FOIZ O’STIRMASLIK Banklar kreditlar, qarz qimmatli qog’ozlari va boshqa moliyaviy vositalar bo’yicha foizlarni hisoblab borishni quyidagi hollarda to’xtatadi: - aktivlar Markaziy bank normativ hujjatlariga muvofiq substandart, dargumon va ishonchsiz turlarga tasniflanganda;
- aktiv MHXS ga muvofiq qadrsizlanganda;
- asosiy summani qaytarish yoki uning foizini to’lash muddati 60 kun va undan ortiq muddatga kechiktirilgan holda (qaytarish muddati bir yilgacha bo’lgan foizli aktivlar bo’yicha);
- asosiy summani qaytarish yoki uning foizini to’lash muddati 90 kun va undan ortiq muddatga kechiktirilgan holda (qaytarish muddati bir yildan ko’p bo’lgan foizli aktivlar bo’yicha);
Aktivlarga "o’stirmaslik" maqomini bergan paytdan boshlab, banklar quyidagilarni amalga oshirishlari lozim: Aktivlarga "o’stirmaslik" maqomini bergan paytdan boshlab, banklar quyidagilarni amalga oshirishlari lozim: - foizli daromadlarni balans hisobvaraqlarida hisoblash to’xtatiladi;
- barcha hisoblangan, lekin olinmagan foizli daromadlar balans hisobvaraqlaridan ko’zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlariga o’tkazilishi lozim va aktivga "o’stirmaslik" maqomi berilgandan so’ng keyingi foizlar hisoblanishi ko’zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlarida amalga oshiriladi;
- ushbu aktivlar bo’yicha barcha keyingi to’lovlar birinchi navbatda, hisoblangan, lekin olinmagan foizli daromadlarni, keyin esa kreditning asosiy summasini qoplashga yo’naltiriladi.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Do'stlaringiz bilan baham: |