10-mаvzu: tijorаt bаnklаri vа ulаrning funktsiyalаri. Reja: Tijorat banklaring tashkiliy tuzilishi. Tijorat banklarining passiv operatsiyalari


Tijorat banklarining passiv operatsiyalari


Download 55.62 Kb.
bet4/7
Sana13.04.2023
Hajmi55.62 Kb.
#1350943
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
TIJORАT BАNKLАRI VА ULАRNING FUNKTSIYALАRI

2. Tijorat banklarining passiv operatsiyalari.
Tijorat banklari asosan jamiyatdagi vaqtinchalik boʼsh pul mablagʼlarni jalb qilish va ushbu mablagʼlarni tegishli maqsadlarga joylashtirish orqali tegishli foydani shakllantiradi. Banklarning vaqtinchalik boʼsh pul mablagʼlarini jalb qilish bilan bogʼliq operatsiyalari passiv operatsiyalar hisoblanadi. Banklarning passiv operatsiyalari tegishli xarajatlar evaziga amalga oshirladi.
Demak, tijorat banklari passiv operatsiyalari natijasida moliyaviy resurslarni shakllantiradi. Resurslar ikkita yirik manba: jalb qilingan mablagʼlar va oʼz mablagʼlaridan iborat. Resurslar bank balansining passivida hisobga olib boriladi. Tijorat banklari balansi passivining asosiy ulushini majburiyatlar (jalb qilingan mablagʼlar) tashkil etib, ular jami bank resurslari tarkibida 85–90 foizdan iborat boʼladi.
Majburiyatlarni muddati va vujudga kelish manbasiga qarab: –barqaror va –beqaror mablagʼlarga, ular uchun toʼlanadigan xarajatlar miqdoridan kelib chiqib: –arzon va –qimmat mablagʼlarga ajratish mumkin.
Jalb qilingan mablagʼlarning manbasi:
1. Depozitlar
2. Chaqirib olinguncha saqlanadigan depozitlar;
3. Muddatli depozitlar;
4. Jamgʼarma depozitlar.
Xalqaro bank amaliyotida bank resurslari tarkibida depozit mablagʼlar, ayniqsa muddatli depozitlar asosiy ulushni tashkil etadi. Bank resurslari tarkibida muddatli depozitlar ulushining yuqoriligi banklarning moliyaviy barqarorligini mustahkamlashga va toʼlovga layoqatliligini taʼminlashga bevosita ijobiy taʼsir koʼrsatadi.
Depozitsiz mablagʼlar
1. Banklararo kredit resurslari;
2. Hukumat hisobvaraqlaridagi vaqtincha boʼsh mablagʼlar;
3. Tijorat banklaridan olingan resurslar;
4. Boshqa mablagʼlar.
Banklarning depozit boʼlmagan mablagʼlari tarkibida moliya bozoridan jalb qilingan banklararo kredit resurslari asosiy salmoqni egallaydi. Banklararo kreditlar asosan qisqa muddatli xarakterga ega boʼlib, odatda ushbu kreditlarni berish va olish jarayoni oʼzining tezkorligi bilan muhim ahamiyatga ega. Ushbu jarayon boʼyicha asosiy operatsiyalar banklarning vakillik hisobvaraqlari doirasida amalga oshiriladi. Yaʼni, tijorat banklari oʼzaro kelishuvga erishganda mablagʼlar vakillik hisobvaraqlari orqali oʼtkazib beriladi. Shu bilan birga, ushbu kreditlar tijorat banklari uchun nisbatan arzon va muddati jihatidan «uzun» mablagʼlar hisoblanadi.
Xalqaro bank amaliyotida banklarning depozit boʼlmagan resurslari tarkibida asosiy yirik manbalardan biri qimmatli qogʼozlar hisoblanadi. Banklar moliyaviy resurslarni shakllantirish maqsadida aktsiya, obligatsiya, depozit va jamgʼarma sertifikatlarni muomalaga chiqaradi. Shuningdek, tijorat banklari uzoq muddatli resurslarini shakllantirishda ipoteka va subordinar qimmatli qogʼozlari muhim oʼrin tutadi. Banklarning qimmatli qogʼozlarni muomalaga chiqarish orqali resurslarni shakllantirish bilan bogʼliq operatsiyalarini ikkita guruhga ajratish maqsadga muvofiq.
Birinchi guruhga, tijorat banklari ustav va qoʼshimcha kapitalini shakllantirish maqsadida aktsiya va subordinar qimmatli qogʼozlarni muomalaga chiqarish boʼyicha operatsiyalari, ikkinchi guruhga esa qisqa va uzoq muddatli resurslarga boʼlgan ehtiyojini qoplash uchun obligatsiya va ipoteka qimmatli qogʼozlari, depozit va jamgʼarma sertifikatlari bilan bogʼliq operatsiyalari kiradi.
Аktsiya va sertifikatlarning bozor bahosi banklarning ushbu bozordagi faoliyatini baholovchi iqtisodiy koʼrsatkich hisoblanadi. Tijorat banklari aktsiyalari va sertifikatlarning bozor bahosi ortib borishi ularning oldi–sotdisiga ijobiy taʼsir koʼrsatadi. Koʼpchilik hollarda tijorat banklari oʼz aktsiyalari va sertifikatlarining ikkilamchi qimmatli qogʼozlar bozoridagi bahosini oshirish maqsadida investitsion kompaniyalar orqali investor sifatida ham maydonga chiqishi mumkin.
Tijorat banklari aktsiyalari va sertifikatlarning bozor bahosi moliya bozoridagi mavjud talab va taklif asosida oʼrnatiladi. Аktsiya va sertifikatlarning nominal va bozor bahosi oʼrtasidagi farq ijobiy yoki salbiy boʼlishi mumkin. Аgar ushbu farq ijobiy boʼlsa, tijorat banklari moliyaviy jihatdan barqaror va raqobatbardosh ekanligidan dalolat beradi. Mazkur holat banklarning qimmatli qogʼozlar orqali resurslarini oshirishga ijobiy taʼsir koʼrsatadi.
Tijorat banklari aktsiya va sertifikatlarining bahosiga taʼsir qiladigan asosiy omillardan biri ularga toʼlanadigan dividend va foiz toʼlovlari hisoblanadi. Аktsiya va sertifikatlarga toʼlanadigan toʼlovlar miqdorining yuqoriligi va barqarorligi banklarning qimmatli qogʼozlar bozoridagi emitent nufuzini oshirishga bevosita taʼsir qiladi. Chunki bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday faoliyatning asosida iqtisodiy foyda olish yotadi.
Shuni alohida taʼkidlash lozimki, tijorat banklari qimmatli qogʼozlar bozoridagi emitent, investor yoki vositachi sifatidagi ishtirokiga iqtisodiyotdagi inflyatsiya darajasi bevosita taʼsir qiladi. Shu bois, banklar qimmatli qogʼozlar bozorida, ayniqsa emitent sifatida qatnashganida inflyatsiya darajasini inobatga olishi lozim.
Tijorat banklari mablagʼlari ikkinchi yirik manbasini ularning kapitali tashkil etadi. Bank kapitali tarkibida ustav kapitalining tashkil topishi va barqarorligi jihatidan muhim moliyaviy manba boʼlib hisoblanadi.

Download 55.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling