Mavzu: Axborot infratuzilmasining rivojlanish ko`rsatkichlari tahlili.
Reja: Kirish 1. Axborot texnologiyalar infratuzilmasi komponentlari. 2. Biznesda qo‘llaniladigan kompyuterlar turlari. 3. Texnik vositalarni rivojlanish tendensiyalari. Xulosa
1. Axborot texnologiyalar infratuzilmasi komponentlari.
Raqamli transformatsiya sharoitida AT infratuzilmasi har qanday kompaniya, tashkilot, muassasa, ham xususiy, ham davlat sektori faoliyatining asosi va harakatlantiruvchi kuchiga aylanadi.
IT infrastrukturasi yaxshi yo’lga qo’yilgan korxonada:
Uzluksiz ishlaydi ya’ni 24/7
Korxonalarning ishlash miqyosi masshtabini kengaytiradi
Xavfsizligi ta’minlanadi
Raqobatbardoshligini oshiradi va tez o’zgarishini ta’minlaydi
Ochiqligi ta’minlanadi va boshqarish osonlashadi
Ko’plab kompaniyalar xarajatlari IT ga sarflanadi shuning uchun IT yaxshi tanlangan bo’lsa kamroq harajat ketadi
Kam xarajat qilgan holda yangi modul va funksiyalar qo’shish imkoniyati
Axborot texnologiyasining asosiy tavsifi Texnologiya so`zi grekchadan tarjima qilinganda–san’at, ustalik, malaka ma’nosini anglatadi. Texnikada texnologiya deganda–ma’lum kerakli material mahsulotni hosil qilish uchun usullar, metodlar va vositalar yig`indisidan foydalanadigan jarayon tushuniladi. Texnologiya obyektining dastlabki, boshlang`ich holatini o`zgartirib, yangi, oldindan belgilangan talabga javob beradigan holatga keltiradi. Misol uchun sutdan turli texnologiyalar orqali qatiq, tvorog, smetana, yog` va boshqa sut mahsulotlarini olish mumkin. Agar boshlang`ich xom ashyo sifatida axborot olinsa, ushbu axborotga ishlov berish natijasida axborot mahsulotinigina olish mumkin. Ushbu holda ham “texnologiya” tushunchasining ma’nosi saqlanib qolinadi. Faqat unga "axborot" so`zini qo`shish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |