Mundarija Kirish I – bob. Amir Temurning hokimyat tepasiga kelishi


Download 307.23 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/10
Sana18.06.2023
Hajmi307.23 Kb.
#1599524
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Amir Temur harbiy

Mavzuning maqsadi va vazifasi O’zbekiston mustaqilligi yillarida Amir 
Temur hayoti va faoliyatiga oid amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlarni tarixshunoslik 
doirasida ularning yo’nalishlari va mohiyatini tahlil etishdan iborat. Shunga ko’ra, 
ishda quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:
– mustaqillik yillarida sharqshunos olimlar tomonidan tarjimasi amalga 
oshirilgan Amir Temur va Temuriylar davri yozma manbalarini o’rganish, tahlil 
etish, ularning ahamiyatini ko’rsatish;
– mavzuga tegishli bo’lgan turli soha vakillari tadqiqotlarini umumlashtirish, 
tizimga solish va yondashuvlarini ochib berish;
– Amir Temur siyosiy faoliyatiga oid ilmiy adabiyotlarning tarixshunoslik 
tahlilini amalga oshirishdir.
Mavzuning ob’ekti va predmeti: Mustaqillik yillarida O’zbekistonda Amir 
Temur hayoti va faoliyatiga oid amalga oshirilgan tadqiqotlar, manbashunos va 
temurshunos tadqiqotchilarning mustaqillik yillardagi ilmiy izlanishlarda qayd 
etilgan fikrlar, qarashlar, yondashuvlar. Amir Temurning nomi O‘rta Osiyoda 
markazi - Samarqand shahri bo‘lgan kuchli markazlashgan davlat bunyod etilishi 


tarixi bilan ham chambarchas bog‘liq. Mazkur tarixiy voqea Temurning feodal 
tarqoqlikka, amir hamda beklarning o‘zaro kurashi, turli qo‘zg‘olonlarga qarshi ko‘p 
yillik izchil, ayovsiz kurashi borasida amalga oshdi. SHu boisdan tabiiyki, Temur va 
temuriyzodalar hayoti va faoliyati haqida boy manbalar va adabiyotlar mavjud. 
Bular Temur davridan boshlab bir necha asrlar mobaynida yaratilgan. Bu manbaa va 
adabiyotlar o‘rta asrning murakkab hamda ulug‘ siymosi bo‘lmish Temur haqida 
rang-barang qarashlarni o‘zida mujassamlashtirgan. O‘tgan 600 yil mobaynida Amir 
Temurga bag‘ishlab yaratilgan jiddiy asarlar soni Evropa tillarida 660 tadan ziyod, 
Sharq tillarida esa 900 ga yaqinni tashkil etadi. 

Download 307.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling