Mundarija Kirish. Bank tizimining shakllanishi va ahamiyati Zamonaviy bank tizimining tuzilishi va holati Tijorat banklari tomonidan Markaziy bank


Download 20.86 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi20.86 Kb.
#229580
Bog'liq
bank tarixi


Mundarija Kirish. 1.Bank tizimining shakllanishi va ahamiyati 2.Zamonaviy bank tizimining tuzilishi va holati 3.Tijorat banklari tomonidan Markaziy bank.

 Mundarija Kirish. 1.Bank tizimining shakllanishi va ahamiyati 2.Zamonaviy bank tizimining tuzilishi va holati 3.Tijorat banklari tomonidan Markaziy bank talablarini bajarilishi samaradorligini oshirish. 4.O`zbekistonda bank tizimining amal qilish holati tahlili 5.O`zbekiston Respublikasida bank tizimini rivojlantirishning ustuvor yo`nalishlari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati Bank tizimi. Markaziy bank va tijorat banklari



2 Kirish Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida bank- moliya tizimini rivojlantirish va uning real sektorni moliyalashtirishdagi rolini yanada oshirish mamlakat iqtisodiyotini barqaror rivojlanishini, aholi bandligini ta’minlashga xizmat qiladi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat tomonidan qabul qilingan bir qator farmon va qarorlarda belgilangan ustuvor vazifalarning bajarilishiga qaratiladi. Xususan: - aholi va tadbirkorlik sub'ektlari hamda investorlarning mablag'larini bank aktsiyalari va depozitlarga jalb qilish orqali banklarning kapitallashuv darajasini oshirish hamda resurs bazasini kengaytirish; - banklarning investitsiya jarayonlarida, korxonalarni modernizatsiya qilish, texnologik va texnik qayta jihozlashdagi ishtirokini yanada kengaytirish va kichik biznes sub'ektlarini moliyaviy qo'llab- quvvatlash; - banklarda samarali nazoratni amalga oshirish, bank infratuzilmalarini kengaytirish, bank xizmatlari sifatini oshirish va mijozlarga yangi qulayliklar yaratish; - hisob-kitoblar tizimini yanada takomillashtirish, naqd pullarning bank aylanmasiga jalb etilishini yanada kengaytirish; - banklarni yakka tartibda baholash milliy reytingiga va xalqaro reyting kompaniyalarining reytinglariga ega bo'lishlarini ta'minlash borasida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. Jahon tajribasidan ma’lumki, bank va bank tizimi bozor iqtisodiyotining ajralmas bo’lagi hamda eng muhim strukturalari hisoblanadi. Bank tizimining kichik va o’rta biznes sohasini rivojlantirishdagi o’rni va umuman davlat makroiqtisodiyotida tutgan o’rnini ochib berishga, bu mavzuning dolzarbligi va muhimligini statistik hamda tahliliy ma’lumotlar orqali daliliy isbot sifatida keltirishga harakat qildim. Banklarning bu sohani rivojlantirishdagi roli ularning pul-kredit operastiyalarining amalga oshirishlaridir.

3 1.Bank tizimining shakllanishi va ahamiyati O`zbekiston banklari milliy iqtisodiyotga ta’sir etuvchi qudratli tuzilmaga aylanish uchun rivojlanishning uzoq evolyusion, ya’ni tadrijiy yo`lini bosib o`tishiga, anchagina mashaqqatlarni bartaraf etishiga to`g`ri keldi. O`zbekiston Respublikasi "Banklar va bank faoliyati to`g`risida”gi Qonunining qabul qilinishi ikki darajali bank tizimining tarkib topishi va mamlakat Markaziy banki zimmasiga yangi vazifalar yuklanishi uchun asos bo`lib xizmat qildi. Uning oldiga pul muomalasini tartibga solish, tijorat banklari tizimi hamda to`lov tizimini shakllantirish vazifalari qo`yildi. Iqtisodiyotning turli tarmoqlarini moliyalashtirish endi tashkil etiladigan, zamonaviy tamoyil va talablar asosida faoliyat yurituvchi ixtisoslashgan tijorat banklari tomonidan amalga oshirilishi lozim edi. 1993–1994 yillarda bank tizimidagi islohotlar davom etdi.

4 1991 yilda qator banklar shakllana boshladi. Ular O`zbekiston iqtisodiyoti rivojlanishining o`zgaruvchan sharoitlarida faoliyat yuritib, zamonaviy ish uslublarini o`zlashtirgan holda tobora yangi qirralarga ega bo`la bordi. 1991- 1992 yillar banklar faoliyatiga doir qarashlarda chinakam burilish yillari bo`ldi. 1994 yilning 1 iyulidan e’tiboran milliy valyuta — so`mning muomalaga kiritilgani mustaqil bank tizimining, umuman, O`zbekiston iqtisodiyotining shakllanishida muhim ahamiyat kasb etdi. Bu Markaziy bank o`z faoliyatida to`liq mustaqil bo`lganini, kelgusida bozor instrumentlari orqali milliy pul tizimini tartibga solish samarali tashkil etilishiga yordam berishi mumkin ekanini anglatar edi. 1995 yil bank qonunchiligini takomillashtirish davri bo`lgani bilan ajralib turadi. Tarixiy muhim hujjat — “O`zbekiston Respublikasining Markaziy banki to`g`risida”gi Qonun nafaqat bank tizimining huquqiy asosini boyitdi, balki O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankining yangi, alohida maqomi va vakolatlarini, asosiy maqsad-vazifalarini aniq- ravshan belgilab berdi. SHu bilan bir qatorda mazkur yilda aholiga xizmat ko`rsatish sifatini yaxshilash, shuningdek, kredit va depozit bozorlarida raqobat muhitini shakllantirish uchun zarur sharoitlar yaratildi.

5 Bank — bu pul mablag’larini jalb qilish hamda qaytarishlik, haq to’lashlik va muddatlilik shartlari bilan ularni joylashtirish uchun tuzilgan muassasa. Bank tizimining ikki darajasi mavjud. Birinchisi — Markaziy bank va uning bo’limlari. Ikkinchisi — tijorat banklari Eng ko’p uchraydigan bank operastiyalari quyidagilardir: Mijozlar (korxonalar va uy xo’jaliklari) va muxbir banklar (ya’ni ushbu bank bilan depozit munosabatlariga ega bo’lgan banklar) ning pul omonatlarini qabul qilish va hisoblarni (depozitlarni) yuritish; Kreditlar berish; Mijozlar va muxbir banklarning topshiriqlariga binoan ularning nomidan hisob- kitoblarni va kassa xizmatlarini amalga oshirish; Mablag’ egalarining nomidan investistiyalarni moliyalashtirish; To’lov hujjatlarini va qimmatli qog’ozlarni (cheklar, veksellar, akstiyalar, obligastiyalar va h.K.) Chiqarish;

6 Tijorat bankining asosiy aktiv operastiyasi — kredit (qarz) berish. Ushbu operastiyani amalga oshirishda banklar quyidagi muammoga duch keladilar. Bir tomondan, ular foydani maksimallashtirishga intiladilar va shunga ko’ra ular o’zlarining kredit resurslarini ular uchun ko’proq to’laydigan shaxsga berishdan manfaatdorlar. Boshqa tomondan, qarz olgan shaxsning to’lashga qodir emasligi sababli kreditning qaytmasligi xavfi mavjud. Shuning uchun banklar birinchi navbatda moliyaviy nuqtai nazardan eng ishonchli, raqobatbardosh korxonalarga kredit beradilar (korxonaning to’lovga layoqatli ekanligini aniqlash uchun tegishli moliyaviy tekshiruvlar o’tkaziladi), ya’ni iqtisodiyotning samaralilik darajasini ko’tarishga ob’ektiv holda yordam beradilar. Markaziy bank o’zining mamlakat qonunchiligi bilan belgilangan nizom va huquqlariga ega bo’lgan mustaqil muassasa hisoblanadi. Markaziy bank tijorat banklari faoliyatiga ta’sir ko’rsatish uchun etarli imkoniyatlarga ega. Markaziy bankning majburiyatlari (passivlari) ga ichki muomaladagi valyuta, depozitlar, shu jumladan tijorat banklarining omonatlari, g’azna omonatlari (hukumat hisobidagi pul), xorijiy omonatlar va boshqa majburiyatlar kiradi. Tijorat banklari va depozitar muassasalarning omonatlari banklarning Markaziy bankda saqlashi majburiy bo’lgan rezervlarini ham o’z ichiga oladi. Davlat g’aznasi omonatlari — bu hukumatning undirilgan soliq tushumlari to’planadigan asosiy joriy hisobi. Xorijiy shaxslarning depozitlari boshqa mamlakatlar markaziy banklari, xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar hukumatlarining rasmiy hisoblaridir.

7 2.Zamonaviy bank tizimining tuzilishi va holati Zamonaviy kredit-bank tizimlari murakkab, ko‘p bo‘g‘inli tuzilmaga ega. Agar sinflarga ajratishda asos qilib, mijozlarga ko‘rsatiladigan xizmatlar tavsifini oladigan bo`lsak, zamonaviy kredit tizimining uchta muhim elementini ajratish mumkin: markaziy bank; tijorat banklari; ixtisoslashgan (sug‘urta, ipoteka, jamg‘arma) moliyaviy muassasalar. Nemis prof. X.E. Byushgen tahriri ostidagi eng yaxshi darsliklardan biri bo‘lgan “Bank ishi” kitobida bank tizimi universal va ixtisoslashgan banklar, emission bankdan iborat, deb ta’kidlanadi. Markaziy bank yetakchi – banklarning banki rolini bajaradi. Bank tizimi turg‘un holatda bo‘lmaydi, aksincha, u doim harakatda, o‘zgarishda. Birinchidan, bir butunlik sifatida bank tizimi doim harakatda, unga yangi tarkiblar qo‘shilib turadi, shuningdek, u mukammalashib boradi. Ikkinchidan, bank tizimi ichida muntazam ravishda yangi aloqalar yuzaga keladi. Munosabatlar markaziy bank bilan tijorat banklari o‘rtasida ham, shuningdek, o‘zaro ham shakllanib boradi. Banklar banklararo kredit bozorlarida qatnashadilar, savdoga “uzun” va “qisqa” pullarni chiqaradilar, bir-birlaridan pul resurslarini sotib oladilar. Banklar bir-biriga o‘zgacha, masalan, korxonalarni moliyalashtirish bo‘yicha qo‘shma loyihalarda ishtirok etish, birlashma va uyushmalar tashkil etish kabi xizmatlar ham ko‘rsatishi mumkin. Bank tizimi – “o‘z-o‘zidan shakllanuvchi”, sababi iqtisodiy ahvolning, siyosiy vaziyatning o‘zgarishi bank siyosatining “avtomatik” o‘zgarishiga olib keladi. Iqtisodiy inqirozlar va siyosiy beqarorlik davrida bank tizimi ishlab chiqarishga ajratadigan uzoq muddatli investisiyalarni qisqartiradi, kreditlash muddatlarini kamaytiradi, daromadlarini asosiy emas, balki ko‘proq qo‘shimcha faoliyat turlari hisobidan oshiradi.

8 Ikki pog‘onali bank tizimi tuzilishi Hozirgi vaqtda deyarli barcha bozor iqtisodiyoti mamlakatlarda ikki darajali bank tizimlari yaratilgan va faol rivojlanmoqda, ularning birinchi darajasida emission, qonun yaratuvchi, nazorat va boshqa faoliyat turlarini amalga oshiruvchi mamlakatning markaziy banki faoliyat ko‘rsatmoqda; ikkinchi darajasida esa – tijorat banklari.

9 Bank turlarining tasniflanishi

10 3.Tijorat banklari tomonidan Markaziy bank talablarini bajarilishi samaradorligini oshirish. Rеspublikamiz tijorat banklarining xalqaro Bazеl talablariga asoslangan bank kapital yеtarliligi koeffitsiеnti kеyingi yillarda oshib borib, 24 foizdan yuqori ko`rsatkichga yеtdi, ya'ni, xalqaro talab 8 foiz bo`lgani holda 3 barobardan yuqoridir. Yurtimizda moliyaviy- iqtisodiy inqirozning oldini olish maqsadida qator banklarga davlat tomonidan kapitalini oshirish uchun 600 mlrd. so`mdan ziyod mablag`ning yo`naltirilishi bank kapitali еtarliligi koeffitsiеntining ko`tarilishiga sabab bo`ldi. Natijada rеspublikamizdagi еtakchi banklar xalqaro rеyting kompaniyalarining barqaror rеyting ko`rsatkichlariga ega bo`ldilar. Banklar o`z kapitali va likvid rеsurslarini yеtarli darajada saqlab turishlari, aktivlarni tasniflash asosida shubhali va harakatsiz aktivlarga qarshi zahiralarni tashkil etishlari, shuningdеk zarar ko`rish xavfini kamaytirish maqsadida o`z aktivlari divеrsifikatsiyalanishini ta'minlashlari lozim.

11 O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklariga belgilanadigan me`yorlarni bajarilishini samaradorligini oshirishda tijorat banklarining huquq va burchlarini, aholining banklarga bo`lgan ishonchini va respublikadagi mavjud ijtimoiy va iqtisodiy vaziyatni e`tiborga olish lozimdir Banklarning barqarorligini ta'minlash hamda omonatchilar va krеditorlarning manfaatlarini himoya qilish maqsadida banklar Markaziy bank tomonidan bеlgilanadigan iqtisodiy normativlarga rioya etishlari shart. Respublikamiz Markaziy bankining tijorat banklari faoliyatini tartibga solishdagi rolining yuqoriligi natijasida bugungi kunda respublikamiz bank tizimi ishonchli faoliyat ko`rsatmoqda. Bank faoliyatini tartibga solish borasida respublikamizda olib borilayotgan islohotlar va mustahkam qonuniy asosning yaratilganligi bu borada olib borlayothan ishlar ko`lamini oshishiga yordam bermoqda.

12 4.O`zbekistonda bank tizimining amal qilish holati tahlili So`nggi yillarda mamlakatimiz moliyaviy-iqtisodiy, byudjet va bank kredit tizimining barqaror hamda uzluksiz ishlashini ta`minlash, iqtisodiyotning real sektori korxonalariga yordam ko`rsatish, aholini ijtimoiy qo`llab-quvvatlash borasida ko`rilgan chora-tadbirlar o`zining amaliy samarasini berdi. Xususan, iqtisodiyotda tarkibiy o`zgarishlar, uning muhim tarmoqlari korxonalarini modernizatsiya qilish, texnik va tehnologik jihatdan yangilashni faol davom ettirish, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, ichki iste`molni rag`batlantirish, eksport qiluvchi korxonalarni, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`yektlarini xar tomonlama qo`llab- quvvatlash yuzasidan ko`rilgan tadbirlar o`tgan yilda iqtisodiy o`sishning barqaror yuqori sur`atlarini ta`minlandi.

13 O’zbekiston Respublikasi bank tizimining rivojlanishini tavsiflovchi ko’rsatkichlar dinamikasi, mlrd. so’m

14 O`zbekistonda muomalaga chiqarilgan plastik kartochkalar soni, ming dona.

15 O`zbekistonda to`lov terminallari soni (ming dona) To`lov terminallari orqali amalga oshirilgan to`lovlar hajmi, mlrd.so`mda

16 Masofadan bank xizmatlar ko`rsatuvni tizimlardan foydalanuvchilar soni (2017 yil 1 yanvar holatiga)

17 5.O`zbekiston Respublikasida bank tizimini rivojlantirishning ustuvor yo`nalishlari Respublika bank tizimining barqarorligini yanada oshirish va xalqaro andozalarga muvofiq rivojlanishini ta’minlash hamda yuqori iqtisodiy o`sishni ta’minlashdagi rolini kengaytirishga qaratilgan quyidagi chora- tadbirlar amalga oshiriladi: 1.Bank tizimi barqarorligini yanada oshirish bo`yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar doirasida tijorat banklari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish tizimini xalqaro talablar, jumladan, Bank nazorati bo`yicha Bazel qo`mitasining yangi tavsiyalari asosida yanada takomillashtirish bo`yicha ishlar izchil davom ettiriladi. 2. Respublika moliya-bank tizimi buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot tizimini Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlariga (MHXS) to`liq moslashtirish borasidagi tadbirlarni amalga oshirish davom ettiriladi. 3. Tijorat banklari kapitallashuv darajasini yanada oshirish, resurs bazasini mustahkamlash va diversifikasiyalashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish davom ettiriladi. Bunda asosiy e’tibor qo`shimcha aksiyalar chiqarish va joylashtirish borasidagi ishlarni jadallashtirish hisobiga banklar kapitallashuv darajasining kamida 20 foizga oshishini ta’minlashga qaratiladi. SHuningdek, bank tizimining umumiy ustav kapitalida nodavlat sektori ulushini oshirish bo`yicha qabul qilingan chora- tadbirlarni amalga oshirish borasida ishlar davom ettiriladi. tijorat banklari resurs bazasini yanada mustahkamlash maqsadida aholi va xo`jalik yurituvchi sub’ektlarning bo`sh pul mablag`larini uzoq muddatli depozitlarga jalb etishni yanada faollashtirish hisobiga ularning tijorat banklaridagi depozitlari hajmining kamida 30 foizga oshishini ta’minlash rejalashtirilmoqda. 4. Tijorat banklarining ishlab chiqarishni modernizasiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda ish o`rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash davlat dasturlarini amalga oshirish jarayonlaridagi ishtirokini yanada kengaytirish bank tizimi oldidagi muhim vazifalardan biri bo`lib qoladi. tijorat banklari tomonidan iqtisodiyotning real sektoriga ajratiladigan kredit qo`yilmalari hajmining o`sishi prognoz qilinmoqda.

18 Xulosa. Mamlakatimizda bank tizimining barqaror rivojlanishini ta’minlash iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida ob’ektiv zaruriyat bo’lib, bu o’z navbatida tijorat banklari faoliyatini doimiy nazorat qilishni va ularni samarali tashkil etish uchun bank tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiyalarning daromadliligini oshirish, ushbu operatsiyalarni amalga oshirishda qilinayotgan sarf-xarajatlarni kamaytirish va shu asosda bank foydasini ko’paytirish yo’llarini topishni talab etadi. Hukumatimiz tomonidan bank tizimini rivojlantirish bo’yicha ichzil ravishda amalga oshirilib kelinayotgan islohotlar sohani barqaror rivojlanishi ta’minlanmoqda. Sohada amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida bank tizimining jami kapitali 2016 yilga nisbatan 23,3 foiz ko’payib, 7 trillion 800 milliard so’mga yetdi. Bu ko’rsatkich keyingi 5 yilda 2,4 barobar oshdi. Mazkur yutuqlarimiz natijasida bank tizimi kapitalining yetarlilik darajasi qariyb 24 foizni tashkil qildi. Bu umumiy qabul qilingan xalqaro standartlardan 3 marta, bank likvidligi esa eng yuqori ko’rsatkichlardan 2 marta ko’pdir. Bundan tashqari mamlakatimizdagi barcha banklar dunyoning yetakchi agentliklari tomonidan barqaror deb baholangan.

19 Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati 1.O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuni. – Toshkent: O‘zbekiston, 2015 yil 2.Abdullayev Yo. A. Bank ishi.-T.: Moliya 2014 yil 3.Bank ishi. Darslik.-T.: Fan va texnologiya. 2016 yil 4.Mullajonov F.M. va boshqalar. O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi. T.: O`zbekiston 2011 5.Rashidov O. va boshqalar. Pul, kredit va banklar.- T.: Cho`lpon 2011yil 6.http://www.stat.uz - O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi rasmiy saytihttp://www.stat.uz 7.http://www.cbu.uz- O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki rasmiy sayti

20 E`tiboringiz uchun rahmat!!!
Download 20.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling