Mundarija: kirish. Bob. Huquqiy ta'lim-tarbiya mazmuni
Download 173.08 Kb.
|
abdulla
- Bu sahifa navigatsiya:
- BOB. Huquqiy tarbiya vositalari va metodlari
MUNDARIJA: KIRISH. BOB. Huquqiy ta'lim-tarbiya mazmuni Huquqiy ta'lim-tarbiya tushunchasi va uning tarixi Mustaqillik yillarida huquqiy ta'lim-tarbiyaga e'tibor BOB. Huquqiy tarbiya vositalari va metodlari Huquqiy ta'limning mavjud holati Huquqiy tarbiya vositalari va metodlari XULOSA ADABIYOTLAR RO‘YXATI KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimiz istiqlolga erishgandan so'ng o'tgan yillar davomida iqtisodiyot, siyosat, madaniyat va marifat sohalarida tarixiy ahamiyatga ega bo'lgan tub o'zgarishlar amalga oshirildi va muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda, demokratik huquqiy davlat, adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etishda milliy o'zlikni anglash va qadriyatlarimizni tiklashda, fuqarolar ongida, ularning huquqiy - axloqiy tarbiyasida tub o'zgarishlarni talab etadigan huquqiy tarbiya jamiyat taraqqiyotining muhim bir bo'lagini tashkil etadi. Sobiq Sovet davrida fuqarolar qanchalik huquqiy besavod, huquqiy axloqiy tarbiyasiz bo'lsa, hokimiyat uchun ijobiy sharoitlar yaratilar edi. Chunki o'z haq - huquqini, o'zligini, qadriyatlarini bilmagan xalqni boshqarish shunchalik oson bo'lar edi. Mustaqilligimiz sharofati bilan o'z erkimizni qo'lga kiritdik. Erkin fuqarolik jamiyatini barpo etishni maqsad qilib qo'ygan yurtboshimiz I.A.Karimov mamlakatda huquqiy tarbiyani takomillashtirish borasida demokratik islohotlarning asoschisidir. 1- Prezidentimizning 1997-yil 25-iyunda «Huquqiy tarbiyani yaxshilish, aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish, huquqshunos kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, jamoatchilik fikrini o'rganish ishini yaxshilash haqida»gi farmoniga ko'ra, bu boradagi olib borilayotgan ishlar davlat siyosatining asosiy yo'nalishlaridan biri etib belgilandi. Bundan tashqari, 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan «Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish» milliy dasturida ham huquqiy tarbiya va uni takomillashtirish masalalariga katta e'tibor berilgan. Demokratik tamoyillarga asoslangan davlatni barpo etishda, albbatta milliy qadriyatlarga va insonparvarlik prinsiplariga tayanamiz. Buning uchun jamiyat a'zolariga, shu jumladan o'sib kelayotgan yosh kelajak avlodlarda huquqiy tarbiyani shakllantirish zarurdir. Vaholanki, mustaqilligimizga hamda berilgan imkoniyatlarga mos turda aholining huquqiy tarbiyasi bugungi kun talablariga javob bermayapti. Download 173.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling