Reja: Kirish Axborot texnologiyalar infratuzilmasi komponentlari


Texnik vositalarni rivojlanish tendensiyalari


Download 108.74 Kb.
bet9/11
Sana18.06.2023
Hajmi108.74 Kb.
#1578169
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
30 Axborot texnologiyalar infratuzilmasi. Reja axborot texnologiyal-fayllar.org

 

 

 

3. Texnik vositalarni rivojlanish tendensiyalari.


Axborot ta`minoti - axborot tizimlari ichki mashina axborot bazasini yaratishni tasniflash va kodlashtirish tizimlari xujjatlashtirishning unifikatsiyalashgan tizimlari, xujjat aylanmasi va xujjatlar shakli uslublarini ratsional holga keltirishni o`z ichiga olgan axborotni joylashtirish va tashkil qilish bo`yicha uslublar va vositalar yig`indisidir.
Dasturiy ta`minot - hisoblash texnikasi vositasida ma`lumotlarni qayta ishlash tizimini yaratish va foydalanish dasturiy vositalari yig`indisidir. Dasturiy ta`minot tarkibiga bazaviy va Amaliy dasturiy mahsulotlar kiradi.
Amaliy dasturiy ta`minot - axborot tizimi funktsional vazifalarni hal etishni avtomatlashtirish uchun mo`ljallangan dasturiy mahsulotlar yig`indisio`zida namoyon etadi. Ular ham universal vositalar (matn muharrirlari, elektron jadvallar, ma`lumotlar bazasi boshqaruv tizimlari) va ham maxsus vositalar – funktsional kichik tizimlarni amalga oshiruvchi turli xil ob`ektlar sifatida ishlab chiqilishi mumkin.
Texnik ta`minot - ma`lumotlarini qayta ishlash tizimini funktsiyalashtirish uchun qo`llanuvchi texnik vositalar kompleksidir. u ma`lumotlarni qayta ishlovchi namunaviy operatsiyalarni amalga oshiruvchi qurilmalarni o`z ichiga oladi.
Huquqiy ta`minot - axborot tizimini yaratish va funktsiyalashtirishni tartibga soluvchi huquqiy me`yorlar yig`indisini o`zida namoyon etadi. Axborot tizimini qayta ishlashning huquqiy ta`minoti AT buyurtmasiga va tayyorlovchi o`rtasidagi shartnomaviy o`zaro munosabatlar me`yoriy aktlari, chetga chiqishlarining huquqiy tartibga solinishini o`z ichiga oladi.
Lingvistik ta`minot inson va EHM muloqotini ishlab chiqarish va ta`minlash samaradorligini oshirish uchun ma`lumotlarni qayta ishlash tizimini yaratish va ulardan foydalanishning turli bosqichlarida ishlatiladigan til vositalari yig`indisini o`zida namoyon etadi.
Axborot tizimlari ma`lumotlari bilan ishlash mutaxassislarga keng yordam beradi, muhandislar va loyihachilarning ish samaradorligini oshiradi. Bunday axborot tizimlarining vazifasi – tashkilotlarga yangi ma`lumotlarni integratsiyalash va qog`oz xujjatlarni qayta ishlashga yordam berishdan iborat. Sanoat jamiyati axborot jamiyatiga aylanib borar ekan, iqtisodiyot mahsuldorligi borgan sayin bu tizimlar rivojlanishi darajasiga bog`liq bo`la boradi. Bunday tizimlar ayniqsa ishchi stantsiyalar va ofis tizimlari ko`rinishda bugungi kunda biznesda juda tez rivojlanmoqda.
Axborotlar tizimini loyihalash texnologiyalari deb AT loyihasini yaratish va yangilashga yo`naltirilgan loyihalash uslub va vositalari, tashkiliy usullari va foydalaniladigan texnik vositalar yig`indisiga aytiladi.
Loyihalash va ajratilgan zaxiralarning tegishli vositalaridan foydalanish sharoitida talab etiladigan iste`mol xususiyalarini qondiruvchi ma`lumotlarni qayta ishlab chiqishga yunaltirilgan mutaxassislar jamoasining faoliyati loyihalash texnologiyasining asosini tashkil etuvchi texnologik jarayoni hisoblanadi.

Download 108.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling