Mundarija Kirish I – bob. Amir Temurning hokimyat tepasiga kelishi
Download 307.23 Kb. Pdf ko'rish
|
Amir Temur harbiy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuning ob’ekti va predmeti
Mavzuning maqsadi va vazifasi O’zbekiston mustaqilligi yillarida Amir
Temur hayoti va faoliyatiga oid amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlarni tarixshunoslik doirasida ularning yo’nalishlari va mohiyatini tahlil etishdan iborat. Shunga ko’ra, ishda quyidagi vazifalar amalga oshiriladi: – mustaqillik yillarida sharqshunos olimlar tomonidan tarjimasi amalga oshirilgan Amir Temur va Temuriylar davri yozma manbalarini o’rganish, tahlil etish, ularning ahamiyatini ko’rsatish; – mavzuga tegishli bo’lgan turli soha vakillari tadqiqotlarini umumlashtirish, tizimga solish va yondashuvlarini ochib berish; – Amir Temur siyosiy faoliyatiga oid ilmiy adabiyotlarning tarixshunoslik tahlilini amalga oshirishdir. Mavzuning ob’ekti va predmeti: Mustaqillik yillarida O’zbekistonda Amir Temur hayoti va faoliyatiga oid amalga oshirilgan tadqiqotlar, manbashunos va temurshunos tadqiqotchilarning mustaqillik yillardagi ilmiy izlanishlarda qayd etilgan fikrlar, qarashlar, yondashuvlar. Amir Temurning nomi O‘rta Osiyoda markazi - Samarqand shahri bo‘lgan kuchli markazlashgan davlat bunyod etilishi tarixi bilan ham chambarchas bog‘liq. Mazkur tarixiy voqea Temurning feodal tarqoqlikka, amir hamda beklarning o‘zaro kurashi, turli qo‘zg‘olonlarga qarshi ko‘p yillik izchil, ayovsiz kurashi borasida amalga oshdi. SHu boisdan tabiiyki, Temur va temuriyzodalar hayoti va faoliyati haqida boy manbalar va adabiyotlar mavjud. Bular Temur davridan boshlab bir necha asrlar mobaynida yaratilgan. Bu manbaa va adabiyotlar o‘rta asrning murakkab hamda ulug‘ siymosi bo‘lmish Temur haqida rang-barang qarashlarni o‘zida mujassamlashtirgan. O‘tgan 600 yil mobaynida Amir Temurga bag‘ishlab yaratilgan jiddiy asarlar soni Evropa tillarida 660 tadan ziyod, Sharq tillarida esa 900 ga yaqinni tashkil etadi. Download 307.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling