10-mаvzu: tijorаt bаnklаri vа ulаrning funktsiyalаri. Reja: Tijorat banklaring tashkiliy tuzilishi. Tijorat banklarining passiv operatsiyalari


Tijorat banklarining aktiv operatsiyalari


Download 55.62 Kb.
bet6/7
Sana13.04.2023
Hajmi55.62 Kb.
#1350943
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
TIJORАT BАNKLАRI VА ULАRNING FUNKTSIYALАRI

3. Tijorat banklarining aktiv operatsiyalari.
Tijorat banklarining aktiv opertsiyalari – bu banklarning passiv operatsiyalari natijasida shakllantirilgan mablagʼlarini iqtisodiy jihatdan daromad (foyda) olish maqsadida turli maqsadlarga joylashtirish va likvidligini taʼminlash bilan bogʼliq operatsiyalardir. Tijorat banklarining aktiv operatsiyalari ularning faoliyatida juda muhim hisoblanadi. Chunki ular ushbu operatsiyalar orqali daromadlarni shakllantiradilar va aktiv operatsiyalar doimo maʼlum darajada risk, yaʼni qarzdorning defolti (toʼlovga qobiliyatsizlik) bilan bogʼliq boʼladi.
Tijorat banklari aktiv operatsiyalari iqtisodiy mohiyatiga koʼra:
-ssuda operatsiyalari (kreditlash);
-hisob – kitob operatsiyalari;
-kassa operatsiyalari;
-investitsiya va fond operatsiyalari;
-valyuta operatsiyalari va kafolatlar berish bilan bogʼliq operatsiyalardan iborat.
Ssuda operatsiyalari orqali banklar mamlakatdagi faoliyat yuritayotgan mulkiy shaklidan qatʼiy nazar barcha xoʼjalik subʼektlariga tegishli kerditlarni beradi. Maʼlumki, bank kreditlari bir yilgacha – qisqa muddatli, bir yil va undan koʼp davrga – uzoq muddatli kreditlarga boʼlinadi.
Hisob – kitob operatsiyalarida banklar mijozlarning topshiriqlariga asosan turli maqsadlarga ularning hisobvaraqlarini debetlash orqali oʼtkazadi, shuningdek, ssuda operatsiyalari ham bevosita kredit oluvchining ssuda hisobvaragʼini debetlash orqali amalga oshiriladi.
Investitsiya operatsiyalarida banklar hoʼjalik yurituvchi subʼektlar va davlatning qimmatli qogʼozlariga moliyaviy mablagʼlarni joylashtiradi. Аlbatta ushbu operatsiyalar banklar uchun maʼlum darajadagi riskli operatsiyalar hisoblanib, banklarning foydasini shakllantirishga xizmat qiladi.
Fond operatsiyalarida banklar qimmatli qogʼozlar bilan operatsiyalar bajarish bilan birga, fond birjalarida oldi – sotdi qilinadigan qimmatli qogʼozlar va veksellar bilan operatsiyalarni amalga oshiradi.
Banklar kassa operatsiyalari orqali mijozlarga naqd pullarni berish va ulardan naqd pullarni qabul qilish bilan bogʼliq ishlarni amalga oshiradi.
Banklarning valyuta operatsiyalari bevosita xorijiy mamlakatlar milliy valyutasini oldi – sotdisi bilan bogʼliq operatsiyalar hisoblanib, milliy valyutaning xorijiy valyutalarga nisbatan kursini oʼzgarishi hisobiga foyda yoki zarar koʼrishi mumkin.
Banklar yirik va yuqori darajadagi toʼlov qobiliyatiga ega moliyaviy muassasa sifatida kompaniya, korporatsiya va boshqalarga uchinchi shaxs sifatida kafolatlar berishi mumkin. Аlbatta, berilgan kafolatlar evaziga banklar maʼlum darajadagi foydani olishni rejalashtiradi.
Yuqorida qayd eilganlarga asoslanib, banklarning aktiv operatsiyalarini toʼrtta guruhga ajratish mumkin.
1. Erkin zahiralar – bunga kassadagi naqd pullar, Markaziy bankdagi vakillik hisobvaraqlaridagi qoldiqlar, boshqa kredit tashkilotlarning vakillik hisobvaraqlaridagi mablagʼlar. Erkin zahirlar yuqori likvidli mablagʼlar hisoblanib, bankka qisman yoki umuman daromad keltirmaydi.
2. Berilgan kreditlar va depozit koʼrinishida boshqa moliya muassasalariga, shuningdek Markaziy bankka joylashtirilgan mablagʼlar.
3. Investitsiyalar – bu bankning qimmatli qogʼozlarga va nomoddiy aktivlarga, shuningdek pay koʼrinishida xoʼjalik faoliyatiga yoʼnaltirilgan resurslari.
4. Bankning oʼziga (ichki investitsiyalar) moddiy va nomoddiy aktivlarga yoʼnaltirilgan mablagʼlari. Bunga bank faoliyatini tashkil etish uchun zarur boʼlgan binolar, jihozlar va boshqa uskunalar kiradi.
Tijorat banklarining daromadi bankning 2 va 3 guruhiga kiruvchi aktiv operatsiyalari hisobidan tashkil topib, bank aktivlarining risk darajasi qancha yuqori boʼlsa, ushbu operatsiyalardan kelayotgan daromadlar miqdori ham shuncha yuqori boʼladi va aksincha.
Demak, banklarning aktiv operatsiyalari daromad keltirish darajasiga qarab:
1. Daromad keltiradigan (kredit va investitsiyalar) aktivlar;
2. Daromad keltirmaydigan (erkin zaxiralar, moddiy) aktivlarga boʼlinadi.
Аktivlar riskka tortilgan darajasiga qarab toʼrtta guruxga boʼlinadi.
1. Birinchi guruxga – riskdan ozod boʼlgan aktivlar – 0;
2. Ikkinchi guruxga –minimal risk darajasiga ega aktivlar – 50;
3. Uchinchi guruxga – oʼrta risk darajasiga ega aktivlar – 150;
4. Toʼrtinchi guruxga – yuqori riskli aktivlar – 200.
Markaziy banki boshqaruvi tomonidan 2015 yil 14 iyulda tasdiqlangan 2696 – sonli “Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar boʼyicha ehtimoliy yoʼqotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi toʼgʼrisidagi” nizomga asosan bank kreditlari standart kreditlar, substandart kreditlar, qoniqarsiz kreditlar, shubhali kreditlar va umidsiz kreditlar sifatida tasniflanadi.
Bank kreditlarini tasniflashdan asosiy maqsad ularni toʼliq qaytarishini taʼminlash boʼyicha tegishli ishlarni amalga oshirishga qaratiladi. Bank kreditlari “standart” deb tasniflanganda ularda qaytarilmasligi alomatlari boʼlmaydi, shu bois ushbu kreditlar boʼyicha tegishli zaxiralar ajratilmaydi. Foizlar muddati oʼtgan ssudalar "standart" deb tasniflanishi mumkin emas.
Kreditlar “Substandart” sifatida tasniflangan aktivlar boʼyicha qaytarilmagan kredit summasining 10 foizi miqdorida zaxiralar tuzishi shart.
“Qoniqarsiz” sifatida tasniflangan aktivlar boʼyicha bank asosiy qarzning toʼlanmagan summasining 25 foiziga teng boʼlgan zaxiralarni shakllantirishi lozim.
“Shubhali” deb tasniflangan aktivlar boʼyicha bank asosiy qarz toʼlanmagan summasining 50 foizi miqdorida zaxirani tashkil etishi shart.
Bank tomonidan berilgan kreditlar kamida 180 kunga kechiktirilganda bular “umidsiz” deb tasniflanadi. Umidsiz deb tasniflangan aktivlar boʼyicha bank asosiy qarzning toʼlanmagan summasining 100 foizi miqdorida zaxiralar yaratishi kerak.
Bank aktivlari likvidli, yaʼni tez naqd mablagʼga aylantirish imkoniyati boʼlishi kerak. Bank aktivlari likvidlilik nuqtai nazaridan quyidagilarga boʼlinadi:
1. Yuqori likvidli aktivlar – bevosita pul koʼrinishidagi mablagʼlar boʼlib, ushbu aktivlar istalgan paytda bank maburiyatini bajarishga yoʼnaltirilishi mumkin;
2. Qisqa muddatli likvidli aktivlar – qisqa muddatli kreditlar va ikkilamchi bozorga ega boʼlmagan qimmatli qogʼozlar;
3. Qiyin realizatsiya qilinadigan aktivlar – oʼrta va uzoq muddatli kreditlar, ikkilamchi bozorga ega boʼlmagan qimmatli qogʼozlar, pay ulushlari va boshqalar;
4. Past likvidli aktivlar – bankning asosiy vositalariga yoʼnaltirilgan mablagʼlar kiradi.
Xulosa qilib aytganda, banklarning aktiv operatsiyalari ularning foydasini shakllantirishga xizmat qilish bilan birga, maʼlum darajadagi risklarni vujudga kelishiga sabab boʼladi. Banklar aktiv operatsiyalarni bajarishda asosiy eʼtiborni mavjud risklarning darajasini pasaytirish orqali balansning likvidligini taʼminlashga qaratadi.



Download 55.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling