Soliq bazasi
1) bino va inshootlar;
2) qurilish tashkilotlari yoki imoratlarni quruvchilar balansda keyinchalik sotish uchun koʼrsatilgan, foydalanishga topshirilgandan keyin olti oy oʼtgan koʼchmas mulk obʼektlari;
3) To'liq amortizatsiya qilingan binoning qayta baholangan (bozor) qiymati;
4) Normativ muddatda tugallanmagan qurilish obʼektining oʼrtacha yillik qiymati;
5) Temir yoʼllar, magistral quvurlar, aloqa va elektr uzatish liniyalari, shuningdek mazkur obʼektlarning ajralmas texnologik qismi boʼlgan inshootlarning oʼrtacha yillik qoldiq qiymati;
6) Konservatsiya qilinishi toʼgʼrisida Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilingan koʼchmas mulk va tugallanmagan qurilish obʼektlarining oʼrtacha yillik qoldiq qiymati.
(Soliq kodeksining 412-moddasi)
Soliq stavkasi
1) bazaviy stavka 2%;
2) qurilishi normativ muddatda tugallanmagan obʼektlarga nisbatan Soliq stavkasi 4 foiz miqdorida;
3) Temir yoʼllar, magistral quvurlar, aloqa va elektr uzatish liniyalari, shuningdek mazkur obʼektlarning ajralmas texnologik qismi boʼlgan inshootlar hamda konservatsiya qilingan koʼchmas mulk va tugallanmagan qurilish obʼektlariga 0,2 foiz miqdorda belgilanadi.
(Soliq kodeksining 415-moddasi)
Soliq davri
Kalendar yil soliq davri.
(Soliq kodeksining 416-moddasi)
Joriy toʼlovlar boʼyicha maʼlumotnoma
Joriy toʼlovlar miqdorini hisoblab chiqarish uchun joriy soliq davrining 10 yanvarigacha, yangi tashkil etilganlar esa, roʼyxatdan oʼtgan sanadan eʼtiboran 30 kundan kechiktirmay.
(Soliq kodeksining 417-moddasi)
Hisob-kitoblar
Yil yakuni buyicha bir marta, yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi, keyingi yilning 15 fevralь kunidan kechiktirmay.
(Soliq kodeksining 417-moddasi)
To'lov muddati
Har oyning 10-kunidan kechiktirmay, uar choragi uchinchi oyining 10-kunidan kechiktirmay.
(Soliq kodeksining 417-moddasi)
Do'stlaringiz bilan baham: |