Mundarija: Kirish Bank haqida ummumiy tushuncha atb uzmilliy bankning tashkil topish tarixi


Download 137.09 Kb.
bet1/9
Sana22.12.2022
Hajmi137.09 Kb.
#1042334
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Uzmilliy bankning



Mundarija:
Kirish
1. Bank haqida ummumiy tushuncha
2. ATB Uzmilliy bankning tashkil topish tarixi.
3. ATB Uzmilliy bankning tarkibiy tuzilishi
4. ATB Uzmilliy bankning funksiyalari va operatsiyalari.
5. Bank tomonidan kо’rsatiladigan xizmatlar va ularning rivojlanishi

6. Xulosa va takliflar
7. Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

Kirish
Mavzuning dolzarbligi, o’z navbatida, hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan samarali iqtisodiy siyosat, tarkibiy o’zgarishlar, shu jumladan, bank tizimida olib borilayotgan bosqichma-bosqich va aniq maqsadli islohotlar mamlakatimiz moliya-bank tizimining barqaror rivojlanishi uchun mustahkam zamin yaratmoqda. Bank tizimidagi islohotlar iqtisodiyotimizning barqaror o’sish sur’atlarini ta’minlashda eng muhim omil bo’ldi. Buning natijasida tijorat banklarining jami kapitali 45 foizga oshdi. Bank tizimining mustahkamlanishi 2019-yilda Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasini 15 foizdan 10 foizga, tijorat banklarining kreditlar bo’yicha foiz stavkasini ham shunga mos ravishda kamaytirish uchun zarur imkoniyatlar tug’dirdi.
Respublika bank tizimining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish, bank tizimi nazoratini xalqaro reyting ko’rsatkichlariga erishilishini ta’minlash, tijorat banklarining resurs bazasini yanada mustahkamlash, ularning yangi ishlab chiqarish korxonalarini barpo etish, mavjud korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilanish bo’yicha investitsiyaviy loyihalarni moliyalashtirishdagi ishtirokini yanada kengaytirish kabi muhim chora-tadbirlarni amalga oshirish davom ettirildi.
Barcha turdagi banklarga hos bo’lgan moliyaviy mablag’larni boshqarish samaradorligini oshirish muammolari jiddiy tadqiqotlar olib borish va muammolarning yechimini topish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqish talab etadi. Mavzuning dolzarbligi shundan kelib chiqadi.
Bitiruv malakaviy ishining maqsadi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida tijorat banklarida moliyaviy mablag’larni boshqarish, bu tizimni kelgusida takomillashtirish va samaradorligini oshirish borasida ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqish bitiruv malakaviy ishning maqsadini tashkil etadi. Qo’yilgan maqsaddan kelib chiqib bitiruv malakaviy ishda quyidagi vazifalarni yechish ko’zda tutiladi:
- tijorat banklarida moliyaviy mablag’larni boshqarishning mohiyati, xususiyati va ahamiyatini tadqiq etish;
- tijorat banklarida moliyaviy mablag’larning tasniflanishi, tijorat banklari faoliyati va tijorat banklarida moliyaviy mablag’larni boshqarish siyosatining iqtisodiy ahamiyati;
- tijorat banklarida moliyaviy mablag’larni boshqarishning muhim yo’nalishlari bo’yicha nazariy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish.
Bitiruv malakaviy ishining obekti sifatida Respublikamizda faoliyat yuritayotgan tijorat banklari tanlagan. Xususan, Uzmilliy ATB Beshariq filiali faoliyati natijalaridan foydalanilgan.
Bitiruv malakaviy ishning predmeti sifatida tijorat banklarida moliyaviy mablag’larni boshqarish faoliyati tasnifi, modellari, amalga oshirish usul va uslubiyatlarini o’rganish yuzaga keladi.
Bitiruv malakaviy ishining nazariy va uslubiy asoslari bo’lib, Respublikamiz Prezidenti asarlarida, yetakchi iqtisodchi olimlar va mutaxassislarning ushbu mavzuga oid ilmiy
ishlarida ilgari surilgan g’oyalar, fikr va mushohadalar xizmat qiladi. Shuningdek, mazkur ilmiy tadqiqotni amalga oshirishda O’zbekiston Respublikasining qonunlari, Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa meyoriy hujjatlardan keng foydalanilgan.
Bitiruv malakaviy ishishning ilmiy va amaliy ahamiyati shundan iboratki, tadqiqot natijasida ishlab chiqilgan nazariy va amaliy takliflar tijorat banklarida moliyaviy mablaglarni jalb etishni boshqarish va bu jarayonning samaradorligini oshirishga imkon beradi.

Tijorat banklari tomonidan amalga oshirilayotgan opеratsiyalarning qonuniy rasmiylashtirilishini va mablag‘lar hamda qimmatliklarning but saqlanishini nazorat qilish alohida ahamiyatga ega. Shu boisdan, tijorat banklarida ichki nazoratni tashkil qilish va uning vazifalarini bеlgilab olishni talab etadi. Bu o‘z navbatida, banklarda ichki nazoratni buxgaltеriya bo‘limi xodimlariga yuklashni va ular amalga oshirilayotgan har qanday hisobkitob-pul hujjatlari bilan bog‘liq opеratsiyalarning qonuniyligini ta'minlash zarurligini uqtiradi. Bankning ichki nazorati 3 xil yo‘l bilan amalga oshiriladi;


1. Dastlabki nazorat – opеratsiyalar amalga oshirilayotgan paytda oldingi o‘tkaziladigan nazorat tuchuniladi.
2. Joriy nazorat – hisob-kitob-pul hujjatlarining ijrosini ta'minlash jarayonida amalga oshiriladigan tеkshiruvlardir.
3. So‘nggi nazorat – opеratsiyalar bajarilgandan so‘nggi tеkshirishdir va u bosh buxgaltеr yoki uning yordamchisi tomonidan amalga oshiriladi.

Bank hisobvarag'i - bu mijozlar mablag'larining mavjudligi va ularning harakatlanishini qayd etadigan buxgalteriya hujjatlari (registrlari). Hisob raqamini ochishda bank, shartnomaga muvofiq, mijozga kelib tushgan naqd to'lovlarni qabul qilishni o'z zimmasiga oladi, shuningdek, uning turli xil o'tkazmalar, ma'lum miqdorlarni chiqarish va boshqa operatsiyalar bo'yicha ko'rsatmalarini bajaradi.


Bankning buxgaltеriya xodimlari tomonidan hisob-kitob-pul hujjatlari qabul qilinayotganda bеlgilangan shakldagi blankalarda yozilganligi, bank ko‘zda tutgan barcha rеkvizitlar to‘ldirilganligi, ko‘rsatilgan bank rеkvizitlarining to‘g‘riligi, muhr izi va imzolar bankka bеrilgan namunalarga mos kеlishi tеkshirib ko‘riladi. Ushbu tеkshirishlardan kеyin hujjatning ijro etish sanasi ko‘rsatilgan holda bank xodimining imzosi bilan tasdiqlanadi. Shuningdеk, qo‘shimcha nazorat qilinishi lozim bo‘lgan hujjatlarning har ikki nusxasi nazoratchiga yoki bosh buxgaltеrga topshiriladi va nazorat vizasi olinganidan kеyin ijroga qabul qilinishi lozim.

Download 137.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling