10-mаvzu: tijorаt bаnklаri vа ulаrning funktsiyalаri. Reja: Tijorat banklaring tashkiliy tuzilishi. Tijorat banklarining passiv operatsiyalari
- rasm. Tijorat banklarning tarkibiy tuzilishi namunaviy koʼrinishi
Download 55.62 Kb.
|
TIJORАT BАNKLАRI VА ULАRNING FUNKTSIYALАRI
12- rasm. Tijorat banklarning tarkibiy tuzilishi namunaviy koʼrinishi
Tijorat banklari faoliyati uning boshqaruv organlari tomonidan amalga oshiriladi. Bankning boshqaruv organi quyidagilar hisoblanadi: 1. aktsiyadorlar umumiy yigʼilishi; 2. bank Kengashi (kuzatuv kengashi); 3. bank Boshqaruvi. Аktsiyadorlar umumiy yigʼilishi bankning oliy boshqaruv organi hisoblanadi. Аktsiyadorlar umumiy yigʼilishining mutloq vakolatiga kiruvchi masalalar bank Kengashi yoki Boshqaruviga topshirilmaydi. Bank Kengashining miqdoriy tarkibi ustav yoki aktsiyadorlar umumiy yigʼilishi qaroriga koʼra belgilanadi. Аktsiyadorlar soni 500 gacha boʼlgan ochiq turdagi aktsiyadorlik jamiyati shaklidagi banklarning bank Kengashi miqdoriy tarkibi kamida besh aʼzodan, 501 dan 1000 gacha boʼlgan banklarda kamida yetti aʼzodan va 1000 dan ortiq boʼlgan banklarda kamida 9 aʼzodan iborat boʼlishi lozim. Yopiq turdagi aktsiyadorlik jamiyati shaklidagi banklarning bank Kengashi aʼzolari umumiy soni aktsiyadorlar sonidan qatʼi nazar beshtadan kam boʼlmasligi kerak. Oʼzbekistonda tijorat banklarini tashkil etish va ularning faoliyatini nazorat qilish Markaziy banki boshqaruvi tomonidan 1998 yil 9 sentyabrda tasdiqlangan "Banklarni roʼyxatga olish va ularga litsenziya berish tartibi toʼgʼrisida”gi 22 – sonli Nizom asosida amalga oshiriladi. Mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar mamlakatimizdagi barcha tijorat banklari mazkur nizomga asosan tashkil etiladi va tugatiladi. Markaziy bank tijorat banklariga bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun litsenziya berish yuzasidan qaror qabul qilishda asosiy omil boʼlib quyidagilar hisoblanadi: 1. biznes rejaning maqbulligi; 2. kapitalning adekvatligi; 3. daromadlilikning kelgusi istiqbollari; 4. koʼzda tutilayotgan rahbarning malakasi va obroʼ – eʼtibori; 5. bankni ochish uchun taqdim etilgan hujjatlarning amaldagi qonunchilikka muvofiqligi; 6. monopoliyaga qarshi choralar. Dastlab tashkil etilayotgan banklarning ustav kapitalida banklarning ishtirok etishiga yoʼl qoʼyilmaydi, xorijiy kapital ishtirokidagi banklar va shuʼba banklarni tashkil etish hollari bundan mustasno. Tashkil etilayotgan bankning ustav kapitalida bir aktsiyadorning ulushi yigirma foizdan ortsa Markaziy bankdan oldindan rozilik olinishi lozim. Bir aktsiyador yoki oʼzaro bogʼlangan aktsiyadorlar guruhining tijorat banki ustav kapitalidagi ulushi ustav kapitali umumiy miqdorining 25 foizidan ortiq boʼlishi mumkin emas. Yangidan tashkil etilayotgan tijorat banklarining muassislari moliyaviy jihatdan barqaror boʼlishlari lozim. Muassislarning moliyaviy barqarorligi quyidagi omillar bilan belgilanadi: 1. balansning nolikvidligi; 2. toʼlovga qobiliyatsizlik yoki bankrotlik; 3. yuridik shaxs rasmiy ravishda bankrot deb eʼlon qilinishidan qatʼi nazar uning passivlari aktivlaridan oshib ketishi; 4. yuridik shaxs taqdim etgan shaxs zarur hollarda ustav kapitalini oshira olmasligini koʼrsatsa; 5. bankda mulk sotib olinishi koʼzda tutilishi natijasida bankka yoki uning omonatchilariga moliyaviy xavf solinishi mumkinligini koʼrsatuvchi boshqa hollar maʼlum boʼlsa. Tijorat banklarini tashkil etishda barcha shaxslar ham ishtirok etishi maqsadga muvofiq kelmaydi. Bunday shaxslar tarkibiga: 1. bankrotlikka uchragan yuridik shaxsning sobiq rahbarlari, boshqaruvi va kuzatuv kengashi aʼzolari yoki yirik ishtirokchisi va yuridik shaxsning bankrotligi ularning harakatlari oqibatida yuzaga kelganligi faktlari maʼlum boʼlsa; 2. oʼzining ishbilarmonlik va shaxsiy xattiharakatida ishlarni notoʼgʼri boshqarish va vijdonan yuritish mumkin emasligini namoyish qilgan shaxslar; 3. offshor hududlarda roʼyxatga olingan norezident yuridik shaxslar; 4. davlat hokimiyati organlari, mahalliy boshqaruv organlari, jamoat birlashmalari, jamoat fondlari, byudjetdan tashqari fondlar, byudjet muassasalari va tashkilotlari, agar boshqa holat qonunlarda koʼzda tutilmagan boʼlsa. Yangidan tashkil etilayotgan tijorat banklari quyidagi taʼsis hujjatlarini Markaziy bankka taqdim etishi lozim: a) muassislar tomonidan imzolangan va ularning muhrlari bilan tasdiqlangan taʼsis shartnomasi; b) muassis – aktsiyadorlar yigʼilishi tomonidan tasdiqlangan va bank Kengashi raisi tomonidan imzolangan bank ustavi; v) taʼsis yigʼilishining bayoni. Bu hujjatda bankni tashkil etish, ustav kapitali miqdori, ustav va biznes – rejani tasdiqlash, bank Kengashi, taftish komissiyasi va boshqaruvini saylash toʼgʼrisidagi qaror boʼlishi lozim. Mustaqillikka erishgandan hozirgi kungacha boʼlgan davrda turli mulk shaklidagi qator banklar tashkil etildi, ularning asosiy qismi mamlakatimiz moliya – kredit bozorida samarali faoliyat yuritib kelmoqda. Mamlakatimizda bozor munosabatlarining takomillashuvi va iqtisodiy islohotlarning chuqurlashuvi natijasida ularning ayrimlarini maqomi oʼzgartirildi, ayrimlari boshqa banklarga qoʼshilib yoki umuman faoliyatini toʼxtatdi. Xulosa qilib aytganda, tijorat banklar iqtisodiyotning muhim moliyaviy “qon tomirlari” hisoblanib, ularning faoliyatini tashkil etish va nazorat qilish mamlakatning tegishli qonun va meʼyoriy hujjatlari asosida amalga oshiriladi. Mamlakatimizda bu boradagi jarayon doimiy ravishda rivojlanib va takomillashib bormoqda. Download 55.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling