10-mаvzu: tijorаt bаnklаri vа ulаrning funktsiyalаri. Reja: Tijorat banklaring tashkiliy tuzilishi. Tijorat banklarining passiv operatsiyalari
Download 55.62 Kb.
|
TIJORАT BАNKLАRI VА ULАRNING FUNKTSIYALАRI
Oʼz mablagʼlari manbasi:
1. Umumiy kapital 2. Аsosiy (birinchi darajali) kapital: 3. Ustav kapitali; 4. Emission daromad; 5. Maxsus zaxiralar; 6. Taqsimlanmagan foyda. 7. Qoʼshimcha (ikkinchi darajali) kapital: 8. Joriy yilning sof foydasi; 9. Qayta baholash zaxirasi; 10. Subordinatsiyalashgan qarz majburiyatlari; 11. Shoʼba korxonalarga qilingan quyilmalar. Yuqoridan koʼrinib turibdiki, tijorat banklari regulyativ kapitali birinchi va ikkinchi darajali kapitaldan tashkil topadi. Iqtisodiy adabiyotlar, meʼyoriy hujjatlar va Bazel andozalariga koʼra birinchi darajali kapital asosiy kapital sifatida ham eʼtirof etiladi. Tijorat banklari asosiy (birinchi darajali) kapitali xalqaro Bazel andozalariga asosan ustav kapitalining toʼlangan qismi, muddatsiz nekumulyativ imtiyozli aktsiyalar, emission daromad, sof foyda hisobidan shakllantirilgan zaxira summalari va oʼtgan yillarning taqsimlanmagan foydasidan tashkil topadi. Tijorat banklari ikkinchi darajali (qoʼshimcha) kapitali kreditlardan koʼriladigan zararlarni qoplashga moʼljallangan zaxiraning riskka tortilgan aktivlar miqdori 1,25 foizidan oshib ketmaydigan qismi, qayta baholash zaxirasi, subordinatsiyalashgan qarz majburiyatlari va konsolidatsiyalashgan shoʼʼba korxonalarini tashkil etish maqsadiga yoʼnaltirilgan qoʼyilmalarni oʼz ichiga oladi. Oʼzbekiston tijorat banklari kapitalining tarkibi va uning yetarliligiga qoʼyilgan talablar Markaziy bankning 1998 yil 2 noyabrda tasdiqlangan 420–sonli «Tijorat banklari kapitalining yetarliligiga qoʼyiladigan talablar toʼgʼrisida Nizomi» asosida tartibga solingan. Hozirda esa 2015 yil 6 iyuldagi 2693-sonli “Tijorat banklari kapitalining monandligiga qoʼyiladigan talablar toʼgʼrisidagi” Nizomga asosan tartibga solinadi. Oʼzbekiston tijorat banklari birinchi darajali kapitali tarkibiga xalqaro Bazel andozalaridan farqli oʼlaroq, bankning ustav kapitalidagi valyuta qismiga teng boʼlgan valyuta aktivlarini qayta baholanish hisobiga tashkil etilgan devalvatsiya zaxirasi alohida manba sifatida eʼtirof etiladi. tijorat banklari passiv operatsiyalari natijasida operatsiyalar uchun zarur boʼlgan resurslarni shakllantiradi, banklarning passiv operatsiyalari xarajatlarni keltirib chiqaradi. Download 55.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling