Mundarija Kirish Bank tizimi tarixi


Download 236.81 Kb.
bet3/9
Sana16.06.2023
Hajmi236.81 Kb.
#1507445
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Agrobank

Bank haqida
Agrobank mamlakatimizning barcha hududlarida o’zining muassasalariga ega bo’lib, Qoraqalpog’iston Respublikasi va 12 ta vilojat boshqarmasi, 170 ta tuman (shahar) filiali, 145 ta bank xizmatlari markazi, 371 ta bank kassalari , 289 ta xalqaro pul o'tkazmalari shoxobchalari, 215 ta valyuta ayiraboshlash shaxobchalari orqali 258 mingdan ortiq yuridik shaxslarga hamda 2,4 milliondan ortiq jismoniy shaxslarga sifatli zamonaviy bank xizmatlarini ko’rsatib kelmoqda.
Agrobank o’z faoliyati davomida asosiy urg’uni iqtisodiyotning agrar sektorini moliyalashtirish, aholining bo’sh pul mablag’larini bank pul aylanmasiga jalb qilish, filiallar tarmog’i, xizmat turlari hamda mijozlari sonini ko’paytirish, bankning belgilangan beznes-rejasi va byudjetining asosiy parametrlarini bajarishga qaratgan.
Kichik biznesni qo’llab-quvvatlash uchun Islom xususiy sektorni rivojlantirish Assotsiatsiyasining 5 mln. AQSh dollari miqdorida kredit liniyasi bo'yicha loyihalarni moliyalashtirish amalga oshirildi.
Agrobank va Osiyo Taraqqiyot Banki o’rtasida 20,0 mln. AQSh dollari miqdoridan iborat bo’lgan «Kichik va mikromoliyalashni rivojlantirish. II bosqich» loyihasi bo’yicha kredit shartnomasi imzolangan. Ushbu loyihaning maqsadi respublikada mikromoliyalashtirishni yanada rivojlantirish hisoblanadi. Shuningdek, Agrobank Osiyo Taraqqiyot Bankining savdoni moliyalashni qo’llab-quvvatlash dasturiga kiritilgan va revol’ver kredit to’g’risida kelishuv imzolangan.
«VISA International» xalqaro to’lov tizimiga prinsipal a’zolikka o’tish bo’yicha qator ishlar amalga oshirildi. Protsesning markazini tashkil etish bilan bir qatorda chipli plastik kartalarni emissiya qilish yo’lga qo’yildi.
Bank kichik biznesni rivojlantirish maqsadida KfV, YTTB, OTB va Xitoy Xalq Respublikasining Eksimbanki, Xalqaro Taraqqiyot va Tiklanish bankining (XTTB) kredit yo’nalishlarini jalb etgan.
Agrobankning xalqaro operatsiyalari xorijdagi va Respublika ichidagi 23 ta bankdagi vakillik hisob raqamlari orqali amalga oshiriladi.
Shuningdek, Agrobank S.W.I.F.T jahon banklararo moliyaviy telekommunikatsiyalar hamjamiyatiga a’zodir.
Agrobank Osiyo Tinch okeani Qishloq va qishloq xo’jaligini kreditlash Assotsiatsiyasi (APRAKA) hamda Qishloq xo’jaligi krediti Xalqaro Konfederatsiyasi (KIKA)ning teng huquqli a’zosi hisoblanadi. 2010-yilning iyun oyida Toshkentda Agrobank ishtirokida Osiyo-Tinch okeani mintaqasi Qishloq va qishloq xo’jaligini kreditlash assotsiatsiyasi Bosh Assambleyasining 17-yig’ilishi va Ijroiya qo’mitasining 58-majlisi o’tkazildi. Ushbu tadbirlar doirasida qishloq xo’jaligini kreditlashda kredit tavakkalchiligini boshqarish bo’yicha konferensiya bo’lib o’tdi. Bosh Assambleya qaroriga muvofiq 2010–2012-yillar davomida APRAKAga raislik qilish vazifasini bajarish Agrobankka topshirildi.


Agrobank” OATB Bog’dodfilialining tashkiliy-huquqiy asoslari
Agrobank” OATB Bog’dodfilialining tashkiliy xuquqiy asoslari.
“Agrobank” ochiq tijorat banki (keyingi о„rinlarda bank deb yuritiladi) О’zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati tо’g’risida” gi qonuni, О’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-martdagi PQ-1084-sonli “Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish tо’g’risidagi va vazirlar Mahkamasining 2009-yil 31-martdagi 89-sonli Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish chora-tadbirlari tо’g’risidagi qarorlariga muvofiq tashkil etilgan.
“Agrobank” ATB Bog’dodfiliali sarmoyasi 15 milliard sо’mni tashkil qiladi va uning tarkibi quydagicha:
-qishloq xо’jaligiga 7 milliard sо’m;
-savdo sotiq uchun 300 mln sо’m;
-tijorat uchun 3 milliard sо’m;
-sanoat korxonalariga 1 milliard sо’m;
-jismoniy shaxslarga 3 milliard sо’m.
Bankning asosiy mablag’lari va resurslari quydagilardan tashkil topgan:
a) Bank foydasidan;
b) jalb etilgan depozitlar va resurslar hisobidan;
v) bank tomonidan ajratilgan resurslardan.
Bankning majburiyatlari va javobgarligi quydagilarda о’z aksini topadi:
1. Bank omonatchilar va kreditorlar manfaatini himoya qiladi.
2. Markaziy bank tomonidan belgilangan umumiy iqtisodiy normativlarga rioya etadi.
3. Bank markaziy bankda majburiy zahiralarni saqlash maqsadida bankka о’z vaqtida mablag’lar о’tkazilishini ta’minlaydi.
4. Bank fuqarolardan qabul qilgan omonatlarni shartnoma shartlariga muvofiq о’z vaqt ida foizlari bilan birgalikda qaytarilishini kafolatlaydi.
5. Bank о’z faoliyatiga oid hisobot axborotlarni bankning markaziy apparati, hududiy boshqarma hamda Markaziy bankning hududiy boshqarmasiga belgilangan vaqtda taqdim etadi.
6. Bank о’z mijozlari va omonatchilarining hisob varaqalari, operatsiyalari hamda jamg’armalariga doir ma’lumotlarni sir saqlashga kafolat beradi. Bankning barcha xodimlarlari bank va uning mijozlari va omonatchilarining bank operatsiyalari, hisobvaraqalari hamda jamg’armalariga oid ma’lumotlarni sir saqlaydi. Bank siriga oid ma‟lumotlarni qonunda belgilangan tartibda oshkor qilishi mumkin.
7. Bank qonunda belgilangan holatlarda va о„rnatilgan tartibda boshqa xuquq va majburiyatlarga ega bо’lishi mumkin.
Bank quydagi operatsiyalarni amalga oshiradi:
a) jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan, vakil banklarning hisobvaraqalarini ochish va yuritish, hisobvaraqalar bо’yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish;
b) yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablag’larini о’rnatilgan tartibda depozit va omonatlarga jalb etish;
v) kreditlarning qaytarilishi, foizliligi va muddatliligi sharti bilan о’z mablag’lari va jalb qilingan mablag’lar hisobidan о’z nomidan kreditlar berish; g) mablag’ egasi yoki mablag’ni tasarruf etuvchi bilan tuzilgan shartnomaga binoan pul mablag’larini boshqarish; d) chet el valyutasini naqd pul va naqd bо’lmagan pul shakllarida yuridik va jismoniy shaxslardan sotib oladi va ularga sotadi;
ye) cheklar, tо’lov va hisob-kitob xujjatlarini inkassatsiya qiladi;
yo) uchinchi shaxslar nomidan majburiyatlarning bajarilishini nazarda tutuvchi kafolatlar beradi;
j) uchinchi shaxslardan majburiyatlarning bajarilishini talab qilish xuquqini olish;
z) qimmatli qog’ozlar chiqarish, xarid qilish, saqlash va ularninghisobini yuritish, mijoz bilan tuzilgan shartnomaga binoan qimmatli qog„ozlarni boshqarish, qimmatli qog’ozlar bilan boshqa operatsiyalarni bajarish;
i) bank faoliyati yuzasidan maslahat va axborot xizmati kо’rsatadi;
k) moliyaviy lizing xizmati kо’rsatish, jismoniy va yuridik shaxslarga iste’mol, ippoteka va boshqa kreditlar berish hamda xalqaro bank amaliyotiga muvofiq litsenziyada maxsus kо’rsatilgan boshqa operatsiyalarni amalga oshiradi.
Bank foydasini taqsimlanish tartibi.
Bank tomonidan olingan yillik foyda belgilangan tartibda taqsimlaydi. Bankning о’z moliyaviy xо’jalik faoliyatini о’rnatilgan tartibda tasdiqlangan bankning biznes-rejasi va byudjetida belgilangan prognoz parametrlari asosida yuritadi.

Bank biznes-rejasi va byudjetiga qо’shimcha о’zgartirishlar. Bank kengashi va boshqaruvi qarorlari asosida kiritiladi. Bank byudjetida belgilangan xarajatlardan tashqari boshqa tо’lovlar о’rnatilgan tartib asida amalga oshiriladi.


Bankning foydasi о’z faoliyatining hamma turlaridan olingan daromadlari, barcha operatsion xarajatlar, xususan soliq tо’lovlari, mehnatga xaq tо’lash va boshqa xarajatlar о’tkazilgandagan sо’ng tashkil topadi.
Bank faoliyatini tо’xtatish.

Bank faoliyati bank Kengashi yig’ilishining qaroriga muvofiq, shuningdek amaldagi qonunlarda kо’zda tutilgan boshqa holatlarda tо’xtatiladi. Bankni tugatish bilan bog’liq masalalarni hal etish uchun bank tugatish komissiyasini tashkil etadi


Tugatilgan bankning mulki qonunda belgilangan tartibda byudjet, byudjetdan tashqari jamg’armalar, ish haqi bilan bog’liq munosabatlarlardan kelib chiqadigan tо’lovlar hamda barcha kreditorlar bilan hisob-kitob qilingach bankka topshiriladi. Bank tugatilganligi haqida xabar mat’buotda e’lon qilinadi.


Agrobank” OATB Bog’dodfilialining moliyaviy holati tahlili


Prezidentimiz о’z so’zlarida bank ishini yanada takomillashtirish, aholi va xо’jalik yurituvchi sub’ektlarning bо’sh mablag’larini tijorat banklari depozitlariga jalb qilishni rag’batlantirish ishlari ham 2019-yilda ustuvor vazifa bо’lib qolishini aytib оtdilar.
Barchamizga ma’lumki, mamlakatimizda bank tizimini rivojlantirish va mustahkamlashga asosiy e’tibor qaratib kelinmoqda.
Xususan 2018-yilda ham bank tizimida amalga oshirilgan islohotlar Prezidentimiz va hukumatimiz tomonidan qabul qilingan bir qator farmon va qarorlarda belgilangan quyidagi ustuvor vazifalarning bajarilishiga qaratildi:
- aholi va tadbirkorlik subyektlari hamda investorlarning mablag’larini bank aksiyalari va depozitlarga jalb qilish orqali banklarning kapitallashuv darajasini oshirish hamda resurs bazasini kengaytirish;
- banklarning investitsiya jarayonlarida, korxonalarni modernizatsiya qilish, texnologik va texnik qayta jihozlashdagi ishtirokini yanada kengaytirish va kichik biznes subyektlarini moliyaviy qо’llab-quvvatlash;
- banklarda samarali nazoratni amalga oshirish, bank infratuzilmalarini kengaytirish, bank xizmatlari sifatini oshirish va mijozlarga yangi qulayliklar yaratish;
- hisob-kitoblar tizimini yanada takomillashtirish, naqd pullarning bank aylanmasiga jalb etilishini yanada kengaytirish;
- banklarni yakka tartibda baholash milliy reytingiga va xalqaro reyting kompaniyalarining reytinglariga ega bо’lishlarini ta’minlash borasida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirish.
О’tgan yilda respublikamizda faoliyat kо’rsatayotgan tijorat banklari soni 40 taga yetdi. Shundan 4 tasi davlat-tijorat banki, 15 tasi aksiyadorlik-tijorat banki, 15 tasi xususiy bank va 6 tasi xorijiy kapital ishtirokidagi banklar hisoblanadi.

Respublikamizning turli hududlarida faoliyat kо’rsatayotgan tijorat banklari filiallari va bо’linmalari soni 1200 tani tashkil etdi.


Aholiga bank xizmatlaridan foydalanishda qulayliklar yaratish maqsadida tijorat banklari tomonidan tashkil etilgan mini-banklar soni 2018-yilda 407 taga kо’payib 3161 taga yetdi va ular deyarli barcha turdagi bank xizmatlarini kо’rsatib kelmoqdalar.
О’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 7-noyabrdagi PQ-726-sonli Qarori talablariga muvofiq, mijozlarga kassa xizmatlarini kо’rsatish imkoniyatlarini yanada kengaytirish hamda kommunal va boshqa tо’lovlarni amalga oshirish uchun qulayliklar yaratish maqsadida tijorat banklari tomonidan tashkil etilgan maxsus kassalar soni 1811 tadan oshdi.

Ma’lumki banklarning samaradorligiga yoki ularning moliyaviy holatiga ta’sir kо’rsatadigan asosiy omillardin biri bu ularning mijozlar soni hisoblanadi qancha mijoz kо’p bо’lsa bank aktivlari kо’payadi va natijada uning kapitallashuv darajasi oshadi. Biz tahlil qilib о’rganayotgan “Agrobank” OATB Bog’dodfilialida xizmat kо’rsatiladigan mijozlar tо’g’risidagi ma’lumot 2.1.1-jadvalda keltirilgan.Shu о’rinda shuni aytib о’tish lozimki, О’zbekiston Respublikasining “Bank siri tо’g’risida” gi qonunga muvofiq tahlil uchun olingan ma’lumotlarning aniqlik darajasi 100 foiz emas, chunki bank ma’muriyati ma’lumotlarni tо’liq oshkor qilishga imkon berishmadi. (2.1.1.-jadval)





Download 236.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling