Mundarija Kirish Bank tizimi tarixi
Download 236.81 Kb.
|
Agrobank
Mundarija Kirish………………………….…………………………………3 1. Bank tizimi tarixi …………….………………………………….………5 2. Bank haqida ……...……………………………………………...………7 3. “Agrobank” OATB Bog’dod filialining tashkiliy-huquqiy asoslari….10 4. “Agrobank” OATB Bog’dod filialining moliyaviy holati tahlili……...12 5. Bank tomonidan ko’rsatiladigan xizmatlar va ularning rivojlanishi…...19 Xulosa va takliflar……………………………………………...23 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………...……………..…..24 Kirish Mavzuning dolzarbligi, o’z navbatida, hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan samarali iqtisodiy siyosat, tarkibiy o’zgarishlar, shu jumladan, bank tizimida olib borilayotgan bosqichma-bosqich va aniq maqsadli islohotlar mamlakatimiz moliya-bank tizimining barqaror rivojlanishi uchun mustahkam zamin yaratmoqda. Bank tizimidagi islohotlar iqtisodiyotimizning barqaror o’sish sur’atlarini ta’minlashda eng muhim omil bo’ldi. Buning natijasida tijorat banklarining jami kapitali 45 foizga oshdi. Bank tizimining mustahkamlanishi 2019-yilda Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasini 15 foizdan 10 foizga, tijorat banklarining kreditlar bo’yicha foiz stavkasini ham shunga mos ravishda kamaytirish uchun zarur imkoniyatlar tug’dirdi. Respublika bank tizimining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish, bank tizimi nazoratini xalqaro reyting ko’rsatkichlariga erishilishini ta’minlash, tijorat banklarining resurs bazasini yanada mustahkamlash, ularning yangi ishlab chiqarish korxonalarini barpo etish, mavjud korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilanish bo’yicha investitsiyaviy loyihalarni moliyalashtirishdagi ishtirokini yanada kengaytirish kabi muhim chora-tadbirlarni amalga oshirish davom ettirildi. Barcha turdagi banklarga hos bo’lgan moliyaviy mablag’larni boshqarish samaradorligini oshirish muammolari jiddiy tadqiqotlar olib borish va muammolarning yechimini topish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqish talab etadi. Mavzuning dolzarbligi shundan kelib chiqadi. Bitiruv malakaviy ishining maqsadi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida tijorat banklarida moliyaviy mablag’larni boshqarish, bu tizimni kelgusida takomillashtirish va samaradorligini oshirish borasida ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqish bitiruv malakaviy ishning maqsadini tashkil etadi. Qo’yilgan maqsaddan kelib chiqib bitiruv malakaviy ishda quyidagi vazifalarni yechish ko’zda tutiladi: - tijorat banklarida moliyaviy mablag’larni boshqarishning mohiyati, xususiyati va ahamiyatini tadqiq etish; - tijorat banklarida moliyaviy mablag’larning tasniflanishi, tijorat banklari faoliyati va tijorat banklarida moliyaviy mablag’larni boshqarish siyosatining iqtisodiy ahamiyati; - tijorat banklarida moliyaviy mablag’larni boshqarishning muhim yo’nalishlari bo’yicha nazariy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish. Bitiruv malakaviy ishining obekti sifatida Respublikamizda faoliyat yuritayotgan tijorat banklari tanlagan. Xususan, Agrobank ATB Bog’dodfiliali faoliyati natijalaridan foydalanilgan. Bitiruv malakaviy ishning predmeti sifatida tijorat banklarida moliyaviy mablag’larni boshqarish faoliyati tasnifi, modellari, amalga oshirish usul va uslubiyatlarini o’rganish yuzaga keladi. Bitiruv malakaviy ishining nazariy va uslubiy asoslari bo’lib, Respublikamiz Prezidenti asarlarida, yetakchi iqtisodchi olimlar va mutaxassislarning ushbu mavzuga oid ilmiy ishlarida ilgari surilgan g’oyalar, fikr va mushohadalar xizmat qiladi. Shuningdek, mazkur ilmiy tadqiqotni amalga oshirishda O’zbekiston Respublikasining qonunlari, Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa meyoriy hujjatlardan keng foydalanilgan. Bitiruv malakaviy ishishning ilmiy va amaliy ahamiyati shundan iboratki, tadqiqot natijasida ishlab chiqilgan nazariy va amaliy takliflar tijorat banklarida moliyaviy mablaglarni jalb etishni boshqarish va bu jarayonning samaradorligini oshirishga imkon beradi. Download 236.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling