Mundarija kirish hisоb-tехnоlоgik qismi
Download 88.31 Kb.
|
Kurs ishi hamidullo 2
2. TАSHKILIY QISM
2.1. Аvtоbus haydovchilari ishini tаshkil etishning umumiy mаsаlаlаri. Har bir haydovchining ish tartibi (rejim) avtobus yoʻnalishlaridagi yoʻlovchilar oqimining miqdori, uning notekis taqsimlanishning, yoʻnalishning turi (shahar ichi, shahar atrofi, shaharlararo va hokazo) va boshqa koʻpgina omillarga bogʻliq boʻladi (chiptachining ish tartibi ham). Shunday qilib haydovchilarning (chiptachilarning) ish tartibi yoʻlovchilarga yuqori sifatli transport xizmatini koʻrsatish, harakat muntazamligini taminlash, avtobuslarning ish unumdorligini oshirishga qaratilgan boʻlish bilan bir paytda harakat xavfsizligi va mehnatni muhofaza qilish qoidalari va qonunlarini ham taminlashga qaratilgan boʻlishi kerak Oʻzbekiston Respublikasi mehnat kodeksinining 150- moddasiga koʻra haydovchilarning ish vaqti xaftasiga 40 soatdan, (haftada olti kun ishlovchi haydovchilar uchun kuniga 7 soatdan, besh kunlik ish haftasida esa 8 soatdan ortib ketmasligi kerak). Yoʻlovchi tashuvchi transportda ish kuni yiliga 365 kun (shanba va yakshanbasiz, bayram kunlarisiz) boʻlgani uchun ularning ish vaqtini rejalashtirish oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqishi kerak. Bundan koʻrinib turibdiki, haydovchilar va chiptachilar uchun bayram oldi va dam olish kunlaridan oldingi ish kunlarini 1 soatga kamaytirish degan qonunlarni qayta koʻrib chiqish maqsadga muvofiq boʻladi. Haydovchilar ish kunining kundalik hisobini (meyyoriy nuqtayi-nazardan) olib borish ham ancha mushkul masaladir. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat kodeksinining 150-moddasiga koʻra haydovchilarning ish vaqti xaftasiga 40 soatdan, (haftada olti kun ishlovchi haydovchilar uchun kuniga 7 soatdan, besh kunlik ish haftasida esa 8 soatdan ortib ketmasligi kerak). Yoʻlovchi tashuvchi transportda ish kuni yiliga 365 kun (shanba va yakshanbasiz, bayram kunlarisiz) boʻlgani uchun ularning ish vaqtini rejalashtirish oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqishi kerak. Bundan koʻrinib turibdiki, haydovchilar va chiptachilar uchun bayram oldi va dam olish kunlaridan oldingi ish kunlarini 1 soatga kamaytirish degan qonunlarni qayta koʻrib chiqish maqsadga muvofiq boʻladi. Haydovchilar ish kunining kundalik hisobini (meyyoriy nuqtayi-nazardan) olib borish ham ancha mushkul masaladir. Shuning uchun yoʻlovchi tashuvchi transportlarda haydovchilarning oylik ish kunlarini hisobga olib borish qabul qilingan. Bunday hisobga olish usulida haydovchilarning ish kuni 10 soatdan ortmasligi va faqat istisno tariqasida kasaba uyushmalarining markaziy qoʻmitasi bilan kelishilgan holda ish kunini 12,0 soatga oshirish ruxsat etiladi. Lekin bunda ham boshqa ishchilarning ish kunlari kabi haydovchilar uchun kunlik va haftalik dam olish kunlari qatʼiy belgilangan boʻlishi kerak. Kunlik dam olish soati oldingi ish kunidan ikki marta katta boʻlishi, istisno tariqasida bazi haydovchilar uchun eng kam boʻlganda 12 soat boʻlishi, hafta oxiridagi dam olish soat esa 42 soat va 29 soatdan kam boʻlmasligi kerak. Tungi ish soatlari (2200 dan 600 gacha) alohida hisobga olinib, bu davr uchun ish soati meyyorida belgilangandan bir soatga kamaytirishi kerak. Harakat xavfsizligi va mehnat muxofazasi nuqtayi nazaridan har bir haydovchiga 3-4 soat ishlaganidan keyin qisqa muddatli dam olish uchun 15-20 minut va tushlik qilish uchun 4-5 soatdan keyin 0,5-2,0 soat vaqt rejalashtirilgan boʻlishi kerak. Download 88.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling