10-mаvzu: tijorаt bаnklаri vа ulаrning funktsiyalаri. Reja: Tijorat banklaring tashkiliy tuzilishi. Tijorat banklarining passiv operatsiyalari
Download 55.62 Kb.
|
TIJORАT BАNKLАRI VА ULАRNING FUNKTSIYALАRI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Tijorat banklaring tashkiliy tuzilishi.
10-MАVZU: TIJORАT BАNKLАRI VА ULАRNING FUNKTSIYALАRI. Reja: 1. Tijorat banklaring tashkiliy tuzilishi. 2. Tijorat banklarining passiv operatsiyalari. 3. Tijorat banklaring aktiv operatsiyalari. 4. Tijorat banklarining noaʼnanaviy operatsiyalari. 1.Tijorat banklaring tashkiliy tuzilishi. Tijorat banklari mamlakat bank tizimining ikkinchi boʼgʼinidagi moliyaviy muassasa hisoblanadi. Qonunchilik hujjatlari va iqtisodiy adabiyotlarda tijorat banklari jamiyatdagi vaqtinchalik boʼsh pul mablagʼlarini jalb qilib, ushbu mablagʼlarni tegishli shartlar (toʼlovlilik, qaytarishlik, muddatlilik, taʼminlanganlik, maqsadlilik) asosida iqtisodiyotning turli tarmoqlariga joylashtiradigan, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarga toʼlov hisob – kitoblarni amalga oshirish boʼyicha xizmat koʼrsatadigan tijorat tashkilotlari sifatida tasniflanadi. Zamonaviy sharoitda tijorat banklarining jismoniy va yuridik shaxslarga koʼrsatadigan vositachilik operatsiyalari va xizmat turlari ortib bormoqda. Tijorat banklarining ushbu munosabatlari tijorat asosida tashkil etiladi. Bundan koʼrinib turibdiki, tijorat banklarining faoliyati tijoratga asoslangan boʼlib, ularning asosiy faoliyati yuqori darajada foyda olishga yoʼnaltiriladi. Biroq, tijorat banklari ishlab chiqarish korxonalaridan farqli oʼlaroq, oʼz foydasini qoʼshimcha qiymat ishlab chiqarish hisobidan emas balki, korxona, tashkilotlar va aholi ixtiyoridagi vaqtinchalik boʼsh pul mablagʼlarini tegishli shartlar asosida jalb qilib, ushbu mablagʼlarga ehtiyoji mavjud boʼlgan shaxslarga tijorat yoʼsinda berish orqali foydasini shakllantiradigan oʼziga xos moliyaviy muassasa hisoblanadi. Oʼzbekistonda tijorat banklarining tashkil etilishi bevosita mustaqillik yillariga toʼgʼri keladi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgunga qadar “bank tizimini faqatgina bir necha banklar, yaʼni SSSR Davlat banki, Tashqi iqtisodiy faoliyat banki, Qurilish banki va Davlat mehnat omonat jamgʼarmalari kassalari mavjud boʼlib, ittifoqdosh respublikalarda ushbu banklarning respublika, viloyat idoralari va tuman boʼlimlari faoliyat koʼrsatar edi”1. Oʼzbekistonda dastlabki tijorat banklarini tashkil etilishining huquqiy asosi boʼlib 1991 yilda qabul qilingan Oʼzbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati toʼgʼrisida”gi qonuni xizmat qildi. Аlbatta, mamlakatimizda bozor munosabatlarining takomillashuvi va iqtisodiy islohotlarning chuqurlashuvi natijasida tijorat banklari maqomi, kapitali va faoliyatiga qoʼyilgan talablar doimiy ravishda oʼzgarib bormoqda. Bularning natijasi oʼlaroq, Oʼzbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati toʼgʼrisida”gi qonunining yangi tahrirdagi matni 1996 yil 25 aprelda qabul qilindi. Mazkur qonun mamlakatimiz bank tizimi, xususan tijorat banklarini tashkil topishi va rivojlanishiga mustahkam huquqiy baza boʼlib xizmat qilmoqda. (2019 yilda yangi tahriri qabul qilindi) Oʼzbekistonda tashkil etilgan dastlabki tijorat banki Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki hisoblanadi. Keyinchalik, “1994 – 1995 yillarda ixtisoslashtirilgan “Аsaka” bank (avtomobil sanoatini qoʼllab quvvatlash uchun), “Gʼallabank” (gʼalla yetishtirishni moliyalashtirish uchun), “Paxtabank” (qishloq xoʼjaligi korxonalarini qoʼllab – quvvatlash uchun) yakka xoʼjaliklarni qoʼllab – quvvatlash uchun “Tadbirkor” tijorat banki tashkil etildi”2. Oʼzbekistonda tijorat banklari faoliyatiga litsenziya berish, ularning faoliyatini nazorat qilish va toʼxtatish Markaziy bank zimmasiga yuklatilgan boʼlib, tijorat banklarini tashkil etishda asosiy omillardan biri ularning ustav kapitaliga qoʼyilgan talab hisoblanadi. Taʼkidlash joizki, mamlakatimiz tijorat banklari kapitalining minimal miqdoriga qoʼyilgan talab doimiy ravishda oshib bormoqda. Quyidagi jadvalda bu haqda maʼlumotlar keltirilgan. Download 55.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling