Fan: bank ishi


Download 0.9 Mb.
bet1/8
Sana22.06.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1646704
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Presentation credit

FAN:BANK ISHI

Bajardi:

Ishmamatova Lola

Ibrohimov Boburmirzo

Jumanazarov Kamron

Mavzu: Kreditlashni tashkil etish asoslari

Reja:

  • Tijorat banklarida kreditlashni tashkil etish asoslari ;
  • Kredit mexanizmi va uning elementlari;
  • Tijorat banklarida kredit operatsiyalarini tashkil etishning huquqiy asoslari.

I. Tijorat banklarida kreditlashni tashkil etish asoslari.

Jamiyat taraqqiy etib evolutsion yo’l bilan asrlar davomida bugungi kundagi rivojlanish bosqichiga erishgan bo’lsa, bank-moliya sohasining rivojlanishida ibtidoiy jamoa davrida chorvachilikning dehqonchilikdan ajralib chiqishi, shuningdek ortiqcha iste’mol tovarlari ishlab chiqarilishi muhim turtki bo’lib xizmat qilgan. 

Kredit tushunchasi paydo bo’lish tarixiga ko’ra ssuda tushunchasidan “o’sib” chiqqan bo’lib bozor iqtisodiyotiga xos tushunchadir. Jamiyatda tovar-pul munosabatlaridan keying vujudga kelgan muhim ijtimoiy- iqtisodiy munosabatlardan biri kredit munosabatlari hisoblanadi. Kredit pul kabi iqtisodiy kategoriya bo’lib, pul mablag’larining samarali ishlashiga, xo’jalik yurituvchi subyektlar va jismoniy shaxslarning ortiqcha vaqt va pul sarf qilmasdan qo’shimcha pul mablag’lariga bo’lgan talabini qondirishda ayniqsa muhimdir. Iqtisodiy adabiyotlarda “kredit” so’zi lotincha “creditium”- ssuda, qarz so’zidan paydo bo’lganligi qayd etiladi. Ayrim iqtisodchi olimlar “credo”, ya’ni “ishonaman” degan ma’noni anglatishini qayd etishgan. Albatta kredit munosabatlarida ishtirok etayotgan tomonlarning bir birlariga bo’lgan ishonchi muhim omil hisoblanadi.


Kreditor – kredit munosabatlarini tashkil etishda kredit beruvchi sifatida maydonga chiqadi. Kreditor bo’sh turgan mablag’larini vaqtinchalik foydalanishga beruvchi subyektlar hisoblanadi. Bunday subyektlar banklar, kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlar, lombardlar, davlat va boshqa moliyaviy tashkilotlar bo’lishi mumkin. Kreditor ssuda sifatida beriladigan pul mablag’larini o’z mablag’lari va jalb qilingan mablag’lar evaziga shakllantiradi. Kreditor jamiyatdagi vaqtinchalik bo’sh pul mablag’larini tegishli shartlar asosida jalb qilib, ushbu mablag’larni kreditning qayta taqsimlash funksiyasi orqali real sektorning zarur bo’lgan bo’g’inlariga joylashtiradi.
Kredit oluvchi – kredit munosabatlarida kredit oluvchi sifatida ishtirok etuvchi shaxs. Kredit oluvchi sifatida aholi, davlat, banklar va boshqa shaxslar qatnashishi mumkin. Kreditor berilgan kredit uchun iqtisodiy foydani aniq foiz ko’rinishida undirsa, qarz oluvchi kredit yordamida ishlab chiqarish uzluksizligini ta’minlash, shuningdek ishlab chiqarishni kengaytirish orqali ko’zlagan iqtisodiy foydasiga erishadi.

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling