandi. U 1318 yili Buxoro shahri yaqinidagi Qasri Orifon(bf’zi manbalarda Kasri Xinduvon) qishlog’ida tavallud topgan. Naqshband ta’limotining asosida “Qalbing Allohda bo’lsin-u, qo’ling ishda bo’lsin” (“dil ba Yoru, dast ba kor”) shiori yotadi. Unga ko’ra, dunyo ishlari bilan bo’lib, Xudoni unutib qo’yma. Qalbda Alloh bo’lganda, kasb-korni tashlab qo’yma, degan hayotiy g’oya ustuvor bo’lgani uchun boshqa oqimlardan xalqchilligi bilan ajralib turadi. Bu bilan tasavvufda avval mavjud bo’lgan qattiq qoidalarni yumshatib, kundalik turmush bilan yaqinlashtirdi. Natijada naqshbandiylik tariqati aholi o’rtasida keng yoyildi. XV asrda Xoja Ahror Valiy bu tariqatning yirik rahnamosi bo’lib turdi. Naqshbandiylik Turon zamindan tashqari Kichik Osiyo, Kavkaz, Eron, Pokiston, Hindiston, Afg’oniston kabi mamlakatlarda tarqalgan. Allohni ichki ovoz bilan zikr qilish (zikri xufya) bu tariqatni boshqalaridan ajratib turadi. Shuningdek, Haqqa etishish uchun xalq bilan birga bo’lib, turli nomatlub, noshar’iy illatlardan xalos bo’lish, ruhiy jihatdan o’z- o’zini tarbiyalash, dunyoviy ishlarni bajarish va ibodatlar qilishni targ’ib qiladi. Zero, insonning ijtimoiy faolligi faqat o’zi uchun naf keltirib qolmay, jamiyat uchun ham foydalidir. Chunki har bir shaxs ijtimoiy munosabatlarning ham ob’ekti, ham sub’ekti sifatida jamiyat a’zolari bilan bevosita faoliyatda bo’lib turadi. Shuning uchun har bir inson yaxshi xulq-atvorlarni avvalo o’zida shakllantirishi, namoyon etishi, so’ngra boshqalarni unga da’vat etishi mumkin va buninguchun ma’naviy huquqqa ega bo’ladi. Shu tariqatlardan ikkitasi - Kubroviya va Naqshbandiya bizning qutlug’ zamindan etishib chiqqan buyuk allomalar nomi bilan bog’lanadi. 1103 yili G’ijduvonda tavallud topgan Hoja Abduholiq G’ijduvoniy Xojagon-naqshbandiya tariqatining asoschilaridan biri bo’lgan. Butun umrini Alloh yo’liga bagishlab, farz va sunnat amallarini mukammal bajarib kelgan. Ustozi Yusuf Hamadoniyning sufiylik ta’limotini zikri xufiya (fikriy zikr) bilan boyitgan. Keyinchalik Naqshbandiya tariqati, deb nomlangan ta’limotning o’n bitta qoidasidan sakkiztasini ishlab chiqqan. Bu rashha(qoida)- lar har nafasni zoe ketkazmaslik, har qadamni to’g’ri bosish, har bir ishda Allohni yoddan chiqarmaslik, tildan qo’ymaslik, niyatda mustahkam bo’lish, azizlarning xizmatida bo’lish kabilardir. Bu ta’limot psixologik nuqtai nazardan sufiylarning ichki ruhiy zaxiralarini ishga tushirish orqali, o’z-o’zini sog’lomlashtirish, nazorat qilish, boshqarishga erishish bilan ruhiy quvvatning ortishini ta’minlab, shaxsning ichki kechinmalarini ezgulik tomon o’zgartirishga yo’naltirilgan. Bu o’rinda shuni aytib o’tish kerakki, o’lkamizda shakllanib, musulmon olamida mashhur bo’lgan Xojagon va Naqshbandiya, Yassaviya va Kubroviya tariqatlari faylasuflar, adabiyotshunoslar, sharkdnunoslar va din tarixi mutaxassislari tomonidan birmuncha tadqiq qilingan.



Download 87.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling