Mundarija kirish bob I. Oliy taʼlim muassasalarida masofaviy taʼlimni tashkil etish
Masofaviy va an'anaviy ta'limning ijobiy va salbiy jihatlari
Download 47.89 Kb.
|
gulruxsor
1.2. Masofaviy va an'anaviy ta'limning ijobiy va salbiy jihatlari
Agar ta'lim-tarbiya, bilim olishga intilish, tafakkur rivoji uchun izlanish bo'lmaganida insoniyat o'zining hozirgi taraqqiyotiga erisha olmagan bo'lardi. Bugun butun dunyo xalqlari salomatligiga jiddiy tahdid solgan koronavirus bilan bog'liq vaziyat oldida inson aqli ojiz qolayotgani hech kimga sir emas. Bu esa bizga bir haqiqatni anglatmoqdaki, odamzod butun borliq sirlarini o'rganishi uchun hali ko'p izlanishi kerak. Asosiy vazifa esa mazkur global muammo farzandlar ta'lim-tarbiyasi yo'liga to'siq bo'la olmasligini ta'minlashdir. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning shu yil 1-ok-tabr - O'qituvchi va murabbiylar kuniga bag'ishlangan tantanali marosimdagi nutqida: "Biz keng ko'lamli demokratik o'zgarishlar, jumladan, taʼlim islohotlari orqali O'zbekistonda yangi Uyg'o¬nish davri, ya'ni Uchinchi Renessans poydevorini yaratishni o'zimizga asosiy maqsad qilib belgiladik. Bu haqda gapirar ekanmiz, avvalo, uchinchi Renessansning mazmun-mohiyatini har biri-miz, butun jamiyatimiz chuqur anglab olishi ke-rak" dedi, sohadagi islohotlarga alohida to'xtalib, o'qituvchilar ishini yengillash-tirish uchun kelgusi yilda ta'limni raqam-lashtirish ishlarini yakunlab, "Onlayn maktab", "Raqamli va xavfsiz maktab", "Elektron darslik", "Elektron kundalik" kabi tizimlar joriy etilishini, 2020-yil oxirigacha maktablarni keng qamrovli internet tarmog'iga ulash 100 foizga yet-kazilishi haqida ta'kidladi. Joriy yilning avgust oyida Xalq ta'limi vazirligi ota-onalar o'rtasida bolalarning qaysi shaklda o'qishini aniqlash uchun so'rov o'tkazildi. Ota-onalar ixtiyori bilan tanlangan ikki usuldagi ta'lim-tarbiya jarayoni shu yilning 14-sentabridan boshlandi. Savol tug'iladi: masofaviy o'qitish tizimi bilan an'anaviy o'qitish tizimi o'zaro raqobatdami yoki bir-birini to'ldiryaptimi? Epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, o'quvchilar masofaviy va an'anaviy tarzda o'qitilyapti. Bu ikki usulning yutuq va kamchiliklariga e'tibor qarataylik.[4,321] Masofaviy darslar faqat o'quvchilarga yordam beryapti, deb aytolmaymiz. Pandemiya sharoitida ota-onalarning aksariyati masofaviy darslarda bilvosita ishtirok etishga majbur bo'lyaptilar. Mavzuni tushunmay qolgan bola avvalo ota-onasiga savol beradi. Ba'zi qiyin savollarga javob berishga majburligini his etgan ota-ona, albatta, televizordagi darslarni bola bilan birga ko'rishga majbur bo'ladi. Shuningdek, masofaviy darslar respublikamiz o'qituvchi va o'quvchilari uchun ko'rgazma, mahorat darslari vazifasini o'tayapti. Masofaviy darslar tufayli o'qituvchi va ota-ona muloqoti faollashdi. Pandemiya sharoiti tufayli o'qituvchi, o'quvchi, ota-ona, maktabdan tashkil topgan to'rtburchak burchak birlashdi. Nihoyat! Shuningdek, uzoq-yaqindagi o'quv-chilar poytaxtdagi tengdoshi kabi yuqori malakali o'qituvchidan dars olmoqdalar. Maktabda dars olgan bola televizor orqali bilimini mustahkamlashi, to'ldirishi mumkin bo'ladi. Uydagi bola tushunmasa, maktabdagi o'qituvchi bilan bemalol bog'lanishi mumkin. O'qituvchi har ikki shakldagi ta'limga birdek mas'uldir. Bu omillar ta'limning har ikki shakli bir- birini to'ldirayotganidan darak beradi. An'anaviy ta'limda o'quvchi bilan bevosita muloqot ko'proq bo'ladi. Bu yaxshi. Ma'lumki, tizimda olti yuz ming nafar atrofida o'qituvchi ish olib boryapti. Bularning kasbiy mahorati esa, tabiiyki, turlicha. Televizordagi darslar sifatiga hududlarning uzoqligi, ob-havo, boshqa omillar xalal bermaydi. Hozir tashkillashtirilgan ta'lim tizi-mi-da imkoniyati cheklangan o'quvchilar ham e'tiborda. Ma'lumki, defektologiya uch yo'nalishdagi mutaxassislikni qamraydi: 1. Surdopedagogika. 2. Tiflopedagogika. 3. Oligofrenopedagogika. Surdolog mutaxassis masofaviy ta'limda o'z vazifasini bajaryapti. Qolgan ikki yo'nalishdagi mutaxassislar vazifasini qay darajada uddalayaptilar? Tiflopedagogika - ko'zi ojiz yoki zaif ko'ruvchi bolalar bilan qanday ishlayapti? To'g'ri, ko'zi ojiz bolalarning eshitish, his etish qobiliyati nihoyatda yuqori. Ko'zi ojiz o'quvchi uyga vazifani brayl yozuvida bajarishi zarur. Uyda tahsil olishga majbur bo'lgan bola barmoqlar bilan o'qiladigan matnni o'qituvchiga qanday qilib yetkazadi? Tiflopedagoglar o'z vazifalarini karantin sharoitida to'liq bajara oldilarmi? Savollarimiz yana ochiq qolyapti... Oligofrenopedagogikada o'quvchi miyasi rivojiga ko'ra uch toifaga bo'lina-di: 1) yengil; 2) o'rta; 3) og'ir. Kuzatishlarimizdan ma'lum bo'ldiki, bu bolalar oddiy sinfda o'qiy boshlasa-lar, toifalar yuqori pog'onaga ko'tarila boradi. Ya'ni, birinchi toifa - oddiy-lar tomon, ikkinchisi - birinchi tomon, uchinchisi - ikkinchi tomon. Buning mushkul tomoni ham bor. Bunday bolaga differensial dars berilsa, qolgan o'quvchilarga zaruriy vaqt kamayadi. Pedagoglar, aqli zaif bolalar bilan ishlaydilar, karantin vaqti bu bolalar o'qitishga qamrab olindimi? To'g'ri, bu o'ta mushkul vazifa. Lekin bunday bolalar o'nlab emas, minglab-ku. Ularning ta'lim olishi qay darajada bo'lyapti? To'g'ri, kar-soqov bolalar uchun masofaviy darslarda surdotarjimon yaxshi ishlayapti. Bolani gapirtirish logopedlarning asosiy vazifasidir. Tabiiyki, faqatgina surdotarjima bilan bolani gapirtirib bo'lmaydi. Ular bilan imkon qadar individual va interaktiv tarzda ishlash kerak. Vazifani bajarish uchun maktab-larning moddiy-texnik bazasini kuchaytirish zarur. Shundan keyingina imkoni cheklangan o'quvchini oddiy maktabga, normal bolalar safiga o'tkazishi mumkin bo'ladi. Kelajakda bular ijtimoiy- foydali mehnat qila oladilar, oila qurishda to'siqlarga kamroq duch keladilar. Hayot nihoyatda shiddat bilan o'zgaryapti. Shu paytgacha amalda bo'lgan o'rta maktab darsliklarining ayrimlari davr talabiga to'liq javob bermasligi sir emas. Misol uchun 10- sinf ingliz tili (2017-yilda nashr etilgan) darsligini olaylik. Har qanday xorijiy til o'qitishda, hatto ona tilini o'qitishda hech bo'lmasa izohli lug'at tashkillashtiriladi (Joriy yilning oktabrida maktab o'quvchilariga 700 so'zdan iborat "So'z sandiqchasi" deb nomlangan izohli lug'atning 10 ming nusxada nashr etib, maktablarga tarqatilayotgani so'zimizning isboti). Bu darslikda lug'at nechundir berilmabdi. Bu mashhur darslik xalqaro miqyosda tanilgan. Shu dastur asosida o'zbek bolalarining o'qitilishi tahsinga sazovor. Lekin darslik to'g'ri chet eldan olib kelib, maktab o'quvchisiga berilmagan. O'zbek mualliflari tamonidan tahrir qilingan. Darslik o'zbek bolasiga atab nashr qilinibdi, unda nega lug'at berilmadi?[5,97] "WORD LIST" nomi ostida so'zlar tartibi, "IRREGULAR VERBS", ya'ni noto'g'ri fe'llar: o'tgan, hozirgi va kelasi zamon shaklida berilgan. Bu hol tahsinga loyiq. Darslikning oxirida bir betida olti ustun (202-betdan to 208-betgacha, jami 6 betdan iborat) noto'g'ri fe'llar berilgan (Chet ellarda bunday noodatiy so'zlar turli o'yinchoqlar shaklida, hatto dasturxonlarga chop etiladiki, bola har kuni shu so'zlar shaklini ko'raverib, oxiri yod-lab oladi. Buni tadbirkorlarimiz nazar-da tutsalar, foydadan xoli bo'lmas edi). Bugungi tezkor sharoitda darsliklardagi bu kabi xatolarni na zamon, na davr kechiradi. To'g'ri, 10-sinfgacha o'quvchi ma'lum so'z xazinasini to'playdi. Lekin mualliflar shu vaqtgacha o'quvchilar yod olgan inglizcha so'zlar yetarli, boshqa yangi so'zlar tarjimasini bilmasa ham bo'ladi, deb qaror qilganmikanlar? Tinmay so'z boyligini ko'paytirmay boshqa tilni qanday qilib o'rganib bo'ladi?! Bunday "juz'iy" xatoning oqibati nima bilan tugaydi? Davlat dasturining to'liq bajarilmasligi, bolalar o'quv yili davomida ingliz so'zlari tarjimasini axtarib, qiynalishlari va oqibatda, tilni talab darajasida o'rganmay qolishi mumkin-ku. Shu xato ketidan yana o'nlab xatolar kelib chiqishi tayin. Lekin aynan shu fandan 9-sinf (2014-yilda nashr etilgan) darsligida juda boy (122-betdan to 174-betgacha, jami 52 bet) lug'at berilgan. Shuningdek, lug'at uch: ingliz, rus va o'zbek tillarida havola etilgan. Bunday lug'atni tartiblagan mualliflarni yurtimiz kelajagini o'ylagan haqiqiy insonparvar, millatparvar ustoz va olimlar, deyish mumkin. Lekin 2017- yilda nashr etilgan ingliz tili darsligidagi regress bizni hayron qoldirdi. Bir kitob, darslik nashriyot yuzini ko'rgunga qadar qancha chig'iriqdan o'tishi ma'lum. Kelgusi nashrda hurmatli mualliflar jamoasi bunday takliflarni inobatga oladilar, deb o'ylaymiz. O'quvchilarga ilmiy-ma'rifiy yangiliklarni o'z vaqtida yetkazish kerak. Ijobiy o'zgarishlar juda ko'p. Xususan, informatika darsligi yangilandi. Bu darslik zamonaviy dizayn bilan boyi-tildi, o'quvchi bugun qanday chegarada ma'lumot olishi kerak bo'lsa, bari qamrab olindi. Buning uchun xalqaro tajribalar o'rganildi. Shuningdek, informatika o'qitish metodikasi osonlashtirildi. Yangi darslik bor, endi maktablarni xalqaro grantlar asosida kompyuter texnikasi bilan jihoz-lash zarurati mavjud. Bu vazifa, albatta, tez amalga oshmaydi. O'zbekistondagi jamiki maktablar internet tarmog'iga ulanishi ham navbatdagi vazifalardan bo'lib qolyapti. Lekin yangi informatika darsligi ba'zi maktablarga yetib kelmagani achinarli hol.[6,87] Shu yildan boshlab maktab ta'lim tizimiga "Tarbiya" darsligi kiritildi va yangi o'quv yilidan boshlab yurtimiz maktablarida o'qitila boshlandi. Afsuski, ushbu darslik poytaxtimizdagi maktab-larning hammasiga ham hali bormagan. Birgina misol, Toshkentdagi 141-maktabda o'qishlar 5-oktabrdan boshlandi (Maktab shu kungacha ta'mirda bo'lgan). O'quvchilar oktabr boshiga qadar hatto masofadan darsga jalb qilinmagan. Tarbiya darsligi ham berilmagan, internet tizimiga ham joy-lanmaganligi sababli o'quvchilar ushbu fan bo'yicha muam-molarga duch kelmoq-da. Poytaxt maktab- larida shunday holat bo'lsa, viloyatlarda bu borada ahvol qan-day bo'lishi mumkin? Pandemiya sharoitida yashash, ishlash, izlanish, ijod qilishga o'rgandik. Ko'zga ko'rinmas virus bizni yanada faolroq bo'lishga, hushyorlikni yo'qotmaslikka, yashash uchun kurashga undadi. Xalq ta'limi vazirligi karantin va pandemiya sharoitida onlayn o'qitish ishlarini tashkil etish borasida tezkorlik bilan amaliy ishlarni yo'lga qo'ydi. Bu borada tajriba bo'lmasa-da, astoydil qilingan mehnat barchani o'z ustida ishlashga, izlanishga, samarali faoliyat olib borishga majbur qildi. 2020-2021-o'quv yilining asosiy talablari: faolroq ishlash va o'qitishga kreativ yondashish, interaktiv usullardan foydalanish hamda o'qitishda raqamli texnologiyalarni keng ko'lamda amaliyotda qoʻllashdan iboratdir.[7,79] Download 47.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling